en
Feedback
Urganch tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

Urganch tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

Open in Telegram

Urganch tumani MMTBda ro`y berayotgan voqealar, yangiliklar, tadbirlar, loyihalar, seminar va uchrashuvlar hamda ta`lim sohasidagi asosiy hujjatlar haqida kanal Sizni qiziqtirgan, qiynayotgan savollar bo'lsa @urganchtxtbbot savol yo'llang!

Show more
627
Subscribers
+124 hours
No data7 days
+630 days
Posts Archive
‼️‼️‼️ 🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi? Ta’
‼️‼️‼️ 🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi? Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi. Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi. Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi. ❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi. ↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan. 💻 Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha: O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi. Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda. 📊 Ma’lumot o‘rnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating:Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

📊PISA 2025 natijalari e’lon qilinmoqda! Ayni damda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida PISA 2025 x
📊PISA 2025 natijalari e’lon qilinmoqda! Ayni damda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida PISA 2025 xalqaro tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro forum boshlanish arafasida. 🇺🇿Tadbir davomida O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotidagi natijalari, xalqaro reytingdagi o‘rni va asosiy ko‘rsatkichlari taqdim etiladi. Unda ta’lim sohasi mutaxassislari, xalqaro ekspertlar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda. 📍PISA 2025 bo‘yicha eng muhim yangiliklarni biz bilan kuzatib boring! 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram

Urganch tumanidagi 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 2026-yil 4-sentabr kuni Milliylikni targ'ib qilish,Milliy madaniyaya
+5
Urganch tumanidagi 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 2026-yil 4-sentabr kuni Milliylikni targ'ib qilish,Milliy madaniyayatni asrab-avaylashga qaratilgan Xorazm viloyati hokimining 2025-yil 31-yanvardagi 55-12-O-K/25 xatiga asosan Urganch tumanidagi 1-sonli maktabining Umida Riymbayeva rahbarlik qilayotgan 3-"B" sinfida ,,Milliy liboslar kuni" tashkil etildi.

#OAV Yangi o'quv yili boshlandi 🇺🇿Urganch tumani hokimligi axborot xizmati

Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi ✅ Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iro
+6
Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili  boshlandi ✅ Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida  birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi. Viloyatimizda 41 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yib, 1-sinfga qabul qilindi.  ✅ Urganch tumanidagi 2-sonli   umumta’lim maktabida o‘tkazilgan  tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov  ishtirok etib, hurmatli Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Ushbu maktab joriy yilda   10 mlrd 600 mln so‘m mablag‘ sarflanib, mukammal ta’mirlandi. Viloyat hokimi maktab jamoasini yangi bino hamda o‘quv yilining boshlanishi bilan qutlab, 1-sinf o‘quvchilariga  o‘quv qurollari to‘plamidan iborat Prezident sovg‘alarini topshirdi. Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram

Xorijiy tajriba — ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim qadam! 🌍Yangi o‘quv yili oldidan Urganch tumanidagi ta’lim muassasa
+2
Xorijiy tajriba — ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim qadam! 🌍Yangi o‘quv yili oldidan Urganch tumanidagi ta’lim muassasalarida xorijiy mutaxassislarni kutib olish jarayonlari davom etmoqda. Xorijlik mutaxassislarning ta’lim muassasalaridagi faoliyati o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Jumladan, Urganch tumani 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga Misr Arab Respublikasidan tashrif buyurgan Mokhtar Aly Akkoush Ali Elgareh kutib olindi. Xorijiy mutaxassisning maktabdagi faoliyati davomida o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishiga ko‘maklashish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratiladi. Kanalga ulanish: @urganchedu

Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik — Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей с
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrikПоздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from Pedkadr.tdi.uz
#kasbiy_sertifikat 📣 HURMATLI PEDAGOGLAR! ✔️ Kasbiy sertifikatlash sinovlarining 2026-yil iyul–sentabr mavsumida muvaffaqiya
#kasbiy_sertifikat 📣 HURMATLI PEDAGOGLAR! ✔️ Kasbiy sertifikatlash sinovlarining 2026-yil iyul–sentabr mavsumida muvaffaqiyatli ishtirok etgan talabgorlarning sertifikatlari to‘liq shakllantirildi! ⬇️ Endilikda kasbiy sertifikatingizni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — My.gov.uz dagi shaxsiy kabinetingiz orqali osongina yuklab olishingiz mumkin. 🎉 Kasbiy sertifikatga ega bo‘lgan barcha pedagoglarimizni chin dildan muborakbod etamiz! 👍 Kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz! 🔔 Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatib boring! ©️ Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi Bizni kuzating: 🌐 Telegram 🌐 Instagram

#audiochat 📣 Hurmatli ustozlar, qadrli kuzatuvchilar! ✅ Joriy yilning 28-avgust kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼ
#audiochat 📣 Hurmatli ustozlar, qadrli kuzatuvchilar!Joriy yilning 28-avgust kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy telegram sahifasida maktablarda dars taqsimoti va 2026-2027-o‘quv yilidagi yangiliklarga bagʻishlangan audio muloqot bo’lib o’tadi. Unda vazirlik mutaxassislari tomonidan mavzuga oid batafsil ma’lumot beriladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating:Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#Xalqaro_olimpiada_sari ⚠️Quvonchli xabar!!! 🆕 2026-yilning 25–26-avgust kunlari o‘tkazilgan Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar o
+1
#Xalqaro_olimpiada_sari ⚠️Quvonchli xabar!!! 🆕 2026-yilning 25–26-avgust kunlari o‘tkazilgan Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasining saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, Xorazm viloyatidan 2 nafar o‘quvchi yuqori ball to‘plab, terma jamoa tarkibiga kiritildi. ↗️ Gʻoliblarimiz bilan tanishing: Botirboyev Ulug‘bek Mansur o‘g‘li — Urganch tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi Ollonazarov Doniyorbek Sardorbek o‘g‘li — Qo‘shko‘pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi ❗️ Eslatib o‘tamiz: Saralash jarayonlarida yuqori natija qayd etib, terma jamoa tarkibidan joy olgan ushbu iqtidorli o‘quvchilarimiz Bolgariyada o‘tkaziladigan 23-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO 2026)da O‘zbekiston sharafini munosib himoya qiladi. 💐 O‘quvchilarimizga, ularning ustozlari hamda ota-onalariga minnatdorchilik bildirib, kelgusi nufuzli bellashuvda ulkan zafarlar tilaymiz! 👏🎉 @T_Nurmetov

URGANCH TUMANIDA BESHINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI BO‘LIB O‘TDI! Urganch tumanida yangi o‘quv yili oldidan ta’lim sohasi fidoy
+2
URGANCH TUMANIDA BESHINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI BO‘LIB O‘TDI! Urganch tumanida yangi o‘quv yili oldidan ta’lim sohasi fidoyilari, soha rahbarlari ishtirokida Beshinchi ustozlar milliy forumi bo‘lib o‘tdi. Forum davomida yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada oshirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, ilg‘or pedagogik metodika va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, forum doirasida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda o‘quvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida ta’lim-tarbiya sohasidagi fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va ushbu sohada o'zlarining munosib qo'shgan hissalari uchun ta'lim tashkiloti rahbarlari taqdirlandi. ✨ Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori! Kanalga ulanish: @urganchedu

Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Umumta'lim fanlarini bilish da
Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin. 🧑‍💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Chet tilini bilish darajasini aniqla
Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari avgust, sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi. 🧑‍💻 Bunda nemis va fransuz tillaridan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi (kompyuterda olinadi). 🆔 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 🧑‍💻 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Ta'lim nazorati
❗️Maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish test sinovlaridagi sifat ko‘rsatkichlari 11 ballga oshgan ✔️O'rtacha ball ko
+2
❗️Maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish test sinovlaridagi sifat ko‘rsatkichlari 11 ballga oshgan ✔️O'rtacha ball ko‘rsatkichlari bo‘yicha hududlar kesimida Navoiy viloyati peshqadamlik qilmoqda (112,8 ball). ✔️Davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan bitiruvchilar soni so‘nggi 3 yilda +3,5 foizga oshgan. Oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich: ➖Navoiy viloyati — 52,5 foiz ➖Buxoro viloyati — 37,9 foiz ➖Jizzax viloyati — 35,9 foiz 📌Shuningdek, test sinovlarida eng yuqori ball olgan maktab bitiruvchilari o‘tgan yilga nisbatan 8 barobarga oshgan. Joriy yilda 4 825 nafar maktab bitiruvchilari eng yuqori 189 ball olgan. 📎Batafsil ma'lumotlar infografikalarda ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

🎓 Universitetni tugatmasdan turib, ishlash imkoniyati! Bugungi kunda IT sohasida malakali mutaxassislarga talab yuqori. 💻 S
🎓 Universitetni tugatmasdan turib, ishlash imkoniyati!
Bugungi kunda IT sohasida malakali mutaxassislarga talab yuqori. 💻 Siz ham Kiberxavfsizlik, Sun’iy intellekt, Ma’lumotlar ilmi va Raqamli biznes boshqaruvi kabi istiqbolli yo‘nalishlarda bilim olib, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishingiz mumkin.
🇬🇧 Britaniya diplomi bilan zamonaviy ta’lim oling va kelajakdagi karyerangiz uchun mustahkam poydevor yarating. 🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang hoziroq ma’lumot oling! 📞 +998 90 007 86 77 📲 Telegram: @iduali

Repost from Pedkadr.tdi.uz
⚡️ ТOИФА ОЛИШ УЧУН РЎЙХАТДАН ЎТИШ ОХИРГИ МУДДАТИ БЕЛГИЛАНДИ! Педагог кадрлар аттестациясининг навбатдаги мажбурий ва навбатдан ташқари турларида иштирок этиш учун аризалар қабул қилиниши давом этмоқда. ⏰ Ариза топширишнинг сўнгги куни: 30 сентябрь. 📌 Мурожаатларни қуйидаги усулларда юбориш мумкин: 1️⃣ Платформа орқали: Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг pedagog.uzedu.uz сайти орқали (ONE ID тизими ёрдамида шахсий кабинетга кирилади). 2️⃣ Портал орқали: Ягона интерактив давлат хизматлари портали — my.gov.uz орқали. 3️⃣ Давлат хизматлари марказлари (ДХМ) га шахсан ташриф буюрган ҳолда. 📅 Аттестация босқичлари муддати: 📥 Август-сентябрь: Мурожаатлар (аризалар) қабул қилинади; 📝 Октябрь-ноябрь: Малака (тест) синовлари ўтказилади; 📜 Декабрь: Сертификатлар тарқатилади. 🎥 Видеоқўлланмалар ҳақида: Илова қилинган видео-роликлар орқали платформадан фойдаланиш, ариза юбориш босқичлари ва муҳим тавсиялар билан батафсил танишиб чиқишингиз мумкин. Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot

📚 Maktab kutubxonalari yangi kitoblar bilan boyitilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-2
+6
📚 Maktab kutubxonalari yangi kitoblar bilan boyitilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qarorining 4-ilovasi 15.3-bandiga asosan, bugun Urganch tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari kutubxona fondini boyitish maqsadida 50 nomdagi kitoblar tarqatildi. 📖 Mazkur kitoblar o‘quvchilarning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Yosh avlodni kitobga oshno etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ta’lim muassasalari kutubxonalarini zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish — kelajak avlod kamoloti yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. 📚 Kitob — bilim manbai, tafakkur va ma’naviyat kalitidir!

“Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” 📚 Urganch tumanida “Beshinchi ustozlar milliy forumi” doirasida yig‘ilishlar quyidagi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha sho‘balarda tashkil etildi: 1️⃣ Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rinbosarlari; 2️⃣ O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari; 3️⃣ Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari; 4️⃣ Psixologlar; 5️⃣ Xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlar; 6️⃣ Kutubxona mudirlari; 7️⃣ Kasbiy rivojlanish bo‘yicha mentorlar; 8️⃣ Xorijiy tillar sho‘basi. 🎓 “Beshinchi ustozlar milliy forumi” doirasida tashkil etilgan mazkur sho‘ba yig‘ilishlari yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim tashkilotlarida zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Kanalga ulanish: @urganchedu