Umar Sadullayev | Blog
Open in Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Show more5 059
Subscribers
-824 hours
+167 days
+1130 days
Posts Archive
Internetda ba'zi dasturchilarni qilayotgan xatti harakati juda ranjitdi.
Islom dinini ochiqdan ochiq haqorat qilishyapti. Nomlaridan dasturchiligi ko'rinib turibdi.(Harxolda nomi o'xshaydi, fiklashi bog'cha bolasidan ham past lekin)
Xatto ularni ichida bir mashxur IT blogger ham bor. Uni yozayotgan kommentlaridan keyin, soqolini qirib yupka kiysa ham bu qadar hurmati tushmasdi men uchun.
Shundaylar oramizda bo'lsa bilib oling:
"Islom dini haq din. Bunga hech shubha yo'q. Nafsiga qullargina inkor qiladi. Tuzukroq ilm olmasdan uni haqorat qilish beforasatlikdan boshqa narsa emas. Haqligiga ishonmasangiz, bemalol. Fikringizni hurmat qilamiz. Ammo uni haqorat qilishingiz, u haqida chirigan miyyangiz bilan bema'ni safsatalar tarqatishingiz sharafsiz, aqli past, madaniyatsiz inson ekanligingizni ko'rsatadi xolos."
Juda alam qilgani, dasturchi sifatida hurmat qilganim, shundaylar bilan hamfikr ekanligi. Unga qancha dasturchi yoshlar ergashishyapti.
Adashib e'tiqodiga ham ergashib qo'ymang!
#SorryForOfftop
@JoshDeveloper
Bugun bir kattaroq summani o'zimni boshqa kartamga o'tkazaman degandim Click orqali.
1% xizmat haqini ko'rib qo'rqib ketdim. Rostan 1% xizmat haqi ham katta ekan.
Kamroq oladigan, ishonchli, yaxshi to'lov tizimi bormi bizda ?
Maslahat bering 😄
#SorryForOffTop
@JoshDeveloper
Biroz muddat hozirgi loyihamda ishlagandan so'ng, yaqinda Code Reviewer'lar qatoriga qo'shilishimni so'radim va qo'shildim.
Kodlarni review qilishdan foydalar talaygina. Birinchidan o'zingizni bilimingiz oshsa, ikkinchidan kompaniyaga sifatli dastur yetkazishga hissangizni qo'shasiz.
Hozirgi postim orqali siz azizlarga aytmoqchi bo'lgan ikkita gapim bor.
Birinchisi Code review nimaligi va foydalari bo'lsa, ikkinchisi biror ishda kompaniyaga o'zingizni taklif qila olishingiz. O'z qiymatingizni shunday ish tutish orqali oshirasiz. Xuddi o'zimni Reviewer qatoriga qo'shishni taklif qilganimdek. Yoki biror qiyin topshiriq berilsa, shuni qilishni menga beringlar deyish orqali qiymatingiz oshadi. (Faqat qila olsangiz oling, tag'in... 😄)
Ha aytgancha, katta Team lead'imizni kodidan xato ham topishga ulgurdim Code review jarayonida. 😎
@JoshDeveloper
Ishtirokchi tanlandi.
Birinchi urunishimni o'zida 30 raqami chiqdi.
Ishtirokchimiz: Aqilbek Abilaev
Esingizda bo'lsa JS intervyuda ham g'olib bo'lgandilar 😄
Qoyil. Omadli inson ekanlar. Yana g'olib bo'ldilar.
Endi intervyu sanasini tanlab, intervyu uyushtiramiz. So'ng siz azizlarga videosini ulashamiz.
InshaaAlloh
@JoshDeveloper
Esingizda bo'sa React intervyuga 1 yildan kam tajribalilar nomzod qoldirmasin degan edim. Ammo ko'pchilik baribir qoldiribdi. Bu ishlari menga yoqdi 🙂😄 Ularni ham randomga qo'shaman.
Hozir javoblari qoniqarli bo'lgan insonlarni saralab oldim. 1 yildan kam bo'lgan insonlarga bitta raqam, ko'p bo'lganlarga 2 ta raqam berdim. Bu orqali, randomda yutish imkoni ularda ham bo'ladi. Ammo tajribalilarda ko'proq imkon bo'ladi.
Randomga o'tadiganlar:
1. Umarov Abdulaziz
2-3. Ahrorbek Mamadaminov
4-5. Akramjon Abdullayev
6-7. Ismatullo Asatullayev
8-9. Abdulloh Irgashov
10. Dilshodbek Boymamatov
11-12. Farruh Mengboyev
13-14. Davron Normo'minov
15-16. Oybek Shamuratov
17-18. Shahriyor
19-20. Salohiddin Dilmatov
21. Bekjon Ishpulatov
22. Shahruh Atanazarov
23. Obid Kenjayev
24. Nishonboyev Rustam
25-26. Muhammadali Muhammadaminov
27. Azamat Gofurov
28-29. Yusufjon Yunusov
30-31. Aqilbek Abilaev
@JoshDeveloper
React.js intervyusiga quyidagi insonlar nomzodlikka yozilishdi. Ulardan birini bugun 13:30 da random orqali tanlab, kanalda e'lon qilaman inshaaAlloh. Sog'ligimda kichik muommo bo'lgani sabab "live" qila olmayman. Ammo haqqoniy tanlov bo'lishiga ishonsangiz bo'ladi. 🙂
Nomzodlar:
umarov abdulaziz
Ahrorbek Mahamadaminov
Akramjon Abdullayev
Ulug'bek Bozarov
Javlonbek
Ismatullo Asatullayev
Abdulloh Irgashev
Oqilov Abdulaziz
Azimjon Umarov
Dilshodbbek Boymamatov
Farrux Mengboyev
Davron Normo'minov
Robiya
Oybek Shamuratov
Shahriyor
Salohiddin Dilmatov
Bekjon Ishpulatov
Shakhrukh Atanazarov
Obid Kenjayev
Nishonboyev Rustam
Muhammadali Muhammadaminov
Mirjalol Urozboev
Jasur Kurbanov
Azamat Gofurov
Yusufjon yunusov
Aqilbek Abilaev
@JoshDeveloper
"Debugging Frontend Applications" suhbati bo'lyapti hozir.
Link: https://www.youtube.com/watch?v=3Tr2Az3Jv8s&feature=youtu.be&ab_channel=GDGTashkent
@JoshDeveloper
Ishsizlik davri va unga maslahatlar borasida yozgan postim borligi esimga tushib qoldi. 😉
O'qimaganlar bo'lsa, manfaatli bo'ladi inshaaAlloh.
Marhamat: https://t.me/JoshDeveloper/1311
@JoshDeveloper
Qani React'chiman deb ko'ksini kerib yurganlar 😄
Atigi 11 ta odam topshiribdi hali.
Shuncha React'chi bor bo'lmasa. 😑
Tepadagi postni boshqalarga ham ulashing.
@JoshDeveloper
React.js intervyu
Kutganmidingiz ?
YouTube kanalimiz 1K bo'lsa, React'dan intervyuver topib, kanalimizda intervyu uyushtirib beraman degan ekanman 😄🤦♂️. Nimalar deb yuribmana... 😄
Demak, intervyuni qilamiz. Kim ishtirokchi sifatida qatnashmoqchi bo'lsa, quyidagi formaga nomzodini qoldirsin. Javoblar ichidan odamlarni saralab olib, ular orasidan ixtiyoriy bir insonni random qilib tanlab, kanalimizda intervyu uyushtiramiz. Suhbat qiziq va foydali bo'lishi uchun tajribasi 1 yildan kam bo'lgan insonlarni qabul qila olmaymiz. 🤷♂️
InshaaAlloh.
Forma: https://forms.gle/NYTvVjhQatzkrFLy7
@JoshDeveloper
YouTube kanalimiz obunachilari 1K bo'libdi.
Alhamdulillah. Shuncha insonga manfaat yetkazgan va yetkazayotganimizdan hursandmiz.
Qo'llab turgan hammaga rahmat. 😊
@JoshDeveloper
Natija 🌚
Test yozish haqida bekorga yozmadim. Ko'pchilik intervyuga kelganda Test yozish haqida birinchi marta eshitayotgan bo'ladi.
Kanalda yozish orqali, ko'pchilikka Testing degan narsa borligini ham bildirsam degandim. )
@JoshDeveloper
@JoshDeveloper
Bir necha soatdan beri yozgan testim ishlamayotgan edi. O'zimcha advanced kodlar yozib, to'g'irlashga urundim. Befoyda bo'ldi.
Keyin qarasam, bir kodni shunchaki pastgi qatorga olish kerak ekan, ketma-ketligi xato ketgan ekan. 😄🤦♂️
Shunaqasi ham bo'lib turadi. 🤷♂️
Bahonada o'zim ham eshitmagan yangi narsalarni o'rganib oldim. 😄
@JoshDeveloper
Sizni ham qo'lingiz kompyuterda W, A va D harflariga o'rganib qolganmi ? 😄
Yoshlikdan qolgan asorati borlar tushunadi buni 😄
@JoshDeveloper
Repost from GDG Tashkent
#DevFest22 oldidan o’tkazilayotgan suhbatlarimiz davom etadi!
12-Noyabr 6:00pm - Diyorbek Sadullaev (SDE @ Super Dispatch)
Debugging Frontend Applications (O’zbek tilida)
13-Noyabr 8:00pm - Muhammadjon Toshpulatov (SDE @ Google)
Path to Google (O’zbek tilida)
Suhbatlarni o’tkazib yubormaslik uchun YouTube kanalimizga a’zo bo’lib qo’ng’iroqcha 🔔 tugmasini bosib qo’ying.
Mehmonlarimizga savollaringizni quyida yozib qoldiring 👇
Biz bilan qoling! 😉
Yozgan kodlaringizni Code Review'ga berishdan avval (Pull request), 10 daqiqa kompyuterdan uzoqda dam olib, qaytib kelib o'zingiz bir qator tekshiring.
Shunda kutilmagan xatolar va "yoqimli" kommentlar kamroq olasiz.
😉
@JoshDeveloper
Shu kungacha kanalimizda qilingan Podcast'lar ro'yhati.
1. AI haqida nimalar bilamiz ? - Anvar Narzullayev bilan.
2. Dasturchi sifatida vaqtni to'g'ri boshqarish - Ulug'bek Samigjanov bilan.
3. Junior va Middle dasturchi farqi, freymvork tanlash - Umar Muhandis bilan.
4. "Soft skill"lar nima ? - Javaholics (Humoyun) bilan.
5. EPAM va ITransition haqida - Umar Sadullayev
6. Juniorlikdan Seniorlikkacha - Umar Muhandis bilan
7. Juniorlik davri - Sardorbek Muxtorov
@JoshDeveloper
Juniorlik davri suhbati audiosi.
Suhbatdagi mavzular ro'yhati.
1. Junior darajasiga kimlar to'g'ri keladi ?
2. Juniorlarning ishga kirishdagi kamchiliklari va maslahatlar.
3. Resume qanchalik muhim ?
4. Nega kompaniyalar Juniorlarni ko'p qabul qilishmaydi ?
5. Tezroq Middle bo'lish sirlari
Shuningdek, birqancha savollar va ularga maslahat va javoblar ham.
Suhbat uchun Sardorbek akaga minnatdorchilik bildiramiz. 🙂
Yana qanday mavzularda, kim bilan suhbat qilamiz ?
Kommentga yozing. 😉
@JoshDeveloper
Bugun 19:30 da Juniorlik haqidagi ajoyib suhbatimiz bo'lib o'tadi inshaaAlloh.
Savollaringiz bo'lsa, kommentga qoldiring.
Qo'shilishni unutmang.
@JoshDeveloper
