cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Qo'shko'pir.uz | Rasmiy

Қўшкўпир тумани ҳокимлиги Aхборот хизматининг телеграмдаги расмий канали • Qushkupir.uzfb.com/Qushkupiruzinstagram.com/Qushkupiruzhttps://www.youtube.com/@qoshkopir24 Мурожаатлар учун: @qoshkopirhokimlikbot

Show more
Advertising posts
2 847Subscribers
-524 hours
-227 days
-5430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

⚡️Urganch Xonqa Qо‘shkо‘pir Yangiariq Bog‘ot Hazorasp tumanlari va Urganch shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar bо‘lishi mumkin. Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari О‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning 🔸Urganch tumanining Kattabog‘, Chо'lobod, Oyoqbog‘, Amudaryo massivi mahallalarida 🔸Xonqa tumanining Madaniyat, Shodlik, Guliston, Zinaxos, Katta kuch (Katta jirmiz KFY), G‘ayrat, Mustaqillik mahallalarida 🔸Qо‘shkо‘pir tumanining Nezaxos, О‘rta qishloq, Polvon, Kо‘ktom, Qadriyat, Oltin voxa, Durdona, Xonobod mahallalarida 🔸Yangiariq tumanining Kattabog‘, Egrisolma, Jaloil, G‘altak mahallalarida 🔸Bog‘ot tumanining Yuksalish, Ustalar, Namuna, Gulzor, Bо‘ka, Oq tepa mahallalarida va Oltinqum shaharchasi 🔸Hazorasp tumanining Bog‘dor, Uzukkaqosh, Al Xorazmiy, Ishchilar mahallalarida 🔸Urganch shahrining Kamolot, Shodlik, Besh ayvon, Istiqlol, Gulshan mahallalarida Joriy yilning 26 aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bо‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr sо‘raymiz. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Show all...
⚡️Qo'shko'pir va Yangiariq tumanlarining ayrim hududlari elektr energiyasida uzilishlar bо‘lishi mumkin.
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari О‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning 🔸Qо‘shkо‘pir tumanining Taraqqiyot, Yangilik, Yovg‘ir mahallalarida 🔸Yangiariq tumanining Gullanbog‘, Shixbog‘i mahallalarida Joriy yilning 26 aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bо‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr sо‘raymiz. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Show all...
Bugun Qo‘shko‘pir tumanida tashqi migratsiyada yurgan fuqarolar bilan tizimli ishlash yuzasidan zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan tumanga berkitilgan vakil J.Dehqonov, H.Xayitboyev, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Matnazarov, tuman hokimi o‘rinbosari H.Ibragimov, tuman IIB birinchi o‘rinbosari M.Matkarimov, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ullari, tegishli idora-tashkilot vakillari hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi. Yig‘ilishda tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganish, hal etish hamda tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ravishda ishlar tashkil qilinayotganligi, mahalla yettiligi tomonidan xonadonma-xonadon yurib, xatlov o‘tkazilishi hamda fuqarolar bilan suhbatlashish madaniyati, anketa so‘rovnomalarini to‘ldirish tartibi, shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan me’yorlarga amal qilish to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Show all...
#Videoinfografika Yangi O‘zbekistonda inson huquqlari himoyasi ✔️Milliy strategiya qabul qilindi ✔️Bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berildi ✔️Jazoni ijro etish muassasalarida qiynoqlarning oldini olishga qaratilgan Milliy preventiv mexanizm joriy etildi YUKSALISH HARAKATI
Show all...
👍 1
⚠️Ehtiyot boʻling, firibgarlikning yangi turi!
📶Qoʻngʻiroqlar orqali baxtsiz hodisaga uchragani, zudlik bilan pul zarurligi yoxud yaqin insoningizdan qarz soʻrab murojaatlar, farzandlaringizning biror ehtiyoj uchun pul koʻchirish toʻgʻrisidagi ovozli xabarlar yuborilishi holatlariga duch keldingizmi?
❓Firibgarlar ovozlarni soxtalashtirish uchun qanday usul qoʻllashadi? ❓Firibgarlarning tuzogʻiga tushmaslik uchun nima qilish kerak? ❓Uyali aloqa qurilmalari, umuman ijtimoiy tarmoqlarda himoya vositalarini bilasizmi? 〰️〰️〰️〰️〰️ 💻Videorolikni diqqat bilan tomosha qiling. Firibgarlarning yangi nayrangidan ogoh boʻling! 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
👍 1
👍 6
Bugun Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining to‘qson beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibiga quyidagilar kiritildi: - Qo‘shko‘pir tuman aholisi, ijtimoiy soha obyektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini 2024-yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida; - Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining 2023-yil 28-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-noyabrdagi “Orol bo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-241-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyatida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 23-fevraldagi 72-16-son qarorining Qo‘shko‘pir tumanidagi ijrosi to‘g‘risida”gi VI-77-48-12-172-K/23-sonli qarorining ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 29-noyabr kungi PF-27-sonli “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligining konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosi yuzasidan Qo‘shko‘pir tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik B.O‘.Ermetovning 2024-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida; - Jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portali orqali 2024-yil 1-mavsumida oʻtkazilgan tashabbusli budjet jarayonida gʻolib boʻlgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dagi mablag‘larni mazkur tadbirlarga yo‘naltirish to‘g‘risida; - Qo‘shko‘pir tuman mahalliy byudjetining 2024-yil 1-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hamda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan tushumlar hisobidan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida; - Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida; - Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlari vа kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risida; - shuningdek, bir qator vazifalar belgilab olindi.
Show all...
👍 5
#FVB CHORSHANBA–FAVQULODDA VAZIYATLAR VA YONGʻINLAR PROFILAKTIKASI KUNI. 🔺Qoʻshkoʻpir tuman Favqulodda vaziyat boʻlimi tomonidan aholi bilan profilaktik suhbatlar tashkil etilib, idora-tashkilotlar, aholi ko‘p yig‘iladigan maskanlar va yashash xonadonlarida fuqarolarga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, botulizm hamda boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishga oid zarur tavsiyalar berildi.
Show all...
👍 5
Go to the archive of posts