en
Feedback
SDTU 24│(SamDAQU 24)

SDTU 24│(SamDAQU 24)

Open in Telegram

(SDTU) Samarqand davlat texnika universiteti bugungi kungacha: ◾️15.07.1966 — SamDAQI tashkil topdi ◾️03.05.1967 — Mirzo Ulug‘bek nomi berildi ◾️08.11.2022 — SamDAQU nomi berildi ◾️26.05.2026 — SDTU nomi berildi Axborot xizmati xodimi: @Tohirjon_Tolibov

Show more
9 513
Subscribers
-2624 hours
-1987 days
-27330 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
Oct '26
October '26
+20
in 5 channels
September '26
+656
in 9 channels
Get PRO
August '26
+1 331
in 9 channels
Get PRO
July '26
+955
in 6 channels
Get PRO
June '26
+1 327
in 10 channels
Get PRO
May '26
+1 740
in 6 channels
Get PRO
April '26
+2 402
in 4 channels
Get PRO
March '26
+356
in 7 channels
Get PRO
February '26
+915
in 9 channels
Get PRO
January '26
+2 452
in 3 channels
Get PRO
December '25
+2 973
in 12 channels
Get PRO
November '25
+1 803
in 14 channels
Get PRO
October '25
+1 494
in 22 channels
Get PRO
September '25
+3 009
in 6 channels
Get PRO
August '25
+1 932
in 12 channels
Get PRO
July '25
+2 614
in 9 channels
Get PRO
June '25
+1 272
in 6 channels
Get PRO
May '25
+502
in 8 channels
Get PRO
April '25
+157
in 8 channels
Get PRO
March '25
+1 213
in 9 channels
Get PRO
February '25
+310
in 6 channels
Get PRO
January '25
+2 689
in 9 channels
Get PRO
December '24
+212
in 10 channels
Get PRO
November '24
+912
in 9 channels
Get PRO
October '24
+131
in 4 channels
Get PRO
September '24
+1 311
in 4 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
07 October0
06 October+2
05 October+13
04 October+5
03 October0
02 October0
01 October0
Channel Posts
#diqqat_tanlov Talabalar uchun startaplar bo‘yicha “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi e’lon qilindi. Kimlar qatnas
#diqqat_tanlov Talabalar uchun startaplar bo‘yicha “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi e’lon qilindi. Kimlar qatnashadi: Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr va magistratura bosqichi talabalari.
Bosqichlar: Saralash. Har bir OTMda o‘tkaziladi va eng yaxshi 3 ta g‘oya keyingi bosqichga chiqadi. Respublika bosqichi. Bu bosqichda g‘oliblar aniqlanadi. Grantlar (jami 300 mln so‘m): 1-o‘rin (1 ta) — 100 mln so‘m; 2-o‘rin (2 ta) — 50 mln so‘mdan; 3-o‘rin (4 ta) — 25 mln so‘mdan.
✅ Shartlar: ▶️ Arizalarni e’londan keyin bir oy ichida o‘zingiz tahsil oladigan OTM saralash komissiyasiga topshirasiz. ▶️ Bir talaba muallif sifatida faqat 1 ta loyiha bilan, jamoa a’zosi sifatida esa ko‘pi bilan 2 ta loyihada qatnashishi mumkin. G‘oliblar yanvar oyining oxirgi 10 kunligida taqdirlanadi. Ular venchur fondlar, investorlar va akseleratorlar bilan tanishtiriladi. 🤝 @fardtu_nauka telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

2
#Milliy_sertifikat DIQQAT, E'LON! Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi 📣 Chet tilini bilish dar
#Milliy_sertifikat DIQQAT, E'LON! Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi 📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra: ☑️ imtihonning yozma qismi – 10-11-oktyabr kunlari; 🎙 gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi – 12-oktyabrdan 23-oktyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi. 🆔 Talabgorlar my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin. ⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi. 🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. ⛳️ Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-10-07-2 ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram
1 760
3
Samarqandda 18 soat davomida elektrda uzilishlar bo‘lishi mumkin 7-oktabr kuni Samarqand viloyatining barcha tumanlarida elektr ta’minotida vaqti-vaqti bilan uzilishlar kuzatilishi mumkin. «Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali ma’lum qilishicha, bunga 500/220/10 kV kuchlanishli «So‘g‘diyona” podstansiyasining T-1 transformatorida ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi. Ta’mirlash ishlari 7-oktabr soat 00:00 dan 18:00 gacha davom etishi rejalashtirilgan. Shu vaqt oralig‘ida viloyatning turli hududlarida elektr vaqtincha o‘chib yonishi mumkin.
3 604
4
#yil_talabasi_2026 ❗“Yil talabasi—2026” tanlovining fakultet bosqichiga start berildi! 🖋 Samarqand davlat texnika universite
#yil_talabasi_2026 ❗“Yil talabasi—2026” tanlovining fakultet bosqichiga start berildi! 🖋 Samarqand davlat texnika universitetida faol, iqtidorli, bilimli va tashabbuskor talabalarni aniqlash, ularning yutuqlarini e’tirof etish hamda yoshlarni yangi marralar sari rag‘batlantirish maqsadida «Yilning eng faol talabasi» tanlovining fakultet bosqichiga saralash jarayonlari boshlandi! 🎓 Ushbu tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta'tilsiz) kunduzgi ta‘lim shaklida tahsil olayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. 🗂 Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o'tkaziladi: 🟢“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”, 🟢“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”, 🟢“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, 🟢“Yilning eng faol sportchi talabasi”, 🟢“Yilning eng faol iqtidorli talabasi”, 🟢“Yilning eng faol ijodkor talabasi”, 🟢“Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun). ➡️Yilning eng faol yil talabasi tanlovi nizomi bilan tanishing 💰 Tanlovning universitet bosqichi g‘oliblari quyidagi miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi; 🥇 - o‘rin — 8 BHM (3 520 000 so‘m); 🥈 - o‘rin — 6 BHM (2 640 000 so‘m); 🥉 - o‘rin — 4 BHM (1 760 000 so‘m). 💰 Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi; 🥇 - o‘rin — 15 BHM (6 600 000 so‘m); 🥈 - o‘rin — 10 BHM (4 400 000 so‘m); 🥉 - o‘rin — 8 BHM (3 520 000 so‘m). 💰Ma'lumot uchun: BHM ning 1 barobari  440 000 so'm ➡️ Shuningdek, tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda pul mukofoti bilan taqdirlanadi. ➡️ Respublika bosqichi g‘oliblari esa vazirlik diplomi va maxsus statuetka bilan taqdirlanadi. ❗ Agar siz o‘z yo‘nalishingizda faol bo‘lsangiz, yutuqlaringiz va tashabbuslaringiz bilan ajralib tursangiz — ushbu tanlovda o‘zingizni sinab ko‘ring!Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Telegram | Instagram | Info chat
2 586
5
#yil_talabasi ❗O‘zbekistor Respublikasi oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yilning eng faol talabasi” tanlovining nizomi Telegram| Instagram|Info chat
2 486
6
#saqlab_qo‘ying ❗Kunduzgi ta’limdagi talabalarning bilimini baholash (studiya fanlaridan tashqari) Oraliq nazoratlar (1-ON va
#saqlab_qo‘ying ❗Kunduzgi ta’limdagi talabalarning bilimini baholash (studiya fanlaridan tashqari) Oraliq nazoratlar (1-ON va 2-ON – har biri 30 balldan, jami 60 ball): 🟢55–60 ball – 5-baho, 🟢43–54 ball – 4-baho, 🟢36–42 ball – 3-baho hisoblanadi. Yakuniy nazorat natijalariga ko‘ra (maksimal 40 ballikda): 🟢37-40 ball —5-baho 🟢29-36 ball —4-baho, 🟢24-28 ball —3-baho hisoblanadi. 1-ON+ 2-ON+Yakuniy nazorat umumiy natijalariga ko‘ra (maksimal 100 ballikda): 🟢91-100 ball —5-baho, 🟢71-90 ball —4-baho, 🟢60-70 ball —3-baho hisoblanadi. ❗Talabalarga eslatma: ➡️Oraliq nazoratlar (1-ON va 2-ON – har biri 30 balldan, jami 60 ball)dan kamida 36 ball to‘play olmagan talaba Yakuniy nazoratga kiritilmaydi. ➡️Yakuniy nazorat (40 ball)dan kamida 24 ball olmagan talabaning bahosi HEMISga kiritilmaydi. ➡️Umumiy natija (1-ON + 2-ON + Yakuniy nazorat – 100 ball)dan 60 balldan past olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Telegram | Instagram | Info chat
2 799
7
❗️DIQQAT, E’LON! Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkaziladi Vazirlar Mahkamasini
❗️DIQQAT, E’LON! Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkaziladi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar tanlovning respublika bosqichida O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar fanlaridan maxsus test sinovlarini topshiradi. 🔰 2026/2027-o‘quv yili tanlovlari doirasida bakalavriat va magistratura bosqichidagi talabgorlar uchun test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. 🗓 Test sinovlari sanasi: 2026-yil 10-oktyabr. 📚 Test sinovlari quyidagi fanlardan o‘tkaziladi: – O‘zbekiston tarixi; – Axborot texnologiyalari; – Xorijiy tillar. ⏰ Muhim! Talabgorlar 10-oktyabr kuni soat 08:00 dan kechikmasdan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport yoki ID-karta bilan test o‘tkaziladigan binoga yetib kelishi lozim. 📍Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar: ⤵️ Qoraqalpog‘iston Andijon Namangan Farg‘ona Buxoro Xorazm Surxondaryo Qashqadaryo Jizzax Navoiy Samarqand Sirdaryo Toshkent viloyati Toshkent shahri Manzillar bo‘yicha yanayam batafsil ma’lumot: https://gov.uz/oz/edu/news/view/228181 Tanlov natijalari my.edu.uz elektron tizimi orqali e’lon qilinadi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2 471
8
#Qonunchilik_yangiliklari ❗️ O‘qish davomida oylik olish, mehnat staji to‘plash, grant va ijara imtiyozlaridan foydalanishni
#Qonunchilik_yangiliklari ❗️ O‘qish davomida oylik olish, mehnat staji to‘plash, grant va ijara imtiyozlaridan foydalanishni xohlaysizmi? Oliy ta’limda dual ta’limni tashkil etishning yangi tartibi belgilandi Prezidentning “Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-sentyabrdagi PF–209-son Farmoni qabul qilindi. Batafsil videoda👆 Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2 270
9
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinla
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri edi. *** Karimova Eʻzozxon Gapirjanovna Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar maktabgacha va maktab ta’limi vaziri edi. 👉 @xushnudbek 👈
2 536
10
#stipendiya ❗Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida Telegram | Instagram | Info chat
2 723
11
Telegram Premiumi borlardan ovoz berishlarini sórab qolamiz: https://t.me/boost/sdtu_samdaqu_samdaqi
546
12
#Qonunchilikdagi_yangiliklar Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning yangi mexanizmi joriy etiladi Vazirlar Mah
#Qonunchilikdagi_yangiliklar   Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning yangi mexanizmi joriy etiladi   Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentyabrdagi 518-son qarori bilan davlat organlari va tashkilotlarida mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash tartibi belgilandi.   Qarorda ko‘rsatilishicha, 2027-yil 1-yanvarga qadar davlat organlari va tashkilotlarida «Xavfsiz va hurmatga asoslangan  ish muhiti» axborot portali (Portal) joriy etiladi.   Shuningdek, davlat mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlari xavflarini davriy baholash va tashkiliy muhitni tahlil qilish yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi.   Muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanishi mumkin Shu kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan yana 519-son qaror qabul qilindi. Mazkur qaror bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilingan xodimlarga ish joyidan uchinchi oyga o‘rtacha oylik ish haqi to‘lash tartibi belgilandi hamda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlardan foydalanishda davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.   Diqqatga sazovor tomoni, mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilingan, umumiy mehnat staji 25-yildan kam bo‘lmagan 58 yoshdan 60 yoshgacha erkaklar va umumiy mehnat staji 20-yildan kam bo‘lmagan 53 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollarga  muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanishi mumkin.   Bunda YAIDXP orqali so‘rovnoma yuboriladi va unga mehnat shartnomasi bekor qilingani haqidagi buyruq nusxasi ilova qilinadi.   Ariza beruvchi ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinadi. Agar 3 oy davomida maqbul ish topilmasa, shaxs ishsiz deb e’tirof etiladi va muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun taqdimnoma Pensiya jamg‘armasiga yuboriladi. Telegram | Instagram | Info chat
2 784
13
📣Pedagog xodimlarning farzandlari diqqatiga! Hozirda kontrakt.edu.uz axborot tizimida vazirlik va idoralar o‘rtasida ota-onaning pedagogik faoliyatini avtomatik aniqlash bo‘yicha maʼlumotlar bazalarini tizimga integratsiya ishlari olib borilmoqda. Arizalarni qabul qilish imkoniyati tez kunlarda ishga tushiriladi. Ariza topshirish jarayoni boshlanganligi haqida qo‘shimcha e’lon beriladi. Telegram| Instagram|Info chat
2 507
14
#SavolJavob Pedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi❓ Chegirma kimlarga beriladi❓ Mazk
#SavolJavob Pedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi❓ Chegirma kimlarga beriladi❓ Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi. Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi. Chegirmadan qanday foydalaniladi❓ 1️⃣ Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi. 2️⃣ Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi. 3️⃣ Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi. Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi. Endi eng muhim savol: qancha to‘lanadi❓ Agar kontrakt summasi 100 foiz bo‘lsa: 30 foizi — chegirma; 70 foizi — talabaning to‘lovi. Ya’ni talaba kontraktning to‘liq 100 foizini emas, faqat 70 foizini to‘laydi. 70 foizlik to‘lovni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin: 1-usul — summani to‘liq to‘lash. Talaba chegirmadan keyingi 70 foizlik summani bir martada to‘laydi. 2-usul — bo‘lib-bo‘lib to‘lash. 1-bosqich: 25 foiz — 1-kursga tavsiya etilganlar uchun — 15-oktyabrgacha; — 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 1-oktyabrgacha. 2-bosqich: yana 25 foiz — 1-yanvargacha. Shunda jami to‘lov 50 foiz bo‘ladi. 3-bosqich: qolgan 20 foiz — 1-martgacha. Shunda jami to‘lov 70 foizga yetadi. Qolgan 30 foiz nima bo‘ladi❓ Kontrakt summasining chegirmaga to‘g‘ri keluvchi 30 foizlik qismi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1-maygacha oliy ta’lim tashkilotiga qoplab beriladi. Arizalar qachon topshiriladi❓ Hozirda kontrakt.edu.uz axborot tizimida vazirlik va idoralar o‘rtasida ota-onaning pedagogik faoliyatini avtomatik aniqlash bo‘yicha maʼlumotlar bazalarini tizimga integratsiya ishlari olib borilmoqda. Arizalarni qabul qilish imkoniyati tez kunlarda ishga tushiriladi. Ariza topshirish jarayoni boshlanganligi haqida qo‘shimcha e’lon beriladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2 795
15
❗Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni Telegram | Instagram | Info chat
2 573
16
#bu_muhim ❔ O‘z vaqtida to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan muddatga qadar to‘lovlar amalga oshirilmasa nima bo‘ladi? 🖋2026/2027-o‘quv yilning to‘lov shartini belgilangan muddatgacha bajarmagan talaba - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga 3-ilova “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 5-bob 36-bandning “e” kichik bandiga asosan talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin. 1-oktyabr — yuqori kurslar uchun kontrakt summasining 25% qismini to‘lashning oxirgi kuni. Shu o‘rinda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti hurmatli talabalar va ularning ota onalariga yana bir bor eslatib o‘tadi. Ko‘ngilsiz holatlar yuzaga kelmasligi uchun to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan talab va majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishlarini so‘rab qoladi. Telegram | Instagram | Info chat
2 925
17
#bu_muhim 📣Talabalarning kontrakt to‘lovlarini to‘lash muddatlari 🗓Oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: 🔅toʻlov miqdorining kamida 25 foizi yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktabrgacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha; 🔅toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi. ❗Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi toʻlov muddatlarini uzaytirishi mumkin. Telegram| Instagram|Info chat
2 649
18
#rasmiy_xabar 📣Sirtqi ta’lim talabalari diqqatiga! 🖋 Sirtqi ta’lim talabalari uchun 2026/2027-o‘quv yili, kuzgi semestr, da
#rasmiy_xabar 📣Sirtqi ta’lim talabalari diqqatiga! 🖋 Sirtqi ta’lim talabalari uchun 2026/2027-o‘quv yili, kuzgi semestr, dars mashg‘ulotlari quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi: 🗓 5-kurslar uchun — 19–31-oktyabr 🗓 4-kurslar uchun — 9–21-noyabr 🗓 3-kurslar uchun — 30-noyabr – 12-dekabr 🧑‍💻 HEMIS platformasida chaqiruv xatlari dars mashg‘ulotlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin yaratiladi. 📌Chaqiruv xatlari yaratilgach, bu haqda qo‘shimcha ravishda e’lon beriladi. 🎓 Talabalardan e’lonlarni kuzatib borishlari va HEMIS platformasidagi ma’lumotlarini o‘z vaqtida tekshirishlari so‘raladi. Telegram | Instagram | Info chat
3 423
19
#Tanlov2026 ENG FAOLLAR ANIQLANADI! TANLOVGA MARHAMAT! ✏️Sizning tashkilotingiz milliy malaka tizimini rivojlantirish, zamona
#Tanlov2026 ENG FAOLLAR ANIQLANADI! TANLOVGA MARHAMAT! ✏️Sizning tashkilotingiz milliy malaka tizimini rivojlantirish, zamonaviy kasbiy standartlarni joriy etish yoki malakali kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shyaptimi? Unda bu tanlov — SIZ UCHUN! 🇺🇿 Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti “Milliy malaka tizimi ishtirokchilari Respublika tanlovi”ni e’lon qiladi! Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: 🔹 “Eng faol kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi” 🔹 “Eng faol ish beruvchi tashkilot” 👍 Tanlov — ilg‘or tajribangizni namoyish etish, samarali tashabbuslaringizni ommalashtirish va faoliyatingizni respublika miqyosida e’tirof ettirish uchun imkoniyat! ⏰ Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va tegishli hujjatlar 2026-yil 12-oktyabrdan 28-oktyabrga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirishni so‘nggi kunga qoldirmang! Tanlov g‘oliblari diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi! 📌 Tanlov nizomi 👍 Tanlovda g‘oliblik uchun o‘z imkoniyatingizni sinab ko‘ring! ➡️Batafsil Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2 581
20
#Tabrik Bugun, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Xodimlar boʻlimi boshligʻi Jamolov
#Tabrik Bugun, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Xodimlar boʻlimi boshligʻi Jamolov Aminxuja O‘lmasovichning tavallud topgan kuni. Hurmatli Ustoz, sizni samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar va xodimlarning mehrini qozonishda bardavomlik tilaymiz. 😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda 🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
2 738