en
Feedback
Бобур Бобомурод расмий канали

Бобур Бобомурод расмий канали

Open in Telegram

Дилдаги гапларим...

Show more
2 713
Subscribers
-124 hours
-47 days
+430 days
Posts Archive
#Tanishtiruv_haftaligi 🎤 IJODIY UCHRASHUV 🎼 Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida O‘zbekiston Respublik
+5
#Tanishtiruv_haftaligi 🎤 IJODIY UCHRASHUV 🎼 Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Bobur Bobomurod bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. ✨ Uchrashuv davomida Bobur Bobomurodning ijodiy faoliyati, she’riyat va san’at olamidagi ko‘p yillik tajribasi, ijod yo‘lidagi izlanishlari hamda yosh ijodkorlar uchun muhim bo‘lgan jihatlar haqida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. 📖 Tadbirda talaba-yoshlar shoirning ijod namunalari, hayotiy va ijodiy qarashlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. 🎶 Ijodiy uchrashuv samimiy muloqot, she’riy chiqishlar va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy-estetik dunyoqarashini boyitish, ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularni san’at va adabiyot namoyandalari ijodi bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. ✅https://t.me/BZokirovnomidagiMESI

Айтишларича, агар аёл эркакдан воз кечар экан, демак унда бошқа вариант пайдо бўлган; агар эркак аёлни тарк этар экан, демак унда бошқа вариант қолмаган... ✍️Бобур Бобомурод @bobur_bobomurod

МАСТ ЭМАСМАН Маст эмасман, чарчадим, холос, Тик туришга камроқдай кучим. Сиполикни кутманг, илтимос, Титраяпти япроқдай ичим. Маст эмасман, чарчадим лекин, Яшаб ўтдим бошқалар учун. Умрим поён топмоқда секин, Орзуйимдан армоним узун. Маст эмасман, чарчадим фақат, Чайқалганим мастликка йўйманг. Ҳаммага сиз истаб муҳаббат, Ўзингизни унутиб қўйманг. Маст эмасман, чарчадим, ахир, Кўтармоқчи эдим дунёни. Содда дилни алдади тақдир, Кўтаролмай қолдим рўёни. Маст эмасман, касман йўлдаги, Учратмадим бироқ ўзимни. Чайқалади қадаҳ — қўлдаги, Айттирмайди чарчоқ сўзимни... ✍️Бобур Бобомурод 3.9.2026. 22:00. @bobur_bobomurod

Шу болакай балки камина эди... (Болаликда уйга қайтганимда шундай ҳоллар кўп бўлган...) Яна кимларда шунақа бўлган?!. @bobur_bobomurod

#Tabassum * * * - Мени эшак дебсиз, шу тўғрими? - Шу тўғри! Лекин мен демаганман... * * * Унинг душманлари йўқ эди. Лекин уни
#Tabassum * * * - Мени эшак дебсиз, шу тўғрими? - Шу тўғри! Лекин мен демаганман... * * * Унинг душманлари йўқ эди. Лекин уни барча ўртоқлари жуда ёмон кўрарди. * * * - Қандай ажойиб болакайлар! Ёшлари неччида? - Тиш дўхтиримиз олти ёшда, ҳуқуқшунос эса тўрт ёшга кирди... * * * Оила ҳожатхонасидаги эслатма: “Бекор ўтирма, бирор нима ўйлаб ўтир”. * * * Оила ошхонасидаги эслатма: "Энг тўғри таомланиш - меҳмонда". * * * - Пул йиғадиган имкониятингиз борми? - Имкониятим бор, фақат пулим йўқ! * * * - Хотинингизнинг гапини қанчалик маъқуллайсиз? - Ҳеч қачон! - Хотинингиз бунга қандай қарайди? - У билмайди. * * * Хотини кечки олтидан кейин овқат емай қўйганидан сўнг эрини чайнашни бошларди. @bobur_bobomurod

⚡️ “Bir Vatan – turli millat ohangida” nomli respublika qo‘shiqlar tanlovi g'oliblari taqdirlandi ✅Batafsil: https://gov.uz/o
+6
⚡️ “Bir Vatan – turli millat ohangida” nomli respublika qo‘shiqlar tanlovi g'oliblari taqdirlandiBatafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/214970  Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank

*** Ғам-ташвиш билмас адоқ, Юрагинг бўлар қадоқ. Майли, ён, майли, ўртан, Ёлғиз эплашга ўрган... ✍️Бобур Бобомурод 31.8.2026. 22:22.

🇺🇿 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasida 2026 yilda o‘qishga qabul qilingan yosh kursantlarning “Vatanga qasamyod” qabul qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇 ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube

#jarayon Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tarkibidagi 9207- harbiy qismda "Vatan sarhadlari ishonchli qo‘llarda"
+9
#jarayon Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tarkibidagi 9207- harbiy qismda "Vatan sarhadlari ishonchli qo‘llarda" deb nomlangan adabiy-madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur harbiy qismda o‘z sharafli va masuliyatli burchlarini o‘tayotgan ofitserlar, serjantlar va askarlar Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, "Do'stlik" ordeni sohibi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Bobur Bobomurod bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Tadbir davomida el suygan shoir Mustaqillik ahamiyati haqida so‘zlab, o‘zining ijod namunalaridan o‘qib berdi. Savol-javob, fikr-mulohazalarga boy tadbir qiziqarli va sermazmun o‘tdi. Tadbir yakunida Bobur Bobomurodga Harbiy qism komandirining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. Axborot xizmati. @bobur_bobomurod

No_comment 🇺🇿 DXX Akademiyasida "Vatanga qasamyod” tadbiri bo‘lib o‘tdi Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇 ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube

Янги Ўзбекистон №180.pdf20.41 MB

#MustaqilOzbekiston35 🇺🇿 Vatan — qalbimizdagi eng buyuk tuyg‘u!
✨ Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizga bo‘lgan cheksiz mehr, faxr va sadoqatimizni shoirimiz va ustozimiz Bobur Bobomurod qalamiga mansub she’r orqali ifoda etdik.
🇺🇿 35 yil — xalqimizning birdamligi, matonati va bunyodkorligi bilan yo‘g‘rilgan sharafli tarixdir. Bugun biz tinch va ozod yurtda yashayotganimizdan faxrlanamiz.Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, kelajagimiz porloq bo‘lsin! 📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari 💬Telegram 📹Instagram