cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Istanbul Boshkonsulxonasi

O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanali Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://uzconsulate.taplink.ws/ Telegramdagi bot: https://t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot

Show more
Advertising posts
4 915
Subscribers
-624 hours
+217 days
+11430 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
✔️Istanbul shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov hamda Turkiya Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur Özdemir Göktaş o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv yakunida ikki tashkilot o‘rtasida ijtimoiy xizmatlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
1 0866Loading...
02
Сурхондарё вилояти, Ангор туманидаги  кўриш қобилиятида нуқсонлари бўлган болалар учун ихтисослаштирилган “Нурли маскан” мактаб-интернати ўқувчиларига ҳомийлик кўмагини кўрсатган, Истанбулда фаолият кўрсатувчи Ўзбек саноатчилари ва тадбиркорлари жамияти раҳбари, Golden moda фирмаси таъсисчиси Фурқат Алимжановга бугун Бош консулхонамизда Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигининг ташаккурномаси ва эсдалик совғаси тантанали равишда топширилди. Хайрия мақсадида амалга оширилган ҳар бир саҳоватпеша ватандошимиз халқимизнинг ардоғидадир.  
9 66720Loading...
03
2024-yil 15-may kuni Turkiya Respublikasining rasmiy gazetasida Turkiya Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi ayrim muhim hamkorlikka oid qonunlar, bitimlar va protokollar Parlament tomonidan qabul qilinganligi e’lon qilindi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi faoliyati to‘g‘risidagi Bitim; 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitim; 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida huquqni muhofaza qilish sohasida o‘qitish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Protokol; 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy hadli Bitim; 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim; 6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Bitim; 7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Bitim.
12 650207Loading...
04
Turkiya parlamentida O’zbekiston haqida nutq so’zlagan Adolat va taraqqiyot hamda Yaxshi (İYİ) partiyalari deputatlari Osman Mesten va Buğra Kavunju chiqishlari. … O’zbekiston ham Turkiyaning yaralariga kelajakda malham bo’ladi… Buğra Kavunju Buni halqimiz 2023 yildagi zilzilada namoyish etgan
1 95916Loading...
05
✅‼️Муҳим хабар!!! Оҳирги пайтларда Консуллик йиғимлари (тўловлари) бўйича кўплаб фуқаролардан шикоятлар келиб тушмоқда. Фуқароларнинг норозилигига асосий сабаб ватандошларнинг аксарият қисми ҳужжатларни тайерлашда тегишли бюролар хизматидан фойдаланишлари, ва бу ҳам ўз навбатида қўшимча ҳаражатларни келтириб чиқариши ва ҳаттоки бир хил ҳолатларда консуллик ҳаракатлари учун ундириладиган асосий йиғим нархидан 2-3 баробарга қимматга тушишини кузатиш мумкин. ❌Шу ўринда, Бош консулхона бирор бир хизмат кўрсатиш бюроси билан бирга иш олиб бормаслигини ва улар томонидан белгиланган хизмат тўловларига ҳам жавобгар эмаслигини эслатиб ўтади. ✅Бугунги кунда консуллик йиғимлари бўйича тарифлар қуйидагича: 1. Ватанга қайтиш гувоҳномасини расмийлаштириш; ⁃ 1-16 ёшгача 10 АҚШ доллари, ⁃ 16 ёшдан юқориларга 60 АҚШ дол. 2. Хорижга чиқиш биометрик паспортини расмийлаштириш. - 1-16 ёшгача 20 АҚШ дол. - 16 ёшдан ошганлар учун 170 АҚШ дол. 3. Нотариал харакатлар учун тўлов 35 АҚШ дол (автомобилни бошқариш ва сотишга ишончнома бундан истисно) 4. Хужжатларни ҳақиқийлигини ва уларни қабул қилувчи давлат қонунларига мувофиқлигини аниқлаш ва тасдиқлаш (onay) 40 АҚШ дол. 5. Барча турдаги маълумотномалар 40 АҚШ дол. (истисно тариқасида вафот этган инсоннининг жасадини қариндошлари томонидан Ватанга олиб кетиш учун мўлжалланган маълумотномадан давлат божи ундирилмайди) 6. Ўзбекистон Республикаси фуқаролигидан чиқиш тўғрисидаги аризани рўйхатдан ўтқазиш - 120 АҚШ дол. 7. Хужжатларни талаб қилиш учун (диплом, ҳайдовчилик гувоҳномаси) - 70 АҚШ дол. 8. Виза бўйича тўловлар визанинг тури ва муддатига қараб белгиланади. Барча тўловлар Бош консулхонанинг ҳисоб рақамига банк орқали тўланади. ❗️‼️Ўз ўрнида, фуқароларга керакли ҳужжатларни ўзлари томонидан тўлдириш орқали маълум бир маблағларни тежаб қолиш мумкинлигини эслатиб ўтамиз. ✅Консуллик хизматлари, ҳакида Бош консулхонанинг ўзида ёки интерактив консуллик хизматлари веб-порталида consulate.mfa.uz орқали олишингиз мумкун.
13 333133Loading...
06
Turkiya parlamenti, 2024-yil, 8-may, Özbekiston haqida, notiq Osman Mesten
3 38251Loading...
07
▫️Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug'. 🔹9 may - "Xotira va qadrlash kuni". O'tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e'zozlamoq xalgimizga xos ezgu fazilatlardandir. 🔸O'z ozodligi, erkinligi, tinch hayoti yo'lida kurashib, behisob qurbonliklar bergan ota-bobolarimiz jasorati tarixiy xotiramizdan hech qachon o'chmaydi. 🇺🇿Bayramingiz muborak!
2 89912Loading...
08
РАСМИЙ ХАБАР   Жорий йилнинг 6 май куни Ўзбекистон ва Туркия ИИВ ҳамкорлигида амалга оширилган тезкор тадбир натижасида фирибгарлик ва одам савдоси жиноятини содир этишда айбланаётган,  1979 йилда Самарқанд вилоятида туғилган  РАХИМОВ ОЗОД САДУЛЛОЕВИЧ Истанбул шаҳрининг Фатих туманида қўлга олинди. Маълумот учун, О.Рахимов Самарқанд вилоятида фуқароларнинг кўп миқдордаги пул маблағларини Фирибгарлик йўли билан ўзлаштиришда, шунингдек Истанбул шаҳрида бўлган даврида 2022-2023 йиллар мобайнида бир қанча Ўзбекистон ва Тожикистон фуқароларини Туркия-Испания-Никарагуа-Мексика йўналиши бўйлаб АҚШга юборишни ваъда қилиб, фирибгарлик йўли билан уларнинг ҳар биридан 10-15 минг АҚШ доллари олиб, ваъдасини бажармасдан, ўзининг шахсий манфаатларига ишлатиб юборганликда айбланмоқда. Ушбу шахснинг жиноий хатти-ҳаракатларидан жабр кўрган ватандошларимиздан Бош консулхонага ёки Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигига хабар бериш сўралади. Жиноий жавобгарликдан қочибхорижий давлатларда, шу жумладан Туркияда яшириниб юрган ҳар бир шахсга нисбатан жиноий таъқиб изчил равишдадавом эттирилади ва жиноят учун жавобгарлик принципи қатъий таъминланади. Шу билан бирга, кейинги вақтларда АҚШ, Канада ёки Европа давлатларга бориш учун виза расмийлаштириб бериш важи билан фирибгарлик содир этилиши ҳолатлари юзасидан Бош консулхонамизга келаётган мурожаатлар сони ортганлигини инобатга олиб, фуқаролардан фирибгарларга алданиб қолишдан ОГОҲ БЎЛИШЛАРИНИ СЎРАЙМИЗ.
15 759195Loading...
09
Bugun 7-may kuni Turkiya Respublikasi Parlamenti (TBMM) yalpi yig’ilishida o’zini nafaqat Yaxshi partiya vakili sifatidagina emas, balki ota-bobolari Farg’ona viloyatidan kelgan o’zini Turkistonlik deb atagan Bug’ra Kavunjuning nutqi katta e’tibor tortdi. Bug’ra Kavunju bobolari bosmachi harakatlarga qo’shilib sovet bosqiniga qarshi mustaqillikni himoya qilgan avlod vakili sifatida nutqini ochdi. Turkiya-O’zbekiston munosabatlarini do’st bo’lib emas, taqdir va kelajagini birga quradigan millatlar ekanligini ta’kidladi. B.Kavunju o’z nutqida so’nggi yillarda bir necha millyon suriyalik qochqinlarni o’z bag’riga olishidan baxtiyor bo’lib, tili turk, madaniyati turk, tarixi turk bo’lgan va yaxshi niyatda kelgan qardoshlarimizni kelishidan rohatsizlik his etilishini keskin qoraladi. Turkiya Jumhuriyatini ilk boshda O’zbekiston, qolaversa barcha turkiy xalqlar bilan birga bo’lishga chaqirdi. Bugun G’arbning Florentsiyasiga qarshi Samarqand va Buhoroni qo’yishga majburmiz. Bugun Alisher Navoiyni, Horazmiyni, Farg’oniyni, Beruniyni butun dunyoga bu ota-bobolarimizni kim ekanligini birgalikda ko’rsatishimiz davr taqozosidir. Turkiyaning O’zbekiston hukumati bilan imzolangan strategik hamkorlik bo’yicha shartnomani moddama-modda qo’llab quvvatlaymiz. Turk tadbirkorlarini yanada O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritishga, Afg’oniston bilan chegara yaqinida tashkil etilayotgan erkin savdo hududida faol savdo ishlarini yo’lga qo’yishga chaqirdi. Yana bir husus turk-o’zbek o’rtoq universitetini ochish orqali ilmiy-madaniy sohada aloqalarining rivojlanishiga olib kelishi ta’kidlandi. Turkiya O’zbekistonning ilk mustaqillik yillarida birinchilardan bo’lib tan olganligi, yaralariga qanda malham bo’lgan bo’lsa, O’zbekiston ham yaqin vaqtlar ichida rivojlanib Turkiyaning yaralariga malham bo’lishiga shubhasi yo’qligini bildirdi. Turkiya Buyuk Millat Majlisida tomirida o’zbek qoni oqayotgan Bug’ra Kavunjuni nutqini X-ijtimoiy tarmog’idagi sahifasi orqali videosini tamosha qilishingiz mumkin.
3 25033Loading...
10
https://x.com/sbugrakavuncu/status/1787897139164791178?s=12
2 2885Loading...
11

10Loading...
12
👍
00Loading...
13
РАСМИЙ ХАБАР   Истанбул шаҳрида фаолият кўрсатувчи Ўзбек саноатчилари ва тадбиркорлари жамияти раҳбари, Golden moda фирмаси таъсисчиси ФУРҚАТ АЛИМЖАНОВ томонидан ҳомийлик кўмаги сифатида юборилган, умумий қиймати 3 500  АҚШ долларини ташкил этган 75 жуфт оёқ кийимлари Сурхондарё вилояти, Ангор туманидаги кўриш қобилиятида нуқсонлари бўлган болалар учун ихтисослаштирилган “Нурли маскан” мактаб-интернати ўқувчиларига топширилди. Совғаларни топшириш маросимида Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизмати, Сурхондарё вилояти Ички ишлар бошқармаси, Ангор тумани Ички ишлар бўлими ва бошқа расмий вакиллар иштирок этдилар. Саҳоватпеша ватандошимизнинг болажонларга улашган совғалари ўқувчилар ва ота-оналарнинг қувончига сабаб бўлди.  
14 01140Loading...
14
ГИЁҲВАНДЛИККА ҚАРШИ КУРАШИШ БЎЙИЧА ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ МИЛЛИЙ СТРАТЕГИЯСИ ҚАБУЛ ҚИЛИНДИ   Ўзбекистон Республикасининг гиёҳвандлик воситалари, психотроп моддалар ва уларнинг прекурсорлари, шунингдек кучли таъсир этувчидори воситаларининг ноқонуний айланишига қарши курашиш соҳасидаги давлат сиёсатини самарали амалга ошириш мақсадида “Гиёҳвандлик ва гиёҳвандликка қаршикурашиш бўйича Ўзбекистон Республикасининг 2024-2028 йилларга мўлжалланган Миллий стратегияси” лойиҳаси ишлаб чиқилди ва тасдиқланди. Стратегия Ўзбекистон Республикасининг гиёҳвандликка қарши курашиш соҳасидаги қонунчилигини ва гиёҳвандлик билан боғлиқ вазият мониторинги миллий тизимини такомиллаштириш, миллий ва жамоат хавфсизлигини таъминлаш ҳамда фуқаролар саломатлигини муҳофаза қилишга қаратилган. Стратегия наркотик моддаларнинг ноқонуний айланиши билан боғлиқ трансчегаравий жиноятчилик таҳдидларига ўз вақтида ва мутаносиб чоралар кўриш бўйича етакчи давлатларнинг ижобий халқаро тажрибасини ўз ичига олиб, қуйидагиларни назарда тутади: ✓ аҳолида “гиёҳвандликка қарши иммунитет”ни шакллантириш; ✓ гиёҳвандлик профилактикаси ва наркожиноятларнинг олдини олишнинг сифат жиҳатидан янги механизмларини белгилаш; ✓ гиёҳвандликка қарши курашда замонавий иш услубларини қўллаш; ✓ аҳолини юқори сифатли дори воситалари билан даволаш тизимини янгича услублар асосида ривожлантириш; ✓ гиёҳвандликка ружуъ қўйган шахсларни тиббий-ижтимоий реабилитация қилиш чора-тадбирларини янада такомиллаштириш; ✓ гиёҳвандлик ва наркожиноятларнинг олдини олиш соҳасида илмий-тадқиқот фаолиятини ривожлантириш. Гиёҳвандликка қарши курашиш соҳасида эришилган ижобий салоҳиятни сақлаш ва ошириш, Ўзбекистоннинг халқаро майдондаги нуфузини янада мустаҳкамлаш мазкур Стратегия доирасида белгилаб берилган ва эътиборга олинган халқаро ҳамкорликнинг устувор вазифаларидандир.  
2 7248Loading...
15
Бугун Ўзбекистон Республикасини Истанбул шаҳридаги Бош консулхонаси ташкил қилинганига 31 йил тўлди. 1993 йил 4 майдаги Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 201-сон қарорига мувофиқ Бош консулхона ташкил этилган. Барча Туркиядаги ватандошларимизни ушбу кун билан табриклаймиз! Шу билан бирга Бош консулхона Туркиядаги фуқароларимизга доим қонун доирасида сифатли ижтимоий хизмат ва ҳукукий ёрдам кўрсатишга тайёр.
16 56929Loading...
16
Ишёқмас ва дангасалар ҳар доим нолиб ўтишган! Ушбу фикрларни эшитинг ва хулоса қилинг!
4 10567Loading...
17
Вице-президент Жавдат Йилмазни қисқа савол жавобга тутган “Уздипломат.уз”, “Қалампир” ва бошқа журналистлар Россиядаги терактдан сўнг Марказий Осиёлик муҳожирларнинг Туркияга киришга турли тақиқлар қўйилаётгани ва бу Ўзбекистонликларга ҳам турли қийинчиликлар юзага келтираётгани ҳақида гапириб, кучайтирилган хавфсизлик чоралари қачон енгиллашишига қизиқди. “Ҳа, бу ҳақидаги барча гапларни бугун Ўзбекистоннинг тегишли масъуллари, дўстларимиз билан гаплашиб олдик. Ҳар бир мамлакат ўз хавфсизлигига эътибор қаратиши керак. Аммо бу тадбирларни қиларканмиз, ватандошлармиз, қардошларимиз муаммоларга дуч келмаслиги лозим. Бу мавзуда тегишли масъуллар бир-бирларига жуда яқин суҳбатлашиб, бу мазвуларни ўзаро гаплашиб, саволлар ва шикоятларга жуда қисқа вақтда жавоб топади”, - деб айтиб ўтди.
4 25527Loading...
18
Жорий йилнинг 23 апрель куни Facebook ижтимоий тармоғида ўзини Бурса шаҳрида яшовчи, 15 ёшли Зайнаб Болтаева деб таништирган фуқаронинг Туркия ваколатли идораларига мурожаати эълон қилинган эди (https://www.facebook.com/musofir.uzbek.54/posts/pfbid0BqJXP3tHRz45J51EGJ4krHdAcwDm4CZHyCf3dx6MkKmYN16rNeCk8BdotkD4haPjl). Мурожаатда З.Болтаева ота-онаси Асомиддин Болтаев ва Заҳро Қодироваларнинг террорчилик фаолиятида шубҳаланиб қўлга олинганлиги ва Қирқларэли депортация марказида сақланаётганликларини, ота-онасига туҳмат қилинаётганлигини, уларни депортация қилмасликни сўраган. Бугунги кунга қадар мурожаат муаллифининг ота-онасининг ушланганлиги ва депортация марказида сақланаётганлиги тўғрисида Бош консулхонага хабар келиб тушмаган. Туркиянинг амалдаги қонунчилик ҳужжатларига кўра, ушланган хорижий фуқаронинг розилигисиз унинг ушланганлиги ва сақланаётган жойи тўғрисида дипломатик ваколатхоналарга ва учинчи шахсларга маълумот берилмайди. Шунга қарамасдан, мазкур ҳолат Ўзбекистоннинг Истанбулдаги Бош консулхонаси томонидан назоратга олиниб, З.Болтаеванинг ота-онасини қидириб топиш ва зарур консуллик-ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш бўйича тегишли чоралар кўрилмоқда.
14 75810Loading...
19
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумида иштирок этиш учун мамлакатимизга келган Туркия Республикаси вице-президенти Жавдат Йилмаз бошчилигидаги делегацияни қабул қилди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Турецкой Республики во главе с вице-президентом Джевдетом Йылмазом, прибывшим в нашу страну для участия в третьем Ташкентском международном инвестиционном форуме. #Mirziyoyev #qabul #Turkiya #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 6346Loading...
20
Turkiyadagi horijliklarga nisbatan kuchaytirilgan tekshiruvlar, aeroportdagi muammolar, ularni ro’yhatga olishdagi noqulayliklar tufayli O’zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi diplomatlari tashabbusi bilan joriy yilning 29 aprel kuni Turk davlatlari tashkiloti a’zo davlatlarining bosh konsullarini (Qirğiziston, Qozoğiston, Ozarbayjon va Vengriya) jalb qilgan holda Istanbul migratsiya hizmati boshliği (Istanbul il göç müdürü) Hüseyin Kemal İLDAY bilan uchrashuv tashkil etildi. Diplomatlarimiz tomonidan mazkur yonalishlar boyicha fuqarolarimizdan aeroport, deportatsiya markazlari, migratsiya hizmati idoralaridagi shikoyatlarini va bu muammolarni yechish bo’yicha takliflar turk tomoniga yetkazildi.
23 372115Loading...
21
26-28 aprel kunlari Istanbul shahrida bo’lib o’tayotgan 5-parlamentlarorasi Quddus platformasi xalqaro konferentsiyasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda.
3 8692Loading...
22
Media files
3 9161Loading...
23
2024 yilning mart-aprel oylarida “Doğu turizm” firmasi hamkorligida bevosita Bosh konsulxona tashabbusi bilan 400 dan ortiq turk tadbirkorlari, harbiylari va akademiklarining Istanbuldan Horazm, Buhoro, Samarqand va Toshkent shaharlariga sayyohlik safarlari tashkil etildi. Ushbu viloyatlarni ziyorat qilishar ekan, sayyohlar hokimiyatlar, univetsitetlarda va tadbirkorlar bilan iqtisodiy va ilmiy hamkorlik yuzasidan ham uchrashuvlar o’tkazdilar. Shuningdek aprel oyida 102 nafarlik Turkiyaning malakali shifokorlari ziyorat qilish bilan birga bir nechta vatandoshlarimizni bepul muolaja qilishlariga ham muvaffaq bolindi. May oyida ham yirik turk sayyoh guruhlarining mamlakatimizga tashriflari rejalashtirilgan. Özbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar yurtimizning madaniy, ma’naviy, gastronomik jozibadorligini e’tirof etgan holda boshqa viloyatlarimizni ham korishga, boshqa yaqinlariga bu boradagi taassurotlarini aytish orqali vatanimiz dovrug’ini yoyayotganligini ta’kidlash lozim. Bu borada Turkiyada vaqtinchalik yashab, o’qib, ishlab yurgan vatandoshlarimizning yurtimizning turizm salohiyatini yoyishga qo’shayotgan hissalari uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
3 1413Loading...
24
Media files
2 64817Loading...
25
Joriy oyning o’rtalarida Istanbul shahrining Sultanbeyli tumanida vaqtincha yashayotgan va ish faoliyatida bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi 1971-yil 14-mayda Samarqand viloyatida tug’ilgan RUSTAMOV KAHRAMON AZAMOVICH ish joyida zinadan yiqilib xushini yo’qotgan va voqea joyida vafot etgan. Hozirgi vaqtda fuqaroning jasadi kasalxonada morg bo’limida bo’lib, yaqin qarindoshlari yoki tanishlari zudlik bilan Bosh konsullik telefon raqamlari: (212)3232037; (212)3232036 yoki https://t.me/konsul_7_24 ga murojaat qilishlarini so’rab qolamiz. Marhumning yaqinlariga sabr va chuqur ta’ziya bildiramiz.
17 90270Loading...
✔️Istanbul shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov hamda Turkiya Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur Özdemir Göktaş o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv yakunida ikki tashkilot o‘rtasida ijtimoiy xizmatlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Show all...
👍 15👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
Сурхондарё вилояти, Ангор туманидаги  кўриш қобилиятида нуқсонлари бўлган болалар учун ихтисослаштирилган “Нурли маскан” мактаб-интернати ўқувчиларига ҳомийлик кўмагини кўрсатган, Истанбулда фаолият кўрсатувчи Ўзбек саноатчилари ва тадбиркорлари жамияти раҳбари, Golden moda фирмаси таъсисчиси Фурқат Алимжановга бугун Бош консулхонамизда Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигининг ташаккурномаси ва эсдалик совғаси тантанали равишда топширилди. Хайрия мақсадида амалга оширилган ҳар бир саҳоватпеша ватандошимиз халқимизнинг ардоғидадир.  
Show all...
👍 37👏 4🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
2024-yil 15-may kuni Turkiya Respublikasining rasmiy gazetasida Turkiya Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi ayrim muhim hamkorlikka oid qonunlar, bitimlar va protokollar Parlament tomonidan qabul qilinganligi e’lon qilindi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi faoliyati to‘g‘risidagi Bitim; 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitim; 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida huquqni muhofaza qilish sohasida o‘qitish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Protokol; 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy hadli Bitim; 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim; 6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Bitim; 7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Bitim.
Show all...
👍 40👏 7🔥 1😱 1
Turkiya parlamentida O’zbekiston haqida nutq so’zlagan Adolat va taraqqiyot hamda Yaxshi (İYİ) partiyalari deputatlari Osman Mesten va Buğra Kavunju chiqishlari. … O’zbekiston ham Turkiyaning yaralariga kelajakda malham bo’ladi… Buğra Kavunju Buni halqimiz 2023 yildagi zilzilada namoyish etgan
Show all...
👍 38🔥 5👏 5😱 1
✅‼️Муҳим хабар!!! Оҳирги пайтларда Консуллик йиғимлари (тўловлари) бўйича кўплаб фуқаролардан шикоятлар келиб тушмоқда. Фуқароларнинг норозилигига асосий сабаб ватандошларнинг аксарият қисми ҳужжатларни тайерлашда тегишли бюролар хизматидан фойдаланишлари, ва бу ҳам ўз навбатида қўшимча ҳаражатларни келтириб чиқариши ва ҳаттоки бир хил ҳолатларда консуллик ҳаракатлари учун ундириладиган асосий йиғим нархидан 2-3 баробарга қимматга тушишини кузатиш мумкин. ❌Шу ўринда, Бош консулхона бирор бир хизмат кўрсатиш бюроси билан бирга иш олиб бормаслигини ва улар томонидан белгиланган хизмат тўловларига ҳам жавобгар эмаслигини эслатиб ўтади. ✅Бугунги кунда консуллик йиғимлари бўйича тарифлар қуйидагича: 1. Ватанга қайтиш гувоҳномасини расмийлаштириш; ⁃ 1-16 ёшгача 10 АҚШ доллари, ⁃ 16 ёшдан юқориларга 60 АҚШ дол. 2. Хорижга чиқиш биометрик паспортини расмийлаштириш. - 1-16 ёшгача 20 АҚШ дол. - 16 ёшдан ошганлар учун 170 АҚШ дол. 3. Нотариал харакатлар учун тўлов 35 АҚШ дол (автомобилни бошқариш ва сотишга ишончнома бундан истисно) 4. Хужжатларни ҳақиқийлигини ва уларни қабул қилувчи давлат қонунларига мувофиқлигини аниқлаш ва тасдиқлаш (onay) 40 АҚШ дол. 5. Барча турдаги маълумотномалар 40 АҚШ дол. (истисно тариқасида вафот этган инсоннининг жасадини қариндошлари томонидан Ватанга олиб кетиш учун мўлжалланган маълумотномадан давлат божи ундирилмайди) 6. Ўзбекистон Республикаси фуқаролигидан чиқиш тўғрисидаги аризани рўйхатдан ўтқазиш - 120 АҚШ дол. 7. Хужжатларни талаб қилиш учун (диплом, ҳайдовчилик гувоҳномаси) - 70 АҚШ дол. 8. Виза бўйича тўловлар визанинг тури ва муддатига қараб белгиланади. Барча тўловлар Бош консулхонанинг ҳисоб рақамига банк орқали тўланади. ❗️‼️Ўз ўрнида, фуқароларга керакли ҳужжатларни ўзлари томонидан тўлдириш орқали маълум бир маблағларни тежаб қолиш мумкинлигини эслатиб ўтамиз. ✅Консуллик хизматлари, ҳакида Бош консулхонанинг ўзида ёки интерактив консуллик хизматлари веб-порталида consulate.mfa.uz орқали олишингиз мумкун.
Show all...
👍 34👏 7🔥 5
06:58
Video unavailableShow in Telegram
Turkiya parlamenti, 2024-yil, 8-may, Özbekiston haqida, notiq Osman Mesten
Show all...
👍 32🔥 8👏 4
01:29
Video unavailableShow in Telegram
▫️Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug'. 🔹9 may - "Xotira va qadrlash kuni". O'tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e'zozlamoq xalgimizga xos ezgu fazilatlardandir. 🔸O'z ozodligi, erkinligi, tinch hayoti yo'lida kurashib, behisob qurbonliklar bergan ota-bobolarimiz jasorati tarixiy xotiramizdan hech qachon o'chmaydi. 🇺🇿Bayramingiz muborak!
Show all...
🔥 11👍 7👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
РАСМИЙ ХАБАР   Жорий йилнинг 6 май куни Ўзбекистон ва Туркия ИИВ ҳамкорлигида амалга оширилган тезкор тадбир натижасида фирибгарлик ва одам савдоси жиноятини содир этишда айбланаётган,  1979 йилда Самарқанд вилоятида туғилган  РАХИМОВ ОЗОД САДУЛЛОЕВИЧ Истанбул шаҳрининг Фатих туманида қўлга олинди. Маълумот учун, О.Рахимов Самарқанд вилоятида фуқароларнинг кўп миқдордаги пул маблағларини Фирибгарлик йўли билан ўзлаштиришда, шунингдек Истанбул шаҳрида бўлган даврида 2022-2023 йиллар мобайнида бир қанча Ўзбекистон ва Тожикистон фуқароларини Туркия-Испания-Никарагуа-Мексика йўналиши бўйлаб АҚШга юборишни ваъда қилиб, фирибгарлик йўли билан уларнинг ҳар биридан 10-15 минг АҚШ доллари олиб, ваъдасини бажармасдан, ўзининг шахсий манфаатларига ишлатиб юборганликда айбланмоқда. Ушбу шахснинг жиноий хатти-ҳаракатларидан жабр кўрган ватандошларимиздан Бош консулхонага ёки Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигига хабар бериш сўралади. Жиноий жавобгарликдан қочибхорижий давлатларда, шу жумладан Туркияда яшириниб юрган ҳар бир шахсга нисбатан жиноий таъқиб изчил равишдадавом эттирилади ва жиноят учун жавобгарлик принципи қатъий таъминланади. Шу билан бирга, кейинги вақтларда АҚШ, Канада ёки Европа давлатларга бориш учун виза расмийлаштириб бериш важи билан фирибгарлик содир этилиши ҳолатлари юзасидан Бош консулхонамизга келаётган мурожаатлар сони ортганлигини инобатга олиб, фуқаролардан фирибгарларга алданиб қолишдан ОГОҲ БЎЛИШЛАРИНИ СЎРАЙМИЗ.
Show all...
👍 36👏 9
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 7-may kuni Turkiya Respublikasi Parlamenti (TBMM) yalpi yig’ilishida o’zini nafaqat Yaxshi partiya vakili sifatidagina emas, balki ota-bobolari Farg’ona viloyatidan kelgan o’zini Turkistonlik deb atagan Bug’ra Kavunjuning nutqi katta e’tibor tortdi. Bug’ra Kavunju bobolari bosmachi harakatlarga qo’shilib sovet bosqiniga qarshi mustaqillikni himoya qilgan avlod vakili sifatida nutqini ochdi. Turkiya-O’zbekiston munosabatlarini do’st bo’lib emas, taqdir va kelajagini birga quradigan millatlar ekanligini ta’kidladi. B.Kavunju o’z nutqida so’nggi yillarda bir necha millyon suriyalik qochqinlarni o’z bag’riga olishidan baxtiyor bo’lib, tili turk, madaniyati turk, tarixi turk bo’lgan va yaxshi niyatda kelgan qardoshlarimizni kelishidan rohatsizlik his etilishini keskin qoraladi. Turkiya Jumhuriyatini ilk boshda O’zbekiston, qolaversa barcha turkiy xalqlar bilan birga bo’lishga chaqirdi. Bugun G’arbning Florentsiyasiga qarshi Samarqand va Buhoroni qo’yishga majburmiz. Bugun Alisher Navoiyni, Horazmiyni, Farg’oniyni, Beruniyni butun dunyoga bu ota-bobolarimizni kim ekanligini birgalikda ko’rsatishimiz davr taqozosidir. Turkiyaning O’zbekiston hukumati bilan imzolangan strategik hamkorlik bo’yicha shartnomani moddama-modda qo’llab quvvatlaymiz. Turk tadbirkorlarini yanada O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritishga, Afg’oniston bilan chegara yaqinida tashkil etilayotgan erkin savdo hududida faol savdo ishlarini yo’lga qo’yishga chaqirdi. Yana bir husus turk-o’zbek o’rtoq universitetini ochish orqali ilmiy-madaniy sohada aloqalarining rivojlanishiga olib kelishi ta’kidlandi. Turkiya O’zbekistonning ilk mustaqillik yillarida birinchilardan bo’lib tan olganligi, yaralariga qanda malham bo’lgan bo’lsa, O’zbekiston ham yaqin vaqtlar ichida rivojlanib Turkiyaning yaralariga malham bo’lishiga shubhasi yo’qligini bildirdi. Turkiya Buyuk Millat Majlisida tomirida o’zbek qoni oqayotgan Bug’ra Kavunjuni nutqini X-ijtimoiy tarmog’idagi sahifasi orqali videosini tamosha qilishingiz mumkin.
Show all...
👍 58🔥 6👏 4😱 3
Show all...
Buğra Kavuncu (@SBugraKavuncu) on X

Özbekistan'la imzalanan anlaşmalara dair TBMM Genel Kurulu'nda konuşuyorum.

https://t.co/tt12v8LbOb