en
Feedback
️QarDTU Iqtidorli talabalari

️QarDTU Iqtidorli talabalari

Open in Telegram

🏢 Qarshi davlat texnika universiteti 🎓 Talabalar, magistrantlar va yosh olimlar uchun ✨️ stipendiya tanlovlari, 📚 ilmiy stajirovkalar, 📈 startap dasturlari, 🔹️seminarlar hamda boshqa muhim tadbirlar bo‘yicha dolzarb ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.

Show more
724
Subscribers
No data24 hours
+67 days
-730 days
Posts Archive
#kontrakt #shartnoma Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️ To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish 🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring! Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi. Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi. Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin. Ilovani yuklab olish:👇 📲 iOS uchun 📲 Android uchun Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

+1
#Diqqat_tanlov
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi: • oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot; • oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; • oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; • davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material; • oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik; • oʻzbek tilini xalqaro miqyosda ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish; • oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.
⚠️Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar oʻzi haqidagi maʼlumotlarni (namuna: ismi, otasining ismi, familiyasi, ish joyi yoki oʻqish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha yuborishlari lozim.
Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi: • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi (Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A); @Jonajontilim_bot telegram boti; Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi. ‼️ Gʻoliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. ✅ Mukofotlar 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi.   (Manba) Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

#Xalqaro_hamkorlik QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TALABALARI DIQQATIGA! Siz uchun Erasmus+ ICM KA171 dasturi doirasida Gr
#Xalqaro_hamkorlik   QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TALABALARI DIQQATIGA!  
Siz uchun Erasmus+ ICM KA171 dasturi doirasida Gretsiyaning Oʻrta yer dengizi universitetida 2026/2027-oʻquv yili bahorgi semestri uchun grant asosida taʼlim olishni istaysizmi?
  ✅ Universitetimizning Erasmus+ International Credit Mobility (ICM) KA171 loyihasi doirasidagi hamkorligi asosida Gretsiyaning Oʻrta yer dengizi universitetida 2026/2027-oʻquv yilining bahorgi semestrida grant asosida 1 semestr tahsil olish uchun tanlov eʼlon qilinadi. 🔰 Erasmus+ KA171 loyihasi talabalarga hamkor xorijiy universitetda grant asosida oʻqish imkoniyatini taqdim etadi. 🟢 Tanlov quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladi: 🔸 Buxgalteriya hisobi (bakalavr) 🔸 Audit (magistratura) 🔸 Logistika (bakalavr) ❇️ Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar: 🔹 IELTS sertifikati kamida 5.5 (yoki unga tenglashtirilgan xalqaro til sertifikati). 🔹 Akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlishi (yaxshi baholarga ega boʻlish). 🌐 Dastur afzalliklari: 🔻 1 semestr davomida Gretsiyaning Oʻrta yer dengizi universitetida tahsil olish. 🔻 Erasmus+ granti asosida xalqaro akademik almashinuv dasturida ishtirok etish. 🔻 Xalqaro taʼlim muhitida bilim va tajriba orttirish. 🖊 Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2026-yil 20-sentabr ‼️ Talabgorlar belgilangan muddatlarda barcha zarur hujjatlarni universitetning xalqaro hamkorlik boʻlimiga taqdim etishlari soʻraladi.   ☎️ Telefon: +99893 939-20-31   💻 Qoʻshimcha maʼlumot uchun: Qarshi davlat texnika universiteti xalqaro hamkorlik boʻlimi Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

#Ilk_saboq Birinchi bosqich talabalarining ilk sabogʻi “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
+6
#Ilk_saboq
Birinchi bosqich talabalarining ilk sabogʻi “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusidagi “Kelajak soati” darsi bilan boshlandi.
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Abror Murtazayev barcha yoshlarni talabalik baxtiga sazovor boʻlganlari bilan tabrikladi. Mustaqillikning tarixiy ahamiyati, milliy davlatchiligimizdagi oʻrni, Vatanga muhabbatli va sadoqatli boʻlish masʼuliyati haqida mulohaza bildirdi. Darsning maqsadi ham talabalarda mustaqillikni millatning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqi va inson uchun imkoniyatlar maydoni ekanini anglash koʻnikmasini shakllantirishdan iborat. Muloqot davomida yoshlarga bildirilgan ishonch, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar, universitet iqtidorli talabalarining erishgan yutuqlari alohida eʼtirof etildi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

+9
#Bilimlar_kuni
Bugun, 7-sentyabr kuni davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi va Bilimlar kuni munosabati bilan universitetimizda “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda universitet rektori Sherzod Neʼmatov hamda Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi korxonasi rahbari Shuhrat Aslanov yurtimizda taʼlimni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, oʻzaro hamkorlik istiqbollari haqida soʻz yuritdilar. Barchani, ayniqsa talabalik baxtiga muyassar boʻlgan yoshlarni bayramlar bilan qutladilar. Universitetning yutuqlari alohida eʼtirof etildi. Dual taʼlimni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni tobora kengaytirish borasidagi ishlar, yangi reja va maqsadlar haqida keng maʼlumot berildi. Kirish imtihonlarida eng yuqori – 189 ballga sazovor boʻlib, Qarshi davlat texnika universitetiga talabalikka tavsiya etilgan Abdurahmon Jabborov oʻzining dil izhorlarini bildirdi. Viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan badiiy dastur tadbir qatnashchilariga quvonch va koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

+1
#Izhor Birinchi bosqich talabalarining dil izhorlari. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

#Jarayon #Live Qarshi davlat texnika universitetida 2026/2027-oʻquv yili boshlanmoqda. Bosh bino maydonida universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari jam boʻldilar. Batafsil keyinroq. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

Nega texnik yo’nalishlariga qizish kamaymoqd? To’liq youtube kanalimda #elektrenergiya #texnika #talim #talaba #abiturient

#Xushxabar Qarshi davlat texnika universiteti talabalari Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi tanlovi gʻolibi boʻldi! Qar
#Xushxabar  
Qarshi davlat texnika universiteti talabalari Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi tanlovi gʻolibi boʻldi!
  Qarshi Yoshlar tyexnoparkida viloyat hokimi stipendiyasining 2026/2027-oʻquv yilgi tanlovining yakuniy bosqichi oʻtkazildi. Tanlovda viloyatimiz oliy taʼlim muassasalaridan eng iqtidorli 41 nafar talaba ishtirok etdi. Ulardan 14 nafari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.  
Bu yil universitetimizdan Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining biryoʻla 3 nafar talabasi – Nilufar Bahronova, Javohir Mengliqulov va Shahboz Boʻriyev gʻolib sifatida eʼtirof etildi.
  Tanlov gʻoliblariga yangi oʻquv yilining sentyabr oyidan iyun oyigacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida qoʻshimcha stipendiya toʻlanadi.   Iqtidorli talabalarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy muborakbod etamiz! Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

Repost from Edu.uz
#SavolJavob 🎓Ta’lim krediti: foiz, kafillik va ariza topshirish tartibi
❓ Ta’lim kreditining foiz stavkasi qancha?
❓ Markaziy bankning asosiy stavkasi o‘zgarsa, kredit foizi ham o‘zgaradimi?
❓ Ta’lim krediti qachondan qaytariladi?
❓ Kafillik talab etiladimi?
❓ Ta’lim krediti olish uchun qanday hujjatlar kerak?
❓ Ariza qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?
❓ Ta’lim krediti uchun qayerdan ariza berish mumkin?
🎥 Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa, videoni albatta ko‘ring. Javobni matnli o‘qish: https://gov.uz/oz/edu/news/view/214742 Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Bilgan_yaxshi ❗️MAGISTRATURAGA QABUL QILINGAN XOTIN-QIZLAR DIQQATIGA! ✅ 15-sentabrga qadar rektor nomiga ariza yozmagan xoti
#Bilgan_yaxshi   ❗️MAGISTRATURAGA QABUL QILINGAN XOTIN-QIZLAR DIQQATIGA!  15-sentabrga qadar rektor nomiga ariza yozmagan xotin-qiz magistrlarga kontrakt pullari davlat tomonidan qoplab berilmaydi! 🎓 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat oliy taʼlim muassasalari magistratura bosqichida taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlab berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, davlat OTMlarining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-toʻlovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. 🔰 Buning uchun talabgor toʻlov-kontraktning toʻliq summasini qoplab berish yuzasidan oʻzlari taʼlim oladigan universitet rektori nomiga 2026-yil 15-sentabrgacha ariza bilan murojaat etishi lozim. 📍 Manzil: universitet bosh binosi 2А-332-xona 👉 Lokatsiya 🚫 Ushbu imtiyoz quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi: ➖ 15-sentabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga; ➖ tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt toʻlovlariga; ➖ qoʻshma taʼlim uchun. 📝 Arizalar 3 ish kunida koʻrib chiqilib, roʻyxat shakllantiriladi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

#Qabul_2026 🎓 📌MAGISTRATURAGA OʻQISHGA QABUL QILINGAN TALABALAR DIQQATIGA! 📢 Xabar berganimizdek, 2026/2027-oʻquv yili uch
#Qabul_2026   🎓 📌MAGISTRATURAGA OʻQISHGA QABUL QILINGAN TALABALAR DIQQATIGA! 📢 Xabar berganimizdek, 2026/2027-oʻquv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha yakuniy natijalar eʼlon qilindi. 📌Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalar quyidagi hujjatlarni belgilangan tartibda topshirishlari lozim: - 📄 Ariza Rektor nomiga OTM tomonidan belgilangan namunadagi ariza. - 🎓 Diplom Oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom va uning ilovasining asl nusxasi. - 🪪 Pasport Pasportning asl nusxasi hamda 3 dona nusxasi. - 📷 Fotosurat 3,5 × 4,5 sm oʻlchamdagi 8 dona rangli fotosurat: ▫️ orqa foni oq rangda boʻlishi; ▫️ belgilangan talablar asosida tushirilgan boʻlishi lozim. - 🌐 Tillarni bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat Tegishli darajani tasdiqlovchi sertifikat yoki hujjatning asl nusxasi va 1 dona nusxasi. - 🏆 Nomdor stipendiya guvohnomasi Nomdor davlat stipendiyasi sohiblari uchun tegishli guvohnomaning asl nusxasi. 🗓 Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 15-sentabrgacha 📍 Manzil: universitet bosh binosi 2А-332-xona 👉 Lokatsiya ⚠️ Magistraturaga qabul qilingan talabalar belgilangan muddatga qadar hujjatlarini toʻliq shaklda topshirishlari soʻraladi. 🎓 Talabalikka qabul qilingan magistrlarimizni samimiy muborakbod etamiz! Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

#Diqqat HURMATLI QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TALABALARI! Ijara xonadonlari, ularning manzili, ijara toʻlovi, yashash s
#Diqqat   HURMATLI QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TALABALARI!   Ijara xonadonlari, ularning manzili, ijara toʻlovi, yashash sharoitlari va mavjud boʻsh yashash joylari boʻyicha maʼlumot olish uchun oʻzingiz tahsil olayotgan fakultet masʼullariga murojaat qilishingiz mumkin.   📍 FAKULTETLAR BOʻYICHA MASʼULLAR:   1. Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti 🎓 Dekan — Norqobilov Salim Abduhamidovich 👨‍🎓 Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari — Zohidov Jamshid Botirxonovich 📞  91 257 77 57   2. Neft-gaz va geologiya fakulteti 🎓 Dekan — Shodiyev Abbos Neʼmat oʻgʻli 👨‍🎓 Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari — Sharipov Gʻulomjon Qarshi oʻgʻli 📞  90 518 53 33   3. Irrigatsiya muhandisligi fakulteti 🎓 Dekan — Quvvatov Dilshod Ashuraliyevich 👨‍🎓 Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari — Nazarov Ixtiyor Fayzullayevich 📞  97 388 19 78   4. Energetika muhandisligi fakulteti 🎓 Dekan — Yaxshiboyev Shuhrat Komilovich 👨‍🎓 Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari — Xazratkulov Baxodir Mamatkulovich 📞 90 440 47 15   5. Transport va qurilish muhandisligi fakulteti 🎓 Dekan — Qodirov Uchqun Ilhomovich 👨‍🎓 Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari — Talipov Ulugʻbek Qaxramonovich 📞  90 244 77 76   6. Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 🎓 Dekan — Nasimov Shavkat Vasiyevich 👨‍🎓 Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari — Mirzayev Komiljon Mamirjonovich 📞 90 994 07 87   7. Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti 🎓 Dekan — Abdurahmonov Alijon Abdulahadovich 👨‍🎓 Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari — Shukurov Shahobiddin Toʻlqin oʻgʻli 📞  91 001 56 63   🏢 Ijara xonadonlari va talabalar turar joylari boʻyicha savollar va murojaatlar uchun: Oybek Dilov (99 666 00 19)   Qarshi davlat texnika universiteti rahbariyati ✍️ Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

Repost from Segment.uz
⚡️Олий таълим ташкилотлари, академик лицей ва техникумларда янги ўқув йили бошланиш санаси белгиланди 2026/2027 ўқув йилида академик лицей ва техникумларда ўқув жараёнлари 2 сентябрдан бошланади. Олий таълим ташкилотларида эса: ▪️ 1-босқич талабалари учун — 7 сентябрдан; ▪️ 2-босқич ва ундан юқори босқич талабалари учун — 14 сентябрдан ўқув жараёнлари ташкил этилади. Telegram | Instagram | Facebook

#mandat #magistratura #qabul2026 ⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim
#mandat #magistratura #qabul2026 ⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Prezident tabrigidan: ta’lim va ilm-fanga oid muhim fikrlar 🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi da
Prezident tabrigidan: ta’lim va ilm-fanga oid muhim fikrlar 🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 📌Kelgusi yillarda bilim va malakani mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan milliy dastur amalga oshiriladi. 📌Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi. Yoshlarga yuqori daromadli kasblarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 million nafarga yetkaziladi. 📌Yangi Toshkentda Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va O‘zbekiston milliy kutubxonasining yangi binolari ishga tushirilgani, ushbu hudud kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markaziga aylanishi qayd etilgan. 📌Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmasligi maqsad qilingan. 📌Kelgusida kamida 10 ta universitetni dunyoning TOP-1000 talik reytingiga kiritish katta marra sifatida belgilandi. 📌Oliy ta’limda o‘qish uchun qulay sharoitlarning kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. 📌Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi sifatida qayd etildi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat demakdir. 📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilanmoqda. 📌IT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi. 📌O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili esa raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim. 📌Dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarur. 📌Shu bois ta’limga sifat va mazmun olib kirish, muallimning obro‘-e’tiborini yuksaltirish va uning daromadini oshirishga e’tibor qaratilmoqda. 📌Prezident yoshlarni “Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari” deb atab, ularni oldinga intilish va doimiy izlanishdan to‘xtamaslikka chaqirdi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Diqqat_tadbir   HURMATLI PROFESSOR-OʻQITUVCHILAR! AZIZ TALABALAR!  
Sizni Qarshi davlat texnika universiteti “Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazi” (fab-lab) binosining ochilish marosimiga taklif etamiz!
  📆 Sana: 2026-yil 27 avgustVaqti: soat 16:00 🏢 Manzil: Qarshi davlat texnika universiteti   ✅ Ochilish marosimida mehmonlarga markazda yaratilgan innovatsion ishlanmalar, jumladan, robotlar, dronlar, “Solar powered” yomgʻirlatib sugʻorish mobil qurilmasi, yangi avlod mashinasi, quyosh panellarini tozalash qurilmasi va qishloq xoʻjaligi texnikalari namoyish etiladi.   ❗️ Barchangizni tadbirimizda kutib qolamiz! Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

Repost from UzCombinator
🚀 UzCombinator 2-mavsum startaplari o‘z jamoasini kengaytirmoqda! Istiqbolli loyihalar qatoriga qo‘shilish va real startap m
🚀 UzCombinator 2-mavsum startaplari o‘z jamoasini kengaytirmoqda! Istiqbolli loyihalar qatoriga qo‘shilish va real startap muhitida tajriba orttirish fursati yetdi 🔥 📌Hozirda qabul qilingan startaplar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kuchli mutaxassislar va hamkorlarni izlamoqda: • Co-Founder • CTO / COO / CMO • B2B Sales Manager • Product Manager • UI/UX Designer Agar siz o‘z bilimingizni amalda qo‘llash, katta maqsadlarga ega loyihalarda yetakchi rol o‘ynash va kelajagi porloq jamoalarning bir qismiga aylanishni istasangiz, imkoniyatni boy bermang! 👉 Quyidagi google formani to‘ldiring: https://forms.gle/eNdPr9fL9hBBHJFq6 Sizning ma’lumotlaringiz tegishli startap founderlariga taqdim etiladi va ular siz bilan tez orada bog‘lanishadi. ⚡️ @uzcombinator

♟SHAXMAT MUSOBAQASIGA TAKLIF QILAMIZ! 🏆 «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida,
SHAXMAT MUSOBAQASIGA TAKLIF QILAMIZ! 🏆 «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan IT Park Qashqadaryo viloyati rezidentlari o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etilmoqda! 🇺🇿 🗓Sana: 2026-yil 27-avgust 📌Manzil: Ko‘kdala tumani IT Park binosi 🎁Sovg‘alar: TV 55” Yandeks stansiya Air cleaner ♟ Ishtirokchilar: Musobaqada IT Park rezident kompaniyalarida rasman faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etishlari mumkin. 📝Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/cYR5YeBreafKF79G7 ♟ Musobaqa IT Park rezidentlari o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish, mantiqiy fikrlashni qo‘llab-quvvatlash, jamoaviylikni mustahkamlash va do‘stona muhit yaratishga qaratilgan. Batafsil ma’lumot uchun: 📞 @Omadjon_7111 📞 +998 94 242 71 11 🏆IT Park rezidentlarini faol ishtirok etishga chorlaymiz!