en
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Open in Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Show more
4 792
Subscribers
-324 hours
-337 days
-2830 days
Posts Archive
4-maslahat Ketishga shoshilmang. Lay-off haqida eshitganimda, biroz achchig'im kelib, boshqa yaxshiroq joyga topshirib yuborsammi deb qoldim. Keyin yaxshilab o'ylab ko'rdim. Aslida klient tomondan lay-off bo'lsa, Outsource kompaniyalarda nima ayb ?) Kechirdim. 😄🌚 Hazil, boshqa joyga topshirishda qiyinchiliklar ko'pligini o'yladim. Yaxshiroq joy topganim bilan ham, yangi ishga kirish, unga moslashish, onboarding jarayonlari... Qiyin. Kamiga buyerda endi yaxshi darajalarga chiqyapman. Hammasini yana 0 dan yangi joyda boshlash qiyin. Shu sabab, oxirgi 1 oygacha aktiv ish qidirish rejimini yoqmaymaslikka qaror qildim. Sizlarga ham maslahatim, ish joyingiz o'zingizga yoqsa va shu kabi 50/50 holat bo'lsa, ketishga shoshilmang. Qolish uchun sabablarni ko'ring. Ilojini qidiring. Yangidan ish boshlash, har doim qiyin. #lay_off #maslahat @JoshDeveloper

Yaxshi dasturchi va oddiy dasturchining farqlaridan biri, yaxshi dasturchi kutilmagan jarayonlarni ham o'ylaydi, oddiy dasturchi esa, faqat kutilganni. Ya'ni, "User" hardoim ham "valid" email yubormasligini yaxshi dasturchi o'ylaydi va "validator"lar yozadi. Oddiy dasturchi esa, unday emas. Yana qanday kutilmagan jarayonlarni bilasiz, qaysiki yaxshi dasturchi o'ylashi kerak bo'lgan ? @JoshDeveloper

C# ni qanday tez o'rgandim ? Umuman olganda tez emas, juda kam vaqt ajratdim. Udemy'da kurs ko'rdim ozgina. Tushunmasam ChatGPT orqali o'rgandim. ChatGPT bilan juda juda tez o'rgansa bo'lar ekan. Bitta tilni asoslarini 1-2 kunda ham bemalol o'rgana olishimni his qildim. Undan to'g'ri foydalansangiz, o'sishingiz 10x ga ham oshishi mumkin. Endi C#'da Advanced mavzularni ham yo'l-yo'lakay ko'rib ketaman, .NETni ham boshlayman inshaaAlloh. Shunaqa gaplar :) @JoshDeveloper

Resume.AddSkill("C#");

Qaysi dasturlash tilini tanlay deganlarga javob mana 👆 10-100 ta odam bosganni tanlayvering. 😄 #joke @JoshDeveloper

Qaysi dasturlash tilini ko'p ishlatasiz ?
Anonymous voting

Biroz og'ir ish haftasi bo'ldi 😢😄 Ishdan tashqari C# .NET o'rganishga ham vaqt ajratishga harakat qildim. Komfort zonaga tushib qolibman. Passiv o'rganish jarayonidan, aktivga o'tish biroz charchatib qo'yarkan odamni. Endi sekin sekin qaytib olaman aktivga inshaaAlloh C# yoqyapti, biroz qiyin joylari ham bor ekan. Juda "strict" til ekan. Ammo, umumiy dasturlashni bilganim uchun juda tez bo'lyapti, faqat C#ni o'ziga aloqador funksiya va boshqa narsalarni ko'rish qiynab qo'yarkan. Udemy'da "Mosh Hamedani"ning Beginner kursini ko'ryapman. Tugay deb qoldi. Shunday gaplar :) #updates @JoshDeveloper

Ushbu videoni bir do'stimiz tashlabdi :) Man bir chetda C# .NET o'rganib yuribman xolos 🤷‍♂ #hazil @JoshDeveloper

Lay-off haqidagi postlarimni ko'rgan ishsizlar 👆😄 #joke @JoshDeveloper
Lay-off haqidagi postlarimni ko'rgan ishsizlar 👆😄 #joke @JoshDeveloper

3-maslahat Vahima qilmang.😌 Lay-off'ga tushsangiz vahima qilmang. 😌 Agar kompaniyadan to'liq chiqayotgan bo'lsangiz, yangi ish joyi qidirishni eng kamida ketishingizdan 1 oy avval boshlab yuboring. 1 oy ham berishmayotgan bo'lsa, avvalo muomala qilib so'rab ko'ring, baribir berishmasa, vahima qilmang. 😌 Ish qidirishni boshlang. Rizqingiz yozilgan, siz harakatini qiling, natijasini Allohga qo'ying. G'am qilmang. :) Sinovda bu ham. Quyidagi oyatni unutmang. Albatta, biz sizlarni bir oz qo'rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musiybat yetganda: "Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz" derlar. Ana o'shalarga Robbilaridan salovotlar va rahmat bor. Ana o'shalar hidoyat topganlardir. Baqara surasi, 155-157 #lay_off #maslahat @JoshDeveloper

2-maslahat Muomala madaniyati. Ishda muvaffaqiyat qozonish va Lay-off'larda "tirik" qolish imkonini oshirish uchun ayta oladigan yana bir maslahatim shu. Ishda bo'lsin hayotda bo'lsin, muvaffaqiyatli inson bo'lmoqchi bo'lsangiz, kerak joyda o'zingizni qanday tutishni bilishingiz kerak. Jamoadoshlar va menejerlar bilan yaxshi muomalada bo'ling. Yordamga doim tayyor inson sifatida ko'rishsin sizni. Bu orqali juda unaqa lay-off'dan sakrab o'tmasangiz ham, egilib o'tmoqchi bo'lib ko'rasiz :) #lay_off #maslahat @JoshDeveloper

Nihoyat O'zbekistonda olamshumul o'zgarish... Angulardan offline kurs ochilibdi 😄🌚 Batafsil: https://t.me/unlimITAcademy/22 #tavsiya @JoshDeveloper

Linux'da distroma distro yurganlarim esimga tushib ketdi... Mazza davrlar edi 😄 Ubuntu'da MacOS UIga oxshatib qilganlarimni eslasam kulgim keladi 😄 Mana hozir, MacOS haqiqiysi uyda chang bosib yotibdi... Dual BOOT qilaman deb noutbukni buzib qo'yganman. Windowsga ham Linuxga ham o'tmay qolgandi. Shunda Youtube titkilab, oxiri to'g'irlagandim 😄 Bu ham bir tajriba bo'lgan... @JoshDeveloper

Bu post haqida yozishibdi kommentda, https://t.me/JoshDeveloper/1114 Postdagi rasmni ham o'zim chizganman. Shu paytdagi fikrim ham, hozirgisi ham birhil. O'sha postda to'g'ri yozganman. Men Backend'ni o'rganayotganim sababi esa, men allaqachon rasmdagi birinchi yashil ko'rsatkichman 😄 Endi esa, o'ngdan birinchi bo'lgan ko'k ko'rsatkich ham bo'lmoqchiman. Ikkisi birlashsa esa... 💣 Postdagi ma'no boshqacha, dasturlashni endi boshlaganlar darrov Fullstack bo'lishlari haqida aytilgan. Birida tepa ko'rsatkichga chiqib, keyin ikkinchisini qilish to'g'ri deyilgan. :) @JoshDeveloper

Mentor boshchiligida C# o'rganishni boshladim. Mentor topish juda oson ekan ishxonamizda. Bir kunda juda tajribali mentor topib, o'rganishni ham boshlab oldik. #updates @JoshDeveloper

Fikrlariga qo'shilaman va buni o'quv kurslariga ham yuborish kerak. Automation Test Engineers haqida lekin bir fikr bildira olmayman. Qiziqqan o'rgansin. Ammo, bilmadim kelajagi qanchalik yaxshiligini. @JoshDeveloper

Embedded Engineering, DevOps engineering, Cloud Engineering, Automation Test Engineering kabi sohalar ham bor. Faqat frontend va backendga yopishib olmanglar

Frontend'ni o'rganayotganlar xavotir olib yozishibdi, "Lay-off'lar ko'paygani sabab, Frontend'ni o'rganmaslikni maslahat berasizmi ?" degan ma'noda. Javobi biroz qiyin buni. Ikki javobda ham bor. Ha, Frontend'chilar juda juda to'lib ketdi. Ammo, ish ham baribir chiqyapti yaxshi o'rganganlarga. Bir javob aytishim shart bo'lsa, aytardimki, yaxshi kandidatga ish hardoim bor. Frontend bo'ladimi Backend bo'ladimi farqi yo'q. React'da masalan shuncha raqobat bo'lsa ham, uni yaxshi o'rganib, raqobatni yengib o'tayotganlar yuzlab topiladi. O'zingizga savol bering, raqobatda oyoq ostida qolib ketasizmi yoki kurashasizmi ? Agar oyoq ostida qolishingizga amin bo'lsangiz, bu soha sizga emas. "Yo'q, kurashaman, qattiq turib o'rganaman" deysizmi ? Unda nima yo'nalishni tanlagan bo'lsangiz, shunda bardavom bo'ling. Ishdan g'am qilmang. Fullstack bo'lish haqida ham so'rashibdi, vaqtingiz yetsa bosavering 🙂 Ammo, kamida bittasida yetarli bilimga chiqib oling birinchi. #maslahat @JoshDeveloper

Nega .NET'ni tanladim ? Sababi, Angular bilan birga ko'p ishlatiladi. Ayni damda ishxonamda mentorlar .NET'chi. O'rganishimga yordamlashishadi. Asosiy sababi shu. Nega Node+NestJS emas ? Ayni damda bozor talabiga qarayapman. Node va Nestni o'rganish esa yo'l yo'lakay ham bo'laveradi, chunki o'zim JSchiman allaqachon. .NET'ga esa vakansiyalar ko'proq. Dushmanimiz kim ekan buyerda ? React'ga o'xshab, buyerda ham yemagan kutubxona yoki tillar bormi ? Javami ? #hazil 😅 @JoshDeveloper

Tanladim...
Tanladim...