Umar Sadullayev | Blog
Open in Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
Show more5 144
Subscribers
-524 hours
-227 days
-5930 days
Posts Archive
Bo'sh vaqtimda ba'zan quyidagi kanalni kuzatib turaman. Juda ajoyib insonlar bilan intervyu qilishadi. Ularni tarixini eshitib, islomga kirish hikoyalarini eshitib ba'zan hayratda qolasiz.
Shaxsiy blogimda tashlamoqchi edim, ammo inglizcha biladiganlar buyerda ko'proq. Ko'proq inson ko'rinishini istadim.
Kanal linki: https://www.youtube.com/@TowardsEternity/videos
Eng ta'sirli intervyularidan biri: https://www.youtube.com/watch?v=Ns5t5sDI3ec&ab_channel=TowardsEternity
#islam
@JoshDeveloper
Shuyerga bir narsani aytib ketmoqchi edim.
Vohidjon aka aytganidek, barcha AT yo'nalishlariga o'rin bor. Lekin shuni ham unutmangki, biror yo'nalishda ekansiz, biror yaxshi natijaga erishmaguncha undan boshqasiga o'tmang.
Bittasida mutaxassis bo'ling. Shunda o'rningiz bo'ladi.
The one who masters on one profession, is better than the one who knows many, but not good at any of them.
© Null
@JoshDeveloper
Repost from Vohid Karimov
FAANGga qaysi yo’nalish yaxshi?
Shu savolni mendan tez-tez so’rab turishadi. Men uchun bu savol sal g’alati tuyiladi. Har safar shu savolni eshitganimda ichimda bir narsa o’ladi.
Chunki hamma dasturlash yo’nalishi bilan FAANGga kirsa bo’ladi. Bunday kompaniyalar shunchalik kattaligidan deyarli hamma yo’nalish bo’yicha talantlarni ishga oladi. Men hozirgacha Googleda quyidagi xildagi dasturchilarni ko’rdim va hammalari muvaffaqiyatli ishlashyapti:
— Frontend Engineer
— Backend Engineer
— Embedded Engineer
— Gaming Engineer
— Security Engineer
— Android Engineer
— iOS Engineer
— QA Engineer
— QA Automation Engineer
— Site Reliability Engineer
— va hokazo
Yaxshiroq va foydaliroq savol: “XXX Engineer bo’lib qanday FAANGga ishga kirsa bo’ladi?”
Tushunaman nega yosh dasturchilar shu savolni berishadi. Befoyda narsa o’rganib yurmayin deb qo’rqishadi. Qo’rqmang, hamma bilimlarni o’rni bor va dasturlash soxasi ichida ekansiz bilimlaringiz befoydaga chiqib qolmaydi.
Qisqasi, lyubaya yo’nalish xarasha 🙂
O'zbekiston kelajagi bizning qo'limizda ✊
Kommentda tashlashibdi 😄
#joke
@JoshDeveloper
Biz qanchadan beri tortishib yuradigan mavzuga, Muhammadjavohir aka ustoz allaqachon ikki yil avval javob bergan ekan.
Link: https://youtu.be/-Q5L4bx5yhU
P.s: Ustoz ham bilarkanlar, birinchi bo'lib Angular deb yozibdilar. 🌚😁
@JoshDeveloper
Hozir bir video tashlashibdi.
Unda bir "bizneeesmen aka" aytyapti "Kuni kecha bittasini ishdan bo'shatib yubordim..."
Huh, nega ekan deb, oxirigacha eshitsam, sababi ofisda bosh kiyimda o'tirgani va klassik kiyinmagani, shuningdek ishdan keyin kechqurun boshqa joyda ishlashi sabab ekan 😄
"Akamiz" davom qilib shunday ma'noda aytyapti: "Ish payti hayoli faqat bizni ishda bo'lishi kerak. U odamni ishga olgan HR ham ishdan bo'shagan. Agar sifatli kadrlarni olmasak, ertaga raqobatchilarimiz bizni sifatli mijozlarimizni olib qo'yadi."
Qoyil 👏
Tasannolar 🎇
Eng qiziqi, shu "bizznees men" akamizni gaplariga qo'shiladiganlar borligida.
Fikrimcha, Biznesini deb insoniy tushunchalarni sotib yuborgandan ko'ra, unaqa biznesmen bo'lmagan yaxshiroq. Ha yana, bu aytayotgan "aqlli" gaplari haqiqiy biznes liderlarni gaplari emas. Bu bilan biznes rivojlanmaydi, aksincha qulaydi.
"Weekend" ham kelib qolibdi deyarli, zerikishni boshladim shekilli, shu narsaga ham fikr bildirib o'tiribman. 🤷♂️
"Sog' bo'lasizlar". 😄
#tanqid
@JoshDeveloper
I am in!
Bing AI'ni ishlatish uchun ruhsat oldim va ishlatib ko'ryapman.
Ochiqini aytsam, ChatGPT'ni o'ziga qaraganda biroz o'jarroq ekan 😄 Ammo, undan ancha aqlliroq.
Ishlatib ko'rganlar bormi ?
@JoshDeveloper
Dasturchilardagi eng qadrlanadigan "skill"laridan biri "Birovni kodini tushunish".
Eng zo'ri esa "Tushunarli kod yozish"dir.
#heshtegTopolmadim
@JoshDeveloper
Hozir ishda bir kichik va oddiy, ammo qiziq muommoga duch kelib qoldim.
Bir ma'lumot bugundan 0 qiymatini ham qabul qilishni boshlagan edi va "default" qiymati ham 0 ga teng bo'ladigan bo'ldi. Avval, null edi.
Shunday qildim va dasturni ochib ishlatmoqchi bo'lsam, dastur ishlamayapti umuman. (Call Stack to'lib, Browser qotib qolgan)
Biroz izlanib qarasam, avvalroq quyidagi ma'noda kod yozilgan ekan 😄
if(!haligiQiymat) {
setDefault();
checkValues();
}
Haligi qiymat 0 ga teng bo'lgani uchun if'ni ichiga kiryapti, if esa yana 0 ga tenglayapti va qayta qiymatlarni tekshiryapti va yana if'ni ichiga kirib qolyapti... ♾
Keyin to'g'irlab qo'ydim 😄
Shunaqa gaplar...
@JoshDeveloper
Bahor ham kelibdi. Umrni o'tishini qarang. Boshqa kasblarni bilmadim-u, dasturlashda umr juda tez o'tgandek his qilarkan odam o'zini. Buni sababini dasturchilar o'zlari yaxshi bilishadi.)
#Offtopic deb aytarsiz bu gaplarimni, ammo aytishim kerak. Ba'zan inson dunyo ichida o'zini qanday tutayotgani, qanday yashab umrini tugatayotganini tepadan kuzatib ham turishi kerak.
Bilasizmi kimlarni juda hurmat qilaman va shularga o'xshagim keladi ?
Dunyosini deb dinini, dinini deb dunyosini tashlab ketmagan insonlarni. Dinini mahkam tutgan holda, dini yo'lida dunyosini ham obod qiluvchilarni. Ulug' maqsad yo'lida yashayotganlarni.
Ana shular, aqlli insonlar emasmi ? Tarozini ikki pallasini ham birdek yaxshi tutib turgan insonlar.
Oramizda kim dunyosini deb dinini ortga surib, kechiktirib yurgan bo'lsa, ayni hozir juda ajoyib fursat. Kim benamoz yurgan bo'lsa, boshlashga ayni hozir juda ajoyib fursat.
Kim ikkisini ham ortga surib yurgan bo'lsa, dinidan boshlashi u uchun naqadar go'zal tanlov bo'lar edi. Zero, dinimiz dunyoda qanday yashashni o'rgatganchalik hech narsa bu qadar kuchli o'rgata olmaydi.
Umrimiz tugab boryapti. Biz esa past narsalar ortidan quvib yuribmiz...
Alloh hammamizni ikki dunyo yaxshiliklari bilan siylasin.
«Odamlarga hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, g'aflatda, yuz o'giruvchi bo'lgan hollarida.»
Anbiyo surasi, 1-oyat
#islam
@JoshDeveloper
Ha aytgancha, u ham Senior ekan.
Buyoqda Senior bo'lgan men: 🫢😬
#joke
@JoshDeveloper
Hozirgina dasturlash bo'yicha 20+ yillik tajribali chetellik dasturchi bilan ish borasida gaplashdim.
20+ yil 🤯
Tug'ilmasimdan oldin boshlagan ekan dasturlashni 😄
G'alati bo'larkan odam...
@JoshDeveloper
Biror vazifani yasashda "visualization" kerak bo'lib qolsa, ko'proq "Paint" ishlatardim. (Kulmang 😄)
Keyin bilsam, Seniorlarni ko'pisi https://excalidraw.com saytidan foydalanar ekan.
"Senior bo'lganim" uchun shu saytga o'tishga qaror qildim 🌚
Maslahat beraman.
#tavsiya
@JoshDeveloper
Angular guruhda Angular'ni boshlash va Angular optimization haqida suhbat boshlanyapti.
Kimga qiziq bo'lsa kirsin.
Link: https://t.me/angular_uz?videochat=7c0415e0eb520e0a15
@JoshDeveloper
Algoritm va DS ga qiziquvchilar uchun EPAM'da ishlaydigan Bekzod akani @Leetcodin kanallarini maslahat beraman.
Juda ham yaxshi ma'lumotlar berib boriladi.
#tavsiya
@JoshDeveloper
Kommentni ochib qo'yishni ko'p so'rashyapti. Hozirgi postga ochdim. Qolganlariga ham ochiq tursinmi ?
Esingizda bo'lsa yil boshida yopgan edik.
Aytgancha, ko'p so'raladigan va siyqasi chiqib ketgan bir savolga kecha kutilmagan va hal qiluvchi javobni @khumoyun_codes akadan oldik. 😄
Diplom kerakmi ?
Javobni eshitish uchun link: https://www.youtube.com/live/SjoDvzP8gQM?feature=share&t=5184
#share #diplom
@JoshDeveloper
Aytgancha, ko'p so'raladigan, siyqasi chiqib ketgan bir savolga kecha kutilmagan va hal qiluvchi javobni @khumoyun_codes akadan oldik. 😄
Diplom kerakmi ?
Javobni eshitish uchun link: https://www.youtube.com/live/SjoDvzP8gQM?feature=share&t=5184
#share #diplom
@JoshDeveloper
Kechagi stream'da ko'p savollarni ko'zdan qochiribmiz. Vaqtimiz ham yetmas edi. Bu uchun uzr.
Rasmda eng zo'r savol egasi 😂
Bu savolga javobni, keyingi podkastimizda, Angular haqida gaplashganimizda beramiz. inshaaAlloh
#stayTuned
@JoshDeveloper
