Milliy rassomlik va dizayn instituti | RASMIY |
Open in Telegram
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining rasmiy sahifasi • Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi, 123-uy
Show more6 322
Subscribers
-1124 hours
+5977 days
+95130 days
Posts Archive
Repost from Edu.uz
Yosh moda ixlosmandlari diqqatiga!
“Moda yo‘li” ko‘rik-tanlovida qatnashish uchun atigi 1 kun qoldi
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Qizlar akademiyasi tomonidan yangi iste’dodlarni kashf etishga qaratilgan “Moda yo‘li” ko‘rik-tanloviga start berildi.
Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor dizaynerlar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin. Tanlov mahalla, tuman-shahar, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi.
🏆G‘oliblarni qimmatbaho pul mukofotlari, moda sohasida rivojlanish hamda chet eldagi nufuzli moda maktablarida malaka oshirish imkoniyati kutmoqda.
Arizalar 15-iyulga qadar @moda_yoli_bot orqali qabul qilinadi.Moda yo‘li — iste’dodingizni namoyon etish sari yangi imkoniyat!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
⭕️ 🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢
🗣 2026-yil 11-iyul kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar diqqatiga!
✅ 5-kun imtihon natijalari e'lon qilinib, institutning rasmiy veb saytiga joylashtirildi. 🔍San’atshunoslik: tasviriy va amaliy san’at 🔍San’atshunoslik: san’at jurnalistikasi 🔍Dizayn: interyer dizayni ✅ Yuqoridagi havolalar orqali tanlagan ta'lim yo'nalishingiz bo‘yicha natijalar bilan tanishishingiz mumkin!
❗️ Ma'lumot uchun, abituriyentlar faqatgina o‘zlarining imtihon natijalari yuzasidan imtihon javoblari e’lon qilinganidan so‘ng 24 soat ichida Apellyatsiya komissiyasiga "Appelyatsiya berish" tugmasini bosish orqali onlayn ariza bilan murojaat etishlari mumkin. Appelyatsiya murojaatlari komissiya tomonidan 1 ish kun muddatida ko‘rib chiqiladi. Belgilangan muddatlardan so‘ng berilgan shikoyatlar ko‘rib chiqilmaydi.▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
Repost from Edu.uz
#OʻqishniKoʻchirish #Bakalavr #Turdosh
2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi
Yo‘nalishlar jami 34 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
Ma’lumot uchun, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi klassifikatorga muvofiqlashtirgan holda inobatga olinadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+9
⭕️🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2026–2027-o‘quv yili qabuli doirasida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar muvaffaqiyatli yakunlandi!
✅ Joriy yilning 7–11-iyul kunlari davomida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning yakuniy kunida ham barcha jarayonlar belgilangan tartib, amaldagi me'yoriy talablar hamda tasdiqlangan jadval asosida tashkil etildi. 💬 Bugun kunning ikkinchi yarmida "Dizayn: Interyer dizayn" ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kompozitsiya, "San'atshunoslik: San'at jurnalistikasi" ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha esa og‘zaki shakldagi kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi. Imtihonlar qabul komissiyasi a'zolari tomonidan yuqori tashkiliy saviyada tashkil etilib, ularning ochiqligi, shaffofligi va xolisligini ta'minlash maqsadida barcha zarur tashkiliy choralar ko‘rildi. 👨💼 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar davomida jarayonlarning namunali tashkil etilishida hamkor tashkilotlar, qabul komissiyasi tarkibida faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mas'uliyatli hamda fidokorona mehnati alohida ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar imtihonlarning tartibli, xolis va shaffof muhitda o‘tishini ta'minladi. 💬 Eslatib o‘tamiz, institut Qabul komissiyasi kun tartibiga muvofiq kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 5-kun natijalari bugun soat 20:30 dan 21:00 gacha institutning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi. ✅ Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning yakuniy kunidan fotolavhalarni e'tiboringizga havola etamiz.▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
+9
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan tartibda davom etmoqda.
✅ Ayni damda "Dizayn: Interyer dizayn" ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlar tanaffusdan so‘ng yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda kompozitsiya fanidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni boshladilar. 💬 Imtihon jarayonlari amaldagi tartib va belgilangan mezonlar asosida qabul komissiyasi tomonidan yuqori tashkiliy saviyada olib borilmoqda. Jarayonlarning ochiqligi, shaffofligi va xolisligini ta'minlash hamda abituriyentlar uchun qulay muhit yaratishga alohida e'tibor qaratilgan. 💬 Eslatib o‘tamiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni institut hududida o‘rnatilgan maxsus translyatsiya ekranlari orqali, shuningdek institutning rasmiy veb-sayti orqali ham real vaqt rejimida jonli kuzatish imkoniyati mavjud. ✅ Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!▶️ Qabul jarayonlari hamda institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
+9
⭕️🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda!
✅ Bugun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 5-kunida qabul komissiyasi tomonidan barcha tashkiliy jarayonlar belgilangan tartib asosida amalga oshirilmoqda. Xususan, erta tongdan imtihonlarda ishtirok etuvchi abituriyentlarning hujjatlari sinchkovlik bilan tekshirilib, ular maxsus nazorat punktidan o‘tkazilgan holda tegishli imtihon auditoriyalariga kuzatildi. 💬 Ayni damda abituriyentlar "Dizayn: Interyer dizayn" yo'nalishida chizmatasvir, "San'atshunoslik: Tasviriy va amaliy san'at" yo'nalishida yozma, "San'atshunoslik: San'at jurnalistikasi" yo'nalishida og'zaki shakldagi kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishmoqda. 💬 Shuningdek, qabul komissiyasi tomonidan abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun yaratilgan qulay sharoitlar, imtihonlarning belgilangan tartib asosida tashkil etilishi va jarayonlarning shaffofligini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muntazam nazorat qilib borilmoqda. 📹 Ma'lumot uchun, institut hududida ota-onalar va kuzatuvchilar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi maxsus translyatsiya ekranlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali imtihon jarayonlari onlayn namoyish etilmoqda. 📹 Bundan tashqari, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida jarayonlarni institutning rasmiy veb-sayti orqali ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda kuzatish imkoniyati yaratilgan. ✅ Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!▶️ Qabul jarayonlari hamda institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
⭕️ 🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢
🗣 2026-yil 10-iyul kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar diqqatiga!
✅ 4-kun imtihon natijalari e'lon qilinib, institutning rasmiy veb saytiga joylashtirildi. 🔍Dizayn: libos va gazlamalar 🔍Dizayn: sanoat dizayni ✅ Yuqoridagi havolalar orqali tanlagan ta'lim yo'nalishingiz bo‘yicha natijalar bilan tanishishingiz mumkin!
❗️ Ma'lumot uchun, abituriyentlar faqatgina o‘zlarining imtihon natijalari yuzasidan imtihon javoblari e’lon qilinganidan so‘ng 24 soat ichida Apellyatsiya komissiyasiga "Appelyatsiya berish" tugmasini bosish orqali onlayn ariza bilan murojaat etishlari mumkin. Appelyatsiya murojaatlari komissiya tomonidan 1 kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Belgilangan muddatlardan so‘ng berilgan shikoyatlar ko‘rib chiqilmaydi.▶️ Qabul jarayonlari hamda institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
+9
⭕️🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2026–2027-o‘quv yili qabuli doirasida to'rtinchi kungi kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan tartib asosida yakunlandi.
✅ Kunning ikkinchi yarmida abituriyentlar Kompozitsiya fanidan imtihon topshirib, mazkur jarayon qabul komissiyasi a'zolari tomonidan amaldagi tartib va me'yoriy talablar asosida yuqori saviyada tashkil etildi. Imtihonlarning ochiq, shaffof va adolatli o'tkazilishini ta'minlash maqsadida barcha zarur tashkiliy choralar ko'rilib, jarayonlar belgilangan talablar asosida olib borildi. 💬 Eslatib o'tamiz, institut Qabul komissiyasi kun tartibiga muvofiq 4-kungi imtihon natijalari bugun Soat 20:30 dan 21:00 gacha institutning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi. ✅ Bugun kompozitsiya fanidan o'tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlaridan foto-lavhalarni e'tiboringizga havola etamiz.▶️ Qabul jarayonlari hamda institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
📣📣📣📣📣
🎓 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Xitoy Xalq Respublikasidagi hamkor oliy ta'lim muassasasi — Si'an Tasviriy san'at akademiyasi (Xi'an Academy of Fine Arts) hamda hamkor tashkilotlar tomonidan IV "Ipak yo‘li ruhi" G‘arbiy xalqaro dizayn biennalesi (The 4th Silk Road Spirit Western International Design Biennale) doirasida xalqaro ijodiy tanlov e'lon qilinadi.
✅ Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi — 300 000 RMB ( 42 000 AQSH dollari). 💬 Tanlovda dunyoning barcha mamlakatlaridagi dizayn yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar hamda 2025 va 2026-yil bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin. 💬 Tanlov mavzusi: "Madaniy meros – yangi bosqich".
👨💼 Tanlov yo‘nalishlari: 1) Vizual kommunikatsiya Illyustratsiya dizayni; Plakat dizayni; Tadbir vizual identifikatsiyasi; Brend vizual identifikatsiya tizimi; Shrift dizayni; Axborot vizualizatsiyasi; Kitob va poligrafiya dizayni; Paketlash (Packaging) dizayni. 2) Raqamli innovatsiya Inson-kompyuter interaksiyasi va raqamli tajriba; Interaktiv installyatsiyalar va yangi media; Dinamik vizual va raqamli tasvir; UX va xizmat dizayni; Immersiv makon va sahna dizayni; Interyer va ko‘rgazma dizayni; Virtual makon (VR/AR/XR, Metaverse); Shahar va hududiy makon dizayni; Fanlararo innovatsion dizayn; 2D/3D animatsiya; Raqamli media va videoo‘yin dizayni. 3) An'ana va kreativ dizayn Mahsulot va sanoat dizayni; Smart mahsulotlar; Madaniy va kreativ mahsulotlar; Barqaror va ekologik dizayn; Kulolchilik; Metall va zargarlik san'ati; Tolali san'at; Lak san'ati; Shisha san'ati; Kombinatsiyalangan materiallar san'ati; Kiyim va aksessuarlar dizayni. 4) Maxsus yo‘nalish — "O‘ylarning parvozi – Wuwei" Qadimgi Ipak yo‘lining muhim markazlaridan biri bo‘lgan Wuwei shahrining tarixiy-madaniy merosi asosida turizm brendi, vizual identifikatsiya, raqamli illyustratsiya, IP personajlar, kreativ mahsulotlar, paketlash dizayni va boshqa ijodiy ishlanmalarni yaratish.
🤩 Taqdirlash tartibi: 1–3-yo‘nalishlar bo‘yicha: 🥇 Oltin medal 🥈 Kumush medal 🥉 Bronza medal 🏅 "Eng yaxshi ishlar" nominatsiyasi 📜 Faol ishtirokchilar (diplom bilan taqdirlanadi) 🤩 Bosh mukofotlar: 🥇 I darajali mukofot — 3 nafar 20 000 RMB ( 2 800 AQSH dollari) 🥈 II darajali mukofot — 6 nafar 10 000 RMB ( 1 400 AQSH dollari) 🥉 III darajali mukofot — 9 nafar 6 000 RMB ( 840 AQSH dollari) 🏆 Wuwei maxsus yo‘nalishi 🥇 Oltin medal — 2 nafar 20 000 RMB ( 2 800 AQSH dollari) + diplom 🥈 Kumush medal — 3 nafar 10 000 RMB ( 1 400 AQSH dollari) + diplom 🥉 Bronza medal — 6 nafar 6 000 RMB ( 840 AQSH dollari) + diplom 🏅 "Eng yaxshi ishlar" nominatsiyasi — 60 nafar (diplom) Shuningdek: 🏅 "Eng yaxshi rahbar-o‘qituvchi" — 50 nafar (diplom) 🏅 "Eng yaxshi tashkilotchi" — 30 nafar (diplom)
❗️ Muhim sanalar: ✅ Ro‘yxatdan o‘tish va ijodiy ishlarni topshirish: 2026-yil 20-aprel — 1-avgust (yakuniy muddat). 💬 Ishlarni saralash — 2026-yil avgust 💬 Natijalarni e'lon qilish — 2026-yil sentyabr 💬 Taqdirlash marosimi va ko‘rgazma — 2026-yil oktyabr ⭕️ Ishlarni topshirish tartibi: 💬 1-usul: Tanlovning rasmiy platformasi orqali: https://www.westdesign.cn/ 💬 2-usul: Elektron pochta orqali: downeyni@163.com
❗️ Muhim eslatmalar: 💬 Har bir ijodiy ish faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha taqdim etilishi mumkin. 💬 Tanlovga taqdim etilgan barcha ishlar muallifning original ijod mahsuli bo‘lishi shart. 💬 Plagiat yoki mualliflik huquqi buzilgan taqdirda ishtirokchi tanlovdan chetlashtiriladi va barcha huquqiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. 💬 Tanlov tashkilotchilari barcha ishlar uchun blokcheyn texnologiyasi asosida bepul mualliflik huquqini himoya qilish xizmatini taqdim etadi. 💬 Tanlovga yuborilgan ishlar qaytarilmaydi. 🌐 Tanlovning rasmiy veb-sayti: https://www.westdesign.cn/ 💬 Tanlov nizomi: https://mp.weixin.qq.com/s/KDEfolwDyK-KcDEEhU1vvA?scene=25#wechat_redirect 💬 Xorijiy ishtirokchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha qo‘llanma: https://mp.weixin.qq.com/s/dTOG9Ukn1pM0LSzwffo0og▶️Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
+9
⭕️🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda!
✅ Bugun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 4-kunida qabul komissiyasi tomonidan barcha tashkiliy jarayonlar belgilangan tartib asosida amalga oshirilmoqda. Xususan, erta tongdan imtihonlarda ishtirok etuvchi abituriyentlarning hujjatlari sinchkovlik bilan tekshirilib, ular maxsus nazorat punktidan o‘tkazilgan holda tegishli imtihon auditoriyalariga kuzatildi hamda abituriyentlar kunning birinchi yarmida chizmatasvir fanidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishdi. 💬 Shuningdek, qabul komissiyasi tomonidan abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun yaratilgan qulay sharoitlar, imtihonlarning belgilangan tartib asosida tashkil etilishi va jarayonlarning shaffofligini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muntazam nazorat qilib borilmoqda. 📹 Ma'lumot uchun, institut hududida ota-onalar va kuzatuvchilar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi maxsus translyatsiya ekranlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali imtihon jarayonlari onlayn namoyish etilmoqda. 📹 Bundan tashqari, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida jarayonlarni institutning rasmiy veb-sayti orqali ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda kuzatish imkoniyati yaratilgan. ✅ Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!▶️ Qabul jarayonlari hamda institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
⭕️ 🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢
🗣 2026-yil 9-iyul kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar diqqatiga!
✅ 3-kun imtihon natijalari e'lon qilinib, institutning rasmiy veb saytiga joylashtirildi. 🔍Dizayn: libos va gazlamalar ✅ Yuqoridagi havolalar orqali tanlagan ta'lim yo'nalishingiz bo‘yicha natijalar bilan tanishishingiz mumkin!
❗️ Ma'lumot uchun, abituriyentlar faqatgina o‘zlarining imtihon natijalari yuzasidan imtihon javoblari e’lon qilinganidan so‘ng 24 soat ichida Apellyatsiya komissiyasiga "Appelyatsiya berish" tugmasini bosish orqali onlayn ariza bilan murojaat etishlari mumkin. Appelyatsiya murojaatlari komissiya tomonidan 1 kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Belgilangan muddatlardan so‘ng berilgan shikoyatlar ko‘rib chiqilmaydi.▶️ Qabul jarayonlari hamda institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
+9
⭕️🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan!
✅ Ayni kunlarda institutimizda 2026–2027-o‘quv yili qabuli doirasida o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni belgilangan tartibda, ochiq va shaffof tashkil etish hamda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun qulay muhit yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 💬 Imtihonlar davomida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash maqsadida Mirobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan zarur xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash xodimlarining doimiy navbatchiligi yo‘lga qo‘yilib, zarurat tug‘ilganda tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 🤩 Imtihon auditoriyalari zamonaviy sovutish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, abituriyentlarning qulay sharoitda imtihon topshirishlari uchun ichimlik suvi, zarur anjom va vositalar bilan ta'minlangan. Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun esa salqin kutish hududlari, barcha qulayliklarga ega oshxona hamda imtihon jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi jonli translyatsiya tizimi tashkil etilgan. 💬 Mazkur shart-sharoitlarning yaratilishida hamkor tashkilotlar, tegishli xizmatlar hamda institut qabul komissiyasi tarkibida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va texnik personalning fidokorona mehnati hamda mas'uliyatli yondashuvi alohida e'tirofga loyiqdir. Ularning hamjihatlikdagi sa'y-harakatlari tufayli kasbiy (ijodiy) imtihonlar yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilmoqda. ✅ Yaratilgan qulay shart-sharoitlar abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan iliq kutib olinib, imtihon jarayonlarining puxta tashkil etilgani, ochiqligi va shaffofligi yuzasidan ijobiy fikrlar bildirilmoqda.▶️ Qabul jarayonlari hamda institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
+9
⭕️🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2026–2027-o‘quv yili qabuli doirasida uchinchi kungi kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan tartib asosida yakunlandi.
✅ Kunning ikkinchi yarmida abituriyentlar Kompozitsiya fanidan imtihon topshirib, mazkur jarayon qabul komissiyasi a'zolari tomonidan amaldagi tartib va me'yoriy talablar asosida yuqori saviyada tashkil etildi. Imtihonlarning ochiq, shaffof va adolatli o'tkazilishini ta'minlash maqsadida barcha zarur tashkiliy choralar ko'rilib, jarayonlar belgilangan talablar asosida olib borildi. 💬 Eslatib o'tamiz, institut Qabul komissiyasi kun tartibiga muvofiq 3-kungi imtihon natijalari bugun Soat 20:30 dan 21:00 gacha institutning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi. ✅ Bugun kompozitsiya fanidan o'tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlaridan foto-lavhalarni e'tiboringizga havola etamiz.▶️ Qabul jarayonlari hamda institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
Repost from Edu.uz
#turizm #Chust
Chust — milliy meros va betakror tabiat manzili
Namangan viloyatining qadimiy maskanlaridan biri – Chust tumani sizni o‘zining boy tarixiy-madaniy merosi, betakror tabiiy manzaralari, etnografik qadriyatlari hamda yuksak turizm salohiyati bilan kutib oladi.
🇺🇿Batafsil videoda 👆
—
Chust — A Destination of National Heritage and Unique Natural Beauty
Located in the Namangan Region, Chust District is one of Uzbekistan’s oldest and most distinctive destinations, welcoming visitors with its rich historical and cultural heritage, breathtaking natural landscapes, unique ethnographic traditions, and outstanding tourism potential.
🇬🇧More details in the video 👆
—
Чуст — край национального наследия и неповторимой природы
Чустский район — один из древнейших уголков Наманганской области, который приглашает познакомиться с богатым историко-культурным наследием, живописными природными ландшафтами, этнографическими традициями и высоким туристическим потенциалом.
🇷🇺Подробности — в видео 👆
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+9
⭕️🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda!
✅ Bugungi imtihonlarni kuzatish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova institutimizga tashrif buyurib, institutimiz rektori Omonulla Salixov hamrohligida abituriyentlarning chizmatasvir fanidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirish jarayonini kuzatishdi. 💬 Shuningdek, rahbariyat tomonidan abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun yaratilgan qulay sharoitlar, imtihonlarning belgilangan tartib asosida tashkil etilishi va jarayonlarning shaffofligini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. 📹 Ma'lumot uchun, institut hududida ota-onalar va kuzatuvchilar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi maxsus translyatsiya ekranlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali imtihon jarayonlari onlayn namoyish etilmoqda. 📹 Bundan tashqari, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida jarayonlarni institutning rasmiy veb-sayti orqali ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda kuzatish imkoniyati yaratilgan. ✅ Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!▶️ Qabul jarayonlari hamda institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
Repost from Edu.uz
#Ovozli_chat #Onlayn_seminar
Amaliy seminar boshlandi
Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Ijtimoiy-gumanitar ixtisosliklarda dolzarb mavzularni tanlash va ularni shakllantirish masalalari” mavzusida tashkil etilishi e’lon qilingan ovozli chat formatidagi ochiq muloqot boshlandi.
Mazkur amaliy onlayn-seminar doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, yosh olimlar, ilmiy rahbarlar, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar a’zolari uchun dolzarb ahamiyatga ega. O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, professor Jamila Jumabayeva olib borayotgan amaliy seminarda ijtimoiy-gumanitar sohalarda dissertatsiya mavzularini tanlash mezonlari, ilmiy muammoni to‘g‘ri shakllantirish, tadqiqotning dolzarbligi va ilmiy yangiligini asoslash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda. Ma’ruzadan so‘ng mutaxassis tomonidan mavzu doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar beriladi.Barcha qiziquvchilarni amaliy onlayn seminarda mazkur havola orqali @attestatsiya faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+9
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Mirobod tumani IIO FMB bilan hamkorlikda profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda!
🇺🇿 "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tadbiri doirasida institutimizda 2026–2027-o‘quv yili qabuli uchun o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar kunlarida abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun tashkil etilgan kutish hududida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. 💬 Mirobod tumani IIO FMB mas'ullari hamda Institutimiz profilaktika katta inspektori, katta leytenant Mambetov Jasur Abdurazakovich tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur targ‘ibot tadbirlarida fuqarolarga internet tarmog‘i orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari, fishing havolalari, soxta qo‘ng‘iroqlar, ijtimoiy tarmoqlarda uchrayotgan aldov usullari, bank plastik kartalari hamda shaxsiy ma'lumotlarni ishonchli himoya qilish bo‘yicha zarur tavsiya va tushuntirishlar berilmoqda. 💬 Bundan tashqari kiberjinoyatchilikning salbiy oqibatlari va undan himoyalanish choralarini yorituvchi ijtimoiy videoroliklar namoyish etilib, fuqarolarning raqamli xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish, hushyorlikni oshirish hamda xavfsiz raqamli muhitni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. ✅ Shu kabi tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarga tashrif buyurgan fuqarolarning xavfsizligini ta'minlashda fidoyilik bilan xizmat qilayotgan Mirobod tumani IIO FMB xodimlari va rahbariyatiga institutimiz rahbariyati va jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
