Milliy rassomlik va dizayn instituti | RASMIY |
前往频道在 Telegram
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining rasmiy sahifasi • Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi, 123-uy
显示更多5 405
订阅者
+824 小时
+317 天
+11630 天
帖子存档
Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etadi. Bu mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir.
Qiz farzandining ilm olishiga ishongan minglab oilalar... O‘zi qiziqqan kasbni tanlayotgan minglab qizlar... Ular o‘qimoqda, izlanmoqda, bu qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda shijoati kun sayin ortib bormoqda. Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir.
Ta’lim insonga hayot yo‘lini mustaqil tanlashda kuch va erkinlik baxsh etadi. Qizlarimizga orzulari sari dadil qadam tashlashlari uchun imkon beraylik.
—
Сегодня в вузах Узбекистана учатся более 1,5 миллиона студентов. И больше половины из них — девушки. Это результаты образовательной реформы, инициированной президентом нашей страны.
Тысячи семей, верящих в образование своих дочерей. Тысячи девушек, выбирающих профессию по душе — они учатся, развиваются и с каждым днём обретают все большую уверенность и смелость. Образованная девушка меняет не только свою жизнь. Она меняет семью, среду вокруг себя и будущее страны.
Образование даёт человеку возможность выбирать свой путь в жизни, свою свободу.
Дайте девочкам шанс следовать за своей мечтой.
Repost from O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
Repost from Edu.uz
Prezident jurnalistlarga Milliy jamoamizning bugungi o‘yini haqida gapirdi:
🎤 Birinchi g‘alabamiz – bayrog‘imiz hilpiragani – bu Vatanimizni jahon hamjamiyati bilan tepa-tengligidan dalolat!❗️Eslatib o‘tamiz, Portugaliyaga qarshi o‘yin bugun soat 22:00 da boshlanadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
⚡️ OQ BO‘RILARNI BIRGALIKDA QO‘LLAB-QUVVATLAYMIZ!
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatidagi muhim uchrashuvda birgalikda qo‘llab-quvvatlaydi!
🏆 Portugaliya 🇵🇹 vs 🇺🇿 O‘zbekiston 🤩 23-iyun 2026-yil ⏱Soat 22:00 📍 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Anjumanlar zalida ⚽️ Bu shunchaki o‘yin emas — bu millat sha’ni, g‘ururi va birdamligi namoyoni! 🎓 Hurmatli professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalar birgalikda institutimizninig Anjumanlar zalida, katta ekran qarshisida o’yinni tomosha qilaylik! Keling, terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik va ularga yangi g‘alabalar sari ilhom baxsh etaylik! 🇺🇿 Olg‘a O‘zbekiston - Omad, Oq bo‘rilar! ✅ Biz siz bilan faxrlanamiz!▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
⭕️🟦🟦🟦
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari o'tkazilmoqda!
✅ Bugun Toshkent fotosuratlar uyida o'tkazilgan “Tasvirlarda ijod zavqi III” nomli ijodiy fotoko‘rgazma hamda "Dizayn: Kompyuter grafikasi va badiiy foto", "Dizayn: Reklama va amaliy grafika" bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari jarayonlaridan tayyorlangan video-lavhani e'tiboringizga havola etamiz.
▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
+9
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari davom etmoqda!
✅ Bugun Dizayn fakultetining "Dizayn: Kompyuter grafikasi va badiiy foto", "Dizayn: Reklama va amaliy grafika" bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari tashkil etilib, mazkur yo'nalishdagi himoya jarayoni – Toshkent davlat texnika universiteti Sanoat dizayni kafedrasi professori Dmitriyeva Irina Valentinovna raisligida, soha mutaxassislaridan iborat komissiya a’zolari ishtirokida o‘tkazildi. 💬 Shuningdek, himoya jarayonida O'zbekiston Badiiy akademiyasi va institutimiz rahbariyati ishtirok etib, bitiruvchilarning o'qish davrida egallagan bilimlari hamda ijodiy salohiyatini baholash jarayoniga guvoh bo'lishdi. ✅ Eslatib o'tamiz, institutning barcha ta'lim shakli va yo'nalishlarida tahsil olgan bitiruvchilarning himoya jarayonlari 30-iyun sanasiga qadar davom etadi.▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
+9
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari davom etmoqda!
✅ Bugun San'atshunoslik va amaliy san'at fakultetining "Amaliy san’at (badiiy zargarlik)", "Professional ta’lim: amaliy san’at (amaliy san’at asarlarini ta’mirlash)", "Amaliy san’at (amaliy san’at asarlarini ta’mirlash)" bakalavriat hamda "Tasviriy va amaliy bezak san’ati" magistratura ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari tashkil etilib, mazkur yo'nalishdagi himoya jarayoni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibi, usta kulol Rahimov Alisher Akbarovich raisligida, soha mutaxassislaridan iborat komissiya a’zolari ishtirokida o‘tkazildi. 💬 Shuningdek, himoya jarayoniga O'zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova, institutimiz rektori Omonulla Salixovlar ishtirok etib, bitiruvchilarning o'qish davrida egallagan bilimlari hamda ijodiy salohiyatini baholash jarayoniga guvoh bo'lishdi. ✅ Eslatib o'tamiz, institutning barcha ta'lim shakli va yo'nalishlarida tahsil olgan bitiruvchilarning himoya jarayonlari 30-iyun sanasiga qadar davom etadi.▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
+9
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari davom etmoqda.
✅ Bugun Dizayn fakultetining "Dizayn: Libos va gazlamalar" bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari tashkil etilib, mazkur yo'nalishdagi himoya jarayoni Toshken to'qimachilik va yengil sanoat instituti “Tikuv buyumlari va raqamli injiniring” kafedrasi professor Nigmatova Fatima Usmanovna raisligida, soha mutaxassislaridan iborat komissiya a’zolari ishtirokida o‘tkazildi. 💬 Shuningdek, himoya jarayoniga O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o'rinbosari Farhod Tashmuxamedov, O'zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova, institutimiz rektori Omonulla Salixov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Dilafruz Qurbonovalar tashrif buyurib, bitiruvchilarning o'qish davrida egallagan bilimlari hamda ijodiy salohiyatini baholash jarayoniga guvoh bo'lishdi. ✅ Eslatib o'tamiz, institutning barcha ta'lim shakli va yo'nalishlarida tahsil olgan bitiruvchilarning himoya jarayonlari 30-iyun sanasiga qadar davom etadi.▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
+9
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchi talabalarning “Tasvirlarda ijod zavqi III” nomli ijodiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi!
✅ Bugun Toshkent fotosuratlar uyida institutimiz bitiruvchi talabalarning “Tasvirlarda ijod zavqi III” ijodiy fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 💬 Koʻrgazmada Dizayn fakulteti, “Amaliy grafika va badiiy fotografiya” kafedrasi "Kompyuter grafikasi va badiiy foto" ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich bitiruvchi talabalari tomonidan 2025-2026 o‘quv yili uchun bitiruv malakaviy ishi himoyasi uchun tayyorlangan ishlar namoyish etildi. 💬 Tadbirni institutimiz rektori Omonulla Salixov kirish so'zi va tabrik bilan ochib berdi. Shuningdek, ko'rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi Agzamova Gulrux Anvarovna, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari Farhod Tashmuxamedov hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Nodirbek Sayfullayevlar ham so‘zga chiqib, yosh ijodkorlarning ishlari va ularning san’atdagi izlanishlariga yuqori baho berdilar. 🎓 Jarayonda talabalarning fotografiya san’atidagi ijodiy izlanishlari namoyish etildi. Ekspozitsiyadan o‘rin olgan fotoasarlar Vatanimizning zamonaviy qiyofasi, boy madaniy merosi, tarixiy obidalari, betakror tabiat manzaralari hamda inson va jamiyat uyg‘unligini o‘zida aks ettirdi. ✅ Mazkur ko‘rgazma talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, fotografiya san’atiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.▶️Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
📣📣📣📣📣
🗣Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti barchani bitiruv malakaviy ishi himoyalariga taklif etadi!
✅ 2026-yil 22–27-iyun kunlari institutning Tasviriy san’at fakultetida 5 ta kafedra bitiruvchi talabalari tomonidan tayyorlangan bitiruv malakaviy ishi himoyalari bo'lib o'tadi. 💬 Himoyalar davomida yosh ijodkorlarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amalga oshirgan ilmiy-ijodiy izlanishlari, badiiy loyihalari hamda yakuniy malakaviy ishlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 📍 Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uy da joylashgan institut Ko'rgazmalar zali. ✅ Barchangizni bitiruvchi yoshlarimizning ijodiy ishlari va himoya jarayonlari bilan tanishishga taklif etamiz!▶️Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀 Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook
Repost from Edu.uz
⚽️ Yillar davomidagi orzu. Millionlab yuraklarning umidi. Butun xalq kutgan tarixiy lahza.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sport sohasida amalga oshirilgan izchil islohotlar, zamonaviy infratuzilma va futbol rivojiga qaratilgan e’tibor o‘zining tarixiy samarasini berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati maydoniga chiqdi! O‘zbekiston bayrog‘i futbolning eng nufuzli maydonida hilpiradi!Millionlab muxlislar orzusini ro‘yobga chiqargan, O‘zbekiston nomini jahon chempionati sahifalariga muhrlagan futbolchilarimizga yuksak ehtirom!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+9
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari o'tkazilmoqda!
✅ Bugun institutimizda Dizayn fakultetidagi sirtqi ta’lim shaklining 5-kurs – Professional ta'lim: "Dizayn (Libos va gazlamalar)" ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi. 💬 Himoyada bitiruvchilar 5 yil davomida egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etib, libos dizayni bo'yicha ijodiy ishlari hamda mazkur yo'nalishga oid ilmiy-amaliy qarashlarini taqdim etdilar. Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari, amaliy ahamiyati va talabalarning kasbiy tayyorgarlik va ijodiy mahorati darajasi atroflicha baholandi. 💬 Jarayonda institutimiz rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etib, bitiruvchilarning ijodiy ishlari hamda erishgan natijalari bilan yaqindan tanishdilar. Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi talabalarning mustaqil ijodiy faoliyat olib borish, kasbiy kompetensiyalarini namoyon etish va kelgusidagi faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda. ✅ Barcha bitiruvchilarga kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat, ilmiy va ijodiy izlanishlarida bardavomlik hamda ulkan zafarlar tilaymiz!▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀 Telegram 📷 Instagram 🔵Facebook
Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Texnikum #OliyTaʼlim
❗ Texnikum muvaffaqiyatli bitiruvchilari uchun muhim yangilik!
📝 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.
‼️ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlimga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
➡️ Bunda oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
👆 Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
👉На руcском
👉In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+9
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar faoliyati monitoringdan o‘tkazildi!
✅ Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, doktorlik dissertatsiyalarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli tayyorlanishini ta’minlash maqsadida bugun institutimizda doktorant (DSc), tayanch doktorant (PhD) hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini monitoring qilish jarayoni tashkil etildi. 💬 Monitoring O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi direktori, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, San’atshunoslik fanlari doktori, professor Akilova Kamola Boltabayevna raisligida, institut rahbariyati hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash jarayoniga mas’ul professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruh ishtirokida o‘tkazildi. 💬 Jarayon davomida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, dissertatsiya ishlari bo‘yicha erishilgan natijalar, belgilangan rejalarning bajarilish holati, ilmiy maqolalar va nashrlar sifati hamda ilmiy ishlanmalarning amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilindi. ✅ Shuningdek, doktorlik dissertatsiyalarini belgilangan muddatlarda himoyaga tayyorlash, ilmiy natijadorlikni yanada oshirish hamda ilmiy izlanishlar sifatini takomillashtirish yuzasidan ishchi guruh a’zolari tomonidan tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi. ▶️Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
+6
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari Buxoro shahrida amaliyot safarida ishtirok etishdi!
✅ Joriy haftada institutimizning San’atshunoslik va amaliy san’at fakulteti, "Muzeyshunoslik (muzey menejmenti va madaniy turizm)", "Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiya va ta’mirlash)" hamda "San’atshunoslik (tasviriy va amaliy san’at)" ta’lim yo‘nalishlari 3-kurs talabalari amaliyot dasturi doirasida Buxoro viloyatida amaliyot safarida bo'lishdi. 💬 Jarayonda talabalar Buxoro shahrining boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishib, yurtimizning nodir me’moriy obidalari va ziyoratgohlarini o‘rgandilar. Xususan, Buxoro Ark qal’asi, Minorai Kalon ansambli, Sitorai Mohi Xosa saroyi, Bahouddin Naqshband ziyoratgohi hamda Chashma-Ayub majmuasiga tashrif buyurib, ushbu maskanlarning tarixiy, me’moriy va madaniy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. 🎓 Mazkur safar amaliyot rahbarlari Umida Bozorboyeva va Nargiza Tashpulatovalar ishtirokida tashkil etilgan bo‘lib, talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, tarixiy-madaniy meros obyektlarini chuqur o‘rganish hamda muzey faoliyati bilan yaqindan tanishishlariga xizmat qildi. ✅ Amaliyot jarayonlarining shu kabi amaliy safarlar orqali tashkil etilishi yosh mutaxassislarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, milliy madaniy merosimizga bo‘lgan hurmat va qiziqishni oshirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim tajriba to‘plashda alohida ahamiyat kasb etadi.▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
Repost from Milliy rassomlik va dizayn instituti | RASMIY |
🎓 #QABUL_2026 ⭕️ #CALL_CENTER
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Qabul jarayonlari bo‘yicha abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, savol va murojaatlariga tezkor javob berish maqsadida “CALL MARKAZ” faoliyat yuritmoqda.
✅ Quyidagi telefon raqamlari orqali qabul jarayoni bilan bogʻliq oʻzingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishingiz mumkin: 📞 (+99871) 255-12-49 📞 (+99871) 255-16-08 📞 (+99871) 254-64-25 ⏱ Call Markaz ish vaqti: Dushanbadan - Shanbagacha Soat 10:00 - 17:00 oralig‘ida ✅ Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar, ijtimoiy tarmoqlar va norasmiy manbalardagi turli firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘ling. Qabul jarayoniga oid maʼlumotlar va yangiliklarni faqatgina rasmiy manbalardan olishingizni so‘raymiz.▶️Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🌐 Web-Sayt
Repost from Edu.uz
🔝 G‘oyadan inkubatorgacha — 30 kunda!
Innovatsion rivojlanish agentligi “IdeaFit 30” 30 kunlik onlayn intensiv dasturi uchun arizalar qabulini ochiq deb e’lon qiladi!
Dastur nimalarni taqdim etadi?
✅ 30 kunlik onlayn intensiv: Haftada 2 marta onlayn dars va faqat amaliy vazifalar. ✅ Mentor va 3 ta koordinator: Ekspertdan aniq yo‘nalish, koordinatorlardan esa kontent, texnika va intizom bo‘yicha kunlik ko‘mak. ✅ Trello orqali tekshiruv: Har bir jamoaning topshiriqlari Trello platformasida ochiq-oydin tekshirib boriladi. ✅ Inkubatsiyaga tayyorlash: G‘oyangizni real bozor filtri (CustDev, Lean Canvas, MVP) orqali professional startap darajasiga olib chiqish.- Qabul soni: Saralangan maxsus 20 nafar ishtirokchi; - Ishtirok etish: Mutlaqo BEPUL (Saralash asosida). Ro‘yxatdan o‘tish: @startupperuzbot (Ariza topshirish bo‘limi orqali) ⏱️ Arizalarni qabul qilish muddati 24-iyunga qadar!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
📣📣📣📣📣
📷 “Tasvirlarda ijod zavqi III” ijodiy ko‘rgazmasiga taklif qilamiz!
🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Dizayn fakulteti, "Amaliy grafika va badiiy fotografiya" kafedrasi Kompyuter grafikasi va badiiy foto ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich bitiruvchi talabalari tomonidan tayyorlangan “Tasvirlarda ijod zavqi III” nomli ijodiy ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. 🎓 Ko‘rgazmada talabalarning fotografiya san’atidagi ijodiy izlanishlari namoyish etiladi. Ekspozitsiyadan o‘rin olgan fotoasarlar Vatanimizning zamonaviy qiyofasi, boy madaniy merosi, tarixiy obidalari, tabiat manzaralari hamda inson va jamiyat uyg‘unligini o‘zida aks ettiradi. 🗓 2026-yil, 22-iyun ⏱ Soat 10:00 da 📍 Mirobod tumani, Istiqbol ko‘chasi 4-uyda joylashgan Toshkent fotosuratlar uyi. ✅ Bitiruvchi yoshlarimizning ijod namunalari bilan tanishish uchun barchangizni mazkur ko'rgazmaga taklif etamiz!▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
Repost from Edu.uz
⚡️ Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi:
"Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba".
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+6
⭕️❗️⭕️⭕️ ⚽️⚽️⚽️⚽️
⚡️ BIZ MILLIY TERMA JAMOAMIZ BILAN BIRGAMIZ!
🗣 Ayni damda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti jamoasi bir maqsad va bir tuyg‘u ostida — O‘zbekiston milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun birlashdi! 🎓 Institutimiz rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar institutimiz Anjumanlar zalida katta ekran qarshisida futbol bo‘yicha Jahon chempionatidagi milliy terma jamoamiz uchun muhim bo'lgan O'zbekiston - Kolumbiya uchrashuvini katta qiziqish, hayajon va yuqori kayfiyat bilan tomosha qilmoqda. ⚽️ Har bir hujum — hayajon, har bir vaziyat — umid, har bir lahza — Vatanimiz uchun faxr tuyg‘usini uyg‘otmoqda! 🇺🇿 Milliy terma jamoamizga bo‘lgan ishonchimiz va qo‘llab-quvvatlashimiz doimo mustahkamdir! 🇺🇿 Bir xalq, bir jamoa, bir maqsad — g‘alaba sari! 💪 🇺🇿 Olg‘a O‘zbekiston - Omad, Oq bo‘rilar!▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
