Umar Sadullayev | Blog
الذهاب إلى القناة على Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
إظهار المزيد5 147
المشتركون
-724 ساعات
-37 أيام
-5630 أيام
أرشيف المشاركات
Instagram akkountimni o'chirganimga roppa-rosa bir yil bo'libdi. Alhamdulillah.
Ancha manfaatli bo'ldi. Odamlarni hayoti bilan unchalik qiziqmay qo'ydim. Instagramga kirib, soatlab qolib ketishlar tugadi.
Ammo, Telegram o'lgurdan voz kechib bo'lmayapti. Bunga ham biror chora ko'rish vaqti keldi. Chalg'ituvchi narsalar bilan to'lib ketyapti.
Happy 1 year of instagram-free life. 🥳
#anniversary
@JoshDeveloper
Ertaga Mockint.uz da ikkita intervyu uchun bo'sh vaqtim bor.
Chegirma ham bor. Birinchi ikkita odam uchun.
Angular yoki Umumiy Frontend'dan Middle va Senior darajalariga intervyu o'tkazish uchun 15% chegirma.
Junior daraja uchun 10% chegirma.
Intervyular ingliz yoki o'zbek tilida.
Bu faqat birinchi ikkita insonlar uchun. Ulgurib qoling.
Bog'lanish: @MockintAdmin
#mockint
@JoshDeveloper
Urush juda yomon holga yetdi. Isroillik bosqinchilar egallagan hududlarini yanada kengaytirish uchun eng qattiq harakatlarini boshlashgan.
O’zini inson sifatida ko’radigan, farosatli insonlarning katta qismi Falastin uchun duo qilishyapti, ular uchun haqni odamlarga yetkazishyapti.
Dunyodagi nohaqliklar vaxshiy insonlarni ko'pligidan ko'ra, boqi-beg'am, lapashang va so'taklarni ko'pligidan sodir bo'ladi.
Ko’ryapmiz oramizda bundaylar bor ekan. Siz ulardan bo’lmang. Vijdoningiz oldida erkin turish uchun ham nimadir qiling. Kamida duo qiling.
#FreePalestine
@JoshDeveloper
Aftidan post o'chirilgan shekilli. Odamlar repost qilgani uchun ularni postidan bosib kirsa bo'ladi. Ammo, Linkedin profil o'zidan kirib ko'rib bo'lmaydi.
Tushunishgan degan yaxshi umiddaman.
#update
@JoshDeveloper
Linkedin’da buni ko’rish achinarli.
EPAM’da ishlagan inson sifatida shuni ayta olamanki, EPAM “IT” kompaniya sifatida yaxshi kompaniya.
Ammo, ularda xato ishlari bor. Ishchilarni hammasini nomidan istalgan “Propaganda”ni support qiladi. Ishchilarni nafsoniyati, diniy qarashlarini hisobga olmasdan postlar qo’yadi.
Bu juda xato. Kompaniyani dunyo siyosatiga burnini suqishi xato. Haqni “support” qilayotgan ishchilarini ham o’ylash kerak.
CEO yahudiy ekan deb har nimani qo’yaverish to’g’ri emas. Bo’lmasa ishga kirishdan oldin shunaqa qiliqlari borligini aytishi kerak.
Bundan avval yillarda “LGBT support” postlar ham qo’ygan edi.
@JoshDeveloper
Vacancy 💰️️️️️️
Tepadagi vakansiyalar qatoriga:
- Middle+ Angular dasturchilari ham qidirilmoqda.
Qiziqqanlar quyidagi email’ga Resume’sini va telegram manzilini qoldirsin.
Email: joshdeveloper22@gmail.com
#vacancy
@JoshDeveloper
Yaqinda President Tech Award Hackaton boshlangan ekan.
Linkedinda ushbu postni ko’rib qoldim.
Bu qanchalik to’g’ri yoki noto’g’ri bilmayman. Ammo, tegishli joylarga yetib borishi uchun kanalda ulashishni lozim topdim.
Rasmiy xabarni kutib qolamiz.
Agar nohaqlik bo’lgani rost bo’lsa, shunchaki sharmanda bo’ladi. Qanchadan qancha odamlar qancha umidlar bilan qatnashgan, vaqtini sarflagan. Rostanam shunga loiq yoki muxtojlar qatnashgandir…
Yana aytganimdek, rasmiy xabarni kutib qolamiz.
@JoshDeveloper
Vacancy 💰️️️️️️
Kompaniyamiz UniconSoft’ga quyidagi rollarga ishchilar kerak.
- Middle-Senior NodeJs dasturchisi (2+ yil tajriba)
- Middle-Senior UI/UX Designer (1.5+ yil tajriba)
Quyidagi insonga Resume + Portfolio(dizaynerlarga) yuborgan holda bog’lanishingiz mumkin.
Bog’lanish: @Ali_9737
Kirsangiz “dolya” berarsiz. 😉 (hazil)
#vacancy
@JoshDeveloper
Yangilik. 🌚
Endilikda siz ham Frontint.uz kursiga odam taklif qilish orqali, daromad qilishingiz mumkin. 💰
Qanday ? 🤔
Kurs admini(@FrontintAdmin)ga daromad qilish niyatingiz borligini aytasiz va o’zingizni ro’yhatga qo’shtirib qo’yasiz.
So’ng, sizni taklifingiz bilan kelgan istalgan insonga biz 15% chegirma beramiz.
Agar taklif qilgan insoningiz kursimizni istalgan tarifini sotib olsa, sizga shu taklifingiz uchun rahmat sifatida 75 000 so’m 💸 miqdorida bir martalik to’lov beriladi.
Kursimizni odamlarga chegirma bilan yetkazishda yordamlashasiz, ham qo’shimcha daromad qilasiz.
Kurs haqida ma’lumotlar Frontint.uz saytida.
#yangillik #frontint
@JoshDeveloper
Eslatma (Ayniqsa qizlarga)
Ijtimoi tarmoqlarda o’z rasmlaringiz yoki videolaringizni qo’yishdan oldin quyidagilarni unutmang:
1. Rasmingizdan foydalanib, shaxsiy ma’lumotlaringizni qidirib topish imkoni bor.
2. Rasmingizdagi kiyimlarni AI” orqali almashtirish yoki butunlay olib tashlash imkoni bor. Sharmanda bo’lib qolmang.
3. Rasmingizdan foydalanib, turli xil reklamalarga, yolg’on xabarlarga ishlatish ehtimoli bor.
4. Xullas, rasmingiz yoki videoyingiz orqali har qanday g’arazli maqsadlarda foydalanish imkoni bor.
Ehtiyot bo’ling. Biror keraksiz bo’lgan rasm/videolarni joylashdan oldin o’ylang.
Yaqinlarni ogohlantiring. ✈️
#eslatma
@JoshDeveloper
JavaScript kutubxona/freymvorklari ichida birxil “App”ni yozib, ularni “Benchmark”larini chiqarishibdi.
Rasmda biz eng ko’p bilganlarimizni solishtirmasi.
1. Solid
2. Vue
3. Angular
4. Svelte
5. React
Lekin bozordagi ish o’rinlari jihatidan fikrimcha bunday:
1. React
2. Angular
3. Vue
4. Svelte
5. Solid
To’liq solishtirish buyerda:
https://krausest.github.io/js-framework-benchmark/current.html
#frameworks
@JoshDeveloper
Dokumentatsiyalarni o’qib turinglar.
Bugun RxJS’dan bir operator kerak bo’ldi. Yaxshi izlanmasdan, o’zim yozdim moslab. Bir muddat vaqtim ketdi.
Keyinroq esa qarasam, tayyor shunday operator chiqarishgan ekan. 😅️️️️️️
Dokumentatsiyani o’qish kerak.
- Qanday operator edi?
- HTTP so’rovlardan xatolik kelganida orada interval bilan N marta(manda 3 marta) qaytadan urunib ko’radigan operator. “retryWhen” degan “deprecated” operator bor edi, ichida “count” va “delay” logikalarini o’zimiz yozishimiz kerak edi. Yozdim. Alohida operator qilib chiqardim.
Keyin bilsam o’rniga allaqachon hamma narsasi tayyor “retry” deganini chiqarib bo’lishgan ekan.
Shunaqa gaplar :)
Qissadan xissa, dokumentatsiyani bir o’tirib ishlatib turish kerak.
#maslahat
@JoshDeveloper
“Weekly Hits” nomli “extension” orqali degan xabarni eshitdim.
Ehtiyotan ishonchsiz “Browser extension”larni o’chirganingiz ma’qul.
#warning
@JoshDeveloper
Internetda 185 000 000 ta login parollar tarqab ketibdi. Tekshirib ko’rdik. Rostan ham ko’pchilikning login parollari tarqalgan. Ko’pchiliki juda jiddiy saytlarga kirish uchun.
Login parollaringizni o’zgartirib, yana ham kuchaytirishni so’rayman.
Qanday olgani hali unchalik aniq emas. Tahminan qandaydir “Browser extension” orqali bo’lish ehtimoli ham yo’q emas.
#warning
@JoshDeveloper
Youtube’da videoda gaplashilgan mavzularni boshlanish vaqtlarini belgilasa bo’ladi. Ko’pchilik buni qo’ymaydi. Ba’zan o’zim ham erinaman. Chetelda ba’zi bag’rikeng odamlar esa, videolarni ko’rayotgan jarayonida, mavzularga vaqtini belgilab ketishadi va kommentda qoldirishadi. Bu ko’pchilikka foydali.
O’zbek jamiyatida ham shu narsani yo’lga qo’ysak yaxshi edi.
Oxirgi podkastimiz mavzulariga o’z vaqtlarini o’zim qo’ydim. Ammo, savol javob qismida mavzularni o’zi qoldi, vaqtini qo’ymadim. Biror bag’rikeng odam chiqar. :)
Link: https://www.youtube.com/live/CUhE1xbS46c?si=fD5TvCJHqGo1OTan
#podcast
@JoshDeveloper
Podkast ajoyib bo’ldi.
Ravshan akani o’z telegram bloglari va Youtube kanallari mana:
Telegram: https://t.me/dev_thinking_loud
Youtube: https://www.youtube.com/@ravshansbox
#podcast
@JoshDeveloper
2 daqiqada boshlaymiz inshaaAlloh
Jonli efir linki📍: https://www.youtube.com/watch?v=CUhE1xbS46c
Eslatib o’taman, bugun 21:00 da, "Josh*Podcast"ning oltinchi soni bo’lib o’tadi.
Podcast mavzusi 📃:
“Dasturlashda muvaffaqiyatga erishish.”
Mehmonimiz 👥:
- Ravshan Samandarov (Senior Software Engineer at Oxagile)
Jonli efir linki📍: https://www.youtube.com/watch?v=CUhE1xbS46c
#reminder
@JoshDeveloper
Diqqat, "Josh*Podcast"ning oltinchi soni e'loni. 🎙
Podcast mavzusi 📃:
“Dasturlashda muvaffaqiyatga erishish.”
Mehmonimiz 👥:
- Ravshan Samandarov (Senior Software Engineer at Oxagile)
Sana va vaqti 🕔:
14-Oktyabr, 21:00
Jonli efir linki📍: https://www.youtube.com/watch?v=CUhE1xbS46c
Savollaringizni shu post ostiga yoki video "Live chat"iga yo'llab tursangiz bo'ladi.
#podcast
@JoshDeveloper
