en
Feedback
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

Open in Telegram

Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali Onlayn/oflayn kurslar Repetitor: @JalolBOLTAYEV_kurs, @JalolBOLTAYEV Tel.: 97-299-00-66 Muhim: @TARIX_OMBOR

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel 𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

Channel 𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV (@testlider) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 20 212 subscribers, ranking 9 787 in the Education category and 3 960 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 20 212 subscribers.

According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -74 over the last 30 days and by 67 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 32.86%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 15.90% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 6 638 views. Within the first day, a publication typically gains 3 212 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 53.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali Onlayn/oflayn kurslar Repetitor: @JalolBOLTAYEV_kurs, @JalolBOLTAYEV Tel.: 97-299-00-66 Muhim: @TARIX_OMBOR

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

20 212
Subscribers
+6724 hours
+1207 days
-7430 days
Posts Archive
BMBA “x-variant”ni “qonuniylashtirmoqchimi?” BMBA azaldan berib kelinayotgan asosiy savollarga yoki ochiq murojaat tarzida yo‘llagan 10 ta savolimning aqalli bittasiga ham javob bermadi. Mayli, yaqinda rasmiy tartibda yuboraman. Lekin agentlikning so‘nggi bayonoti 11-savolni tug‘dirdi: BMBA “x-variant”ni “qonuniylashtirmoqchimi”? Bayonotda shunday deyiladi: “Aynan bir xil savol aniqlanmadi”. E’tibor bering. BMBAning o‘zi avvalroq audiochatdagi 50 ta savoldan 33 tasi mazmunan o‘xshash bo‘lganini tan olgan edi (72 ta savoldan 31 tasi tushgan ikkinchi fayl yuzasidan esa alohida izoh berilmadi). Demak, BMBAning hozirgi mantig‘iga ko‘ra, “x-variant” bo‘lishi uchun savol aynan bir xil bo‘lishi kerak ekan. Masalan: “Langobardlar nechanchi yilda Italiyani egalladi?” va “Langobardlar qaysi yilda Italiyani ishg‘ol qildi?” – mazmunan bir xil, lekin matn jihatidan “aynan bir xil” emas. Demak, bu “x-variant” emas! Tasavvur qilaylik, potensial jinoyatchining qo‘lida 50 ta savoldan iborat fayl bor. U savollarni ChatGPTga tashlaydi va “mazmunni saqlab qolgan holda ayrim jumlalarni o‘zgartir”, deb komanda beradi. Masala 5 soniya hal. Endi u aslida “ichkari”dan qandaydir yo‘llar bilan olib chiqqan imtihon savollari “x-variant” bo‘lmay qoladi. U har safar shu usulni qo‘llaydi va har doim # dan chiqib keta oladi. Chunki... “aynan bir xil emas”-da, “egalladi” o‘rniga “ishg‘ol qildi” deb yozilgan-da. Tergovchiga ham shu gapni aytadi, “bular aynan bir xil savollar emas-ku, BMBA ham aynan bir xil savol bo‘lmasa, “x-variant” bo‘lmaydi, degan mazmunda bayonot bergan-ku” deydi. Zo‘r-a ) 👉 @tarixchi_qarashlari

BMBA “x-variant”ni “qonuniylashtirmoqchimi?” BMBA azaldan berib kelinayotgan asosiy savollarga yoki ochiq murojaat tarzida yo‘llagan 10 ta savolimning aqalli bittasiga ham javob bermadi. Mayli, yaqinda rasmiy tartibda yuboraman. Lekin agentlikning so‘nggi bayonoti 11-savolni tug‘dirdi: BMBA “x-variant”ni “qonuniylashtirmoqchimi”? Bayonotda shunday deyiladi: “Aynan bir xil savol aniqlanmadi”. E’tibor bering. BMBAning o‘zi avvalroq audiochatdagi 50 ta savoldan 33 tasi mazmunan o‘xshash bo‘lganini tan olgan edi. 72 ta savoldan 31 tasi tushgan ikkinchi fayl yuzasidan esa alohida izoh berilmadi. Demak, BMBAning hozirgi mantig‘iga ko‘ra, “x-variant” bo‘lishi uchun savol aynan bir xil bo‘lishi kerak ekan. Masalan: “Langobardlar nechanchi yilda Italiyani egalladi?” va “Langobardlar qaysi yilda Italiyani ishg‘ol qildi?” mazmunan bir xil, lekin matn jihatidan “aynan bir xil” emas. Demak, bu “x-variant” emas! Tasavvur qilaylik, potensial jinoyatchining qo‘lida 50 ta savoldan iborat fayl bor. U savollarni ChatGPTga tashlaydi va “mazmunni saqlab qolgan holda ayrim jumlalarni o‘zgartir”, deb komanda beradi. Masala 5 soniya hal. Endi u aslida “ichkari”dan olib chiqqan savollar “x-variant” bo‘lmay qoladi. U har safar shu usulni qo‘llaydi va har doim # dan chiqib keta oladi. Chunki... “aynan bir xil emas”-da, “egalladi” o‘rniga “ishg‘ol qildi” deb yozilgan-da. Tergovchiga ham shu gapni aytadi, “bular aynan bir xil savollar emas-ku, BMBA ham aynan bir xil savol bo‘lmasa, “x-variant” bo‘lmaydi, degan mazmunda bayonot bergan-ku” deydi. Zo‘r-a ) 👉 @tarixchi_qarashlari

Hindistonda tibbiyot universiteti imtihonlarida “X‐variant” chiqqani tasdiqlandi. Balki, Hindistonda boshqa sohalarda, masalan, harbiy litseylarning imtihonlarida ham “X‐variant” chiqar... Bugun 24‐iyul, Oʻzbekistonda harbiy litseylarga kirish imtihonlari...

Video message00:14

UrDU tarix, 1‐grant nasib 🔥
UrDU tarix, 1‐grant nasib 🔥

Hammasi uchun sizga kattakon rahmat

Bu yerdagi eng asosiy ballni esa sizni bergan bilimlariz mehnatiz bilan oldim

Assalomu aleykum ustoz yaxshimisiz bugun nihoyat 189 boldi

Voice message00:27

Assalomu alaykum Ustoz Bergan bilim va koʻnikmalar uchun rahmat. Shunday natija uchun sizni sababchi qilgan Allohimga shukurl
Assalomu alaykum Ustoz Bergan bilim va koʻnikmalar uchun rahmat. Shunday natija uchun sizni sababchi qilgan Allohimga shukurlar boʻlsin.

Lekin baribir bu kun juda zoʻr oʻtdi! Oʻtgan gal Toshkentga kelib, maza qilolmay qolgandim. Bu gal maza qilyapman, Toshkentning havosi menga juda yoqadi!

БМБА нинг бундай муносабатини кутгандик устоз. Зора администратциядан бирор иш чикиб колар.

Bu yerdagi 10 ta savolning 1 tasiga ham javob berilmagan

RASMIY MUNOSABAT So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqda 2026-yil aprel oyida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan avval tarqalgan ma’lumotlar yana muhokama qilinmoqda. Shu munosabat bilan Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qiladiki, o‘sha vaqtda imtihon savollari oldindan tarqalgani haqidagi da’volar o‘z tasdig‘ini topmagan. Tahlil doirasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan savollar aprel oyidagi milliy sertifikat imtihonlarining barcha smenalarida qo'llanilgan test topshiriqlari bilan birma-bir solishtirildi. Aynan bir xil savol aniqlanmadi. Ayrim savollarning bir mavzuga tegishli bo'lishi tabiiy, chunki barcha topshiriqlar yagona o'quv dasturi doirasida tuziladi. 2026-yil 14-may kuni Agentlik vakillari va mavzuni yoritgan ommaviy axborot vositalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tib, unda tahlil natijalari taqdim etildi. “Xalq ta’limi Info” tahririyatiga ham imtihon jarayonlari va test natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar berildi — shu asosda 20 may kuni qo‘shimcha tahliliy maqola e’lon qilindi: https://xalqtaliminfo.uz/post/1604 Test topshiriqlarining maxfiyligini ta’minlash Agentlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir. Test bazasi joylashgan serverlar internet tarmog‘idan to‘liq ajratilgan yopiq infratuzilmada saqlanadi va ularga tashqi tarmoqlar orqali ulanish imkoniyati mavjud emas. Materiallardan foydalanish huquqi faqat maxsus vakolatga ega, cheklangan doiradagi xodimlarga beriladi. Topshiriqlarni yaratish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llashning barcha bosqichlarida ko‘p bosqichli xavfsizlik va nazorat mexanizmlari amal qiladi. Shuningdek, har bir test sinovidan so‘ng ilmiy tahlillar muntazam o‘tkazib boriladi: topshiriqlarning murakkablik darajasi, ishtirokchilar natijalari xalqaro ilmiy yondashuvlar asosida baholanadi. Natijalar ochiqlik tamoyili asosida Agentlikning rasmiy veb-saytida muntazam e’lon qilib boriladi: https://uzbmb.uz/page/tahlil Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik, rasmiy manbalarga tayanish hamda jamoatchilikni chalg‘ituvchi xabarlardan tiyilishni so‘raymiz. Ayrim davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, imtihonlar atrofida tasdiqlanmagan gap-so‘zlarning tarqalishi ko‘pincha eng avvalo yoshlarning o‘ziga — ularning ruhiyatiga, mehnatiga bo‘lgan ishonchiga ta’sir qiladi. Shu bois har bir xabarni tarqatishdan oldin uning haqqoniyligiga ishonch hosil qilish barchamizning yoshlar oldidagi umumiy mas’uliyatimizdir. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Toshkentning iflos havosi tozalandi

Video message00:07

Mashoyiqlar muammolarni hal qilishning ikki yo‘li borligini aytishgan: biri – sola-sol, ikkinchisi – argument va muloqot orqali masalani hal qilish Hayotim davomida har ikkala usul ham ko‘p qo‘llangan. Ularning birini mutlaq yaxshi, ikkinchisini mutlaq yomon deb bo‘lmaydi. Chunki ayrim hollarda ayrim shaxslar bilan ikkinchi usul samara bermasa, birinchi usulni qo‘llashga majbur bo‘linadigan vaziyatlar ham uchraydi. Hozirgi vaziyatda vodiylik (namanganlik) tarixchi, hurmatli repetitorlardan biri Nodir aka o‘rtaga tushib, narigi taraf bilan gaplashganini, bu masalani esa Husanboy, Sardor va men bir stol atrofida o‘tirib, argument va muloqot (ikkinchi usul) orqali hal qilishimiz kerakligini aytyapti, qisqasi o‘rtaga tushib, vaziyatni yumshatishga harakat qilyapti. Mayli, ko‘ramiz. Bizga farqi yo‘q. Bizning asosiy talabimiz shaxslar (shaxsiyatlar)ga tegmaslik, fikrlar muhokama qilinsin. Shunday bo‘lsa, bizning hech kim bilan ishimiz yo‘q.

Diqqat! 2-guruhda tez orada 7‐sinf “Oʻzbekiston tarixi” darsligini oʻrganish boshlanadi. 1‐darsdan qoʻshilib ketish siz uchun qulay boʻladi. Yopiq guruhga kirish uchun @jalolboltayev_kurs'ga yozing.