en
Feedback
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

Open in Telegram

Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali Onlayn/oflayn kurslar Repetitor: @JalolBOLTAYEV_kurs, @JalolBOLTAYEV Tel.: 97-299-00-66 Muhim: @TARIX_OMBOR

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel 𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

Channel 𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV (@testlider) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 20 157 subscribers, ranking 9 830 in the Education category and 3 973 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 20 157 subscribers.

According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -143 over the last 30 days and by 2 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 32.85%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 16.60% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 6 613 views. Within the first day, a publication typically gains 3 343 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 59.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali Onlayn/oflayn kurslar Repetitor: @JalolBOLTAYEV_kurs, @JalolBOLTAYEV Tel.: 97-299-00-66 Muhim: @TARIX_OMBOR

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

20 157
Subscribers
+224 hours
+517 days
-14330 days
Posts Archive
500 dollar pora uchun 4 yil qamoq, 100 000 dollar uchun esa jimlikmi? “X-variant” bo‘yicha BMBA javob berishi kerak bo‘lgan 10 ta muhim savolni ochiq murojaat shaklida e’lon qilgan edim. BMBAning oxirgi munosabatini o‘qib chiqsangiz, jamoatchilik tomonidan avvaldan berib kelinayotgan o‘sha savollarning aqalli bittasiga ham javob berilmaganini ko‘rasiz. Endi bu savollarni rasmiy tartibda yubordim. Nafaqat BMBAning o‘ziga, masalani o‘rganayotgan Prezident Administratsiyasiga ham ushbu savollarni taqdim qildim (ishni o‘rganishda asqatishi mumkin). Murojaatda har bir savolga raqamlangan tartibda, konkret va savolni chetlab o‘tmagan holda javob berilishini alohida so‘raganman va javob matbuotda e’lon qilinishi ta’kidlaganman. Har qanday aqli raso odam uchun berilgan savolni izohlamasdan chetlab o‘tish bilan konkret javob berish o‘rtasidagi farq tushunarli. Ko‘ramiz... Qonunchilikka ko‘ra, murojaatlar 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish talab qilinsa, 30 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Meni aslida eng ko‘p qiziqtirayotgan savol: “X-variant”ning ortida kimlar turibdi? Kimlar millat kelajagini pulga sotyapti? Nega ayrim narsalar shunchalik ravshan ko‘rinib turgan bir paytda ham amaliy chora ko‘rilmayapti? Yaqinda 500 dollar pora olgan direktor 4 yilga qamaldi. Xo‘sh, 500 dollar pora uchun jinoiy javobgarlik bo‘lsa, bu yerda 100000 dollar atrofidagi ehtimoliy noqonuniy pul aylanmasi haqidagi ma’lumotlar nega jiddiy tekshirilmasligi kerak? Mening bilishimcha, hatto dalillarni taqdim etganlar ham rasmiy tartibda hech qayerga haligacha chaqirilmagan, “halol jamoa” taklifini bildirgan shaxs hali ham tizimda ishlab yuribdi. 👉 @tarixchi_qarashlari

🔥 Yangi 3-guruhga qabul tez kunlarda boshlanadi! Yana bir yangiligim bor: 3-guruhga qo‘shilganlarga 3 ta “Kundalik-optimal” va “X-ruchka” bepul sovg‘a qilinadi! Bu haqda hali batafsil yozaman. Hozircha hammasini oshkor qilmay turay. 🙂 Repetitor topa olmay, ikkilanib turganlar, shoshmang. Oldinda jiddiy rejalar bor. 3-guruh har qachongidan zo‘rroq guruh bo‘ladi.

📚Attestatsiyagacha HAR KUNI bepul darslar davom etadi! Hurmatli ustozlar, attestatsiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rishni istasa
📚Attestatsiyagacha HAR KUNI bepul darslar davom etadi! Hurmatli ustozlar, attestatsiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rishni istasangiz, sizni PedMahoratGuli kanaliga taklif qilaman. Bu yerda sizni har kuni: ✔️Pedagogik mahorat bo‘yicha bepul darslar; ✔️Kasb standarti mavzulari; ✔️Attestatsiyaga mos testlar va tahlillar; ✔️Eng muhim tavsiyalar va foydali materiallar kutmoqda. 🔥Bu yil minglab ustozlarning yuqori natijalariga hissa qo‘shgan, eng natijali pedagogik kanal bilan birga attestatsiyaga tayyorlaning! ⏳Attestatsiyagacha darslar har kuni davom etadi. Siz ham bugundan boshlab biz bilan tayyorlaning! 🌸 Manzil: @PedMahoratGuli @PedMahoratGuli

Diqqat! 2-guruhda tez orada 7‐sinf “Jahon tarixi” darsligini oʻrganish boshlanadi. 1‐darsdan qoʻshilib ketish siz uchun qulay boʻladi. Yopiq guruhga kirish uchun @jalolboltayev_kurs'ga yozing.

Mana shu aka o‘tgan kuni tug‘ilgan kunimga keldi. Kun.uz’da tarix haqida gaplashishyapti. Aka bilan qaysidir mavzuda bahslashay deyman-u, o‘sha kuni muhokama qilingan mavzularning aksariyatida deyarli bir xil qarashda ekanmiz. 😄

XARITANI O‘RGANISH METODI Har bir qit’a/materikni uch bosqichda o‘rganamiz. BIRINCHI BOSQICH Yuqoridagi Afrika qit’asining yozuvsiz xaritasini printerdan chiqarib oling. Davlatlarni rangli qalamlar yordamida, alohida ranglarda bo‘yab chiqing. Chegaralarni to‘qroq qilib bo‘yang yoki chegara chiziqlariga kontur chizing. Har bir davlat nomini esa xaritaning o‘ziga ham, tegishli raqamga ham yozib qo‘ying. “Bo‘yash” bosqichi juda-juda muhim. Chunki: • Xaritagacha shunchaki qarab chiqish — bu “passiv o‘rganish”. Ya’ni: ko‘rding, o‘tding, unutding. • Bo‘yash esa sizni xarita bilan faol ishlashga majbur qiladi. Rang tanlash, chegaralarni ajratib, to‘qroq qilib bo‘yash, joylashuvga e’tibor berish, nomlarni yozish — bular miyani faol harakatga keltiradi, ya’ni bu – “aktiv o‘rganish”. • Bo‘yash vaqtida xaritaga uzoq tikilib o‘tirishga majbursiz. Bu esa davlatlarning shakli, joylashuvi va chegaralarini ongingizga o‘rnashishiga olib keladi. Ko‘z va ong o‘rtasida kuchli vizual aloqa paydo bo‘ladi. • Bo‘yash jarayoni faqat rang berish emas – bu tafakkurning xarita bilan ilk muloqoti. ❗️Aksariyat abituriyentlar esa bu bosqichni o‘tkazib yuboradi – “yozuvsiz xaritani bo‘yamasdan”, darrov xaritaga qarab yoki Seterra'ga o‘xshash dasturlar yordamida o‘rganmoqchi bo‘ladi. Bu esa ishni qaytangga murakkablashtiradi. Yoki undan ham yomoni – “xaritani o‘rganish men uchun emas ekan” degan taassurot uyg‘otadi. 💯 Ishoning, agar bu usulda o‘rgansangiz – 193 ta davlatni ham darrov topadigan darajaga erishasiz. "Bo‘yash" xaritani o‘rganishning birinchi bosqichi bo‘lsa-da — eng muhimidir. Bu – o‘rganishning 50 foizi. ❗️Aynan shu yerda aksariyat eng katta xatoni qiladi: Bo‘yash bosqichini o‘tkazib yuboradi. Shoshiladi. Tez natija kutadi. Lekin poydevor qo‘yilmagani ortidan o‘zining ishini murakkablashtirib yuboradi yoki “motivatsiyasi tushib“, xaritani o‘rgangisi kelmay qoladi. Seterra kabi dasturlardan ham “ko‘ngli qolib” ketadi. IKKINCHI BOSQICH Endi esa seterra.com saytidan foydalanamiz. Bunga o‘xshash boshqa saytlar va dasturlar ham bor, lekin Seterra o‘rganish uchun eng qulayi deb hisoblayman. Saytdan Afrika qit’asini tanlaysiz. Unda sizdan davlatlar so‘raladi: Agar birinchi urinishdayoq to‘g‘ri topsangiz – davlat oq rangga kiradi. Agar 2–3 marta noto‘g‘ri bosib ko‘rsangiz, sayt o‘zi yordam beradi, lekin bunday holatda davlat qizil rangga kiradi. ❗️Dastlabki mashqlarda, albatta, bo‘yagan xaritangiz yoningizda tursin. Unga qarab ishlash — bu “xotirangizni faollashtirish” degani. Hatto 2, 3, 4 marta xaritaga qarab ishlasangiz ham mayli – bu tayyorgarlik jarayoni. Keyin esa “xaritasiz” bajarasiz. Maqsad – 100% to‘g‘ri topish. Shu holatga yetmaguncha mashqni takrorlaysiz. ❗️ Agar siz birinchi bosqichni bajargan bo‘lsangiz – ya’ni davlatlarni turli ranglar bilan, chegaralarni esa ham alohida to‘qroq qilib (yoki kontur chizib), har bir davlat nomini o‘z joyiga yozgan bo‘lsangiz – umuman olganda, “bo‘yash” bosqichini xafsala bilan qilgan bo‘lsangiz, maksimal 10 yoki 15-urinishgacha Afrikani 100 % to‘g‘ri ishlash darajasiga yetasiz. Yoki kimdir 3-urinishdayoq, kimdir 5-urinishdayoq butun Afrikani xatosiz topa oladi – nima bo‘lgandayam juda uzoq vaqt talab etilmaydi – bu bo‘yash bosqichining natijasi! Agar bo‘yash bosqichi bo‘lmaganda seterra'da juda-juda uzoq vaqt qolib ketishingiz yoki yuqoriroq ko‘rsatkich bilan ishlasangiz-da, Afrika faqatgina “vaqtinchalik” xotirada saqlanib, “uzoq muddatli xotira”ngizda saqlanmaslik ehtimoli juda yuqori bo‘lar edi. Men aytgan usulda esa Afrika «uzoq muddatli xotira»ngizda saqlanib qoladi. UCHINCHI BOSQICH Endi xaritani tarixiy ma’lumotlar bilan mustahkamlash kerak. Buning uchun mening o‘zim tayyorlagan Seterra’ga o‘xshash dasturdan foydalanamiz. Unda “1847-yilda tashkil etilgan davlatni toping”, “1892-yilda Fransiya egallagan hududni aniqlang” kabi savollar bo‘ladi. Siz esa xaritadan so‘ralgan hudud (davlat)ni (Liberiya; G‘arbiy Sudan) topib, ustiga bosasiz. Bu bosqich orqali “Milliy sertifikat“, “Attestatsiya”dagi savollarga ham tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. (c) Jalol BOLTAYEV

1-avgust – hayotimdagi esda qolarli kunlardan biri Bir qancha yillar avval aynan shu kunda imtihon topshirganman. O‘sha paytda kvota atigi 4 % edi. Ya’ni barcha abituriyentlarning faqat 4 % i talaba bo‘lish imkoniyatiga ega edi. Bundan tashqari imtiyozlilar (asosan, armiyada xizmat qilib kelganlar) ham umumiy kvota ichida bo‘lib, ular uchun grant deyarli kafolatlangan edi. Shu sababli “birinchi yili” o‘qishga kirganlar juda kam bo‘lar edi. Mening yo‘nalishimda atigi 3 nafar bola birinchi yilida talaba bo‘lgan. Atigi 3 nafar... (ular orasida men ham bor edim. Bu juda bir faxrlanadigan narsa emas, shunchaki aytyapman). Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) yo‘nalishida 1-kursda 100 nafar bo‘lib o‘qigan edik, adashmasam. Qiziq jihati shundaki, imtihon oldidan hayajon ham, qo‘rquv ham sezmaganman. Ya’ni, yiqilsam, keyin qanday tayyorlanish kerakligini allaqachon tushunib bo‘lgandim. Men deyarli mustaqil – self study tayyorlanganman. Lekin “self study” degani ham aslida to‘laqonli mustaqil degani emas. Ya’ni o‘sha davrda mening asosiy vositalarim Samandar O‘skinovning kompyuter testlari va Akbar Zamonovning “Repetitor” to‘plami edi. Shu ikki manba menga yo‘l ko‘rsatgan. Biz payti onlayn kurslar ham yo‘q edi. O‘ylashimcha, agar bo‘lganida faqat o‘zimning onlayn kursimda o‘qirdim. 😁 Unutmang: imkoniyat doimo bor. Savol shuki – siz uni ko‘rishga va oxirigacha kurashishga tayyormisiz? (c) Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog 👉 @TESTLIDER

Video message00:59

Video message00:59

Qani, kim bor ekan yonimizda ))
Qani, kim bor ekan yonimizda ))

Xullas, “3 ga 1 bo‘lib do‘pposlashdi”, degan TUHMAT qilinyapti. Asl vaziyat esa boshqacha Men Toshkentga onam va opam bilan keldim. Hatto eng “ko‘chaman” degan odam ham yoningda oilang borligini bilsa, tinch qo‘yadi. Lekin u nima qilyapti? Telegramda har xil provokatsion postlar joylayapti. Odamlarda go‘yo u o‘ljasini poylab o‘tirgan mushukdek tasavvur uygʻotishga urinyapti. Men unga bir necha marta: “Meni kutib oladigan odamlar bor, yonimda oilam bor, kelma”, deb aytganman ham. Samolyot qo‘ndi. Onam va opamni mehmonxonaga men uncha tanimaydigan bir bola olib ketayotgan, men esa qarindoshimnikiga borishim kerak edi. Telegramni ochsam, aeroport yonidan provokatsion tarzda yana rasm tashlabdi. Shundan keyin qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo‘ldim. O‘zi mehmonxonaga ham aeroport yonida edi. Darrov keldi. Yonimdagilar hatto ketib ham ulgurmasdi (ikkinchidan, men qarindoshimnikiga ketishim kerak edi). Keyin ancha suhbatlashdik. U men bajara olmaydigan shartlarni qo‘ya boshladi. Masalan, “x-variant” haqidagi barcha maqolalarimni o‘chirishni talab qildi. Oxiri janjal chiqdi. Ha, men uni urganman. Buni inkor qilmayman. Yonimdagi ikki kishi esa unga barmogʻining uchini ham tekkizmagan. Aksincha, qaytanga, ajratishgan ular. U esa ROVDga borib, “3 ga 1 bo‘lib do‘pposlashdi” deb yozib bergan. Hozir ayrim tanishlar “uzr so‘ra”, deyishyapti. Men o‘zim qilgan ishim uchun uzr so‘rashim mumkin. Qilmagan ishim uchun esa uzr so‘ray olmayman. Agar jismoniy zarar yetkazganim uchun uzr so‘rash kerak bo‘lsa, buni qila olaman. Ammo umrim davomida 3 ga 1 bo‘lib hech kimni urib ko‘rmaganman. Shuning uchun qilmagan ishimni bo‘ynimga olib, “uzr” deyish men uchun to‘g‘ri emas.

Video message00:16

Video message00:43

Video message00:29

Hozir Shuhrat Yandashov va Azizbek Fayzullayev (@sharqshunos_tarixchi) koʻchaga chiqarib, yakkama‐yakka tashashtirmoqchimiz

Ziyoli insonlar orasida “urush” mana shunday boʻladi aslida.