cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

《《Baxt hikoyam》》

Assalomu aleykum va rahmatillohu va barokatuh... Kanalimizga xush kelibsiz Bu kanalda #Moviy_sharfli_qizaloq ning eng yangi hikoyalari tashlab boriladi Reklama uchun: @Ms_Rose04

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
271
Obunachilar
-224 soatlar
-107 kunlar
-1030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Bobur qizga achchiq gapni aytishga aytdiyu tomog'ida nimadir tiqildi. Qizning sodda boqib turadigan ko'zlari endi sodda emas, alamli edi. -Men siz o'ylagandek orsiz emasman - dadil gapirdi Rohila - Gapirganim gapim uchun pushaymon qildirmang! Lekin siz uyimizga nega bordingiz? - Rohila shamollagani uchun ovozi biroz yo'g'onlashdi. O'sha kuni Bobur kelganidan keyin dadasi hech nima demadi ham, umuman Bobur haqida gap ham ochmagan edi. -Dadang aytib bersin - Bobur shunday deb o'rindiqdan turdi. -To'xtang - Boburni ketmoqchi ekaniji sezib o'zi ham turdi. - Agar hozir hech nima deb ketsangiz va rostini aytmasangiz hammasi o'zgaradi. - Rohila ovozi titrab aytib, yig'lamaslikka harakat qilardi. Bobur ortiga o'girilmay yon tomonidan Rohilaga ko'z qiri bilan qaradi. -Yo'qotadiganim yo'q. Shundey ekan o'zingni ham meni ham qiynama. Men senga umid bermadim va umid bermaslik uchun ham uzoq yuribman - Bobur bu oxirgi gapim degandek jiddiy ohangda gapirib, shaxdam qadamlar bilan ketdi. Rohila ichidan qirindi o'tsa ham indamay qolaverdi. O'rindiqqa boshqa bemorlar kelib o'tirgani uchun o'zini qo'lga olib shifoxonani oldi tomoniga keldi. Kelsa Bobur mashinasini yonida turgan ekan. Rohila bundan hayron qolmadi. Hamshira olib chiqqan sumkasini olib ketmoqchi bo'ldi ammo Bobur hali ham turgani uchun endi hayron qoldi. -Men seni uyingga tashlab qo'yaman degandim. Kech bo'lib qoldi - Bobur biroz tin olib, gapini davom ettirdi. - Taksi chaqirib qo'ydim. Bobur shuncha gapdan keyin Rohilani olib ketolmasligini bilib, taksi chaqirgan edi. Ichidagi tushunib bo'lmas tuyg'ular tobora isyon qilardi. *** Ruhsora tunda uyqusi kelmay instagramga kirdi. Kirishi bilan birinchi bo'lib Zufarni akkauntini qidirdi. Ertalab bir o'quvchi qiz so'raganda aytgandi, esida qolgan. Tezda profilini topib kuzatdi. -Oxo hali shunaqa oshpaz babnikman deng - sochlari uzun qiz bilan rasmini ko'rib asabiy kulimsirab, Zufarning postlarini ko'rishda davom etdi. Yana huddi shu qiz bilan rasmga tushgan ekan, keyin yana bir boshqa qiz bilan. Sochi uzun qizni belgilab qo'ygan ekan. Qizning profilini ustiga bosdi. -Sarafro'z rose - qizning profilini o'qib ensasini qotirdi. - Bu endi nima ekan, ismmi yo gulmi? - Sarafo'z asosan atirgullar rasmini estetika qilib joylar ekan. Ruhsora barchasini ko'rib bo'lgach, yana Zufarni profilini qaytadan ko'rdi va hayoliga bir fikr keldi. O'zi ham bu fikrdan ayyorona tabassum qilib, yostig'ini quchoqladi. -Qani bir boshingni aylantiraychi oshpaz! - Ruhsora shunday deb miyig'ida past ovozda kuldi. Yon tomonida uxlab yotgan opasi Sarvinozni ustini yopib qo'yib, o'zi ham uxlashga yotdi.
Hammasini ko'rsatish...
9👍 2🥰 2🔥 1
Ozorim o'zing -Nega bularni aytyapsan? - ovoz ohangi o'zgardi Boburning. Rohila esa buni sezdiyu yigitga hayron qaradi. -Shunchaki - gapirishga ikkilanib, o'ylanib qoldi. - Shunchaki uyimizga sovchi jo'natmoqchi ekaningizni bilaman - Rohila bu gap qiz bola uchun hos emasligini bilsada, dangal aytdi. -Bekorga bizning uyga kelmaysizku unda! - Bobur qizning bu gapini eshitgach asl haqiqatdan xabari yo'q ekanidan chuqur nafas olib, ko'zlarini yumib ochdi. -Buni yashirishingizga hojat yo'q. Siz o'ylaysizki dadam sizni qo'ymaydi. O'sha kuni sizga qattiq gapirganini ham bilaman. Dadam ham asabiy edi - Rohila to'xtamasdan gapirar ekan, Bobur ensasini qotirib atrofga qaradi. -Shuning uchun ham menga 2 yildan beri gapirmay yurasiz. Bobur aka - Rohila yigitni ismi bilan chaqirib, o'ziga qarashini kutdi. -Bobur aka bilaman, menga umid berib - huddi nafasi to'xtagandek yutundi - Menga umid berib, o'zingiz mendan uzoqlashishingiz g'alati emasmi? Boshida qarindoshimni ishini gaplashgani kelganimizda, umuman boshqacha inson edingiz. Lekin endi mendan o'zingizni olib qochasiz. Men, bilasizmi - Rohila gapini davomi ayta olmadi. Bobur qizga asabiy qarab to'xtatishini aytdi. -Qanday qilib menga hozir bularni aytyapsan? - qoshini chimirib gapirdi. - Meni kimligimni bilmaysan. Senga gapirsam nima, gapirmasam nima? Men senga hali umid bermaganman! - Boburni gapirish ohangidan qat'iylik ufurib turardi. Rohila kichikroq ko'zlarini Boburning ko'zlariga qaratib hayron qoldi. -Ahir men sizni deb shuncha sovchilarni qaytardim - Rohila Boburni qizda ko'ngli bor ekanini aniq bilar edi. Shuning uchun ishonch bilan gapirar ekan, negadir qo'llari endi qaltiray boshladi. Bobur bir zum tushunarsiz va masxaranomuz kulib so'ng qizga hissiz qaradi. -Nahot shunchalar orsiz qiz bo'lsang? - Rohila ushbu jumlani eshitib boshiga bir ulkan tog' qulagandek bo'ldi.
Hammasini ko'rsatish...
15👍 5🔥 1
-Issig'i bor - o'ziga qarab qolgan Rohilani nigohini payqab, qo'lini oldi. - Bunday holatda avvalo shifokorga ko'rinish kerak. Hoziroq shifoxonaga boramiz. E'tirozlar esa qabul qilinmaydi - Bobur o'zini e'tiborsizdek ko'rsatishga qancha urinmasin, baribir ko'zidagi xavotir sezilib turardi. Ishxonasidan chiqib mashinasini qizdirdi. Qizlar chiqqach ularni yaqin shifoxonaga olib bordi. Mashina oynachasidan ranglari oqarib ketgan Rohilani ko'rib yuragiga g'ul g'ula tushdi. Shifoxonaga kelishi bilan zudlik bilan Rohilani olib kirib ketishdi. Bobur ortiga qaytib ketmoqchi ediyu, lekin bo'lmadi. Ichida nimadir uni qolishga undadi. Shifoxonaning hovlisida joylashgan o'rindiqlardan biriga o'tirib, operator ishchisini chiqishini kutdi. Yaxshi hamki, Rohila va qarindosh dugonasi ikkisi bir joyda ishlaydi. Tushlikdan ham o'tib ketgani uchun Sherbek telefon qilaverdi. Oxiri aytishga majbur bo'ldi. -Haligi Rohilani ahvoli yaxshi bo'lib qoldi. - operator ishchi kelib dedi - Siz ketavering. Ishxonadagilar ham sizni qidirib qolishgan bo'lsa kerak. -Yo'q - Bobur o'rindiqdan turib egnidagi kostyumni to'g'irladi. - Siz ketavering men o'zim olib borib qo'yaman Rohilani - og'zidan qanday bu gap chiqdi hatto o'zi ham bilmaydi. Operator ishchi ham shuni kutgandek tezda ketdi. Yana bir necha daqiqalardan keyin ichkaridan Rohila chiqdi. -Meni kutdingizmi? - Rohila o'rindiqda boshini egib o'tirgan Boburni ko'rib oldiga bordi. -Shunchaki o'zing ketolmasligingni bildim - qizni ancha ahvoli yaxshi ekanini bilgach sekin mashina tomon yurdi. Rohila ham mashina yoniga kelib, mashinaga suyandi. -Biroz gaplashaylik - kutilmaganda berilgan taklif Boburni esankiratib qo'ydi. Mashina eshigini endigina ochgan edi va yana qayta yopdi. -Bu taklifmi yoki iltimos? - qo'lini shimining cho'ntagiga soldi va qizning yoniga o'tib mashinaga suyandi. -Qanday qabul qilishingiz o'zingizga bog'liq. Shunchaki gaplashib oladigan gaplarimiz ko'p deb o'ylayman - yigitga qarab jiddiy qiyofada aytdi. -Gaplarimiz? - ko'z qiri bilan Rohilaning nigohlariga qaradiyu, yaxshi degandek boshini qimirlatdi. Ikkisi shifoxonaning orqa tomondagi bog'iga o'tishdi. Yam yashil maysazor yoniga borib, o'rindiqqa o'tirdi. Rohila suhbatlashib o'tirgan odamlarni kuzatar ekan, yuziga ajib tabassum yugurdi. -Uyimizda sizni ko'rgan kunim ajablangan edim - gap boshladi Rohila - Dadam bilan suhbatlashdingiz. Men negadir qo'rqdim. Siz nimadir deysiz-u dadamni mendan jahli chiqadigandek - Bobur uylariga ilk marta borgan kunni eslab gapirdi. -Dadang? - hayoli boshqa joyda ammo qizga pastroq ovozda dedi. -U meni dadam - qiz hiyol jilmayib dedi. - Kichikligimizdan doim ona qizim deb erkalaydi. Balki shuning uchun ham onamga o'xshagandirmiz. Buvim ham doim onangni o'zisan, hech biringiz dadangizga tortmadingiz, deb hazil qilib bizdan arazlab olardi - yigit qizning mayin tabassum bilan gapirishini jimgina kuzatib turar ekan, ichidan qandaydir hislar g'alayon qila boshladi. Birdan qizning ko'zlari o'ziga qaratilganini bilgach, boshqa tomonga qarab oldi. -Sizni esa negadir dadamga o'xshataman... - qizning hayolchan aytgan gapidan tezda qizga qaradi.
Hammasini ko'rsatish...
6👍 2🔥 1
Ozorim o'zing -Oyog'im tagida o'ralashganni yomon ko'raman - Zufar atrofida qo'lida telefon bilan aylanayotgan qizga bir qarab dedi. Ruhsora Zufarning gapini ilg'ab to'xtab qoldi. Barcha Ruhsoraga qarayotgani uchun, past kelgisi kelmay yana o'zi ishini davom ettirdi. Ruhsora Zufarga yaqinroq kelib tayyor bo'lay degan taomni videoga olar ekan, sekin yigitga ko'z qiri bilan qarab qo'ydi. -Men o'z ishimni bajarayapman! Yoqmasa ham chidashga majbursiz - Ruhsora yigitni oyog'ini atay bosib, narigi tomonga o'tdi. - Voy uzr, ko'rmay qoldim - Zufarning asabiy qisilgan ko'zlariga bir qarab, bilmagandek uzr so'radi. Ruhsora bu holatdan qancha zerikmasin majburligidan ishini bajardi. Qilingan 5 xil narsalarni videoga olib, keyin o'ziga yoqadigan fransuz salatini tanavvul qilish uchun chetroqda turgan stol stulga kelib o'tirdi. Hammasi o'zini ishi bilan band. Hech kim e'tibor bermaydi deb bemalol yeb olmoqchi edi. Ammo chuchvarani hom sanagan ekan, Zufarning yoniga kelib tomoq qirishidan ko'zini suzdi. -Bu salatni egasi bor - Ruhsora likopchani tortib olib, peshonasida qoqqan qoziqdek turgan Zufarga hayron qaradi. -To'g'ri aytsangiz shuni berardim - telefonini olib jahl bilan stuldan turdi. Zufar lab chetida kulib, so'ng qoshini chimirdi. -Restaranda umuman boshqacha edingiz. Nima bir kunda inson shunchalik o'zgarishi mumkinmi? - bo'shagan stulga o'zi joylashdi Zufar. -Sizga nima ekan-a? - Ruhsora umuman bu yigit bilan tortishgisi kelmay, boshqa gapirmadi. Zufar ham nimadir deyish shart emasligini bilgach, stuldan turdi. Ruhsorani yonidan o'tayotib, qizga juda yaqin kelib kuldiyu o'tib ketdi. Ruhsora bunga ahamiyat bermagan bo'lsa ham sochlari orasiga urilgan issiq nafasni sezib seskanib ketdi. *** Bobur xodimlar uchun mo'ljallangan oshxonada qahva ichib o'tirar ekan, chap tomondagi stollarda o'tirgan qizlarga qarab qo'yardi. Rohila bir necha bor aksirgani uchun xavotirli qarab qo'ydi. -Rohila rostdan ahvoling yaxshimi? - yana aksirib, boshini ushlagani uchun qarindoshi so'radi. -Ha yaxshiman - chuqur nafas oldi - Shunchaki shamollash. Xavotirli narsa emas - Rohila kipriklari og'irlik qilishidanmi, ko'zlari yumilay derdi. -Baribir ham. Doktorga borishing kerak. - Rohilani peshonasiga qo'lini qo'ydi - Issig'ing yo'qmi? Lovvillab yonayapsan - Rohila qarindoshining gapini eshitib, o'zi ham issig'ini tekshirib ko'rdi. Yo'q deya boshini qimirlatib turdi. -Ishlarimni tugatishim kerak. Sen ham bo'l. Balki ertaroq ketarmiz - Rohila telefonining soatiga qaradi. Birdan Rohilani boshi aylanib, oyog'i chalkashdi. Qarindoshi bilagidan ushlab ketishi kerakligi aytdi. Ammo Rohila ishini tashlab ketolmasligini bahona qilib, xotirjam qahva ichib o'tirgan Boburga qaradi. Bobur qahva idishini qattiq siqib, xavotir bilan o'tirdi. Lekin ohirigacha sabri yetmay, qizlarni yoniga shahdam qadamlar bilan bordi. -Ketsang bo'ladi - o'ta jiddiy ohangda gapirib, ko'zlarini u yoq, bu yoqqa qaratardi. -Ishim bor - Rohila keskin aytdi. Ammo anchagina shamollagan Rohila, mazasi bo'lmay ketardi. Madori ham qolmagan insonga o'xshab qolgan edi. -Rohila ahvoling yaxshi emas - qarindoshi qizni suzilib qolgan ko'zlarini ko'rib o'ziga suyadi. Bobur ko'ziga juda ham ozib ketgandek tuyilgan qizga qarab, tezda qo'lini peshonasiga qo'ydi. Rohila olovdek yonayotgan peshonasida muzdek kaftlarni sezib, bilinar bilinmas jilmaydi.
Hammasini ko'rsatish...
7👍 2
Ruhsora oilaning ikkinchi farzandi edi. Oilada 4 qiz farzand bo'lib, opasi Sarvinoz, Ruhsoraning o'zi, keyin egizak singillari Fotima va Zuhra. Otasi Abdug'ani aka hech ham o'g'il farzandim yo'q deb nolimagan kishilardan edi. Mahallada mahalla raisi bo'lib ishlaydi. Onasi oliy ma'lumotli ona tili va adabiyot o'qituvchisi bo'lsa ham, ishlamay uy bekasi bo'lib qolgan. Opasi Sarvinoz o'qishni bitirib, rus tilidan dars berardi. Singillari esa hozirda tibbiyot kollejida o'qishyapti. Ruhsora esa oilaning eng qaysar qizi edi. O'qishni istamaydigan, fikr-u hayoli taniqli insonlar bilan ishlash. Shuning uchun ham jurnalistika yo'nalishida o'qidi. Ammo ishlamadi. O'ziga mos ish topa olmadi. Endi esa smm va mobilografiyani yaxshilab o'rganib, shu soha bo'yicha bir oshpaz ustoz bilan ishlaydi. Har bir darsinu video montaj qiladi va yordamchi. -Agar pulingiz bo'lsa berib keting - Fotima ertalabki nonushtani qilib bo'lganlaridan so'ng turib dasturxonni yig'ishtira boshladi. -Shuncha pulni nima qilaypsizlar? - yonida kamroq puli borligi uchun biroz jahli chiqdi Ruhsorani. - Ahir kecha dadam pul bergan ediku - sumkasidan 100 ming so'mlik pul chiqarib stolga qo'ydi. -Nima qilardik? - ko'zini suzib, kesatdi Zuhra - Amaliyotimiz bor. Fotimani boshqa shifoxonaga yozishgan. Ikkimizga ham pul kerakda - piyolalarni yuvayotgan egiziga qarab, so'ng Ruhsora bergan pulni oldi Zuhra. Ruhsora uydan chiqib o'zi uchun anchayin qadrli bo'lib ishiga yo'l oldi. Bugungi kunni ancha kutgan edi. Bugun maxsus fransuz taomlarini pishirib o'rgatadi. Bahonada Ruhsora ham o'rganib oladi. Ikki qavatli bino yoniga kelib, endi kelayotgan tanish ayol qizlar bilan salomlashdi. Ularning barchasi Ruhsorani yaxshi tanib qolishgan. Barchalari Ruhsorani videochi laqabi bilan ataydigan bo'lishgan. -Keldingmi Ruhsora? - egniga olov rangli ko'ylak kiygan zamonaviy ayol Ruhsorani ko'rib sergaklandi. -Bugun qarindoshimnikida to'y bilasan-a? - Ruhsora boshini tasdiq ishorasida qimirlatdi. - Bir tanishimni aytdim. Bugungi darsni o'tib beradi. Juda zo'r oshpaz. Ayniqsa italyan va fransuz taomlariga usta - Hilola oshpaz stullardan biriga o'tirib, Ruhsoraga tanishini maqtay boshladi. -Men nima qilay unda? - Ruhsora telefon va narsalarni tayyorlashni boshladi. - Videoga olaymi? Yoki shart emasmi - yoyilgan sochlarini kichkina qistirgich bilan yig'ishtirib, Hilola oshpazga qaradi. -Videoga ol - buyruq bergandek dedi - Instagramga ham qo'yishimiz kerak. Ha yana - nimadir esiga tushgandek shoshib qoldi - Instagramga qo'yganingda tanishimni belgilab qo'y. Bugun ekspert mehmonimiz deb, tushunarlimi? -Yaxshi unda kelaversin - Ruhsora hamma birin ketin kirib kelayotganini ko'rib, Hilola oshpaz aytgan tanishini qachon kelishini o'yladi. Chamasi 15 daqiqalar kutgach, umuman kutmagan inson ichkariga kirib keldi. Agar oshpaz deb Hilola opaning dugonasini nazarda tutgan edi. Ammo umuman hayoliga ham kelmagan va kutilmagan inson kelib, hammani hayron qoldirdi. Ikki uch kishilar orasida pichur pichirlar boshlangan, ba'zilar esa Hilola oshpazni ketishidan norozi edi. Ruhsora tilini tishlab olgandek Hilola oshpazning tanishidan ko'z uzmay qarab turgan payt, o'ziga qadalgan ko'zlarni sezib boshqa tomonga qaradi. -Kunim mana shunday boshlanishini bilganimda uydan bir qadam ham chiqmasdim - o'ziga eshitilar darajada pichirlab gapirib, telefonini kanerasini o'chirdi. Xo'rsinib narsalarini yig'ishtirishni boshlagan edi, Hilola oshpazning chaqirgani to'xtatdi. -Tanish bu mening ukam desam ham bo'ladi - Ruhsora ortiga qarab indamay qarshisidagi yigitga boshdan oyoq nazar soldi. - Bugungi oshpaz va ekspert. Sen unga yordam ber, maylimi? -Yaxshi - pastroq ovozda gapirib, qovog'ini uyib turgan yigitga yana qarab qo'ydi. -Ismi Zufar. Malakali oshpaz - Hilola oshpaz Ruhsoraga tanishtirib, jilmaydi. - Zufar bu Ruhsora yordamchim va mobilografim - jiddiy turgan Zufarga aytdi. -Tanishganimdan xursandman - Zufar kutilmagan holda Ruhsoraga qo'lini uzatdi. Nima qilishini bilmagan Ruhsora, qoraga bo'yagan ko'zlarini Zufarning jiddiy nigohlariga qaratdi.
Hammasini ko'rsatish...
14👍 5🔥 1
Ozorim o'zing Bobur va Sherbek aytilgan joyga borib tezda ishlarini hal qilishdi. Shoshilib chiqqan Bobur Sherbekka o'zi ketishini aytib, manzilini boshqa tomonga o'zgartirdi. O'sha barchaga mashhur "Muhtaşem" restaranini oldiga to'xtadi. Restaranga o'ychan qarab, mashinadan tushdi. Restaran ichiga kirib ofitsant boshlagan tomonga yurdi. -Menga oshpazni chaqirib bering - stulga o'tirib ofitsantga qarab, so'ng atrofga qaradi. -Tinchlikmi aka? - negadir hadiksiradi ofitsant. -Tinchlik ukam - jilmaydi Bobur - Shunchaki bir ishim bor. Chaqirib berasizmi? - ofitsantni javobini kutib, jiddiy qaradi. Ofitsant boshini qimirlatib, oshxona tomonga ketdi. Bobur 10 daqiqadek kutib o'tirdi. Qo'lini qovishtirib stulga suyanib o'tirdi. Oshxona tomondan egnida fartugi bor do'stini chiqqanini ko'rib, yuziga ayyorona tabassum yugurdi. Zufar mijozlarga bir qur nazar tashlab, do'stini yoniga keldi. -Xush kelibsan - Bobur bilan yelka quchib salomlashgach, do'stining qarshisidan joy oldi. -Ishlayapsan ekan - jiddiy gap boshladi Bobur - Xabarimiz yo'q. -Shunday - o'rik sharbatidan ho'plab boshini qimirlatdi. So'ng oyna tomonga qarab tikilib qoldi. -Dadangchi? - Bobur qarshisida oldingi Zufarni ko'rmagach, o'ylanib qoldi. - Shuncha yil yo'q deb, qancha urushlar qilib baribir ko'ndirdingmi? -Avvaliga dadamga bildirmadim - qo'lini iyagi tagiga qo'yib gapini boshladi. - Lekin qayerdandir qulog'iga yetib boribdi. 2-3 kun dadam gapirdi. Kecha ham ancha gapirgan edi. Lekin charchaganman, indamay chiqib ketdim uydan - Zufar telefoni soatiga qarab qo'ydi. -Hmmmm - Bobur nimadir gap aytishga o'ylanib qoldi. Boshini sarak sarak qilib, qoshini uchirib qo'ydi. -Mayli Bobur - Zufar o'rnidan sekin turdi - Ishimga qaray. Ertaga bemalol oldinga o'taman - ikkisi qo'l bilan xayrlashdi. Bobur restaranga kelgani uchun bira to'la ovqatlanib oldi. *** -Gapirasizmi? - Ruhsora yig'lash ko'zi ishib ketgan opasini yoniga o'tirdi. Yelkasiga qo'lini qo'yib, o'ziga qaratdi. -Opaaaa - cho'zib gapirdi Ruhsora. - Meni ham yuragimni ezyapsiz. Gapirsangiznchi? Nima Alisher nimadir dedimi? -Yo'o'q - hiqillab boshini qimirlatdi. - Oyim "agar sovchisi kelmasa, shu yaqinda kelgan sovchilarga beraman. Yoshing 25 ga kirdi. Uylanib ajrashgandan sovchi kelishni boshladi. Jonga tegdi" deb meni urushdi. - Sarvinoz singlisiga dardini aytib, yana yig'lashni boshladi. -Obbo - labini burdi Ruhsora. - Oyim aytaveradi. O'sha Alisheringizga ayting sovchisini jo'natsin unda - Ruhsora opasining yigitini rossa urshib urgisi keldi. Ammo opasi Sarvinoz hafa bolmasin deb indamadi.
Hammasini ko'rsatish...
9👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
https://t.me/tabriknomaxayotxon Hozirgi kunda video tabriknomalar va ovozli tabriklar urfga kirgan agar sizlarga ham shunday tabriknomalar kerak bo'lsa, ushbu kanaldan ma'lumotlarni olib bemalol buyurtma berishingiz mumkin. Marhamat🫶🏻
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Va shu oy tugashi bilan bu kanaldan adminlikdan olinaman 💔. Hikoya yozish faoliyatimni tugataman. Ammo sizlarga boshqa bir yangilik bilan keldim 😁.
Hammasini ko'rsatish...
🔥 6
Assalomu aleykum hammaga bilaman hikoyani tashlamayapman. Chunki yozolmayapman. Kecha doktor ko'zimni charchaganini aytdi. Repititorga borasizmi dedi, yoq talabaman desam, nima ish qilasiz deb soradi. Telefonda video montaj, ovoz yozaman dedim (hikoyalar yozishimni aytmadim). Endi bularni kamaytirasiz iloji boricha 23.00 dan keyin telefonga qarashni to'xtating dedi. Lekin men videomakerlikdan va ovoz yozishdan voz kecholmayman 🥹. Hikoyani esa kamroq yozib tashlab shu oy tugataman. Ertaga hikoyani tashlayman. Uzr kuttiryotganim uchun🫶🏻
Hammasini ko'rsatish...
6
#parcha -U meni dadam - qiz hiyol jilmayib dedi. - Kichikligimizdan doim ona qizim deb erkalaydi. Balki shuning uchun ham onamga o'xshagandirmiz. Buvim ham doim onangni o'zisan, hech biringiz dadangizga tortmadingiz, deb hazil qilib bizdan arazlab olardi - yigit qizning mayin tabassum bilan gapirishini jimgina kuzatib turar ekan, ichidan qandaydir hislar g'alayon qila boshladi. Birdan qizning ko'zlari o'ziga qaratilganini bilgach, boshqa tomonga qarab oldi. -Sizni esa negadir dadamga o'xshataman... - qizning hayolchan aytgan gapidan tezda qizga qaradi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 5🔥 2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.