Iqtisodiyot va boshqaruv │ SDTU
Open in Telegram
© SDTU Iqtisodiyot va boshqaruv fakuletining rasmiy sahifasi Savollar, takliflar, muammolar: Axmedov Nazarbek - Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari +998945751664 Abdukarimov Beknazar - Yoshlar ittifoqi fakultet yetakchisi +998991840631
Show more748
Subscribers
+12224 hours
+1287 days
+11830 days
Posts Archive
#OrientationWeek
#RahbariyatBilanTanishuv
🔺Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori — Chidem Janbay Turkyilmaz
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
🔅Telegram — @Dr_ChidemTurkyilmaz
🔅Instagram — http://instagram.com/drcigdemcanbayturkyilmaz
SDTU Axborot xizmati
✅Telegram I ✅Instagram
✅Facebook I ✅YouTube
Repost from SDTU │ Rasmiy kanal
#OrientationWeek #TanishtiruvHaftaligi #OWeek2026
Orientation Week — Tanishtiruv haftaligi
🟣 Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv haftaligiga start beriladi.
🗓 7–11-sentabr, 2026-yil
🔘 7-sentabr — ochilish marosimi va fakultetlar bilan tanishuv
🔘 8-sentabr — o'quv jarayoni, kredit-modul tizimi, grantlar
🔘 9-sentabr — ilmiy ishlar, laboratoriyalar va startap markazlari
🔘 10-sentabr — ijtimoiy hayot, ichki tartib-qoidalar, talabalar klublari
🔘 11-sentabr — xalqaro dasturlar, raqamli xizmatlar va yakuniy konsert
⚡ Tantanali ochilish 7-sentabr kuni soat 09:00 da universitet Bosh o'quv binosi oldida bo'lib o'tadi.
🔗 To'liq dastur
SDTU Axborot xizmati
✅Telegram I ✅Instagram
✅Facebook I ✅YouTube
🇺🇿 MUSTAQILLIK — BUYUK VA EZGU QADRIYAT!
Aziz yurtdoshlar!
Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Mustaqillik — xalqimizning erkin va farovon hayot sari intilishi, milliy qadriyatlarimiz, tinchligimiz va bunyodkorligimiz timsolidir.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, ilm-fan va ta’limga berilayotgan e’tibor kelajakka bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamlamoqda.
🌿 Yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
✨ Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida barchamizga ulkan zafarlar yor bo‘lsin!
@SamDAQU_IB
Repost from Dr. Chidem Turkyilmaz SDTU rektori
Aziz O'zbekistonliklar, hurmatli Hamkasblar va qadrli Talabalar!
🇺🇿 Sizni O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbdan tabriklayman!
Mustaqillik — har bir xalqning eng oliy qadriyati. O'tgan 35 yil davomida O'zbekiston o'z taraqqiyot yo'lini tanladi, dunyoga ochildi va bugun xalqaro hamjamiyatning ishonchli hamkoriga aylandi.
O'zbekiston bugun o'z tarixiga sodiq qolgan holda kelajakka intilayotgan mamlakatdir. Ta'lim va ilm-fan sohasiga qaratilayotgan e'tibor mamlakat kelajagiga qo'yilayotgan eng ishonchli sarmoyadir. Bizning umumiy vazifamiz — yoshlarimizni ana shu kelajakka munosib tayyorlashdir.
Barchangizga mustahkam sog'liq, oilaviy farovonlik va ishlaringizda muvaffaqiyat tilayman. Yurt osmoni doimo musaffo, xalq hayoti tinch bo'lsin!
🎉 Mustaqillik ayyomi muborak bo'lsin!
Hurmat bilan, SDTU rektori
Chidem Janbay Turkyilmaz!
Telegram | Instagram
Repost from SDTU 24│(SamDAQU 24)
#natija #oʻqishnikoʻchirish
📣O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi🖋 2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga! 💬 Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi. 🔎Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin. 🏬 O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.
😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda🕊Telegram📱Instagram🕊Info chate
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
Repost from SDTU │ Rasmiy kanal
#diqqat_e‘lon
📣 Ta’lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari e’lon qilindi!🖋 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2- va 3-bosqich hamda magistratura mutaxassisliklarining 2-bosqich talabalari uchun 2026/2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ta’lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari e’lon qilindi.
Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablari asosida amalga oshirildi.🔣 Grantlarni qayta taqsimlashda talabalarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiy faolligi inobatga olindi. 🎓 Talabalar 2026/2027-o‘quv yilida ta’lim granti asosida tahsil olish huquqiga ega bo‘lganliklari haqidagi natijalarini quyidagi bot orqali bilib olishlari mumkin: ➡️ @SDTU_Grant_Taqsimotibot SamDAQU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
Repost from SDTU 24│(SamDAQU 24)
#rasmiy_xabar
📣 2026/2027-o‘quv yilida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida o‘quv jarayonlari:
🔺1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
🔺2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
Repost from SDTU 24│(SamDAQU 24)
+4
🧑💻Kontrakt to‘lovi uchun Ta’lim kreditini qanday olish mumkin?🎓 Yangi o‘quv yili oldidan talabalarni qiziqtirayotgan asosiy masalalardan biri — kontrakt to‘lovi. ↔️ Xalq bankining imtiyozli Ta’lim kreditini “xazna” ilovasi orqali ONLAYN rasmiylashtirish mumkin. 🗂 Asosiy shartlar:
🔎 xotin-qizlar uchun — 0%; 🔎 yigitlar uchun — 14%; 🏬 imtiyozli davr — o‘qish davri + 6 oy; 🗓 asosiy qarz — o‘qish tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.🆔 Kredit davlat, xususiy va xorijiy oliy hamda professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi shaklda kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun ajratiladi. ⌨ Eng muhimi, kredit olish uchun bankka borish talab etilmaydi. Ariza topshirishdan boshlab rasmiylashtirishgacha bo‘lgan jarayon “xazna” orqali onlayn amalga oshiriladi. 👆 Qanday rasmiylashtirish kerak? Bosqichma-bosqich yo‘riqnoma karuselda.
😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
Hurmatli Eshmurodov Mas’udjon
Sizni tavallud kuningiz bilan fakultet jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, uzoq umr, baxt-saodat va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti jamoasi
Repost from Dr. Chidem Turkyilmaz SDTU rektori
OGOHLANTIRISH: MENING NOMIMDAN SOXTA AKKAUNT!
❗️ So'nggi kunlarda mening ismim va rasmimdan foydalanilgan holda soxta (fake) akkauntlar orqali Telegramda ayrim xabarlar yuborilmoqda. Ushbu xabarlarda turli bahonalar bilan shaxsiy ma'lumot, hujjat yoki moliyaviy ma'lumotlarni so'rashmoqda.
Bu — firibgarlik. Bunday xabarlarning menga hech qanday aloqasi yo'q.
Men shaxsan hech qachon:
🟣 Telegram yoki boshqa messenjerlar orqali sizdan hujjat, parol, kod yoki moliyaviy ma'lumot so'ramayman;
🟣 "tekshiruv" yoki "so'rovnoma" nomi ostida shaxsiy suhbatga taklif qilmayman.
📌 Nima qilish kerak:
🟣 Bunday xabarlarga javob bermang, havolalarni bosmang;
🟣 Yuboruvchini darhol bloklab, shikoyat qiling;
🟣 Skrinshotini saqlab, universitetning rasmiy telegram boti - @samdaqu_murojaat_bot orqali menga xabar bering;
🟣 Har qanday rasmiy murojaat faqat tasdiqlangan rasmiy manbalar orqali amalga oshirilishini unutmang.
❗️ Ehtiyot bo'ling va bu ogohlantirishni yaqinlaringiz, hamkasblaringiz bilan ham baham ko'ring — bu firibgarlikning oldini olishga yordam beradi.
Hurmat bilan,
Chidem Turkyilmaz
Samarqand davlat texnika universiteti rektori
Telegram | Instagram
Repost from SDTU 24│(SamDAQU 24)
#ijara_markazi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti talabalari diqqatiga!🏠 2026/2027-o‘quv yili davomida universitetga imkon qadar yaqin hududlarda joylashgan ijara xonadonlari haqidagi e’lonlar muntazam ravishda quyidagi Telegram kanal va guruhida joylashtirib boriladi. 🔺@sdtu_ijara_markazi 🔺@talabalarga_ijara Kanalga va guruhga a’zo bo‘ling va o‘zingizga qulay ijara xonadonini toping!
😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
Repost from SDTU │ Rasmiy kanal
#quruvchilar_kuni
🏗️ Sharafli quruvchilar va kelajak me’morlari!
O‘zbekiston Respublikasi qonunining 450-son 1-moddasiga binoan, avgust oyining ikkinchi yakshanbasi — Qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti 60 yillik faoliyati davomida minglab me’morlar, quruvchilar, restavratorlar, shaharsozlar, qishloq arxitektorlari hamda 2000-yildan buyon dizaynerlarni tayyorlab kelmoqda. Ularning fidokorona mehnati tufayli yurtimizning shahar va qishloqlarida zamonaviy maktablar, shifoxonalar, xavfsiz ko‘priklar, mustahkam yo‘llar, qulay bekatlar va yillar sinoviga bardosh beradigan bunyodkorlik inshootlari qad rostlamoqda. Sizlar bugun nafaqat bino va inshootlar, balki kelajak avlodning farovon hayoti, xavfsizligi va qulay yashash muhitini barpo etmoqdasiz. Bugun chizilgan har bir loyiha ertaga kimningdir uyi, ish maskani, ilm dargohi yoki tarixiy obidasiga aylanadi. Qadrli quruvchilar, me’morlar, loyiha mualliflari va soha fidoyilari sizlarni Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Poydevoringiz doimo mustahkam, loyihalaringiz mukammal, bunyodkorlik yo‘lingiz esa ulkan zafarlarga boy bo‘lsin. Omadingiz armaturadek bukilmas, muvaffaqiyatingiz kran kabi yuksak, bunyodkorlik salohiyatingiz esa yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilishda davom etsin! Bayramingiz muborak! SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
