Umar Sadullayev | Blog
Open in Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Show more4 803
Subscribers
-424 hours
-277 days
-1030 days
Posts Archive
Bu postdan keyin tezroq Senior bo'lmoqchilar oshib ketdi.
#joke
@JoshDeveloper
Qanday qilib juda tez "Senior" bo'lish mumkin?
Aslida, "Senior"larni bilim darajasiga birnecha oyda chiqsangiz bo'ladi. Agar miyyangiz shu qadar "ochiq" bo'lsa va hamma ma'lumotni tushunib o'rgana olsangiz.
Lekin miyangiz kamida 2-3 yil ustingizda ishlab, tajriba orttirgandagina ochilishni boshlaydi. 😅
Demak, No way! :')
#joke
P.s: "Senior" nisbiy tushuncha, kompaniyalarga qarab farqlanadi, ammo ommaviy kommunikatsiyada hamma tushunadi "Senior" deganda kimni nazarda tutilishini. Shunday ekan, kommentda boshlamang janjalni shu gapimdan ham "bug 🪲" topib.
@JoshDeveloper
Microfrontend arxitekturasi haqida avval ham bir gaplashgan edik. Adashmasam kanalda "Live" qilib.
Hozir "Module federation" orqali qilish haqida qiziq video ko'rib o'tirgan edim. Ng-conf'dan.
Angular ichida React, Vue, Angularni boshqa versiyalarini ham ishlatib ko'rsatgan 😄 Such a huuuugeee 😮
Link: https://www.youtube.com/watch?v=CDKK6FVvqvs&ab_channel=ng-conf
@JoshDeveloper
Vakansiyalarga quyidagi "requirement"larni qo'yishni boshlashsa xayron qolmayman.
We'd consider if the candidate:
- Can search and find a solution to the simple issues using Google, ChatGPT or other.
- Can learn fast after mistakes and helps from teammates without re-asking the same thing.
Nima deb o'ylaysiz, yana qanday "skill"lar borgan sari kamayib ketyapti?
@JoshDeveloper
Vaziyat balki boshqacha-dir?!
Ikki qalin do’st bir biri bilan hazillashib urushgandek tonda gaplashib turganda, chetdan ularni orasidagi vaziyatni bilmagan odam ularni urushyapti deb o'ylaydi.
Meni kanalimda ham, obunachilarim tushunadigan mavzularda hazillashsam, yangi insonlar kelib, hazilni jiddiy qabul qilib, kommentda haqiqat elchisini yoqib olishadi. Juda ko'p shunday bo'lgan.
Endi aytmoqchi bo'lganimni aytsam, hali asl mohiyatini tushunmagan narsangizga fikr bildirishga shoshilmang. Osmondan tushib qolib, biror narsaga darrov "reaction" qilmang. Kimdir haqida noto'g'ri ma'lumot tarqagan bo'lsa, darrov uni yomon inson demang. Mazmunini bilmasangiz aralashmang. Balki siz bilmassiz... Balki... Balki... degan savollarni berib, yaxshi gumonga borishga urunib ko'ring.
Odamlar haqida qilayotgan birinchi gumoningiz, sizning qanday inson ekanligingizni bildiradi.
#tanqid
@JoshDeveloper
Iphone'da "scheduled message"lar yaxshi ishlamas ekan. Pavel akaga aytish kerak 😄
#XatolikKetdi :)
Ofisni yo'lida "Mardikor bozor" oldidan o'tdim. Halol mehnat uchun chiqqan insonlar bilan to'la.
Ba'zilarimizni otalarimiz, ba'zilarimizni onalarimiz, balki akalarimiz...
Ushbu kanalda ko'pchilik kuzatuvchilar hali yoshlar bo'lgani sabab, ulardan bir savolni so'ragim keldi. Ba'zilariga tegishli. Balki ba'zi kattalarga ham tegishlidir.
Siz uchun o'lib tirilib, issiqni issiq demasdan, sovuqni sovuq demasdan ishlab, o'qitishyapti, yeb-ichirishyapti, kiyintirishyapti. Sizni esa vaqtingizni bekor o'tkazishga, bekorchi o'yinlar(nomlarini o'zingiz bilasiz) o'ynab yurishingizga, ko'chada bekordan bekor sang'ib yurishingizga, sevdim-o'ldim qilib, qizlar bilan yurishingizga vijdoningiz qanday chidayapti?
Shu edi savolim.
@JoshDeveloper
AbduazizPy ancha vaqt o’tib yana qiziqarli maqola yozibdi.
Python’chilar bo’lsa taklif qilaman kanalni.
“Latest” maqola: https://t.me/AbduazizPy/196
@JoshDeveloper
Amerikaliklarning 24 soat davomida nimalarga band bo'lishi animatsion ko'rsatkichlarda.
Bizda qanday bo'lar edi bu holat deb o'ylaysiz?
#offTopic
@JoshDeveloper
What is new in CSS
https://developer.apple.com/videos/play/wwdc2023/10121/
#css
@JoshDeveloper
Google'da ishlayotgan Vohid aka, o'z resumelarini ulashgan ekanlar. Shundan ko'rib Resume to'ldirsangiz bo'ladi.
Link: https://t.me/vovopapcom/130
#resume
P.s: Resume'larida Angular degan chaqnab turgan ✨ yozuv ham bor ekan 🌚
@JoshDeveloper
Xudo xohlasa 4-6 haftadan so’ng Mockint.uz ga intervyu topshiraman React’dan.
Natijalar bilan ulashaman ;)
InshaaAlloh
@JoshDeveloper
React'chilar, juda unaqa hursand bo'lmang 😄
Tepadagi qarorim Angular yomonligidan degani emas, React kuchli degani ham emas.
Shunchaki bozordagi kattaroq o'rinni egallash maqsadim. Texnologiyalar oddiy bir vosita xolos. Shu narsa orqali bozorda o'zim istagan narsaga erisha olamanmi? Why not to learn it too?
Kengroq qamrovni egallamoqchiman. React va Angular'ni o'rgansam, Frontend o'zida tahminana 60-70%+ bozor qamrovini bemalol egallay olar ekanman. Maqsadim shu.
React'ni o'rganishda yaqin akamiz Azizbek aka'dan mavzularni yozib berishlarini iltimos qilgandim. Ajoyib qilib list qilib yozib berdilar, https://t.me/itsr4y/153. Shuni birma-bir ✅ qilib chiqishim kerak endi. :)
Angular'ni o'rganmoqchi bo'lib yurganlar bo'lsa, bemalol o'rganaverishsin. Juda kuchli freymvork. Bozori ham ancha yaxshilanyapti. Bir yo'nalishda master bo'lsangiz yetadi boshlanishiga. Angular esa hali ham juda yaxshi tanlov. Keyinchalik qamrovlaringizni kengaytiraverasiz. Like me.
Xuddi shu maslahat React va Vue dasturchilariga ham. Yaxshi darajaga chiqqan bo'lsangiz, sekin qamrovlaringizni kengaytirib boravering. Bitta freymvork yoki kutubxonaga bog'lanib qolish shart emas. Bozorni holatidan kelib chiqib, shaxsiy maslahatimni beryapman. Lekin bittasida master bo'lmasdan turib sakrab yurish hali ham xato.
Shunaqa :)
@JoshDeveloper
Nimalarni o'rganyapman?
Bozorni holini ko'rgandan so'ng, o'quv rejalarim ancha o'zgarib ketdi. .NET o'rganishni boshlagandim esingizda bo'lsa. Uni bir muddatga to'xtatib turishga to'g'ri keldi. Keyinroq davom ettiraman. Hozir "Basic" bilimlar oldim.
Uni o'rniga nimani o'rganyapman?
- React.js
Bugun React'chilar mahallasida bayram :)
Nega bu qarorni qildim?
Chunki, hozir boshqa ishga o'tishim uchun kam muddat bor. Shu muddat ichida .NET Backend'chi sifatida ishga kirish yoki Full-stack dasturchi sifatida ishga kirish biroz qiyin. Shu sabab Frontend'ni o'zidagi bozorni kattaroq qismini egallashga qaror qildim. Hozir masalan 1/5 qismidagi vakansiyalar ayni menbob bo'lsa, React.js'dan keyin bu ko'rsatkich tahminan 3/5 ga ko'tariladi. So'ng Backend va Cloud(bulutli ☁️ texnologiyalar)larni ham davom ettirmoqchiman.
InshaaAlloh
Shunaqa gaplar :)
@JoshDeveloper
Uylanmoqchi bo'lib yurgan Junior'larga jo'natib qo'yamiz 😄
#hazil
@JoshDeveloper
"T-Shaped Developer" kim ekanligini bilasizmi?
Ayni damda shulargagina talab hali ham yuqori.
Rasmda ulardan talab qilinadigan bilimlar belgilangan. Ular o'z yo'nalishlaridan tashqari rasmda belgilangandek bilimlarga ega bo'lishi talab qilinadi.
Hozirda ko'pchiligimiz T-shaped emas, I-shaped developer sanalamiz. Ya'ni bir yo'nalishda kuchga egamiz.
T-Shaped developer'lar esa, bir yo'nalishda "master" bo'lgani bilan, boshqa yo'nalishlarda ham bilimga ega hisoblanishadi.
Batafsil: https://letslearnabout.net/blog/what-it-is-a-t-shaped-developer-and-why-you-should-be-one/
@JoshDeveloper
Stackoverflow survey 2023 chiqibdi.
Dasturlashga oid ko'plab qiziqarli statistikalar keltirilgan.
Check it out: https://survey.stackoverflow.co/2023/
#statistics
@JoshDeveloper
"Ko'p Senior va Lead'lar "Code review" jarayonida agar siz yangi chiqqan "feature"larni ishlatgan bo'lsangiz, shunga izoh qoldirishadi. "Nega buni ishlatyapsan?" deya.
Bunga sabab, ularga hali sinovdan o'tmagan narsalar dasturga muommo bo'lib qolishi yoqmaydi.
Ammo, ba'zilar "Senior" va "Lead"lar esa ancha "zamon"dan ortda qolib ketishadi. 1-2 yil oldin chiqqan va yaxshi ishlaydigan yangi "feature"larni ham ishlatishga qo'yishmaydi." degan ekan yangi "feature" ishlatib, "code review"da shunday izoh olgan dasturchi.
#someFantasticHashtag
@JoshDeveloper
Odamlar Frontint.uz da o’qib Team lead bo’lyapti. Sen esa Junior holingda yuribsan.🥲
#frontint
@JoshDeveloper
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
