en
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Open in Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Show more
4 803
Subscribers
-424 hours
-277 days
-1030 days
Posts Archive
Diqqat, YouTube kanalimiz obunachilari 1000 taga yetsa, React.js bo'yicha kuchli mutaxassis topib, kanalda intervyu uyushtiramiz. inshaaAlloh. Obuna bo'ling va ulashing. YouTube kanal linki: http://bit.ly/JoshDeveloper @JoshDeveloper

JavaScriptdan oxirgi qilgan intervyumiz ishtirokchisi Aqilbek Abilaev haqida o'z fikrlarim(Feedback): Yaxshi tomonlari: - Bilim darajalari juda ajoyib va chuqur - Soft-skill'lardan ham muommo ko'rmadim, juda yaxshi Yomon taraflari: - Fikrni tushuntirish bo'yicha birozgina ishlash tavsiya qilinadi Umumiy: Umumiy qilib aytadigan bo'lsam menga juda yoqdi ushbu ishtirokchimiz. Xatto EPAM'ga ham referral qilish taklifini berdim va biroz tajriba olganlaridan so'ng topshirishga kelishdik. Fikrimcha ustilarida biroz ishlasalar, JavaScripda Middle darajasiga bilimlari bemalol yetadi. Ishtirokchimizga omad tilaymiz :) Keyingi intervyularimiz Ramazondan keyin inshaaAlloh davom etadi. @JoshDeveloper

Keling Angular freymvorkini AngularJS deyishni bas qilamiz. 🙂 Ikkisini farqi bor. AngularJS allaqachon tugab bo'lgan eski freymvork. Angular esa undan keyingi takomillashgan, ancha kuchli versiyasi. Kamiga TypeScript ishlatadi. Farqlari katta, bu haqida google qilishingiz ham mumkin. @JoshDeveloper

5-hadis. Bid'atlarni rad qilish Mo'minlarning onasi Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladi: «Rosululloh sollallohu alayhi vassallam marhamat qildilar: "Kim bizning ishimizda dindan bo'lmagan biror yangilik qilsa, u rad qilingandir"» (Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Qisqacha sharxi: Hadisi sharifda tahorat, g'usl, namoz, ro'za, zakot, haj va shu kabi boshqa ibodatlarda dinda buyurilganidan boshqa shaklda qilinsa, uning qabul qilinmasligiga ishora bor va bu amal qoralangan amallardandir.

Web qanday ishlaydi ? 🤔 Ushbu savol ko'pchiligingizda bo'lgan va unga aniq javob topa olmagan bo'lsangiz, quyidagi qisqacha videodan javob topishingiz mumkin. InshaaAlloh P.S: Video ingliz tilida https://youtu.be/hJHvdBlSxug @JoshDeveloper

Dasturchi sifatida oyiga qancha daromad qilasiz ?
Anonymous voting

4- hadis. Yaralish, o'lim va rizq Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vassallam marhamat qiladilar: «Shubhasiz, sizlardan har biringiz ona qornida yaratiladi – qirq kunda toʼplanib, yaxlit holga keladi, yana shuncha vaqt oʼtgach, laxta qonga va yana shuncha vaqtdan keyin bir parcha et holiga keladi. Keyin bir farishta yuboriladi va unga jon ato qilinadi. Farishtaga toʼrt narsa (kalima) buyuriladi - u kishining rizqini, ajalini, amalini, yomon yoki aziz boʼlishini yozadi. Yolgʼiz Аllohga qasamki, biringiz umri davomida jannatiylarning amalini qiladi, hatto u bilan jannat orasida bir arshin (0,71 metrga teng) masofa qoladi. Аmmo kitob (taqdir) qarshisiga chiqib, unga ahli jahannamning amalini qildiradi va doʼzaxga kiradi. Va yana biringiz umri davomida ahli doʼzaxning amalini qiladi, hatto oʼzi bilan doʼzax orasida bir arshin masofa qoladi. Аmmo kitob (taqdir) qarshisiga chiqib, unga ahli jannatning amalini qildiradi va jannatga kiritadi» (Buxoriy, Muslim, Termiziy rivoyatlari) Qisqacha sharxi: Ushbu hadisda Rosulimiz alayhissalom bir insonning qanday yaralishidan, to hayoti so'ngigacha bo'ladigan ba'zi bir voqealarni aytib berdilar. Bu hadis sharif oxirida esa, agar inson juda ko'p yaxshi amallarni qilsa jannatiy yoki juda ko'p gunoh amallarni qilsa, xattoki kofir bo'lsa ham, uning do'zahiy ekani to'g'risida qat'iy hukm chiqarib bo'lmasligiga dalil bor. Yana inson o'z amaliga ishonib manmanlik qilmasligi kerak. Chunki u so'nggi nafasida nima bo'lishini bilmaydi. Shuning uchun Alloh taolodan o'zimizga go'zal xotima so'rab, yomon oqibatdan panob istashimiz lozim. Zero, umrimiz so'ngida o'zimiz xohlab kufr so'zni aytib qo'yishimiz hech gap emas. @JoshDeveloper

JavaScriptdan Mart oyiga mo’ljallangan OOP va Functional Programming bo’yicha bo’lib o’tgan intervyumiz video premyerasini ko'ra olmaganlar uchun: Video linki: https://www.youtube.com/watch?v=4K3vTEcB5pI Ishtirokchi haqida "Feedback"ni keyinroq kanalda aytaman. InshaaAlloh @JoshDeveloper

Intervyu premyerasini ko'rayotganlar bormi ? Qanday bo'lyapti ? :) @JoshDeveloper

JavaScriptdan Mart oyiga mo’ljallangan JavaScriptda OOP va Functional Programming bo’yicha bo’lib o’tgan intervyumiz video premyerasi ertaga chiqadi. InshaaAlloh. Chiqish vaqti: 4- Aprel, 14:00 Video linki: https://www.youtube.com/watch?v=4K3vTEcB5pI @JoshDeveloper

3 - hadis. Islom shartlari Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo rivoyat qiladi: «Rosululloh sollallohu alayhi vassallamning bunday deganlarini eshitdim: "Islom besh narsa ustida bino qilingan. Allohdan o'zga iloh yo'qligiga va Muhammad sollallohu alayhi vassallam Uning payg'ambari ekaniga guvohlik berish, namoz o'qish, zakot berish, (imkoni bo'lsa) Ka'bani haj qilish va ramazon ro'zasini tutish."» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari) Qisqacha sharxi: Ushbu hadisimizda islomdagi 5 ta farz bo'lmish, iymon, namoz o'qish, zakot berish, haj qilish(imkoni bo'lsa) va ramazon ro'zasini tutish zikr qilingan va ularni Rosulimiz alayhissalom Islom shu 5 ta narsaga bino qilinganligini aytmoqdalar. Musulmon inson bu 5 farzni bilishi va amal qilishi shart. Ushbu muborak oyda ramazon ro'zasi ham bizga farz bo'lgan. Uni uzrsiz tutmaslik og'ir gunoh. Shu kabi qolgan 4 ta farzni ham, uzrsiz bajarmaslik og'ir gunoh. Ajr-savobi esa juda ham katta va Allohga yaqinlashtiradigan eng kuchli vositadir.

2- hadis. Islom, iymon va ehson. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan oʼtirgan edik. Shu payt oppoq kiyingan, qora sochli, hech qanday musofirlik alomati boʼlmagan, birontamiz tanimaydigan bir kishi toʼgʼri Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib, tizzalarini u kishining tizzalariga tekkizib oʼtirdi va qoʼllarini tizzalari ustiga qoʼyib soʼradi: "Ey Muhammad, menga Islom nimaligini tushuntiring". Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday javob qildilar: "Islom Аllohdan boshqa iloh yoʼqligiga va Muhammad Аllohning rasuli ekaniga guvohlik berishing, namozni ado etishing, zakotni berishing, ramazon roʼzasini tutishing, imkoning yetganda hajga borishingdir". U odam: "Toʼgʼri aytdingiz", dedi. Biz uning ham soʼrab, ham tasdiqlaganidan ajablandik. U kishi davom etib: "Аyting-chi, imon nima?" deb soʼradi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Imon Аllohga va Uning farishtalariga, kitoblariga, paygʼambarlariga, oxirat kuniga, yaxshilik va yomonlik qadardan ekaniga ishonishingdir", dedilar. U: "Toʼgʼri aytdingiz", dedi. Soʼng: "Аyting-chi, ehson nima?" deb soʼradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ehson Аlloh taologa (xuddi) Uni koʼrib turganingdek ibodat qilmogʼingdir. Zero, sen Uni koʼrmasang ham, U seni muhaqqaq koʼrib turadi", dedilar. Soʼngra: «Аytingchi, qiyomat qachon (boʼladi)?” deb soʼradi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Bu toʼgʼrida soʼralayotgan kishi soʼrayotgan kishidan ortiqroq (narsani) bilmaydi", dedilar. Shunda u odam: "Unday boʼlsa, qiyomatning alomatlaridan xabar bering”, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Joriyalar oʼz egasini tugʼishi (o'z ota-onalariga xoʼjayin boʼladigan farzandlar tugʼilishi) hamda oyoqyalang choʼponlar baland imorat solishda musobaqalashishlarini koʼrishingdir", dedilar. Shundan soʼng u odam ketdi. Men bir muddat kutdim. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Ey Umar! Bilasanmi savol bergan kishi kim edi?" dedilar. "Аlloh va Rosuli yaxshiroq biladi", dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "U Jabroil boʼlib, sizlarga diningizni oʼrgatish uchun kelgan edi", dedilar» (Buxoriy, Muslim va Ibn Moja rivoyatlari). Qisqacha sharxi: Ushbu hadis juda ham katta hajmdagi ilmlar eshigidir. Hadisda Jabroil alayhissalom inson qiyofasida Rosululloh sollallohu alayhi vassallam huzurlariga kelib, dinimizdan ta'lim berib ketdilar. Hadisda islom nimaligini, iymon nimaligini, ehson nima ekanligini, qiyomat alomatlari kabi savollarga javob berildi. Shu o'rinda birnarsani eslatish joizki, hadisda kelgan qiyomat alomatlari allaqachon zohir bo'la boshlagan.

O'rganayotgan hadislarimizni "Qirq hadis" deb nomlangan kitobdan olyapman. Sharxlari aslida juda uzun. Men sharxlarni qisqa qilib o'zim yozyapman. Kitob muallifi: Imom Muhiddin Zakariy Ibn Sharaf Navaviy Alloh manfaatli qilsin. @JoshDeveloper

1 - hadis Niyat va amal. Umar ibn Hattob roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rosululloh sollallohu alayhi vassalaamning bunday deganlarini eshitdim: "Albatta, amallar niyatga bog'liqdir. Kim nimani niyat qilsa, o'shanga erishadi. Kim Alloh va Uning Rosuli uchun xijrat qilsa, uning xijrati Alloh va Rosuliga bo'ladi. Kim mol-dunyoga erishish yoki bir ayolga uylanish niyatida xijrat qilsa, u kishining xijrati niyat qilgan narsasi uchun bo'ladi".» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Nasaiy va ibn Moja rivoyatlari) Qisqacha sharx: Ushbu hadisdan shuni bilish mumkinki, inson amallari avvalo niyatga bog'liq ekan. Inson garchi Alloh buyurgan ibodat amallarni, masalan namoz, ro'za yoki boshqa savobli amallarni qilsa ham, agar u insonda niyat to'g'ri bo'lmasa, bu amallardan u insonga ajr-savob bo'lmas ekan. Shuning uchun, harbir xayrli ishimizdan oldin biroz to'xtab, niyatimizni to'g'irlab olib, keyin amalga kirishishimiz lozimdir. Nimani niyat qilsak, amalimiz shu uchundir.

Sahroda tashnalikdan qiynalib, o'lar holga kelib oxiri suv topgan insondek, botqoqlikka cho'kib borayotgan pallada, chiqish uchun yo'l topgan insondek, jarlikdan tushib borayotgan pallada, biror narsaga ilinib omon qolgan insondek - Biz ham , gunohlar botqoqiga g'arq bo'layotgan pallamizda, yolg'on-u g'iybatlar jarligiga qulayotgan paytimizda, yomon amallar-u xulqlar sahrosida adashib qolayotgan paytimizida - Ramazon oyi bizga Allohni rahmati bo'lib, ushbu amallardan qutilishga yordamchi sifatida kirib keldi. Ramazon oyi muborak bo'lsin azizlar! Ertadan boshlab kelishganimizdek, "40 hadis" kitobidan Ramazon davomida hadislarni o'rganishni boshlaymiz inshaaAlloh. Alloh ushbu oyda, gunoh-u xatolarimizni kechirib, onadan tug'ilgandek gunohlardan toza qilib, xulq-u amallarimizni go'zal qilishini so'raymiz va umr davomida shu go'zal xulq ila o'tishlikni nasib qilishini so'raymiz. Amiyn. Ramazon muborak ! @JoshDeveloper

Ramazonda ro’za taqvimini qidirib aniq va ehtiyotan qilinganini topa olmaganlar uchun, quyida yozilgan linkdagi javobda qayerdan topish batafsil ko’rsatilgan. Aytilganidek qilsangiz eng to’g’riroq va ehtiyotkorroq variantini qilgan bo’lasiz InshaaAlloh. Link: https://savollar.islom.uz/s/169521 @JoshDeveloper

Biroz oldin tugagan suhbatimizni (voice chat) yozib olingan audiosi. Marhamat. Mavzu: "Soft-skill"lar nima va ish, intervyularda uning ahamiyati. @JoshDeveloper

Bir birodarimiz Matematika va fizikadan o'quv kursi ochibdilar. Kimga kerak bo'lsa quyida ma'lumotlarini qoldiraman: Telegram: @otkirbek_vafoyev Telefon raqam: +998 93 008 55 82 Mo'ljal: Mirzo Ulugʻbek tumani Hamid Olimjon metro Manzil: Qori Niyoziy ko'chasi 39-uy 6-qavat Narxi: 400 000 so'm @JoshDeveloper

#Ramazon_1443_2022 RAMAZONNING BOSHLANISH SANASI MA’LUM BO’LDI Bugun O’zbekiston musulmonlari idorasida Ulamolar Kengashining
#Ramazon_1443_2022 RAMAZONNING BOSHLANISH SANASI MA’LUM BO’LDI Bugun O’zbekiston musulmonlari idorasida Ulamolar Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda bir qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, 1443/2022 yil Ramazon oyining boshlanish sanasiga ham oydinlik kiritildi. Ulamolar Kengashining qaroriga ko’ra, joriy yilgi Ramazon oyining birinchi kuni 2 aprel shanba kuniga to’g’ri kelishi tasdiqlandi. Shunga ko’ra, 1-aprel juma kunidan boshlab, Respublikamiz masjidlarida tarovih namozlari o’qiladi. Ramazon oyi barchamizga muborak bo’lsin! Shayx Alijon qori rasmiy sahifalari👇 Telegram | Facebook | Youtube | Instagram

Suhbat boshlanishiga 2 daqiqa qoldi. Qo'shilib turishingiz mumkin . 👇 Suhbat bo'ladigan Kanal linki: @javaholics @JoshDeveloper