en
Feedback
Қодирова | таҳрирчи

Қодирова | таҳрирчи

Open in Telegram

Ҳаётга муҳаррир, саҳифаловчи ва копирайтерча қарашлар жамланмаси.

Show more
694
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-930 days
Posts Archive
Kuniga 88 marta o‘zgaradigan kayfiyatimga hozir shu qo‘shiq tushyapti)

Konsta & Re.M - Yettita umrim (AUDIO) 📼 Audio 💾 2MB @ChaqqonRobot birinchi raqamli yuklovchi bot

Kechasi uchgacha ishlab, ertalab 10 da basharam sharshara bo‘lib tursam, telefonimga 3 ta muhim joydan xabar kelgan. Kuni bilan bir qancha uchrashuvlar belgilanibdi. Basharani-ku makyaj qilib epladim, kayfiyatni nima qilsagee. Muhim odamlargayam osonmasakan)) @qodirova_g

Kech uch xonali uyimning ikki balkoniga qo'shib "generalniy uborka" qilishimga, ikki bolaning ta'biga qarab ikki qozon ovqat pishirishimga butun kunimni sarfladim. Ya'ni 8-9 soat vaqtimni. Hozir nonushtadan so'ng qarasam, uyim kechagidek holatda to'zib turibdi. Faqat pollar va katta buyumlar usti chang emas. Shunda tushunib yetdimki, tozalikka butun kunni, balki umrni sarflab yuborish butunlay ahmoqlik. To'g'ri, botib yashash tarafdorimasman. Lekin undan zarurroq yumushlar, shaxsiy rivojlanish zarurati turganda kuningizning 1-2 soatidan ortig'ini ertaga yana to'ziydigan uyingizga sarflash – aqlli qaror deb aytolmayman. Uylar to'ziyveradi, idishlar har kuni yuviladi, tokchalar ertagayoq jangga botib ulguradi. Qimmatli umr esa oqaveradi, sharillab to'kilaveradi. Uni qadrlash, qimmatli qiymat berish o'z qo'limizda. @qodirova_g

@Taskinbook shu profilga chiqaverasizlar

Nashriyotga ambassador (brendface) qiz kerak. Talabgorlar bormi?

Bugun ovozimni sotib, ikki kilo uzum olib yedim. Shirin bo‘larkan)

Pulni o‘ylay boshlagan ayolning sevgiga vaqti qolmaydi)

Shu tipratikandan yemanglar maslahatim. Ko‘ringanidaqamasakan taʼmi. Qizimga yo‘q deyalmey 2 ta ovoppan))

Qizlikda yigiting, keyin turmush o‘rtog‘ing bilan sokin parklarni kezish, u-bu joyda ovqatlanish boshqa ekan-u, dugonadek qiz
Qizlikda yigiting, keyin turmush o‘rtog‘ing bilan sokin parklarni kezish, u-bu joyda ovqatlanish boshqa ekan-u, dugonadek qizing bilan eko-parkning bir chetida zo‘rg‘a topgan hot-dogingni yeb, boshqa joyda choylashish umuman boshqacha tuyg‘u ekan) @qodirova_g

Metroda qizim ikkimiz o‘tirib ketayotgandik. Choshtepa bekatida o‘rissifat bir ayol chiqdi. Yoshi kattaroqdek ko‘ringandi joy bermoqchi bo‘lib tursam, to‘g‘rimizga kelib qo‘pollik qildi. Qizim ham, men ham hayron. Tushunishimcha qizimning oyog‘ini o‘ziga tegib ketishidan o‘zicha shu tarzda asrangan. Shart joyimga o‘tirdim. Itfeʼlim keldi. Qasdma-qasdiga paxtakorgacha joy bermadim, qizimniyam turg‘azmadim o‘rnidan. Bu holatni yonimdagilar ham ko‘rgandi. Joy beradigan mard topilmadi shu xotinga. Qizimni labi burila boshlaganini ko‘rib, "Nega xafa bo‘lasan, ayb sendan o‘tmadi, oyog‘ing tegmadi unga. O‘zi qo‘pol ekan. Baʼzilar bola bilan muomala qilishni bilmaydi shunaqa", dedim. Odatda, o‘zimdan kattalarga bunaqa munosabatda bo‘lolmasdim. Ammo borgan sari "yomonlikka yaxshilik" degan azaliy anʼana o‘z qiymatini yo‘qotib boryapti men uchun. Xop, yomonlikka yomonlik qilmasman, ammo yaxshilik bilan ham javob qaytarishni istamayman. Bir yuzingga shapaloq urishsa, ikkinchi yuzingni ham tut degan qoida — ahmoqlik. Aminmanki ikkinchi yuz ham shapaloqdan bebahra qolmaydi. Bu-ku bir begona bilan bir qancha bekatgacha bo‘lgan kichik, so‘zsiz mojoro. Katta muammo-yu, adolatsiz munosabatlarga ham shu kabi reaksiya bildiraman. @qodirova_g

Avtobus-u metrolardan o‘tib, ishxonaga uyshippakda borish qadar "somotsenkam" baland. Sizda qay darajada?) @qodirova_g

Oxirgi 5 yil ichida ikki marta kino ko‘rib chinakam kayp qildim. 1. "O‘ch" filmida ayol o‘z nomusi uchun 4 erkakdan vaxshiylarcha o‘ch olganda. 2. "Avlu"da ona qizining o‘chini olganda. Bizning kinolarda qasd olish qoralanadi. Diniy jihatdan ham oqlanmaydi. Kechirimlilikka chorlanadi. Ammo baʼzi qasoslarsiz qalbni yondirayotgan olov o‘chmaydi, yashatmaydi. @qodirova_g

Avlu serialida ona qizining qotiliga nihoyat o‘q uzdi. Shu qadar dahshatli ayolmanmi, bilmadim-u, o‘rnida bo‘lsam, faqatgina yuragigamas, miyasigayam bitta o‘q joylardim. Ayollar erkaklardan daha qahrli, daha jahlli, daha shafqatsiz olabilir. @qodirova_g

Yomon, yomon, dekretga chiqayotganda yog‘li, go‘shtli joylardan ish chiqqani yomon😆

"Avlu" (Hovli) serialini ko'ryapman shu kunlarda. Ayolni arslonga aylantirib, sheryurakka aylantiruvchi narsalar – uning nomusi va farzandiga doir adolatsizlik, xavf. @qodirova_g

Chilonzor metroda ikki ayol suhbatlashib turganining o‘yma naqshi bor. Qizim bugun shunga qarab turib: — Aya, ana, Asila xolam bilan siz, — deydi kulib. Men ham kulib tasdiqladim. O‘zim ham onamga qachondir shu kabi gap aytgan bo‘lsam kerak. Qizim hademay katta bo‘ladi nasib qilsa, qizli bo‘lgach shunaqa gap eshitadi. Hayot o‘taverishini yurak-yurakdan his qildim. Ha, xolalashyapmiz)) @qodirova_g

Hayotimizda hech qursa bir marta "Hozirgi aqlim bo'lgandami" demish nuqtamiz bo'ladi. "Hozirgi aqlim bo'lganda falon qilardim, fiston bo'lmasdi" kabi gaplarni aytamiz. Ammo hozirgi aql o'z-o'zidan, bekordan bekor paydo bo'lib qolmagan. Uni siz achchiq ko'zyoshlar, yutqaziqlar, siqilish-u xo'rlanishlar bilan bitta-bittalab yig'ib olgansiz. Har bir qatrasiga badal to'lagansiz. Hech bir tajriba badalsiz, to'lovsiz shunchaki paydo bo'lib qolmaydi. U evazlarning o'zi ham bejizga talab qilinmaydi. Har bir badal sizning kuchlilashishingiz, o'sishingiz, aqlga to'lishingiz uchun shart qilib qo'yilgan. Chaqaloq tug'iliboq yurib, yugurib ketmaganidek, katta odamlar ham birdaniga dono, zakiy, kuchli bo'lib qolmaydi. Eshitgan haqoratlarim, ko'rgan adolatsizliklarim, qilgan g'o'rliklarimni eslab asabiylashib qolaman. Nega o'sha vaqtda bularga javob qaytarolmaganman, nega yoqasiga yopishtirolmaganman, yeb tashlasam, o'zimni xafa qildirmasam bo'lardi-ku degan o'ylar; nega shunaqa ish qilganman o'zi, aqlim qayerda edi, shunaqayam ahmoqlik bo'ladimi degan o'zimga nisbatan ayblovlar tez-tez bo'lib turadi. Ammo aynan o'sha ahmoqliklarim, o'sha tortgan xo'rliklarim meni men qildi. Oyoqda turg'azdi. Endi men u xatolarga yo'l qo'ymasman, birovlarga o'zimni kamsittirmasman, ular ortda qolgan bosqichlar. Ammo buyog'iga hayot qanday xatoliklarni, qanday muammo-yu tepkilarni mo'ljallab turganiniyam bilolmayman. Mening anglagan vazifam shuki, nimaki bersa boricha qabul qilishim, xayrli bo'lishiga ishonishim, kuchli og'riqdan so'ng keladigan rohatli yengillikni kutishim kerak. Hammasi o'tishiga, sinovlar o'zidan so'ng qimmatli saboqlarni qoldirishiga ishonchim komil. @qodirova_g

Hayotimizda hech qursa bir marta "Hozirgi aqlim bo'lgandami" demish nuqtamiz bo'ladi. Hozirgi aqlim bo'lganda falon qilardim, fiston bo

Hadeb kitob haqida, kitobdagi narsalar haqida safsata tarqatavermay, kitoblarimni amaliy jihatdan ham ulashmoqchiman. Saviyaliroq shartlar bilan random qilamizmi 5-6 ta kitobga)