Umar Sadullayev | Blog
الذهاب إلى القناة على Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
إظهار المزيد5 147
المشتركون
-424 ساعات
-237 أيام
-5830 أيام
أرشيف المشاركات
Telegram ham ayniyapti.
Stories qo’shilyapti ekan. Shaxsan menga, yoqmadi bu g’oya. Telegramda chalg’ituvchi narsalar avval ancha kam edi. Bu ketishda bilmadim nima baloga aylanadi.
Bo’mapti ☹️.
@JoshDeveloper
Bu post birovni ustidan kulish, behurmat qilish uchun yozilmadi.
Avvalo oddiy hazil. Ammo, umumiy ma’noda dasturchi kasbi hamma narsani tuzatib yuradigan kasb emasligiga urg’u berildi. Biz ham nimanidir bilmaymiz. Oddiy narsalarni ham bilmasligimiz mumkin. Bilmasligimizni aytsak esa, ko’pchilik xafa bo’ladi. Yordam berging yo’qmi, dasturchisanku, bilmaysanmi deya.
Xulosa shuki, dasturchiman deb, behurmat qilish, biladigan narsangizni bilmayman deyish xato. Shu kabi, dasturchi ekan deb, har narsani biladi deb o’ylash ham xato.
@JoshDeveloper
Bugun taksida, suhbatimiz tahminan shunday kechdi:
Haydovchi: Kasbingiz nima ?
Men: Dasturchiman. Dasturlar yasaymiz.
Oradan biroz vaqt o’tdi:
Haydovchi: Shu telegramimda ikkita akkount borda… Bittasidan ikkinchisiga narsa yuborish kerak. Lekin saxranit qilolmayman birinchi akkountni…
Men: …..
Haydovchi: Telegramni bilmisizmi?
#joke
@JoshDeveloper
E’lonchani davomi:
Bo’lib berishga boshlang’ich 30-50% to’lab, bir oy muddatga sotib olsa bo’ladi kursni. Referral orqali pul ishlash imkoniyati ham bor. Bu kurs olganlar uchun amal qiladi.
Endi aniq bo’ldi 😅
#eloncha
@JoshDeveloper
E’loncha bor edi.
Frontint.uz kursi narxlari qimmatladi.
Bo’ldi 😅
@JoshDeveloper
Ish va hayot o’rtasida balans ushlay olish uchun nimalar qilasiz?
#savol
@JoshDeveloper
Mana shu muommolar jonga tegdi.
Nahotki bir miyasi ishlagan odam chiqib, yengillik qilmasa xalqqa ? Qaysi rivojlangan davlatda bor bunday qonunlar ?
Link: https://t.me/xushnudbek/20290
#birNarsa
@JoshDeveloper
Majburlab “IT”ga tiqish masalasi ham bor…
Ilgari Musulmonlarning maktablarida quyidagicha yozuvlarni yozib qoyishgan ekan(tahminan shunday):
“Bizda qush suzishga, baliq uchishga majburlanmaydi” deya.
Ota-onalar ham xulosa olsa bo’lardi. O’zlariga o’zim aytsam “Qizg’onyapsanmi? Hali ko’rasan…” deb boshlanishi mumkinda 😄
@JoshDevoper
Ba’zi tanishlarim o’z o’g’illarini yoki ukalarini yaxshi dasturchi bo’lishi uchun yelib-yugurib, man bilan bog’lanib, shu o’g’lim(yoki ukam)ga yo’l-yo’riq ko’rsatib tursangiz, savollariga javob berib, deb aytib qolishadi.
Ho’p deyman.
Farzandi(yoki ukasi) keyin yozadi telegramdan.
O’zingiz haqingizda ozgina aytib bering desam, yoki biror vazifa bersam, shu bilan yo’qolib ketishadi.
Essiz deyman…
Siz uchun jon kuydirayotganlarni ishonchini ikki karra oqlash uchun ham qattiq harakat qilish kerak emasmi?
#tanqid
@JoshDeveloper
Domein mavjudligiga qarab biznesga nom tanlaydigan davrlarga ham kelyapmiz…
#joke
@JoshDeveloper
Keraksiz “import”larni avtomik butun loyihadan o'chirish
Hozirgi loyiha kodida(TypeScript’da yozilgan) keraksiz import’lar juda ko’payib ketgan ekan. Ya’ni ishlatilmayotgan.
Butun loyihani boshidan oxirigacha tekshirib, keraksiz importlarni o’chirib chiqadigan narsa rosa qidirdim. ESLint bilan qilinishi kerak edi. Harxil yo’llarini qildim, kutilgan natija bo’lmadi. VSCode va WebStorm o’zida bor bo'lgan imkoniyatlar faqatgina birgina fayl uchun ishlar ekan.
Keyin quyidagi maqolada aytilgan(TSLint ishlatilgan) usulni qilib ko’rdim. (Boshqa tillarda ham bunday narsa bo'lishi kerak)
TS’da yozilgan loyihalar uchun yaxshi ishlaydi. ESLint negadir to’g’ri ishlamadi, kerakli importlarni ham ba’zilarini o’chirib yubordi.
Kimga qiziq bo’lsa mana maqola linki: https://medium.com/bumpware/automatically-remove-all-unused-imports-in-a-typescript-project-b5e8c942cbed
P.s: TSLint “deprecated” bo’lgan. Uni loyihada ishlatmang. Shunchaki hozirgi vaziyat uchun ishlatib, o’chirib tashlasangiz bo’ladi.
#foydali
@JoshDeveloper
30 daqiqalarga boshlaymiz Xudo xohlasa.
Savollaringizni o’sha e’lon postini kommentiga yozib tursangiz bo’ladi.
@JoshDeveloper
Mohirdev’da suhbatimiz bor ekan. Qatnashib qo’yamizmi ? :)
https://t.me/mohirdev/1857
#suhbat
@JoshDeveloper
Repost from Jakhongir Rakhmonov - IT
Dasturchi uchun eng kerakli ko’nikmalardan biri
To’g’ri Savol So’ray Olish
Bizning sohamizda kerak bo’ladigan narsalar shunchalilk ko’pki, ularni hammasini bilish mumkin emas. Ayniqsa katta loyihalarda yuzlab texnologiyalar ishlatiladi, biznes domainni o’zi ham katta bo’ladi, codebase katta bo’ladi. Bunday loyihalarda birorta ishni bajarish uchun esa siz bilmagan qismlaringizni biladiganlardan bir nechta savol so’raysiz. Faqat bunday loyihalarda emas balki o’rganayotgan paytingizda ham ko’plab savollar so’raysiz boshqalardan. Bu holatlarda sizning maqsadingiz savolingizga tez va aniq javob olish. Buning uchun esa siz birinchi o’rinda savolni to’g’ri so’rashingiz kerak.
To’g’ri savol o’zi qanaqa bo’ladi? To’g’ri savol bu javob berish oson bo’lgan savol. Uning uchun esa quyidagilarni qilishingiz kerak:
Bilganlaringizni ayting. Yani savolingiz quyidagicha formada bo’ladi:
1. Mavzu haqida bilganlaringizni aytasiz.
2. Shu to’g’rimi deb so’raysiz.
Masalan sizning PHP kodingiz nimaga ma’lum bir tarzda ishlayotganini tushunmayapsiz. Savolingiz quyidagicha bo’lishi mumkin: “Meni o’ylashimcha bu narsa quyidagi joyda yozilgan kod sababli shu tarzda ishlashi kerak edi, lekin u sal boshqacharoq o’zini tutyapti. Mening taxminlarim to’g’rimi? To’g’ri bo’lsa nega natija men kutgandan boshqacha bo’lyapti? Nima yetishmayapti?”. Tilni o'zgartir degan javob olasiz.
Javobi fakt bo’lgan savol so’rang. Masalan “SQL joinlar qanday ishlaydi?” degan savol juda keng. Soatlab gaplashsa bo’ladi bu haqida. Bunday savollarni ustozingizdan so’rasangiz bo’ladi lekin ham kasblar uchun kenglik qiladi. Savolingizni aniqlashtiring:
- Ikkta tablelarni JOIN qilishning time complexitysi qanday bo’ladi? O(NM) mi? yoki O(NlogN) + O(MlogM) mi?
- MySQL JOIN qilishdan oldin columnlarni tartiblaydimi?
Bu savollarning javobi fakt va javob berish oson.
O'zingiz birinchi javob topishga harakat qiling. Google qiling. Masalan tepadagi savolni birinchi Googlega berib ko’ring: “Does MySQL sort columns before JOINing?”. Savolingizga aniq javob topa olmasangiz ham savolingizni yaxshiroq shakllantirishga yordam beradi.
Yordam so’rang, yechim emas. “Shu kodni to’g’irlab bering” deyishni o’rniga “Shu kodni yaxshilash uchun menga yo’l ko’rsatib bera olasizmi?” deyish ma’qulroq. Shunda siz savol so’rayotgan odamingizni tez yechim berishga emas, o’z tajribalarini baham ko’rishga undaydi. Sizga tayyor baliq emas, baliq tutishni o’rgatadi.
Xushmuomala va hurmatli bo’ling. Hech kim assholelarga yordam berishni hohlamaydi. Har qanday yordam uchun minnatdorchilik bildiring.
@jakhonrakhmonov
Repost from Vohid Karimov
Code reviewda juda ko’p narsalarga e’tibor qilinishi kerak: logic, performance, documentation, backwards compatibility, testing, code style, va hakozo. Lekin shu narsalarni bazilari bazi bir qolganlaridan muhimroq. Masalan metod to’g’ri ishni qilayotganligi (logic) uni qanday nomlashdan muhimroq (naming).
Shu narsalarni Gunnar Morling piramida shaklida chizib beribdi. Sizlar bilan ham ulashay dedim 🙂
Googleda ham shunga katta e’tibor qilinadi. Code review jarayonida muhim narsalar birinchi o’rinda muhokama qilinadi, keyin mayda narsalarga o’tiladi.
Ehtiyot bo’ling.
Ushbu internet davrida, ma’lumotlarni filtrlashni bilmaganlar avvalgidanda ko’proq zarar ko’radi. Har kim har nima desa ergashib ketadigan “qo’y-qo’zilar”dek bo’lmang.
Internetda bitta chala-yarim erkak chiqib, muqaddas dinimiz haqida “tricky” gaplarni aytsa, “qo’y-qo’zilar”dek ergashib ketavermang.
Podkast qilyapmiz deb, umuman boshqa mavzu haqida gaplashib, orasida haq din bo’lmish, Islom dinimizga qarshi “agenda”lar tiqilyapti. “Qo’y-qo’zilar”dek ergashib ketavermang.
Haqiqatni bilmasdan turib, duch kelgan gapga ishonib ketadigan “qo’y-qo’zilar”dek bo’lmang.
Asrlardan beri o’zini haq ekanligini ming karra isbotlab, sobit turib, o’zgartirilmasdan kelayotgan yagona din bo’lmish Islom diniga ergashayotganlar kun sari oshib boryapti. Haq dushmanlarini razil biznes va rejalariga qarshi tura olayotgan yagona din Islom dinini qulatish uchun necha minglab harakatlar bo’lyapti. Shu harakatlar tuzoqiga osongina ilinib, ergashib ketadigan qo’y-qo’zilardek bo’lmang.
Sizsiz ham Islom g’olib bo’ladi va bo’lgan. Lekin siz Islomsiz mag’lub bo’lasiz.
“Qo’y-qo’zilar”dek bo’lmang.
#eslatma
@JoshDeveloper
