《《Baxt hikoyam》》
Open in Telegram
Assalomu aleykum va rahmatillohu va barokatuh... Kanalimizga xush kelibsiz Bu kanalda #Moviy_sharfli_qizaloq ning eng yangi hikoyalari tashlab boriladi Reklama uchun: @Ms_Rose04
Show more257
Subscribers
-124 hours
-37 days
-1030 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
December '24
December '24
+20
in 0 channels
November '24
+12
in 0 channels
Get PRO
October '24
+21
in 0 channels
Get PRO
September '24
+22
in 0 channels
Get PRO
August '24
+30
in 0 channels
Get PRO
July '24
+34
in 0 channels
Get PRO
June '24
+38
in 0 channels
Get PRO
May '24
+35
in 0 channels
Get PRO
April '24
+50
in 0 channels
Get PRO
March '24
+114
in 0 channels
Get PRO
February '24
+33
in 0 channels
Get PRO
January '24
+94
in 2 channels
Get PRO
December '230
in 4 channels
Get PRO
November '230
in 1 channels
Get PRO
October '230
in 1 channels
Get PRO
September '230
in 0 channels
Get PRO
August '230
in 0 channels
Get PRO
July '230
in 0 channels
Get PRO
June '230
in 0 channels
Get PRO
May '230
in 0 channels
Get PRO
April '230
in 0 channels
Get PRO
March '230
in 0 channels
Get PRO
February '230
in 0 channels
Get PRO
January '230
in 0 channels
Get PRO
December '220
in 0 channels
Get PRO
November '220
in 0 channels
Get PRO
October '220
in 0 channels
Get PRO
September '220
in 0 channels
Get PRO
August '220
in 0 channels
Get PRO
July '220
in 0 channels
Get PRO
June '220
in 0 channels
Get PRO
May '220
in 0 channels
Get PRO
April '22
+1
in 0 channels
Get PRO
March '22
+9
in 0 channels
Get PRO
February '22
+3
in 0 channels
Get PRO
January '22
+7
in 0 channels
Get PRO
December '21
+22
in 0 channels
Get PRO
November '21
+13
in 0 channels
Get PRO
October '21
+42
in 0 channels
Get PRO
September '21
+42
in 0 channels
Get PRO
August '21
+74
in 0 channels
Get PRO
July '21
+206
in 0 channels
Get PRO
June '21
+204
in 0 channels
Get PRO
May '21
+283
in 0 channels
Get PRO
April '21
+557
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 21 December | +2 | |||
| 20 December | +2 | |||
| 19 December | +2 | |||
| 18 December | +5 | |||
| 17 December | 0 | |||
| 16 December | 0 | |||
| 15 December | +1 | |||
| 14 December | +1 | |||
| 13 December | 0 | |||
| 12 December | 0 | |||
| 11 December | +3 | |||
| 10 December | +1 | |||
| 09 December | 0 | |||
| 08 December | +1 | |||
| 07 December | +1 | |||
| 06 December | +1 | |||
| 05 December | 0 | |||
| 04 December | 0 | |||
| 03 December | 0 | |||
| 02 December | 0 | |||
| 01 December | 0 |
Channel Posts
Men esa ortiq Farangizga gapiradigan gapim qolmagani uchun, Madinaga yuzlandim-u, shu so'zlarni aytdim
-qo'yaver. To'g'ri aytyabdi aslida...shu gaplarni aytarkanman, bo'g'zimga tiqilgan yig'ini zo'rg'a yutdim- sevmagan insonni sevgi haqida gapirishga haqqi yo'q-ku
Oxirgi gaplarim Farangizga ta'sir qildimi yo boya aytgan gaplariga afsuslana boshladimi, harqalay ikkilangancha pushaymon alfozda eshik oldida turib qoldi, ammo uzr so'rashga g'ururi yo'l qo'ymadi shekilli, boya qanday kirib kelgan bo'lsa, xonani yana shunday tark etdi. Madina esa menga xuddi bu gaplarni Farangiz emas, o'zi aytgandek uzrnamo qiyofada tikilarkan, uni xafa emasligimga, hozir esa uxlamoqchi ekanligimga ishontirib xonasiga borib, ertaroq yotishga majburladim.
U chiqib ketgach esa ko'rpani yuzimgacha tortdim-u, beqaror ko'zyoshlarimga erk berdim...
Bizning Farangiz bilan ziddiyatli janjalarimizning debochasi ana shunday boshlandi...
Davomi bor.......
Muallif: ##Moviy_sharfli_qizaloq
| 2 | #Menga_sen_kam
6-qism
Uyga qadam qo'yarkanman, meni doimgidek Madina qarshiladi.
-Farangiz yaxshimi? O'zim qanchalik charchagan bo'lmay, uning ahvolini so'rashga-da kuch topdim.
-yomonmas. Tushlik qildi, ammo yana xonasiga qamalib oldi. Madina savolimga javob qaytararkan, Farangizning xonasi tomon ko'z tashlab olishni unutmadi
-tushunarli...
Xonamga yo'l olar ekanman, Farangizni ahvolini o'zidan bilishni istamaganimning sababi bor, bu sabab bugun Farhod akaga qilgan "quloq qoqish" larim bilan bog'liq edi. Men-ku, unga tushuntirdim, u ham tushundi hisob, hozir Farangizning xonasiga kirib uni ko'nglini olaman deb, bekorga gap talashim qolishimni bilardim. U o'zini oqlaydi, mening esa Farhod akani yomon deyishga vijdonim qo'ymaydi. Shuning uchun Farhod aka kelguncha biroz sabr qilsa bas.
Shular haqida o'ylarkanman, Farhod akaning tashrifi bizni uzoq kuttirmadi. Avvaliga Farangizning telefoni qo'ng'irog'i uzoq jarangladi, ammo tabiiyki u telefonni ko'tarmaydi. Shundan so'ng eshik taqilladi, Madina eshikni ocharkan, uning ortidan Farhod akaning jiddiy ovozi eshitildi. Madina Farangizni qancha qistamasin, u g'ururini sindirib tashqariga chiqishni istamasdi, oxiri Farhod akaning chiqmasang, xonangga kirib boraman degan po'pisasi ta'sir qildimi, har qalay, o'n daqiqalar o'tib u xonasidan chiqdi. Men bu suhbatlarni xonamda divanda yotgancha eshitib yotdim. Birozdan so'ng, quvonchdan lov-lov yonayotgan Madina xonaga kirdi. Xuddi Farangizning oldiga Farhod aka kelmagan, uning oldiga Umid akasi kelgandek u xursand edi. Ha, Madina ana shunday boshqalar baxtidan ham quvonch topadigan beg'ubor qiz edi
-aytsam ishonmaysan, Farhod aka katta buket bilan shokolad olib kelibdi Farangizni ko'nglini olish uchun. Qiz ham o'z-o'zidan arazidan tushdi-qo'ydi. Hayron qoldim, bu o'zimizning Farhod akami deb
-nega hayron bo'lasan, axir sizlarga shunaqa sovg'alar yoqardiku...
-to'g'ri, lekin Farhod akaning bunday sovg'alar olib kelishini birinchi marta ko'rishim
-haa, to'g'rirog'i unga bu ideani men berdim desa ham bo'ladi
-rostdanmi? Qanday? Aftidan bugun Madinaning savollari tugay demasdi
-mendan Farangizning ahvolini, uni arazdan qanday tushirishi mumkinligini so'radi. Men shu narsalarni aytdim
-tushunarli, yaxshi qilibsan...
Suhbatimiz yakunlandimi-yo'q sezishga ulgurmasimdan, eshik oldida qo'lida sevganidan olingan sovg'alarni ko'targancha Farangiz paydo bo'ldi, ammo uning yuzi tund qiyofada, boya Madina u haqida ta'kidlagan tabassum to'la chehradan asar ham yo'q edi
-demak, bularning hammasi sendan chiqqan fikr...
Sezganingizdek, uning bu savoli menga atalgandi. Men esa boya o'ylamay aytgan gaplarimdan endi afsuslana boshlagandim
-sen noto'g'ri tushunding...ammo nima bo'lganda ham, men ularning yana bir janjaliga sabab bo'lib qolishni istamasdim, shu bois o'zimni oqlay boshladim- biz boshqa narsa haqida...
-men hammasini to'g'ri tushundim...u odobsizlik bilan gapimni bo'ldiyu, yoshlana boshlagan ko'zlarini bir zum mendan uzmay tirdi. Shundan so'ng, qo'lidagilarni xonamga olib kirib, xonadagi dars stoli ustiga jahl bilan qo'yarkan, menga yuzlandi- narsalaring o'zingga buyursin. Menga birovlarning buyurtmalari asosida olib kelingan sovg'alar kerak emas...
U shu so'zlarni aytgancha, eshik tomon yurarkan, uning gaplari ko'nglimga og'ir botganidan yo uning gap ohangidan jahlim chiqqani uchunmi men ham tilimni tiyib tura olmadim
-bu narsalar kimning buyurtmasi asosida kelgani sen uchun shunchalik muhimmi? Yo Farhod akani seni ko'nglingni olish uchun qilayotgan ishlarini ko'rmaydigan darajada ko'zing ko'rmi?
-ha ko'zim ko'r...u gaplarimni eshita turib to'xtadiyu, ortiga jahl bilan o'girilib, menga g'azabini socha boshladi- sen bu narsalarni tushunmaysan baribir. Kimnidir sevib qo'l ganingda tushunarding balki...
-Farangiz...Madina uning o'ylamay aytilgan bu qo'pol gaplaridan hayratga tushib, uni to'xtatmoqchi bo'ldi- nima deganing bu? | 0 |
| 3 | -gapingizni "xushomad" deb tushunaymi?
-istaganingizcha tushunishingiz mumkin. Ammo bir gapni aytmasam bo'lmaydi...u shu gapni aytarkan, mashina tezligini sekinlatib, men tomonga o'girildi- menga yoqib qoldingiz
Uning qorong'ida yonib turgan ko'zlariga tikilib shu gaplarini tinglarkanman, garchi uning gaplari yuragimga anglab bo'lmas hadik va biroz qo'rquv solgan bo'lsa-da, unda hech qanday yomonlik alomatini sezmadim.
Undan ko'zlarimni arang olib qochib, deraza tomon o'girilar ekanman, biroz o'tib unga javob qildim
-siz esa menga yoqmadingiz
-yoqmadim? U o'zini bu gapni umrida birinchi marta eshitayotgandek tutib so'radi
-shunaqa. Umuman olganda, menga sizga o'xshagan yigitlar yoqmaydi.
-menga o'xshagan? U bu safar ham o'z gapimni o'zimga savol tarzida qaytardi
-ha, sizga o'xshagan
-masalan, qanaqa?
-qizlarni ko'rganda o'zini tuta olmay qoladigan, ularni ilintirish uchun har narsaga tayyor va uzog'i bir haftadan keyin yana "yangi" sini topvoladigan
-oo, demak men haqimdagi ilk xulosangiz shunaqa...
U shu gapni aytarkan, mashinaning men yashaydigan ko'p qavatli uy oldida to'xtatdi. Taxminimcha, unga manzilni Farhod aka tushuntirgandi
-shunaqa desa ham bo'ladi
-unda bu fikrlaringizni o'zgartirishga tayyor turing. Hozircha xayr.
Men uning gapiga javoban hech nima demasdan, mashinadan tusharkanman, xayal o'tmay u mashinani oldimdan o'q tezligida haydab, o'tib ketdi. Nazarimda, men uning "o'ynoqi" ko'ngilchasiga ozor berib qo'ygandim.
Davomi bor..........
Muallif: ##Moviy_sharfli_qizaloq | 0 |
| 4 | #Menga_sen_kam
5-qism
Durdona bilan oshxonaga o'tarkanmiz, tez yurib kelganim uchunmi yoki boya eshitgan gaplarim tufaylimi yuragim hapqirib bezovta bo'lar, anavi betayin aytgan "sevgan qizim bilan ikki kun shu yerda qolmoqchimiz" degan gapi xuddi men haqimda borayotgandek o'zimni asabiylashishdan to'xtata olmasdim
-nega buncha hayajonlanasan? Mening holatimni kuzatib turgan Durdona hayronlik bilan gap qotdi- bunday mijozga birinchi marta duch kelmayotgandirsan axir?
-ha, birinchi marta duch keldim va bu menga yoqmadi.
-yoqmadi deysanmi? Uning gapi xuddi meni mayna qilgandek eshitildi- senga aytsam, bu vahima qiladigan narsa emas, aslida. Masalan, shu yerda ikki yildan beri ishlayotgan bo'lsam, bundan battarlarini ko'rganman...u gapini tugatarkan, qulog'im tarafga egilib pichirladi- hatto o'zimgayam taklif qilishgan.
Durdonaning gapi "dard ustiga chiqqan chipqon" bo'ldiyu, kayfiyatim battar tushib ketdi. Ishimning bu qadar mashaqqatli bo'lishini o'ylamagan ekanman shekilli, endi uning qanchalik qaltis ishlardan biri ekanini o'z ko'zim bilan ko'rib, uni qabul qila olmayotgan edim.
Kun bo'yi, Durdona aytgan gaplar, undan oldin bo'lib o'tgan voqealar yodimdan chiqmadi. Ishim tugagandan so'ng, eshik tomon yo'l olarkanman, Farhod aka kayfiyatimni sezibmi, meni to'xtatdi
-uyga ketyabsanmi?
-haa, ishim tugadi
-to'xta, nega xafasan? Kimdir nimadir dedimi?
-yo'q, shunchaki...Charchadim shekilli
Farhod aka bilan suhbatimiz shu joyda uzilarkan, zinalardan biz tomon chiqib kelayotgan "u" nga ko'zim tushdiyu, kayfiyatim buzildi. Ketish uchun pastga qadam tashlarkanman, ketishga ulgurmadim, u Farhod akaga qarab, gap boshladi, to'g'rirog'i bu gap men haqimda borardi
-Farhod, sevgan qizingmi bu? Bizni tanishtirmaysanmi?
-yo'q, sevgan qizim emas...Farhod aka unga javob qaytararkan, u zimdan menga quvlik bilan nazar tashlaganini sezdim- Zohida- yaqin do'stimning singlisi. Zohida tanish, bu Sarvar, biz kursdoshmiz. U bu yerning...
-doimiy mijozlaridanman...U shoshma-shosharlik bilan akamning gapini bo'larkan, menga qo'lini uzatdi- tanishganimdan xursandman
Garchi uning qo'lini siqib qo'yishga "juda orzumand" bo'lmasam-da, akam oldida o'zimni beodob tutmaslik uchun noiloj unga qo'l uzatdim
-aka, men ketdim
-taksi chaqirib beraman, to'xtab tur. Kech bo'lib qoldi
-yaxshisi, men olib borib qo'yaman
Uning taklifi yangrashi bilan tezda rad javobini berdim, biroq u endi akamni avrashga o'tgandi
-do'stim, menga ishonmaysanmi? Sening singling menga ham singildek gap
-Zohida, Sarvar olib borib qo'ygani ma'qul seni. Kech bo'lib qoldi, taksi kutgunchayam vaqt o'tadi
-lekin aka...
-Men unga ishonaman...akam gapimga javoban shu gapni aytarkan, so'ng Sarvarga yuzlandi- senga ishondim
-okay
Ular ikkisi o'zaro kelishib olisharkan, noiloj uning ortidan ergashishga majbur bo'ldim. Biz oynalari qoraytirilgan malibu oldida to'xtadik. U menga iltifot qilib, mashinaning old eshigini ochib berarkan, men bu vaqtda orqa o'rindiqdan joy olgandim.
-oldinda o'tirsangiz, birga suhbatlashib ketarmidik degandim...u haydovchi o'rnini egallarkan, menga gap qotdi
-rahmat, suhbatlashgim kelmayapti...mashina yurishni boshlarkan, men uning gapiga biroz qo'pollik bilan javob qildim
-nega? Aftidan u bugun meni gapirtirmasdan qo'ymaydiganga o'xshardi- boyagi gaplarim uchunmi? Axir uzr so'radimku. Bu shunchaki hazil edi
-menga bunaqa mavzudagi hazillar yoqmaydi
-qanaqa mavzudagi masalan?
-buni menimcha mendan-da yaxshiroq tushundingiz
Oraga bir daqiqalik sukut cho'kdi. Ammo u suhbatni to'xtatishni xayoliga zarracha ham keltirmasdi
-yigitingiz borligi uchun men bilan suhbatlashgingiz kelmayapti, shunaqami?
-men sizga "yigitim bor" dedimmi?
-demak yo'q?
-yo'q ham demadim
-bormi-yo'qmi, aslida bu ahamiyatsiz. Chunki men o'zim istagan insonlar va narsalarning hammasiga erishib kelganman shu choqqacha. Shuning uchun yigitingiz bo'lsa ham, bu okay | 0 |
| 5 | Assalomu aleykum hammaga. Hikoyani ko'p kutib qoldilar, bilaman va uzr so'riman. Darslarim ko'payib ketdi,shunga ulgurmayabman. 3-kurs man o'ylagandan qiyinroq ekan😅. Bugun ulgursam hikoyani yozib tashleyman, ulgurmasam ertaga. | 0 |
| 6 | Kanalga kirib-chiqib yurganlar diqqatiga‼️‼️
Kanalni private( shaxsiy) qilib qo'yaman, oxirida attang qilgan o'zingiz bo'lasiz. Kanalim karvonsaroy emas, xohlagan paytda kirib, hikoyani o'qib yana chiqib ketadigan. Qolsangiz qoling, bo'lmasa butunlayga chiqib keting. Shunaqalarni kuzatib turibman, oxiri kanaldan bloklayman, umuman kira olmaydigan bo'lishadi | 0 |
| 7 | -qabul qilmaymiz? U yana tabassum qildi, ammo tabassumi bu safar avvalgidek sof emas, asabiy va mazaxona edi- kechagi ishingiz to'g'risida bosh menejeringizga uchrab, ustingizdan shikoyat qilaman,desamchi?
Tushunarli. Uning niyati- buzuqlik emas, shunchaki meni qo'rqitish. Ha qo'rqitish. Uning shirin gaplariga "erimaganim" uchun meni shu bilan yerga urib, ustimdan kulmoqchi.
-istaganingizni qiling...ilgari erkak zoti tomonidan bunchalik siquvga olinmaganim, qo'rqitilmaganim uchunmi, bo'g'zimga nimadir tiqildi, tanamga titroq kirdi. Ammo iloji boricha, uning oldida o'zimni yo'qotib qo'ymaslikka tirisha boshladim
-direktor...u esa bugun meni "mahv etish" ni mo'ljallagan ko'rinardi- undan ham qo'rqmaysizmi?
-bitta gapni ikkinchi marta takrorlashni yoqtirmayman-u, ammo siz kabilarga "istisno" qilishga afsuski majburman. Qaytaraman: istaganingizni qiling
Unga shu gaplarni aytarkanman, nigohlarimiz chamasi yana besh soniyacha shu tarzda- bir-birimizga nafrat bilan boqib turdi. Besh soniyadan keyin esa...Besh soniyadan keyin u boyagidek yana xaxolab kulib yubordi. Bu safar uning tabassumida hech qanday razillik alomati sezilmasdi
-sizga qoyil qoldim...u kulishdan to'xtarkan, hamon tabassumini yo'qotmagan holda galini davom ettirdi- hazillashgandim. Ishingizga sodiq ekanligingiz menga yoqdi.
Garchi u o'zini "hazil edi" deb oqlab olgan bo'lsa-da, men u meni o'n soniya oldin tushirgan holatni unuta olmasdim, unga qarab, unga nisbatan "jahl" dan boshqa hech qanday tuyg'uni his qilmayotganimni sezdim-u, uning gaplariga achchiq-tizziq javob qaytarishdan o'zimni tiya olmadim
-menga esa "surbetligingiz" yoqmadi. Boshqa savollaringiz bo'lmasa, bizda tushlik vaqti. Ketingizga tepishlaridan oldin, marhamat qilib, ketishingiz mumkin.
Shoshgancha, jahl ustida unga shu gaplarni aytarkanman, oshirib yuborayotganimni eslatish uchun Durdona qo'limdan qattiq siqdi. Ammo, o'q allaqachon otilib bo'lgandi. U gaplarimni jim eshitarkan, so'nggida yana asabimni yetarlicha egovlagan o'sha tabassum bilan javob qildi
-sizni tushundim. Xafa qilgan bo'lsam uzr.
-xayr
Suhbatni yakunlab, Durdonani yetaklagancha oshxona tomon yo'l olarkanman, u eshik tomon yura boshlaganini, so'nggi bor u yerda yana Farhod aka bilan gaplashib qolganini ko'rdim.
Davomi bor.........
Muallif: #Moviy_sharfli_qizaloq | 0 |
| 8 | #Menga_sen_kam
4-qism
Ish vaqtim boshlanganiga ko'p bo'lmasdan, ertalabdanoq mijozlar ko'paya boshladi. Ularning orasida mehmonxonaga tashrif buyurgan chet ellik mehmonlar haqida eshitib, aynan ular bilan ko'rishish istagida kelganlari ham yo'q emasdi. Biroq, nima bo'lishiga qaramasdan, bizning ishimiz shu- ularga xushmuomalalik bilan xizmat ko'rsatishdan iborat edi. Tushga borib, keluvchilar soni biroz kamaygandek bo'ldi, sherigim Durdona ikkimizga biroz tin olish uchun fursat topildi. Ammo eshik oldida paydo bo'lgan yana bir inson sharpasi tufayli ikkimiz ham yana oyoqqa qalqdik. Eshik oldida turib, Farhod aka bilan salomlashish uchun to'xtagan bu insonda avvaliga hech qanday g'ayritabiiylik ko'rmadim, biroq u erkaklar suhbatiga yakun yasab biz tomon qadam tashlagan onda, uni to'satdan tanib qoldim. Bu kecha "qahva" voqeasi ishtirokchilaridan biri edi( ulardan biri esa men ekanligimni eslatib shart emasdir deb o'ylayman). Men og'ir yutingancha uning oldimga yetib kelishini kutib turarkanman, baxtimga uning ko'zi menga emas, Durdonaga tushdiyu, uning qarshisiga kelib to'xtadi
-salom
-xush kelibsiz
-xushvaqt bo'ling...u ayyorona tabassum bilan Durdonaga ko'z qisib qo'yarkan, men uni chetdan kuzatgancha, bu yigitning qizlarga "suyagi yo'q" lar xilidan ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim
-sizga qanday yordam berishim mumkin, hurmatli mijoz
-aslidaku, siz menga ko'p masalalarda yordam bera olasiz...u irshaygancha qabulxona devoriga suyanarkan, Durdonaning unga tushunmay qarab qolganini ko'rib, birdan jiddiylashdiyu, ammo tabassumini yo'qotmagan holda gapini davom ettirdi- ya'ni menga bo'sh xona kerak
-bir o'zingizgami?
-hozircha shunaqa
-hozircha???
-ya'ni uylanmagunimcha bir o'zim yashashga majburman demoqchi edim
-tushunarli, demak 1 kishilik xona.
-aqlingizga balli
-Zohida bir kishilik xonalardan qaysilari bo'sh, menga ko'rib bera olasanmi?
Balki, shu vaqtda Durdona menga murojaat qilmasdan, uning ishini o'zi bitira qolganda, u menga hech qachon qayrilib qaramagan va meni tanib qolmagan bo'larmidi?! Qaniydi shunday bo'lganda...Ammo unday bo'lmadi. Durdonaning murojaatidan keyin uning o'tkir, simovchan nigohlari menga tushdiyu, labiga yana o'sha, men uni tanib ulgurganimdan beri odat bo'lib qolgan "ayyorona tabassum" yugurdi:
-hayot tasodiflarga boy deyishsa, ishonmasdim...u kulish barobarida bir menga, bir Durdonaga qarab so'z qotdi, so'ng Durdonaga yuzlandiyu, uzrxohlik bilan savol berdi
-aytingchi, yaxshi qiz, men xonani dugonaningiz yordamida buyurtma qilsam, xafa bo'lmaysizmi?
-xohishingiz...garchi Durdona bo'lib o'tgan gap-so'zlarga tushunmayotgan bo'lsa-da, hayratini yashirib, unga shunday javob qildi
-rahmat...u Durdonaga so'nggi bor tabassum hadya etarkan, ikki qadam yurib, mening ro'paramda to'xtadi
-xo'sh...uning yosh bolacha qiliqlari asabimga tega boshlagani uchun, unga jiddiy savol nigohi bilan yuzlandim
-xo'sh...u so'zimni takrorladi- Siz kecha bo'lib o'tgan voqeani unutmagansiz deb umid qilishimga ruxsat etasizmi?
-hurmatli mijoz, sizga bir kishilik xona shundaymi? Men uning so'nggi gaplarini xuddi eshitmagandek, so'zimni davom ettirarkanman, uning yuzidagi tabassum butkul yo'qoldiyu, birdan tund qiyofaga kirdi va jiddiy nigohlarini mendan uzmagan holda savolimga javob qildi
-yo'q, ikki kishilik
Xayolimdan "u meni mayna qilyapti" degan fikr o'tdi, ammo u mendan xohlayotgan narsani- tortishib o'tirishimizni xohlamadim- uning istagini bajo keltirish uchun unga keyingi savolim bilan yuzlandim
-demak, ikki kishilik. Yolg'iz o'zingizgami?
-albatta yo'q
-unda...
-sevgan qizim bilan ikki kun shu yerda qolmoqchimiz
Uning bir tuki o'zgarmay aytgan gapidan tanamga sovuqlik oqib kirdi. Naqadar razillik. Uyalmasdan menga shu gaplarni aytyapti, yana jiddiylik bilan. Qarshisida qiz bola turganini unutib qo'ygan shekilli
-kechirasiz, hurmatli mijoz... uning gaplaridan qanchalik larzaga tushgan bo'lmay, uning ko'zlariga tik boqib, shu gaplarni aytishga jur'at etdim- biz juftliklarni nikoh guvohnomasisiz qabul qila olmaymiz | 0 |
| 9 | -sizdan "eng yaxshi aka" unvonini qaytarib olib, "eng yomon boyfriend" unvoni berilsin...uni oldiga yetib kelishim bilan shu so'zlarni aytarkanman, u "boyfriend" so'zi ma'nosini tushunishi bilanoq aybdorona kulimsiradi
-yana kulishinichi bu kishini. Siz Farangiz tuni bilan yig'lab chiqqanidan xabaringiz bormi? Nega uni qo'ng'iroqlariga javob bermadingiz?
-aybdorman...so'roqlarimdan u birdan jiddiylashdiyu, keyingi so'zlarini ham shu holda davom etdi- kecha hammani uy-uyiga tashlab kelgandan so'ng, uyga qaytayotganimda telefonimni ishxonada unutganimni payqadim. Soat allaqachon 1dan oshgandi. Shunga qaytib borishni ilojini qila olmadim. Ertalab tong otishi bilanoq, shu yerga yugurdim. Unga telefon qildim, ammo ko'tarmadi. Shuning uchun seni kutayotgandim...Uning sabablari asosli ekanligi haqida o'ylarkanman, Farhod aka o'sha jiddiylik bilan meni savolga tutdi- u ko'p yig'ladimi?
-ertalabgacha. Unga javob qaytararkanman, bu ikki oshiqning "murosasiz muhabbat" larining oxirini o'ylab, boshim qotgani bois, chuqur uh tortdim- to'g'rirog'i Madina shunday dedi. Men ham charchab uxlab qolgandim
-tushunarli. O'qishgayam bormagandir?
-shunday. Endi nima qilmoqchisiz?
-bilmadim. Sezganingdek, uni arazidan tushirish oson emas. Nima qilishga hayronman.
-gapingizga qo'shilmayman. Sevgan inson sevganini kechirish uchun juda kichik bo'lsa ham sabab topadi doim. Lekin bu sababni o'zingiz yaratishingiz kerak
-masalan, qanday qilib?
-gul, shokolad va yana qandaydir sovg'alar bilan. Qizlar shuni yoqtorishardi shekilli
-yoqtirishardi deysanmi? Farhod aka menga qiziqqonlik bilan tikildi- sengachi? Bu narsalar yoqmaydimi?
-yo'q. Menimcha men qizlarning surpriz sevuvchi turiga kirmasam kerak
-aha, eslab qoldim. Buni bo'lajak "boyfriend" ingga eslatib qo'yish vazifasini o'z zimmamga olaman
Farhod aka shu gaplarni aytarkan, ikkimiz ham barobar kulib yubordik. Ammo shu onda hali ham eshik oldida turganim, qilishim kerak bo'lgan yana bir muhim vazifa borligi esimga tushdiyu, Farhod akaga "xayrli kun" tilab, bosh menejer xonasiga yo'l oldim. To'g'risini aytsam, Diyor akaga vaziyat haqida tushuntirish biroz qiyin kechdi, avvaliga u ilmoqli gaplarimdan hech nima tushunmadi, shundan so'ng, kechagi voqea haqida batafsil gapirib berarkanman, u kulgancha "yo'q, ustingdan shikoyat tushganicha yo'q" deb javob qildiyu, meni battar xavotirga soldi. Uning gapining tagida kosa tagida nimkosa "Shikoyat tushganicha yo'q, ammo tushishi ham mumkin, hali vaqt bor" degan ma'noni sezish mumkin edi. Ammo uni ortiqcha savolga tutishni istamadim-u, noiloj ish joyimga yo'l oldim.
Davomi bor....
Muallif: #Moviy_sharfli_qizaloq | 0 |
| 10 | #Menga_sen_kam
3-qism
Ertalab erta turarkanman, kechagi tadbirdan keyingi charchog'im hali ham tarqamaganini sezdim, biroq meni bu tashvishga solayotgan narsa bu emasdi. Men kechagi "qahva" voqeasidan hali ham xavotirda edim. Ammo bu haqidagi o'ylar ham ko'pga cho'zilmadi, yuvinish xonasiga yo'l olarkanman, koridorda ko'zlari uyqusizlikdan qizargan Madina bilan to'qnashdim
-ko'zlaringga nima bo'ldi? Uxlamadingmi? Unga shu savolni berarkanman, qo'lidagi finjonda yangi damlangan "qahva" ga ko'zim tushdi.
-asti so'rama...Tuni bilan Farangizni ovutib chiqdim
-ovutib chiqding?
-ovqatlanib bo'lganimizdan so'ng, telefonini olib, balkonga chiqib ketgani esingdami? Shundan biroz o'tib qaytib chiqdi. Ha, sen bu vaqtda uxlab bo'lganding. Farhod akasi qo'ng'iroqlariga javob bermayotganmish. Ishi ko'pdir desam, tunggi 12da yana qanday ishi bo'lishi mumkin deb, yig'lab yubordi. Xullas, Farhod aka soat 2da ham, 3da ham telefonni ko'tarmadi, qizning xabarlarga javob bermadi, u esa tuni bilan yig'lab chiqdi. Men uni o'zini yolg'oz qoldira olmadim. Yig'lab-yig'lab hozirgina uxladi.
-axir nega meni ham uyg'otmading?
-sen ishdan charchab kelganding
Ko'ngli shu qadar toza, mehrda tengsiz bo'lgan dugonamga mehr bilan tikilarkanman, unga bir tomondan achinib ketdim. O'zining tashvishi kamdek, yana bizniki bilan ham ovora bo'ladi doim. Madina bir yil oldin unashtirilgan, unashtirilgan insoni Umid aka esa uch oy ilgari Rossiyaga to'y xarajatlari uchun biroz mo'mayroq pul ishlab kelish uchun ketgandi. Aslidaku, u bir hafta oldin qaytishi kerak bo'lgan, biroq hujjat ishlarida biroz tushunmovchiliklar bo'lgani uchun kelishi yana bir oyga cho'zilgandi. Garchi Madina sirtdan bildirmasada, uni sog'inib ichikishini sezib yurardim, sezsam-da unga dalda beruvchi bir-ikki og'iz so'z aytishdan boshqasiga yaramasdim. Men qoyil qolgan narsa- Madina bilan Umid aka bir-birlarini maktab paytlaridan beri yaxshi ko'rishar, uydagilari ham ikki yoshning istaklarini inobatga olib, ularni to'ylariga rozilik berishgan, ularning sevgisi ana shunday yillar davomida mustahkamlanib borayotgan muhabbat rishtasiga aylangandi. Farhod aka va Farangizni har kungi janjallariga o'rganib qolgan ko'zim, ularni biror marta bo'lsin, gap talashishgani ham guvohi bo'lmagandi. Umumiy qilib aytganda, ular men havas qiladigan juftliklaridan biri edi.
Xayolimdan shu fikrlar o'tar ekan, Madinani qo'lidan tutdim-u, uni yotoq tomon yo'naltirdim
-o'qishgacha hali ikki soat bor. Biron soatcha uxlab ol
-axir nonushta...
-nonushtani o'zim tayyorlayman. Madinani gapirishga qo'ymay unga javob qaytararkanman, u gapimga yana beozorlik bilan qarshilik bildirdi
-shart emas, Zohida. O'zim...
-nima meni pazandalik mahoratimga shubha qilyabsanmi? Madina boshqa e'tiroz bildira olmaydigan qilib unga so'z qotarkanman, u noiloj rozi bo'ldi
-yaxshi. Faqat ertaroq uyg'ot, biroz yordamlashaman, xo'p
-yaxshi
Madinani biroz uxlab olish uchun jo'natar ekanman, bomdod namozimni ado etib, oshxona tomon yo'naldim. Muzlatgichdan kerakli masalliqlarni olib, nonushta uchun quymoq pishirishga tutindim. Quymoq tayyor bo'lgach, uydan chiqib ketishimizga chamasi yarim soatdan oshiqroq vaqt qolgan vaqtda, Madina va Farangizni uyg'otish uchun xonaga kirdim. Madina tez uyg'ondi, lekin Farangizni uyg'otish esa...har doimgidek ilojsiz edi, ayniqsa qo'shimchasiga uning holati ko'ngildagidek emasligi tufayli uni buguncha bezovta qilmaslikka kelishdik.
Doimgidek o'qishdan chiqib, ishga ketarkanman, miyamda ikkita qat'iy fikr aylanardi. Birinchisi Farhod aka bilan tezroq yuzlashib, Farangiz haqida xabar berish bo'lsa, keyingisi bosh menejerimiz Diyor aka bilan uchrashib, ustimdan shikoyat tushgan tushmaganligini surishtirish edi. Birinchi istagimni amalga oshirish ko'pga cho'zilmadi, mehmona eshigi oldidayoq Farhod aka bilan to'qnash keldim-u, uni koyiy ketdim. | 0 |
| 11 | Mehr...
Eshitilishi oddiy, ammo zamirida juda ko'p ma'no yotadi bu so'zning. Dunyo yaralgandan beri insonlarning katta manaviy, ruhiy ehtiyojlaridan biri bo'lgan bu narsa- insonlar eng ko'p muhtoj bo'ladigan, yaqin atrofdagilardan kutadigani ham.
So'nggi paytlar, har bir kunim saboq bo'layotgandek, har bir kunimdan bir xulosa chiqarayotgandekman. Va kunlar o'tgani sayin tushunib borayotganim- oilada yaxshi muhit yaratish, nafaqat oila balki yaqinlar, do'stlar, hamkasblar, kursdoshlar o'rtasida samimiy muhit yaratish uchun ham talab qilinadigan narsa mehr-muhabbatdan boshqa narsa emas. Meni hozirda eng ko'p xursand qiladigan narsa- mehrga zoriqmay,bir-biriga mehrli, shirin so'zli, sevgi-muhabbatga "liq" to'la oilada katta bo'lganim bo'lsa, xafa qiladigani ko'rganlarim asosida shuni ayta olishim mumkinki, har kim ham shunday oilada katta bo'lmaydi. Har kimning ham ota-onasi "oppog'im" deb suymaydi. Gaplarim balki maqtanish bo'lib tuyilar, lekin oilamda ota-onamdan shu vaqtgacha og'ir gap, haqorat, qo'llab-quvvatlamaslik ko'rmaganim uchunmi, boshqalarda bu holatni kuzatishim meni biroz hayron qoldiradi. Shu narsaga to'la-to'kis aminman, oilada mehr ko'rgan farzand kim bo'lishidan qat'iy nazar, qiz bola yoki og'il bola atrofga, insonlarga nafrat ko'zi bilan boqmaydi, boshqalarning baxtini ko'rib alamzadalik tuymaydi. Har doim hammadan o'ziga "biror yomon so'z, haqorat" aytilishini kutib va shu insonga xuddi shunday javob qaytarish fursatini kutib yashamaydi. U insonga "rahmat, kechirasiz, ltimos" so'zlari begona tuyilmaydi. Va eng muhimi majoziy ma'noda har doim hammaga "nayza" sini sanchib olishga tayyor turmaydi.
Ota-onalarga ba'zida bolasi uchun yaxshi sharoit, kiyim-bosh, boshqalarning farzandidan "kam qilmaslik" eng muhimi bo'lib tuyiladi. Ammo bilishmaydiki, o'shalarni bitta qilib yig'ganda ham ular farzandiga o'zining bir og'iz shirin so'zi, issiq bag'richalik muhim bo'lmaydi. Xuddi ota-ona ham farzandidan shu narsani kutgan kabi.
Gaplarim balki o'ta nasihatomuz tuyilar, ammo kanalimga asosan ko'rgan-bilganlarim, xulosalarim, orttirgan tajribalarim haqida yozishga o'rganib qolganman. So'zim so'nggida, yana o'sha gapimni takrorlamoqchiman: Bir-biringizga mehrli bo'ling. Mehr qaytuvchi narsa. Beruvchi qo'l oladi ham. Kichik vujudlarning hayotdan alamzada, hammaga nafrat ko'zi bilan qaraydigan bo'lib ulg'aymasligi uchun ham farzandlaringizga,(bo'lajak farzandlaringizga) mehribon bo'ling.
@Msrosexon | 0 |
| 12 | Tadbir sekin davom etar ekan, har zamon direktor mehmonlar orasida ko'rinmay qolganda meni xavotir bosar, xuddi zum o'tmay meni uning huzuriga chaqirishadigandek, u esa meni bugungi ishim uchun tanbeh berib, muhim tadbirni buzishimga sal qolgani uchun meni bu yerdan haydaydigandek tuyilardi. Xayriyatki, kun oxirigacha bunday voqea yuz bermadi. Men ham kutib turgandek, ish vaqtim tugagan daqiqadayoq undan otilib chiqdim-u, uyga yo'l oldim. Hatto Farhod akaga "ketdim" deyishni ham unutdim. Taksiga o'tirganimda, kun bo'yi yig'ib yurgan xavotirim tarqagandek bo'ldi. Kvartiraga yetib kelar ekanman, yo'ldan kechki ovqat uchun biror nima olishni unutganim esimga tushdiyu, telefon orqali tezda uch kishilik ovqatga buyurtma berdim.
-bugun erta kelibsanmi? Tadbir bor demaganmiding?
Madina eshik oldida meni kutib olar ekan, savollariga ko'ma boshladi
-so'rama. Ertaga aytib berarman. Ha, ishim erta tugadi. Hozircha shuni bilsang, yetarli. Farangiz qayerda?
-oshxonada. Farhod akasi bilan janjallashyabdi telefonda.
-yanami? Bu holat doimiyga aylanib ulgurgani uchunmi, uncha hayron qolmadim. Avval aytganimdek, Farangizning fe'li biroz og'irroq edi.
Xonamga o'tib, kiyimimni alishtirib oshxonaga chiqar ekanman, Farangiz bu vaqtda telefondagi suhbatini tugatgan, stol atrofidagi kursilardan biriga cho'kkancha, qovoq uyib o'tirardi
-nimadir bo'ldimi? Xuddi hech nima bo'lmagandek unga sav berarkanman, u hozir barcha voqeani bor tafsilotlari bilan to'kib solishini sezib turardim
-bizda qachondir nimadir bo'lmaganmi o'zi? Aytganimdek u portladi- ishi tugamaganmish. Tadbiri bormish. Mana sen erta kelding-ku. Yo'q, u kishim hammani uy-uyiga jo'natib, uxlatib keyin uylariga qaytadilar
-Farangiz, axir necha marta aytganman: men qabulxonada ishlayman. Farhod akani ishi boshqa. To'g'ri sen aytgandek, ularning vazifalari hammani uy-uyiga tashlab, keyin uylariga qaytish
-aytmadimmi?! Farangiz gapimga kesatiqli javob qilarkan, men allaqachon qizlarni dardi bilan bo'lib kunning men uchun shov-shuvli qismiga aylangan voqeani ham unutgandim. Farangizga nasihat qilish hozir ortiqcha ekanligini sezdim-u, telefonimga kelgan xabardan- yana buyurtmamiz kelganini bildiruvchi xabardan eshik tomon yo'l oldim. Taomni olib oshxonaga yo'l olarkanman, Madinani ham ovqatga chaqirishni unutmadim. Avvaliga hammamiz jim ovqatlanar ekanmiz, birozdan so'ng yana gapga tushib ketdik, Farangiz ham dardini unutdi-qo'ydi. Kulishgancha eski xotilarimiz haqida berilib suhbat qura boshladik. Suhbat so'nggida esa, uyqudan yumilay degan ko'zlarimni Madinaga tikdim-u, ayyorona kulgancha gap boshladim
-shunday shirin suhbatdan keyin bitta bo'lsa yo'q demasdim
-men ham...Farangiz ham meni ma'qullarkan, Madina e'tiroz bilan bosh chayqadi
-qizlar tomog'im biroz og'rib turibdi, faqat bugun emas
-biz seni bo'g'iq ovozing bilan ham sevaveramiz...Yana tirkaldim men
-men gitarani olib chiqaman...Farangiz shunday deb sakrab o'rnidan turib, ichkariga kirib ketarkan, Madina uni to'xtatishga ham ulgurmay u birozdan so'ng qo'lida gitara bilan paydo bo'ldiyu, uni mamnuniyat bilan Madina tuqazdi
-ha mayli...Madina beozorlik bilan noiloj rozi bo'larkan, qo'liga gitarani avaylab oldiyu, Jahongir Otajonovning "Uchrashmadik" qo'shig'ini kuyini ham gitarada chalib, ham ijro eta boshladi. Uning ovozi shunchaki beqiyos edi. Birozdan so'ng, Farangiz ikkimiz ham unga jo'r bo'la boshladik:
Uchrashmadik
Uchrashmadik
Qaytib umr bog'ida
Uchrashmadik sizla jonim
Nega baxt so'qmog'ida?
Madina qo'shiqni yakunlar ekan, Farangiz stol ystida turgan telefonni oldiyu, "men Farhod akamga telefon qilishim kerak" deb o'rnidan turdiyu, xonani tark etdi. Biz Madina bilan uning ortidan tabassum qilgancha qoldik
-bo'pti men ham yota qolay...bu uydagi yagona "bo'ydoq" men bo'lganim uchun hozircha uxlashdan boshqa variantim mavjud emasdi- sen ham Umid akangni eslab qo'y
-yaxshi. Shirin tushlar ko'r
-sen ham...
Davomi bor......
Muallif: #Moviy_sharfli_qizaloq | 0 |
| 13 | #Menga_sen_kam
2-qism
Ishxonaga yetib kelishim bilan eshik oldida Farhod aka bilan to'qnashdim
-kech qolmadim, shundaymi? Iltimos, iltimos kech qolmading deng
Hansiragancha ko'zlarimni yumib Farhod akaga shu so'zlarni takrorlarkanman, u kulgancha javob qildi
-umuman olganda, o'n daqiqaga kech qolding...Biroq- u hafsalam pir bo'lganini ko'rib gapiga qo'shimcha qildi- mehmonlar hali kelishmadi
-rostanmi? Qanday baxt. Sizga eng yaxshi aka unvoni berilsin.
-unvonni keyin ola qolaman, sen doimgidek tushlik qilmagan bo'lsang kerak, ichkariga kirib bir nima yeb ol
-xo'p bo'ladi...Farhod akaga mamnuniyat bilan bosh chayqab, ichkariga yo'l olarkanman, to'xtab qo'shimcha qilishni unutmadim- hayaa, Farangistondan sizga salomlar...
-qabul qilindi deb hisoblayver
Tabassum qilgancha ichkariga kirar ekanman, Farangizga nisbatan hazillashib Farangiston so'zini qo'llashimizni o'zi bilmasligi haqida o'y o'tdi xayolimdan. Biroq hozir xayol suradigan vaqt emas, tezroq harakat qilmasam, gap tegishini o'ylab kiyinish xonasiga yo'l oldim. Chamasi yarim soatlarda tadbir boshlandi. Eshik oldida mehmonlarni kutib olarkanmiz, ular zal tomonga o'tgandan so'ng, ularga ichimliklar tarqatish xizmati ham bizning zimmamizga yuklatilgandi. Inglizlar qahvani sevadigan xalq bo'lishadi, o'zi. Shu sababdan ham, sovuq ichimlik o'rniga qahvalar tortilishi kerak edi, tadbir rejasi bo'yicha. Ingliz tilini yaxshi bilganim uchun qahvani tabassum va iltifot bilan tarqatish muammo bo'lmadi. Patnisimdagi so'nggi qahvani egasiga olib borish uchun ortga o'girilar ekanman, kutilmaganda kim bilandir urilib ketdim-u, qahvani yarmi mening, qolgan yarmi esa to'qnashgan odamimning kiyimidan joy oldi.
-kechirasiz, men bilmay qoldim. Kuydingiz...qattiq qo'rqqanimdan ko'zimni bir zumda yosh qopladiyu, qarshimdagi insondan qayta-qayta uzr so'ray boshladim
-qo'lim kuygani qalbim kuygani oldida hech nima emas...O'zingiz qattiq kuymadingizmi? qarshimdagi notanish shu gaplarni aytarkan, men faqat kiyimlaridangina erkak ekanligini sezib ulgurganim insonga ilk bor tik qarashga jur'at etdim. Jur'at etdim-u, uning yuzidagi samimiy tabassum meni biroz xotirjam tortishimga sabab bo'ldi.
-uzr so'rayman...garchi shunday bo'lsa-da, uning sinchkov nigohlariga dosh berolmadim, ko'zlarim yer chizib, to'tiqushdek yana "uzr" so'zini qaytara boshladim
-aybingizni boshqa yangi qahva bilan uzasiz unda
-yaxshi hozir olib kelaman
-yo'q, bu yerda emas. Biz yana uchrashamiz. Hozircha xayr...
U shunday deb kiyimini qahva dog'idan xalos qilish uchun yuvinish xonasi tomon ketarkan, yig'ilgan insonlarning savol to'la nigohlari ostida finjonning singan bo'laklarini yerdan yig'ib oldim-u, tez-tez yurib oshxona tomon ketdim.
Mehmonlar orasida voqeaning unutilishi ko'p vaqt olmadi. Sababi asosiy tadbir boshlanib bo'lgan, mehmonxona direktori sahna to'riga chiqib mehmonlarga atalgan nutqini o'qiy boshlagandi. Men esa hali ham boyagi holat ta'sirida edim. Ishdan haydashsachi degan o'y o'tardi xayolimdan. Sababi men to'qnashgan inson ham kiyinishidan mehmonlar orasida kelganlardan biri edi, gid, haydovchi yoki boshqa odam bo'lishidan qat'iy nazar u mening ustimdan arz qilishi mumminligini xavotirga qo'yardi meni. Xavotirimni battar oshirayotgan narsa esa uning endi yig'ilganlar orasida ko'rinmayotgani edi. Biroq bir fikr ko'nglimni biroz bo'lsa-da xotirjam qilardi: uning sokin tabassumi, samimiy boqib turgan nigohlari u bu voqeani jiddiy olmadi degan fikr uyg'otardi menda. Ha u yana nima dedi? Aybingizni boshqa qahva bilan uzasiz dedimi? Nahotki u mehmonxonalarga kelib turadigan "xotinboz" lardan biri bo'lsa? Ammo o'xshamadiku. Bundan tashqari, u yosh edi. Mendan atigi uch-to'rt yosh katta nari borsa. Bu esa uning "xotinboz"likka hali yoshlik qilishini ko'rsatadi. Uff, nimalarni o'ylayabman. Meni ustimdan arz qilmasa bo'lgani. Men birinchi ish joyimdan bunday sharmandali tarzda haydalishni istamayman axir. | 0 |
| 14 | Hikoyani davom ettiraman, albatta. Hozir ko'chish ishlari bilan bandman faqat. Uzog'i ikki-uch kunda yozib tashlayman | 0 |
| 15 | Bismillah, boshlavoldik
Fikrilarni kutaman | 0 |
| 16 | Uni ham xuddi o'zi akamdek ko'rardim. Farhod aka bilan bizni bog'lab turgan yana bir jihat bor ediki, qanchalik yaxshi yoki yomon bo'lmasin, u ham hikoyamdan o'rin olgan. Biz ya'ni kvartirant qizlar uch kishi bo'lib, hammamiz bir universitetning, ammo boshqa-boshqa fakultetlarning talabalari edik. Madina va Farangiz ham Toshkent viloyatidan bo'lib, biz Madina bilan bir shahardan ya'ni Angrendan, Farangiz esa Chinozdan edi. Universitet orqali tanishgan ikki yillik hayotimiz davomida, birga turib, bir-birimizga juda yaqin bo'lib ketgandik. Madina juda sodda, o'zimga o'xshagan biroz tortinchoqroq qiz edi, ammo u mendan bir narsada, xarakterimdagi vaqti kelganda paydo bo'ladigan jiddiylik va keskinlikning unda yo'qligida farq qilardi. U xuddi farishta misol juda beozor qiz edi.
Farangiz esa bizning tamoman aksimiz, shartaki, bir so'zdan qolmaydigan qiz bo'lib, shunday bo'lishiga qaramasdan ko'ngli toza va samimiy qiz edi. Farhod akani men bilan bog'lab turadigan yana bir jihat deganda shuni nazarda tutgandim, Farangiz va Farhod akam bir-birlarini yaxshi ko'rishardi va ularning muhabbati oshkora edi, ya'ni sodda tilda tushuntirganda ular "gaplashishardi".
Erta tong, soat qo'ng'irog'ining ilk tovushidanoq uyg'onarkanman, afsuski bu qo'ng'iroqning qayta-qayta jiringlashi han Farangizni uyg'otishga yetarli bo'lmadi. Madina esa allaqachon uyg'ongan
-Farang turgin endi...o'zimning hali tuzuk-quruq ochilmagan ko'zlarimni majburlab ochish uchun ularni ishqalarkanman, hatto gaplarim ham uni uyg'otishga kifoya qilmadi. Shundan so'ng, unga yaqinlashdim-u, hali yettinchi tushini ko'rayotgan sherigimni ikki yelkasidan tutib, turtkilay boshladim
-Farang tur, o'qishga kech qolasan...
Harakatlarim biroz foyda berib, u yotgan joyida bir g'inshib qo'ydiyu, ammo hali ham ko'zlarini ochmagan holda, gaplarimga javob qildi
-tinch qo'ysalaringchi...birinchi paraga bormayman
-sen qiz bir haftadan buyon birinchi paraga bormaysan...uni gapini sharttakilik bilan bo'larkanman, xona eshigi oldida Madina paydo bo'ldi. U har kuni ertalab turib bizga nonushta tayyorlar, Farangiz tushlikni zimmasiga olgan, men kechlikni tayyorlashim lozim edi
-turmadimi? U samimiy tabassum bilan menga savol yo'llarkan, tasdiq javobimni tinglagach, gapiga hazil bilan qo'shimcha qildi- tunda ikkigacha Farhodjon akasi bilan gaplashib chiqqanidan keyin shuda
-eyyy...Farangiz nihoyat yarim yuluq ochilgan ko'zlarini bizga tikdiyu, barmog'i bilan po'pisa qildi- gaplaringizni eshityabman. Sen, Madina, Umid akang bilan dil izhorlaring bitilgan yozishmalaringni o'qiganimni unutib qo'dingmi? Sen-chi, sen Zohi, sen bilan yigit topganingda gaplashamiz...
Ha aytgancha, ismimni aytish esimdan chiqib, ismim Zohida
-ohho, unda ancha kutishingizga to'g'ri keladi...unga yarim hazil, yarim chin javob qaytararkanman, negadir shu on xayolimdan "Rostdan shunaqamikan?"degan fikr o'tdi.
Nonushtadan so'ng, hammamiz o'qishga yo'l olarkanmiz, o'qishdan har galgidan ko'ra ertaroq chiqdim. Sababi bugun mehmonxonaga ertaroq borishim kerak,Angliyadan turistlar kelayotgani sabab, mehmonxonada kichkinagina "party" tashkillashtirilgan, men esa ishni ertaroq boshlash borasida ogohlantirilgandim...
Davomi bor...
Muallif: #Moviy_sharfli_qizaloq | 0 |
| 17 | #Menga_sen_kam
Muqaddima
Sevgi...Bu so'z kimni baxt osmonining eng yuqoriga cho'qqisiga olib chiqmagan? Kimni cheksiz tabassumlariga sabab bo'lmagan? Yana kimning jonini yoqmagan, kimni dunyodagi "eng baxtsiz" odamga aylantirmagan? Savolimga "men" deb javob bera oladigan inson bo'lmasa kerak, agar shunday odam topilsa ham, demak u hali "ishq" ko'chasiga kirmagan, sevgining quvonch-u shodliklarini, qayg'u va hasratlarini his qilib ulgurmagan. Sevmaganman, sevmayman ham deysizmi? Shoshilmang, sizni hali "buyuk dardlar" kutib turibdi. Ular yo'lda va hademay sizga yetib olishadi...
1-qism
Juda ta'sirchan edim, o'n besh yoshimda ilk bor sevib qolganim esimda, to'g'rirog'i kimnidir yoqtirib qolganim.Bu shunchaki maktabdagi muhabbat bo'lsa-da, sevganimning menga qiyo ham boqmagani juda alam qilgandi. Va o'shanda ilk bor sevgi, ishq masalasi bilan bog'liq mojarolarga hali hayotimda yetarlicha ko'p duch kelishimni tushungandim. Ilk bor o'shanda sevgi haqida turk qo'shiqchisi Elnar Xelilovning "Mecnun" qo'shig'idan ta'sirlanib yig'lagandim. Tasavvur qilyapsizmi? Umrida biror marta sevib ko'rmagan, yoshi ham atigi o'n beshda bo'lgan qiz muhabbat haqidagi qo'shiq sabab yig'layapti. G'alati-a? Ammo men ana shunday g'alati qizlar toifasidan edim.
O'n olti yoshimda ilk bor qo'limdan tutishga uringan o'g'il bola sinfdoshimdan qo'rqib qochib ketganman. Uning o'sha paytda hech qanday g'arazli niyati bo'lmagan bo'lsa-da, bu borada menda hali hech qanday tushuncha bo'lmagani uchun uni boshqacha tushunganman.
O'n sakkiz yoshimda ilk bor uyimizga sovchi kelganda, yuragimda tushunib bo'lmas og'riq his qilganman. Xuddiki,hozir meni majburlab erga berib yuborishadigandek, xonamga kirib soatlarcha yig'laganman. Xayolimda, sevganim bor-u, faqat uzoqda. U kelguncha, men o'zimni uning uchun asrashim kerak. Keyinchalik, xayolimdagilar faqat xayoldagi narsalar emas, hayotimda boshlanajak ilk muhabbat qissamning debochasi bo'lishini tushunmagan ekanman.
Maktabni bitirib birinchi urinishdayoq, o'zim xohlagan universitet-Jahon tillariga grand asosida kirdim. Albatta, bunda ota-onamning menga bergan ishonchlari, daldalari beqiyos. Oilada yolg'iz qiz farzand bo'lganim uchun, biroz erkatoy edim, biroq hech qachon ota-onamning menga ishonib bergan "erkinlik" larini suiste'mol qilgan emasdim. O'zimdan to'rt yosh katta bo'lgan akam Koreyada magistraturada tahsil olar, ukam esa maktabda to'qqizinchi sinfda o'qirdi. Oyim tikuvchi, dadam mahallamizdagi maktabda direktor edilar. Oyim va dadam ta'limimizga shu qadar jiddiy e'tibor qaratganlaridan, bizni o'zlari ishlaydigan maktabda o'qitishni istamadilar, sababi agar shunday bo'lsa, biz dadamga ishonib o'qishni tashlab qo'yishimizdan hadiksiradilar. Ammo avval aytganimdek, biz garchi boshqa maktabda o'qisakda, dadamning ishonchini oqlab, akam ikkimiz uni yaxshi baholarga tamomladik. Universitetdagi ta'limimning ikkinchi yili, soham- tarjimonlik bo'yicha tajribamni oshirish maqsadida ishga joylashishga qaror qildim. Bu qaysidir ma'noda moliyaviy mustaqillikka erishishim uchun ham yaxshi imkon edi, hech bo'lmaganda shaxsiy xarajatlarim, kvartira pulini o'zim to'lay olardim. Baxtga qarshi, soham bo'yicha birorta ko'ngildagidek ish chiqmadi, chiqsada, meni hali universitetdagi ta'limim yakunlanmagani tufayli ishga olishmadi. Shuning uchun biroz xunuk eshitilsa-da, poytaxtdagi mehmonxonalarning biriga qabul bo'limiga ishga joylashdim. Bunga avvaliga ota-onam va akam qattiq qarshilik bildirishdi, ammo aynan shu mehmonxonada o'zimizning shahrimizdan bo'lgan akamning yaqin do'sti- Farhod aka ham qorovul bo'lib ishlashini eshitishgach, xotirjam bo'lib, ishimga rozilik bildirishdi. Farhod aka ham Toshkentda uchinchi kursda o'qir, biroq o'qishga kechroq kirganiga qaramay kontraktga ilingandi. Shu sabab, ham oilasiga yordam, ham o'z- o'zini eplash uchun yarim stavka mehmonxonada, yarim stavka tunggi do'konda sotuvchilik qilardi. | 0 |
| 18 | Qaysi hikoyamni o'qimagansizlar?
O'qib turilar | 0 |
| 19 | Azizlar sizlar agar #moviy_sharfli_qizaloq ning barcha hikoyalarini o‘qimagan bo‘lsangiz bu yerdan barcha hikoyalarini 1-qismidan topa olasiz maroqli mutolaa tilayman☺️
1.👑❤️👑Malikam👑❤️👑
https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/4
2.🥀Yiglama gulim🥀
Yoxud
💧Ko‘zyoshlarga
toymagan dunyo
https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/25
3.🌸🌸Umrboqiy sevgi🌸🌸
https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/41
4.🌸🌿Munchoqkoz🌿🌸
https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/70
5.❤️⚡️Baxtim ozing⚡️❤️
https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/96
6.🤩🍀Bizga baxtlar yarashadi🍀🤩
https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/115
7.❤️🖇Shirin azobim
sevgi🖇❤️
https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/168
8.🥀Qo‘llarimni qo‘yib yuborma🥀
https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/209
9.✨Tortib olingan baxt✨
https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/248
10.💞SENI SEVMOQ
FAQAT
MENGA YARADHADI💞
https://t.me/baxt_hikoyam/8
11.🗡INTIQOM🗡
https://t.me/baxt_hikoyam/100
12.❤️♡S ns ♡❤️
https://t.me/baxt_hikoyam/200
13.<<Qalbimda Sensan>>
https://t.me/baxt_hikoyam/422
14.#Bu_sevgi
Yoxud
#Qanotsiz_oqqush
https://t.me/baxt_hikoyam/751
15. #Dil_siniqlarim
https://t.me/baxt_hikoyam/1611
16. #Baxtsizlik
https://t.me/baxt_hikoyam/1858
17. #Sòngan_yulduzlar
https://t.me/baxt_hikoyam/2239
18. #Taqdir
https://t.me/baxt_hikoyam/2449
Inshaolloh bundan keyin ham siz azizlarga yoquvchi bundanda qiziqroq hikoyalarni sizlarga taqdim etaman😊😍
Siz azizlardan yordam faqatgina kanalimiz a'zolariga kopayishiga hissangizni qo‘shsangiz | 0 |
| 20 | Manga pdf tayyorlab bera oladigan odam kerak, kompdami teldami farqi yo'q. Yordam bera oladiganlar bo'lsa @Ms_Rose04 ga yozvorilar. | 0 |
