uz
Feedback
Қодирова | таҳрирчи

Қодирова | таҳрирчи

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ҳаётга муҳаррир, саҳифаловчи ва копирайтерча қарашлар жамланмаси.

Ko'proq ko'rsatish
702
Obunachilar
-124 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
-2230 kunlar
Postlar arxiv
Erkakning omadi bilan o‘ynashma deyishadi. Menga qolsa, ayolning omadi bilan o‘ynashmaslikni ham maslahat berardim. Ayolning omadi nima? Ayolning omadi — ayol o‘z-o‘zini anglab qolganida. Anglab o‘ziga eng yaxshilarini loyiq ko‘ra boshlaganida. Salohiyati nimadaligini bilib, o‘sa boshlaganida. Bilimgina uni yuksaltirishini tushunib yetganida. Agar ayolning omadi kulgudek bo‘lsa, unday ayolning mulkini olarsiz, moddiyatini tortqilarsiz, ko‘chada qoldirarsiz. Ammo uning bilimlarini, rivojlantirgan salohiyatini tortib ololmaysiz. Bu rivoj uni hech qachon ko‘chada qoldirib qo‘ymaydi. Unday ayolga "to‘rt tomoning qibla, bor ketaver" deyolmaysiz. Bunday gap boradigan joyi yo‘q ayollarga aytiladi. Qayerga borsayam, yashnab ketishi aniq bo‘lgan ayollarga o‘ylab muomala qilinadi. Xo‘sh, ayolning omadi bilan ham o‘ynashib bo‘lmasmikan? @qodirova_g

Erimni manipulyatsiya qilish uchun hozirda yuborayotgan videolarimdan😂 @qodirova_g

O‘zimcha kichik biznes boshlayapman. Turmush o‘rtog‘im doimgidek qo‘llab-quvvatlash pozitsiyasida. Boshqacha pozitsiyada turishining iloji ham yo‘q. Baloga qoladi🤭 Biz beqaror ayollar baxtiga erlar sog‘ bo‘lsin)) @qodirova_g

Yangi sohani o‘rgana boshlash — kishini o‘zgacha yangirtiradi. @qodirova_g

Annaning asl fojiasi va achinarli holati uning o‘limi ham emas. O‘g‘lining tug‘ilgan kuniga kelgan tongdagi ezgina xayrlashuvi edi. Ayol uchun go‘dak bolasidan ayrolikka majburlik — 10 o‘limdan ortiqroq. @qodirova_g

Bookkafem sotilyapti. Ko‘chirib olib ketilsa bo‘ladi.

Repost from BAGDAD DRIVERS
ТАЙЁР БИЗНЕС (Bookkafe) СОТИЛАДИ. 🔸Майдони 60 м2. (5*12) 🔸Енгил конструкцияли. Сифатли темир профиллардан фойдаланилган. (К
ТАЙЁР БИЗНЕС (Bookkafe) СОТИЛАДИ. 🔸Майдони 60 м2. (5*12) 🔸Енгил конструкцияли. Сифатли темир профиллардан фойдаланилган. (Кўчириб олиб кетилади) 🔸Барча мебел техникалари билан бирга сотилади. Ишлатиш учун тайёр. Боғланиш учун +998993404313 Телеграм: @bekjon_m

Har safar ingliz tilini boshlab, oylab o‘qib, qayerigacha borgach tashlab qochardim. Vijdonim qiynalmasdiyam. Lekin ko‘p holda ingliz tili bu bevafolikning jafosini chekdiradi menga. Bu safar qatʼiyat, ishtiyoq, ichki majburiyat bilan boshlayapman. Odam ulg‘aygan sari yo‘lning so‘nggiga qadar borishga urinib qolarkan. Mohiyatni anglay boshlarkan. Bu safar alvastining qasamini ichmay, jiddiyat bilan oxiriga yetishga qaror qildim. Qarorimga uyat va qatʼiyat bag‘ishlab turishi uchun shu yerga eʼlon ham qilib qo‘yyapman)) Yaqin dugonam yaqinda hazillashib: Agar kitobxonlikka safrlagan ishtiyoq va energiyangni ingliz tiliga berganingda IELTSdan 9 olarding deb qoldi. Shu hazil jiddiyatimga aylanib ketdi. 9 ga daʼvoyim yo‘q. 7 ham yetadi)) @qodirova_g

Borgan sari shartakilashib, bezlashib boryapman. Aksar holatda bunga odamlarning o'zi majbur qiladi. Had bilmaslik, chegara saqlamaslik, haqqingni hurmatlamaslik, munosibingga seni loyiq ko'rmaslik shunga yarasha javob talab qilyapti. Endi yosh qizcha emasligimni tobora teran anglashim o'zgalarga bo'lgan adolatli munosabatimni ham taqozo qilyapti. Had bilmagan kimsaga haddini ko'rsatish, menimcha, adolatdan. Og'rintirma, qo'y, indamay qo'yaver, yutasan. Bir yuzingga ursa, narigisini tutib turaver, singari gaplar ahamiyatini yo'qotib qo'yyapti. Ular chegarangni yakson qilsayam, mum tishlab turaverish odob yoki axloq masalasimas. Bu ojizlik. Ojiz va chorasiz odam tahqirga jim qarashi mumkin. Ahir avvalo o'z haqqimizga xiyonat qilmasakkina, o'zganing haqqiga tajavuz qilmaymiz. O'zimizga ep ko'rmaymiz. Kibor bo'l, aslzoda bo'l. Aslzodalar o'ziniyam, o'zganiyam xo'rligiga yo'l qo'ymaydi. Har so'zida, qarashida, fikrlarida o'ziga eng asliga loyiqligini sezdirib turadi. @qodirova_g

Hech qachon "Kitob nima beradi", demang. Kitob albatta nimadir beradi. Hech qursa 75 million pul 😁 @qodirova_g
Hech qachon "Kitob nima beradi", demang. Kitob albatta nimadir beradi. Hech qursa 75 million pul 😁 @qodirova_g

Odamni tuzik-quruq siqilishgayam qo‘yishmaydiyey)
Odamni tuzik-quruq siqilishgayam qo‘yishmaydiyey)

Og‘rib to‘kilgan dilimning zarrasigacha hisob berishmasa rozi bo‘lmayman...

Energiya degani shunday narsa ekanki, u ketsa, qumursqachalik bo‘lmay qolasan, u kelsa, dunyoni qo‘porvoray deysan-a! Endi odam bo‘lib ketolmasam kerak deb kunlab yotdim. Hech balo qipmadim, qilolmadim. Odamlar yoqimsiz, hayot rangsiz, hammayoq badbo‘y va hunuk ko‘rindi. O‘tdi. Har kuni qizimni bog‘chasiga bomshga o‘xshab kiraverishimga o‘rganib qolgan bog‘cha opalariyam tetiklanib, jadallashib qolganimni ko‘rishib muomalalarini to‘g‘rilab olishdi) Odamlar yoqimlilashdi, noz-neʼmatlar ko‘zimga ko‘rinib qoldi, olamning rangi joyida turgan ekan. Ishga chanqoqligim oshib ketganidan kechasiyam ishlay boshladim. Avvallari shalpayib yurganlarga ensam qotardi, o‘zini o‘nglasa bo‘lmaydimi, vaqt qimmatli-ku derdim. Yo‘q, endi tushunishni boshladim. O‘nglanmasmas, o‘nglanolmas holatlari bo‘lar ekan. Vaqtning qiymati ham yo‘qolib qolar ekan. 21 kunlik taʼtildan so‘ng hammasi yaxshilandi. 21 kun men taʼtilda ekanimni, biror narsani do‘ndirishga majbur emasligimni o‘zimga qayta-qayta taʼkidlab, miyani ko‘niktirmagunimgacha dam ololmadim. Qachonki, o‘zimga shafqatim kelib, o‘z haqlarimni tan olganimdan keyingina ahvolim yaxshilana boshladi. Sog‘lig‘im bilan bog‘liq maʼlum muddatim ham o‘tib olib, endi odambashara bo‘lib qoldim. Shukr. Energiyangiz ketib qolsa, uni tiklaguncha o‘zingizga, ruhingiz-u tanangizga ruxsat bering. Hech narsaga majbur qilmang. Bu asosiy qoida. @qodirova_g

Aytgancha, tanlovning 20-30 yoshlilar toifasi ertaga 20:30 dan boshlab "Yoshlar" telekanalida eferga uzatiladi. Tanlov qanday o‘tdi, kim o‘zini qanday tutdi — barchasini ko‘rishingiz mumkin. Kechkisini ko‘rolmaganlar kunduzi 15:50 da qayta efirida ko‘rib olishlari mumkin.

Bunday bo‘shliqni men bu yil kitobxonlik tanlovida his qildim. Mendan hech kim umid qilmasin, bosim bo‘lmasin deb Respublika bosqichiga yolg‘iz borgamdim. Avvaliga qulayday, hech qanday masʼuliyat yo‘qdek his qildim hammasini. Sheriklarim ko‘pchiligi yosh bolali bo‘lgani sabab qaynonasi yoki onasi bilan, baʼzilar turmush o‘rtog‘i yo dadasi bilan kelgan. Faqatgina men va 1-o‘rinni olgan sherigim yolg‘izmiz. Qarasak, ilgarilayapmiz. Shu ilgarilash quvonchimizniyam baham ko‘rgulik kimsamiz bo‘lmadi yonimizda. Nihoyat g‘olib bo‘ldik, yaxshi natijaga erishdik va taqdirlandik. Sahnadan tusharkanmiz hammaning yaqini quchoqlab, olqishlab tabriklayapti, dalda bo‘lyapti. Faqatgina biz yetim qo‘zidek javdiraymiz. Shunda bekor qilibman, hech qursa turmush o‘rtog‘imni taqdirlashga chaqirib qo‘ysam bo‘larkan dedim. G‘olib dugonam va men bir-birimizni tabriklab, uzilishmay turaverdik. Bu daqiqalar shunaqa mashaqqatli kechdiki... Yaqinlarning yoningizda bo‘lgani yaxshi ekan. @qodirova_g

Haqiqatni ortidan erinmay chopsang, albatta unga yetasan.

Repost from Prizma
Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий 100 йил аввал ўзбек аёлларига мурожаатида айтяпти:
Чўриликни муллалар сенга қилдилар тақрир, Кел, бугун бу захмингга маърифатни дармон қил.
Балки ҳозирги даврга келиб Ниёзийни Совет пропагандачиси деб талқин қилишар айрим доирадагилар, балки қисман тўғри ҳамдир, мен тарихчи эмасман, лекин унинг гапларини инкор қилиб бўлмаслигини ҳам тушунтиришга ҳаракат қиламан. Дин воситачиларининг монополияси йўқолиши: Ҳамза даврида илм ва маърифат эшиклари фақат муайян, консерватив шахслар (у шеърида таърифлаган "муллалар") назоратида бўлган. Улар ўз ижтимоий таъсирини йўқотмаслик ва эски тизимни сақлаб қолиш учун дунёвий илмни ва аёлларнинг ўқишини динга таҳдид сифатида талқин қилишган. Бугун эса аёллар динни кимнингдир воситачилигида эмас, балки ўз саводи ва интеллектига таяниб, асл манбалардан (китоблар, таржималар, интернет) мустақил ўрганиш ва таҳлил қилиш имконига эга. Илм ва дин аввалгидек бир-бирини инкор этмай қўйди: Авваллари "ўқиган аёлнинг ахлоқи бузилади" деган ташвиқот ҳукмрон бўлган бўлса, бугунги кунда илм олиш динга қарши эмас, балки айнан шахсий ривожланишнинг ажралмас қисми сифатида қабул қилинди. Замонавий муслима аёл тиббиёт, IT, ҳуқуқ ёки иқтисод билан шуғулланишни диний қадриятларига зид деб билмайди. Аксинча, бу билимларни ўз позициясини мустаҳкамлаш қуроли деб билади. Уларнинг функциялари бошқа-бошқа: Жамият шундай шаклландики, дунёвий билим ва касб жамиятда яшаш, ишлаш, моддий мустақиллик ва фарзанд тарбияси учун зарур бўлса, меъёридаги диний билим инсонга ички хотиржамлик, ахлоқий чегара ва руҳий таянч беради. Бу икки эҳтиёж бошқа-бошқа бўшлиқларни тўлдирмоқда. Ҳамза юз йил аввал аёлларга: ўқи, диндан узоқроқ юр — қул бўлмайсан, деган бўлса, ҳозирги даврга келиб ҳам дунёвий ҳам диний билим олиб ҳам қул бўлмаслик имкони борлиги аниқлашиб бораверди. Хуллас, ҳозир Ҳамза тирик бўлганида ва бу шеърни янгитдан ёзганида, унинг маъноси бунақа талқинда бўларди: диндор бўласанми, динсиз бўласанми — фаросатли бўлсанг бўлди.

100 dollarlik Xitoy choyini ichib avvaliga hech narsa his qilmadim. Hatto yoqinqiramay turdi. Hamma his bu choyning 100 dollar ekanini bilgach boshlandi. Shedevr ekan. Umrimda ichmaganman bunaqa ajoyib choyni😁 @qodirova_g

1989 йилда дўстим Василий иқтисодиёт бўйича докторлик даражасини эндигина олган эди. У иш топишга қанчалик уринмасин, ҳаракатларидан ҳеч қандай самар чиқмасди. Ойлар ўтгани сайин ноилож ўз талабини пасайтириб, борган сари оддийроқ ва пастроқ лавозимларга ариза топшираверди. Охир-оқибат унинг бутунлай умиди сўнди ва Бирлашган Қиролликдан Австралияга эндигина кўчиб келган пайтимда менга хат йўллади. Мактубининг ичида қуйидаги жумла бор эди: «Бир инсоннинг бошига тушиши мумкин бўлган энг ёмон нарса нима эканини биласанми? Чорасизликдан руҳингни шайтонга сотадиган аҳволга келасан-у, бироқ шайтон ҳам бунга қизиқмайди!» Буюк Мажбурият томонидан босим остида ушлаб турилган, арзимас пулга ишлашга рози бўлса ҳам, барибир иш топа олмайдиган одамлар ўзини айнан шундай ҳис қилади. Умид қиламанки, сен ўзингни ҳеч қачон бундай аҳволда кўрмайсан, бироқ миллионлаб инсонлар айнан шу нуқтада эканини билишинг лозим. Китобдан @qodirova_g

Repost from ...Ёввойи...
Ҳавасим келади бесабаб севилганларга...