632
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-830 days
Posts Archive
632
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#foydali
🗣Bizda yosh olimlarni stajirovkaga yuborish bo‘yicha bir nechta tanlovlar e’lon qilindi. Ularda ishtirok etish uchun hujjatlarni internship.ilmiy.uz yagona elektron tizimi orqali topshirish lozim.
Mutaxassislarimiz tomonidan tayyorlangan video yo‘riqnomalar orqali bu boradagi savollaringizga javob olishingiz mumkin.
🟢Xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish yagona elektron tizimidan ro‘yxatdan o‘tish;
▶️https://www.youtube.com/watch?v=voXL7jjazDI
🟢Xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish yagona elektron tizimidan arizalarni buyurtmachi tashkilotga yuborish;
▶️https://www.youtube.com/watch?v=ZaB3M-shWxk
🟢Xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish yagona elektron tizimida buyurtmachi tashkilot tomonidan arizalarni tasdiqlab Agentlikka yuborish.
▶️https://www.youtube.com/watch?v=jBRRn33YGkQ
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTub
632
#foydali
🟠 Ilmiy platformalardan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanmalar!
✔️ Science ID
✔️ ORCID ID
✔️ Web of Science
✔️ Pivot-RP
✔️ Xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish bo’yicha yagona elektron tizimi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
632
🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Respublikada faoliyat olib boruvchi oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari uchun “Clarivate” kompaniyasining “Pivot-RP” xalqaro ilmiy grantlar bazasiga 2024-yil 1-yanvardan
boshlab milliy obuna tashkil etilgan bo'lib, mazkur platformaning imkoniyatlaridan foydalanishni keng jamoatchilikka
targ‘ib qilish maqsadida Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan 🗓2025-yil 23-aprel kuni soat ⏰11:30 da “Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasidagi imkoniyatlaridan samarali foydalanish” mavzusida seminar tashkil etiladi.
😎Shu munosabat bilan, mazkur seminarda professor-o'qituvchilar, doktorant va tayanch doktorantlar keltirilgan havolalar orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so'raymiz.
😑Havolalar: https://seminar.ilmiy.uz/seminar/26
https://www.youtube.com/@innovation.gov-uz
632
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#seminar
🟥🟦🟦
Bugun 02-aprel va bizda navbatdagi seminar boshlanish arafasida.
Mavzu: “Akademik harakatchanlik dasturi tanloviga hujjat topshirish va loyiha xarajatlar smetasini shakllantirish”
Seminarni onlayn kuzating!
Savollaringizni shu yerda izohda yozib qoldiring. ⬇️
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube
632
Repost from Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash
#DIQQAT
#Elon
⚡️Ilmiy tadqiqot ishingiz uchun zamonaviy laboratoriya va noyob ilmiy obyektlardan bepul foydalanishni istaysizmi? Unda ushbu dastur aynan siz uchun!
2025-yil 1-apreldan "Akademik harakatchanlik" dasturi tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar qabuli boshlanadi.
Hujjatlar 👉 https://akadem.ilmiy.uz/ platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Ushbu dastur 40 yoshgacha bo'lgan yosh olimlarga ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalarining noyob ilmiy ob’yektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan tekin foydalanish huquqini beradi.
Dasturda ishtirok etish uchun qoʻyiladigan shartlar:
- Loyiha ijrochisining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- 1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi;
- Topshirilgan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi;
- Dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha boʻlishi.
Loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.💰
👉“Akademik harakatchanlik” dasturi bo‘yicha batafsil ushbu havolada tanishib chiqishingiz mumkin.
📥Hujjatlar 1-apreldan 30-aprelgacha platforma orqali qabul qilinadi.
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
632
Repost from O’zMU rektori Inom Madjidov
Ассалому алайкум!
Қадрли ҳамкасблар,
ҳурматли профессор-ўқитувчилар!
Азиз талаба-ёшлар!
Сизларни янгиланиш ва янги ҳаёт тимсоли – Наврўз айёми билан чин юракдан табриклайман. Барчангизга тинчлик-омонлик, сиҳат-саломатлик, бахту саодат ва улкан муваффақиятлар ёр бўлишини тилаб қоламан.
Шарқона янги йилнинг бошланиши билан она диёримизга янги шукуҳ, файзу барака кириб келади. Шунинг учун ҳам Наврўзни орзиқиб кутамиз. Бу табаррук байрамда барчамиз тинчлик ва осойишталик нақадар бебаҳо неъмат эканини, унинг қадр-қиммати ва аҳамиятини янада чуқурроқ англаймиз.
Наврўзи олам азалдан инсонлар ўртасида меҳр-мурувват, диёнат, адолат ва инсонийлик фазилатларини тарғиб этиш, Ватанимиз таянчи – ёш авлодни миллий қадриятлар руҳида камол топтиришда муҳим аҳамият касб этган.
Ўзбекистон Миллий университетида “Қадриятларинг боқий бўлсин, Наврўз!” шиори остида ўтказилган байрам сайллари, миллий қадриятларимизни ўзида акс эттирган турли тадбирлар, спорт мусобақалари ва танловлар университет жамоаси ва талаба-ёшларни эзгу мақсад йўлида бирлаштирмоқда.
Эл-юрт хизматида садоқат, фидойилик ва ҳалоллик билан меҳнат қилаётган Сиз азиз устозларимиз, илмдек шарафли йўлдан дадил одимлаётган навқирон фарзандларимизни яна бир карра байрам билан табриклаб, каттадан-катта муваффақият ва зафарлар, куч-қувват тилайман! Илм-фан йўлидаги изланишларингиз манфаатли ва самарали бўлсин!
Баҳор фаслининг гўзаллик, яшариш ва янгиланиш байрами – Наврўзи олам барчамизга муборак бўлсин.
Ином Маджидов,
Мирзо Улуғбек номидаги
Ўзбекистон Миллий университети ректори
🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
632
Beall's List (www.beallslist.net) akademik dunyoda "hijacked journals" (g'irrom jurnallar) va soxta nashriyotlar (predatory publishers) haqida maʼlumot beradigan manba sifatida tanilgan.
Qanday foydalanish mumkin?
1. Maqola yubormoqchi bo‘lgan jurnalning Beall's List ro‘yxatida bor yoki yo‘qligini tekshiring.
2. Beall’s List veb-saytiga kiring va "Predatory Journals" yoki "Hijacked Journals" bo‘limlaridan qidiring.
3. Agar jurnal ro‘yxatda bo‘lsa, unda maqolani nashr etishdan voz kechgan ma’qul.
Ilmiy faoliyatingizda sifatli va ishonchli manbalardan foydalanish orqali yanada yuqori darajaga koʻtaring!
632
Universitet hududidagi komyuter vositasi orqali to'liq foydalanish imkoniyati mavjud bo'lgan foydali resurslar:
www.scopus.com - Ilmiy maqolalar, tadqiqotlar va nufuzli jurnallarni qamrab olgan global bibliografik va iqtiboslash bazasi;
www.webofscience.com - Ilmiy tadqiqotlarning sifati va ta’sirini baholash uchun muhim bo‘lgan, ishonchli ma’lumotlar bazasi;
www.springernature.com - Fan, texnologiya, tibbiyot va gumanitar fanlar bo‘yicha eng so‘nggi tadqiqot va maqolalar joylashtirilgan platforma;
www.sciencedirect.com - Elsevier nashriyoti tomonidan taqdim etilgan ilmiy maqolalar, kitoblar va tadqiqotlar bazasi.
632
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”dan xalqaro nashriyotlar va ma’lumotlar bazalarini chiqarish haqida https://oak.uz/pages/17522
632
Ilmiy "g‘irrom" hamda OAK tavsiya etgan nashrlar ruyxatidan chiqarilgan
jurnallar to‘g‘risidagi OAK saytida e’lon qilingan ma’lumotlarni ma’lumot uchunyuboryapmiz:
https://oak.uz/pages/6395
https://oak.uz/pages/6408
https://oak.uz/pages/11759
https://oak.uz/pages/16278
632
Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalarini e’lon qilish uchun tavsiya etiladigan ilmiy nashrlar ro'yxati (2019 yildan keyingi mahalliy nashrlar quyidagi saytda muntazam yangilanib boradi): https://oak.uz/pages/4802
632
Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalarini e’lon qilish uchun tavsiya etiladigan ilmiy nashrlar ro'yxati (2019 yilga qadar)
632
Repost from Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash
⚡️Ovozli chat
2025-yil 14-mart kuni soat 11:00 da Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash kanalida “Izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini tashkil etishda: izlanuvchilar, ilmiy rahbarlar va tashkilotlar roli” nomli ovozli chat bo’lib o’tadi.
Monitoring bo’yicha barcha savollaringizga ushbu efirda jonli ravishda Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislaridan javob olishingiz mumkin.
🔊EFIRGA QO’SHILISH
👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
632
Repost from O'zMU | Rasmiy kanal
#Rektor_tabrigi
Assalomu alaykum, muhtarama opa-singillar!
Qadrli olima-ayollar, professor-o‘qituvchilar!
Aziz talaba qizlar!
📰 Avvalo, Siz azizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.
📰 Inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona zoti, Ayol hilqatining o‘rni beqiyos. Sizlar biz uchun avvalo muqaddas ona, moʻtabar zamin, oila timsoli, bitmas-tuganmas mehr, ezgulik va kuch-g‘ayrat manbaisiz.
📰 Sizlarning ta’limdek sharafli sohada olib borayotgan faoliyatingiz sabab minglab farzandlarimiz kamolga yetmoqda, ma’rifat va ziyodan bahramand bo‘lmoqda.
👉 Batafsil
Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
632
Repost from O'zMU | Rasmiy kanal
Professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar diqqatiga!
🌍YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining xabariga muvofiq, YUNESKO tomonidan Tabiiy fanlar sohasidagi YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti uchun tanlov e’lon qilindi.
👧Mazkur mukofot inson hayotini yaxshilashga salmoqli hissa qo‘shgan ilmiy-tadqiqot loyihalari va faoliyatlarini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, unga aʼzo-davlatlardagi alohida shaxslar, institutlar va nodavlat tashkilotlar nomzod sifatida qatnashishi mumkin.
🎁Mukofot jamg‘armasi – 300,000 AQSH dollari, uch nafar g‘olib o‘rtasida teng taqsimlanadi. G‘oliblar YUNESKO Bosh direktori tomonidan xalqaro hay’at tavsiyasiga ko‘ra tanlab olinadi.
📰Tanlovda ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjatlar:
✅ Ariza varaqasi
✅ Nomzodning mukofot maqsadlariga qo‘shgan hissasi bo‘yicha (1000 so‘zdan oshmagan) axborot
✅ Ilmiy-amaliy faoliyati haqida qisqacha ma’lumot
✅ Muhim 10 ta ilmiy nashrining ro‘yxati
📅 Ro‘yxatdan o‘tish:
Nomzodlar www.unesco.org/egip/account-reguest havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
📩 Hujjatlarni topshirish muddati:
2025-yil 10-mart kuniga qadar nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etilishi lozim (✉️ Elektron pochta: sh.eshqobilova@edu.uz)
Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
632
Repost from Web of Science Uzbekistan
🔔 Bugun vebinar! 🔔
📌 Mavzu: Pivot-RP – xalqaro ilmiy grantlar bazasi
🎙 Spiker: Diana Abdumuminova
⏰ Vaqt: 5-mart 2025, 13:00 (Toshkent, Islomobod, Karachi)
📍 Format: Onlayn (Zoom)
💡 Nimalar muhokama qilinadi?
🔹 Pivot-RP nima va unda qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin?
🔹 Xalqaro ilmiy grantlarni qanday topish va ularga ariza berish?
🔹 Xalqaro ilmiy stajirovkalarni qanday topish?
🔹 Platformadan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
🔗 Vebinarga qo‘shilish uchun:
Zoom-ga kirish
🚀 Ilmiy tadqiqotlaringiz uchun moliyalashtirishni qanday jalb qilishni bilib oling!
#Vebinar #Ilm #PivotRP #Grantlar #Tadqiqot #Stajirovka
632
Repost from Web of Science Uzbekistan
11 февраля
Тема: Научная публикация
Тезисы: На вебинаре проанализируем виды научных публикаций, подумаем когда стоит начинать писать статью, чем нам может помочь платформа Web of Science в оформлении своих результатов, рассмотрим структуру научной статьи, основные блоки и их функции, проанализируем форматы оформления пристатейной библиографии и референс менеджер EndNote, который помогает быстро и корректно оформить список литературы по формату выбранного издания или заданному стилю.
Время: 15:00–15:45 (GMT+6 Уточните время начала в вашем часовом поясе тут)
Регистрация:
https://us02web.zoom.us/webinar/register/WN_gHRVaMe8QJupDWauqiiatA
632
Ассалому алайкум, ҳурматли ҳамкасблар! География ва геоахборот тизимлари факультетида SCOPUS базасида индексацияланадиган InterCarto. InterGIS: 31 va GI 2025: “O‘zbekistonda geoinformatika: rivojlanishi va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ташкил этилмоқда. Конференция 2025 йил 24-25 октябрь кунлари ўтказилади. Ушбу конференциянинг секциялари университетимиздаги барча факультетлардаги йўналишларни деярли қамраб олишга қаратилган.
Мақолалар 2025 йил 1 майгача қабул қилинади.
Сизларни ушбу конференцияда фаол қатнашишга таклиф этамиз.
632
Repost from O’zMU rektori Inom Madjidov
#Ректор_табриги
Ассалому алайкум!
Қадрли отахон университетимиз жамоаси!
Ватан ҳимоясига дахлдор ҳамкасблар!
Билими, иқтидори, салоҳияти билан юрт равнақига ҳисса қўшадиган ўғлонларимиз!
Сизларни Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни билан самимий табриклайман.
Мамлакат тараққиёти, юрт тинчлиги, миллат келажагига дахлдорлик ҳисси билан яшаш, сарҳадларимиз мустаҳкамлиги, халқимизнинг осуда ва фаровон ҳаёти йўлида олиб борилаётган саъй-ҳаракатларга хайрихоҳ бўлиш, хизмат вазифамизни сидқидилдан, масъулият билан бажариш муқаддас бурчимиздир.
Талаба-ёшларимизни ҳарбий-ватанпарварлик, юксак маънавий-ахлоқий қадриятлар руҳида тарбиялашга муносиб ҳисса қўшиб келаётган барча профессор-ўқитувчиларимизга ҳам улкан муваффақият ва зафарлар тилайман.
Яна бир бор барчангизни мамлакатимиз ҳаётидаги муҳим сана билан табриклайман. Куч-ғайратингиз, шаъну шарафингиз янада зиёда бўлсин!
Ином Маджидов,
Ўзбекистон Миллий университети ректори
Расмий саҳифалар👇
Telegram | Facebook | Instagram
632
Repost from O'zMU | Rasmiy kanal
O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining yangi yil munosabati bilan bayram tabrigiQadrli hamkasblar, hurmatli professor-o‘qituvchilar! Aziz talabalar! Sizlarni kirib kelayotgan yangi – 2025-yil bilan chin dildan tabriklayman. Yangi yil jamoamizga yangidan-yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar olib kelsin. Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxtu saodat tilayman. 👉 Batafsil Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
