cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Qo'shko'pir.uz | Rasmiy

Қўшкўпир тумани ҳокимлиги Aхборот хизматининг телеграмдаги расмий канали • Qushkupir.uzfb.com/Qushkupiruzinstagram.com/Qushkupiruzhttps://www.youtube.com/@qoshkopir24 Мурожаатлар учун: @qoshkopirhokimlikbot

Show more
Advertising posts
2 825
Subscribers
-624 hours
-227 days
-8030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Qoʻshkoʻpir tumanida “Ishbilarmon ayol” koʻrik-tanlovining mahalla bosqichi oʻtkazildi.
Show all...
Bugun Baratlar mahallasidagi 40-son maktabgacha ta’lim tashkilotida "Bolajon-polvonjon" nomli sport musobaqasi o‘tkazildi. Sport musobaqasi bolajonlarimizni sogʻlom va barkamol avlod boʻlib yetishishlari uchun tashkil qilindi. Unda tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi S.Xudayberganova qatnashib, tadbirni ochib berdi. Bolajonlarning quvnoq kuy-qoʻshiqlari, sport musobaqalari ularning chaqqonligi va epchilligini yanada oshirdi. Ayniqsa, qiz bolalarning sportga qiziqishi shu kabi tadbirlar orqali amalga oshadi. 15-may “Oila kuni” munosabati bilan tajribali, oʻzining hayot yoʻlini bosib oʻtgan ibratli oila vakillari, onaxonlar tarbiyalanuvchi bolajonlar bilan ota-onaga mehr tuygʻulari davra suhbati orqali yanada rivojlantirildi. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir soʻngida bolajonlarga tashakkurnoma va estalik sovgʻalar topshirildi.
Show all...
👍 7
👍 4
Tadbirkor ayollar qoʻllab-quvvatlanmoqda. Prezidentimizning 2024 yil 7 martdagi "Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-122-sonli Qarori bo‘yicha tumanda ayollarni tadbirkorlikka oʻqitish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun “Shaydo” hunar maktabi rahbari, tadbirkor Axmedova Shaydo tomonidan Qo‘shko‘pir tumanidagi hunarmandchilikning koʻrpa-yayma turiga qiziquvchi xotin-qizlar 60 soatlik oʻquv dasturini oʻqib, yakunladilar. Shu munosabat bilan ushbu xotin-qizlarimizga sertifikatlar topshirildi. Tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi S.Xudayberganova har bir oʻqitilgan xotin-qizlarni ushbu yutuq bilan tabriklar ekan, har bir ayolimiz bugun jamiyatimizda faol boʻlishini, xotin-qizlarimiz oliy ta’lim olishga qiziqishlarini kuchaytirish, qolaversa, xotin-qizlarning qoʻlida bitta kasbi boʻlishi kerak ekanligini aytib oʻtdi hamda ayollarni tadbirkorlikka boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirdi. Sertifikat olgan xotin-qizlar imtiyozli kredit olib, oʻz tadbirkorliklarini yoʻlga qoʻyishadi. Tuman hokimi oʻrinbosari ularning shu boradagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Show all...
👍 1
👍 1
📖 «Usmon mus’hafi» (Toshkent Qurʼoni) qadimiy qoʻlyozmasi restavratsiya qilinadi YUNESKO tomonidan «Jahon Xotirasi» roʻyxatiga kiritilgan ushbu noyob manba davlatimiz rahbarining topshirigʻiga koʻra konservatsiya va restavratsiya qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqida Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi va ushbu ezgu ishga oʻz hissasini qoʻshadigan barchaga minnatdorlik izhor etdi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
👍 3
Saida Mirziyoyeva boshchiligida Kembrij universiteti kutubxonasi, Luvr muzeyi restavratorlaridan iborat jamoa noyob Qurʼon qoʻlyozmasi – «Usmon Mus’hafi»ni qayta tiklashni boshladi «Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Musulmonlar idorasi tomonidan bir qator xalqaro ekspertlar, jumladan, Kembrijdan Kristi Roz, fransuz restavratorlari Aksel Dele va Korali Barb, istanbullik Nill Baydar jalb etildi. Mutaxassislar «Usmon Mus’hafi» qoʻlyozmasining har bir sahifasini sinchkovlik bilan oʻrganib, restavratsiya rejasini ishlab chiqadilar. Ushbu muqaddas qoʻlyozmani kelajak avlod uchun saqlab qolish yoʻlidagi ezgu ishning barcha bosqichlarida omad yor boʻlishini tilayman», – deb yozadi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
Qo‘shko‘pir tumanida investitsiyalar hajmi qanchaga oshgan? 📊 2024–yilning yanvar–mart oylarida Qo‘shko‘pir tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 218,5 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30,4 %ga oshgan. Jami investitsiyalarning 98,9 %i yoki 216,1 mlrd so‘mi markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hisobot davrida tumanda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar hajmi 169,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Batafsil ... Rasmiy sahifalar Facebook | Telegram
Show all...
Qoʻshkoʻpir tumani sektor rahbarlari tomonidan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv samimiy ochiq davra suhbati tarzida tashkil etildi. Sektor rahbarlari yoshlarni chuqur bilim olishga, chet tillarini qunt bilan o’rganishga, xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida maqsadli tahsil olib qaytib, vatanimiz ravnaqiga hissa qo’shishga da’vat qildi. Shuningdek, sektor rahbarlari tumandagi o'zgarishlar va kutilayotgan natijalar haqida so'zlashib, yoshlarning takliflarni eshitdi. Ushbu takliflarni amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga o'zining qo'shimchalari bilan tegishli ko'rsatmalar berdilar.
Show all...
👏 3👍 2
Oʻquv mashgʻulotlarida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘t o‘chirish avtomobilida mavjud yong‘in o‘chirish anjomlari namoyishi, harbiylarning qurol-aslahalar koʻrgazmasi, Qoʻriqlash boʻlimining vazifalari va mashgʻulotlari oʻrgatildi hamda amaliy tarzda koʻrsatib berildi. Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasi ham boʻlib oʻtdi.
Show all...
👍 3
Go to the archive of posts