en
Feedback
Full Tuition | Study Abroad ✈️

Full Tuition | Study Abroad ✈️

Open in Telegram

Make your dreams real. Universities in: 🇺🇸 US 🇨🇦 Canada 🇦🇺 Australia 🇰🇷 Korea 🇩🇪 Germany 🇮🇹 Italy Admin: @ton_adres

Show more
The country is not specifiedEducation30 616
6 015
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Qoʻl siltash fikri kelib qolganda, nima uchun boshlaganingni esla. 👉 @lion_motivator

#Iqtibos Agar boshqalardan uzoqroqni ko'rgan bo'lsam, bunga buyuklarning yelkasida turganim sabab. ©️ Isaak Nyuton @Iion_notivator

Ahmoq 10 daqiqa vaqtingni olgan boʻlsa, 8 daqiqasi seni aybing. 👉 @lion_motivator

Jahon yoshlariga maktub: "Erta — bu zabt etilmagan kelajak!" Jahonning eng muvaffaqiyatli va puldor kishilaridan sanalgan Jek Ma yoshlarga eng ta’sirchan murojaatini yo‘lladi. Uni quyida e’tiboringizga havola qilamiz. * * * «Mening badavlat otam bo‘lmagan. Uch yil urinib universitetga kira olmaganman. Harvardga kirish uchun o‘n yil urindim, ular meni xohlashmadi. Oxir-oqibat o‘qituvchilar tayyorlaydigan kollej talabasi bo‘ldim. O‘sha kezlarda ish topish muammo edi. 1994-yillarda o‘qituvchilar o‘n dollar evaziga bir oy ishlashga rozi edilar. O‘ttizta idoraning eshigini qoqib bordim. Birortasi meni ishga qabul qilmadi. Maktabda ingliz tilidan saboq berar ekanman, hayotimni o‘zgartirishga bo‘lgan orzular menga tinchlik bermas edi. Shunda internet degan yangilik haqida eshitib qoldim. Ko‘pchilik uning nimaligini bilmas edi. Men esa kun-tun o‘rgandim, unga oid manbalarni o‘qidim, istiqbolini o‘rgandim. Shunda menda internet orqali buyurtma olib, Xitoyda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni etkazib berishda vositachilik qiladigan kompaniya ochish fikri tug‘ildi. Atrofimdagilar mening ustimdan kulishar, g‘alati va bo‘mag‘ur fikrlar xayolimga qaerdan kelishini aytib, kalaka qilishar edi. Ish boshlashim uchun bankdan uch ming dollar olishga uch oy vaqtim ketdi. «Alibaba» kompaniyasi to‘g‘risidagi maqsadlarim xomxayol ekanini aytib, ko‘plab sarmoyadorlar meni rad etishdi. Men oldinda meni ulkan muvaffaqiyat kutib turganini sezar edim. Qattiq mehnat qildim. Oxir-oqibat ming mashaqqat bilan o‘n sakkizta sarmoyadordan ellik ming AQSh dollari to‘plashga erishdim. «Alibaba» uch yil mobaynida hattoki bir dollar ham foyda keltirmagan. Ammo meni nima ruhlantirgani qiziq bo‘lsa kerak? Bu — bizga maktub yo‘llayotgan mijozlar edi. Ular hozircha bizga katta miqdorda to‘lov to‘lay olmasliklari, ammo bu ishimiz ulkan g‘oya ekani, kelajagimiz oldindaligini yozishar edi. Ular ko‘pincha «Hozir bizga yordam bersangiz, biz kun kelib rivojlanamiz, o‘shanda biz sizga yordam beramiz, siz ham kuchli kompaniyaga aylanasiz», deb yozishar edi. Kichik foydamiz, sekin-asta kattalasha boshladi. Chindan ham, o‘n olti yil o‘tib, bizda hamma narsa bor edi: savdo platformalaridan tortib, elektron to‘lov tizimlari va dunyo bo‘ylab millionlab mijozlar va etakchi mahsulot ishlab chiqaruvchilar. Muvaffaqiyatli insonlardagi bosh umumiylik nima? Ijobiylik! Ular kelajak sari doimo ijobiy kayfiyatda borishadi. Ijobiylik odamga imkoniyatni yorqinroq ko‘rishga yordam beradi. Bugungi yoshlarning ko‘pi ish topa olmasligini pesh qilib nolishadi. Bu — xato! Atrofga qarang — biz imkoniyatlar asrida yashayapmiz! Sizning eng kuchli jihatingiz bor — siz yoshsiz! Bu imkoniyatlar orasida nimanidir boshqacha qila olishingizga ishonsangiz, bu to‘g‘risida o‘qib-o‘rganishdan erinmang. Haqiqiy tadbirkorlik — mehnat degani. Muvaffaqiyat qozonishni istasangiz, boshqalar uxlab yotganda siz o‘rganing, tong saharda shahar uyqudaligida siz imkoniyatlaringizni kengaytirish uchun ertaroq uyg‘oning. Hayotda yiqilishdan qo‘rqmaslik kerak. Ayniqsa, yoshlikda! Yiqilasiz, yana oyoqqa turasiz. Har qanday xato — beqiyos foyda! Har bir inson uchun erta — bu zabt etilmagan kelajak. Olg‘a borish kerak, harakat qilish kerak. Atrofdagilar sizga ishonsa-ishonmasalar, siz o‘z orzularingiz ro‘yobiga ishoning, jamoani bunga ishontiring! Yashashni ham unutmang. Biz hayotga ishlash uchun emas, baxtiyor bo‘lish uchun kelganmiz. Puldan qayg‘urmang! Agar siz orzularingiz ortidan quvsangiz, pul sizning ortingizdan quvadi!» 🔹"Biz g‘alaba qozonamiz" kitobidan @lion_motivator

Boshqalarga foydali bo'lish haqida Odamlarga foydang tegar ekan, javobi topilmas savollar, stress, yolg'izlik, maqsadning yo'qligi qiynamay qo'yadi seni. Xo'sh, foydali bo'lishing uchun birinchi qadamlar nimalardan iborat bo'lishi kerak? 1. Taniqli bo'l Hamma ishlaringni ommaga olib chiq ya'ni odamlarga ko'rsat, (maxfiy savoblardan tashqari albatta). Qancha ko'p odamlarga tanilsang, shuncha ko'p foydang tegadi. 2. Boy bo'l Kasbing yoki tadbirkorliging orqali boyib borayotganing, odamlarga katta foydang tegayotganini belgisi. Halol boyishga harakat qilar ekansan, sen odamlarga foydali bo'lishga intilyapsan demak. Boyib olgach, pullaringni foydali ishlarga sarfla. Boy bo'lishing endi jamiyatga ikki barobar foydali. 3. Keskin va kuchli fikrlar bildir. Keskin fikrlaring odamlar uchun foydali. Qaror qabul qila olmayotgan va ikki o't orasida yurganlar seni fikringni eshitib qaror qabul qilishlari osonlashadi. Fikringigga qo'shilmaydiganlar esa, bahslashish orqali o'z fikrlarini mustahkamlab olishadi. Fikrlaringni bo'lish. 4. Qimmat bo'l. Odamlar ko'proq pul to'lab sotib olgan kiyimlari va buyumlarini yaxshiroq asrashadi. Seminar qancha qimmat bo'lsa, bilet sotib olganlarning kelish ehtimoli shuncha oshadi. Biror tekin maslahatni pulga bersang, amal qilish imkoniyati oshadi. (mana nega treninglar rivojlanmoqda). P.S. Endi senga foydasi tegayotgan har qanday taniqli odamni bir eslab ko'r. Yuqoridagilarni barchasini bajarib kelyapti. Navbat senga. @farrukhsaliev

Bugun yana bir yuqori tashkilotga suhbatga bordim. Hammasi muvaffaqiyatli o’tdi. Shu kungacha ko’plab yuqori mansabli shaxslar bilan suhbat qilgan bo’lsam, bir narsaga doim amin bo’laman. Eng muhimi - muomala. Hatto bilimdan ham yuqori turadi. Agar ish va pul topmoqchi bo’lsangiz - bilim oling. Agar katta ish va katta pul topmoqchi bo’lsangiz - bilim oling va muomalani o’rganing. Bilimni qisqa muddatda olish mumkin. Ammo qadriyatlarni, insonga tegishli ijobiy fazilatlarni o’zlashtirish uzoq davom etadigan va mashaqqatli jarayondir. @farrukhsaliev

Sinov Bolalik vaqti akam noutbuk sotib olgan edi, yo'qligida berkinib o'ynar edim. O'yinda tinmay yutqazar edim, ammo keyingi bosqichga o'tmay qo'ymas edim. Har bir bosqich mashaqqatli edi, amallab o'tar edim va yana qiyinroq level. Hayot ham shunga o'xshar ekan, hech qachon doimiy baxt yoki qiyinchilik yo'q. Hammasi og'ir bo'lsa sabr qilaman, qattiq ishonaman-ki qiyinchilik ortda qoladi. Hammasi yaxshi bo'lsa ham suyunmayman, chunki ishonaman albatta og'irroq qiyinchilik kutib turibdi. Og'ir vaqtlardan o'tib borarkansan, ortga qarab ulg'ayyotganingni, mashaqqatlar sen o'ylagandek og'ir emasligini ko'rasan. Tabriklayman, keyingi bosqichga o'tding, endi yanayam og'irroq sinovlar bilan uchrashamiz. Hayot yaxshi va yomon kunlar qorishmasi, muhimi yaxshisida ham yomonida ham o'zlikni yo'qotmaslik ekan. @lion_motivator

Xohishlar Sen ularga keraklicha e'tibor bermayapsan Insonlar biror nimani qilishga juda ko'p vaqt sarflashadi. Lekin aslida nima qilish kerakligini o'ylashga, o'z xohishlarini aniqlab olishga ko'proq vaqt sarflash kerak. Mana misol uchun sen, qachon oxirgi marta smartfoningni bir chetga qo'yib, nima qilayotganing, qilishing kerakligi, nimalarni xohlayotganing haqida o'ylading? 3-4 daqiqa hisob emas, chunki eng zo'r va chuqur fikrlar 1 soat yolg'izlikda o'tirgandan so'ng keladi. Afsuski hozirgi chalg'ituvchi zamonda, ko'pchiligimizda birinchi chalg'ituvdan to ikkinchisigachan o'ylashga imkon bor xolos. Har kuni o'tirib 30 daqiqa o'zimiz bilan suhbat qurolmaymiz. Hayotdagi eng muhim xohishlaringni aniqlab olmas ekansan, muammolar kelib chiqaveradi. Chunki senda o'nlab xohishlar bor, hammasini qilging keladi. Qaysi biri eng muhimligini bilmaysan xatto. Balki bir nechtasi aniq tiniq ham emasdir. Demak yechim: 1. Har kuni o'zimiz uchun 30 daqiqa o'ylashga vaqt ajratamiz. \ 2. Bu vaqt davomida hamma xohishlarimizni ko'rib chiqamiz. 3. Asosiy qismi bir tiyinga qimmat xohishlar ekanligini tushunib yetamiz. 4. Hayotdagi asosiy maqsadimiz/xohishimizni topamiz. 5. Shunga erishgan odamni topib uni kuzatishni/eshitishni boshlaymiz. 6. Profit @lion_motivator

Odamlardan farishtalikni talab qilmang… Chunki bu dunyoda ojiz bandalar yashaydi farishtalar emas... Xar birimiz adashamiz, xato qilamiz, bilib-bilmay kimnidir ko'ngliga ozor beramiz.... Lekin ko'nglimizga ozor bergan o'sha yomonni ham, qandaydir bir yaxshi hislati... Biz uchun eng mukammal bo'lgan insonni ham bir yomon odati bo'ladi... Bizga ozorlarni eslab yurmasligimiz uchun unutish va kechirish tuyg'ulari berilgan... Agar kechira olmasak demak biz xam yaxshi odam emasmiz.. Shunday ekan yomon odamlar yo'q... shunchaki yomon odatlar bor xalos.... Yaqinlaringizdan va do'st-u yoringizdan kichkina yomon odati uchun voz kechmang... kechiring... unuting... 🙂 @lion_motivator

#Video Hamma prizdent bo'lishi kerakmi? ©️ Muhammadali Eshonqulov @lion_motivator

Bir marta ko’p qil… Bir ishni qilishga qiynalasan. Bu ish ko’plik yoki qiyinlik qiladi deb o’ylaysan. Masalan: 5 mahal farzni va sunnatni bajarish, 20 bet kitob o’qish, 2 soat dars qilish. Sen keragidan ko’proq qilib ko'r. Mana ko’rasan, bu ishlar oson bo’lib qoladi. Sen tunlari tahajjudga tur. Kunduzgi namozlar oson tuyiladi va malol kelmaydi. 200 betdan ko’p bo’lgan kitobni bir kunning o’zida tugat.Har kuni 20 bet kitob o’qish oson bo’lib qoladi. Bir kunning o’zida 8 soat dars qil. Kuniga 2 soat dars qilish odatiy hol bo’lib qoladi. Bir kun o’zingni majburla. Onginga sen ko’prog’iga qodir ekanligingni isbotla. Shunda onging(miyyang) bu ish oson ekanligini tushunadi chunki “qiyin” aslida nima ekanligini sen unga ko’rsatib qo’yding. 👉 @lion_motivator

Odamni oʻziga boʻlgan ishonchi qachon pasayib ketadi? 1. Oʻzingga vaʼda berib turib uni bajarmaslik. 2. Oʻzgalarning asosli-asossiz tanqidiga darrov ishonib ketaverish. 3. Maqtovni faqat atrofdagilardan kutish. Aslida oʻzingni oʻzing soatlab maqtab oʻtirishing mumkin. Ishon, bu maynavozchilik emas. 4. Oʻzingni kechira olmasliging. Hadeb oʻtib ketgan ishlarga, oʻtmishdagi xatolaringda oʻzingni ayblayverma. Oʻsha vaziyatda oʻsha ishlarni qilgansan. Tamom. Hamma xato qiladi. Qaytadan oʻqi. 👉 @lion_motivator

🇺🇿 Assalomu alaykum! Orqa fonni kesuvchi botimizda katta yangilik. Endi siz rasmlaringizni bepulga yuqori sifat kesishingiz
🇺🇿 Assalomu alaykum! Orqa fonni kesuvchi botimizda katta yangilik. Endi siz rasmlaringizni bepulga yuqori sifat kesishingiz mumkin. Bundan tashqari, passport uchun 3x4 rasm yasab beruvchi botimiz mutlaqo bepul qilindi. 🇷🇺 Привет! Отличные новости в нашем бот-режиме. Теперь вы можете бесплатно обрезать свои фотографии в высоком качестве. Кроме того, наш бот, создающий фото 3х4 на паспорт, стал совершенно бесплатным. 🇺🇸 Greetings! Big news in our background cutter bot. Now you can crop your photos in high quality for free. In addition, our bot that creates 3x4 photos for passports has been made completely free. 👨‍💻 Admin - @shavkatNor Bot 1 -@orqa_fonni_kesuvchi_bot Bot 2 - @passportmakerbot

Hech narsa oson emas ! 👉 @lion_motivator
Hech narsa oson emas ! 👉 @lion_motivator

Uzoqqa boradigan kishi - tavakkal qilishga jurati yetgan kishidir. Qo'rqoq odamgina o'z qayig'ini qirg'oqdan uzoqroqqa olib bormaydi

Doʻstlar 10 kunlik tanaffusdan soʻng botlarimiz oʻz faoliyatini boshladi. Shu bilan birga men oʻzim play marketda yagona boʻlgan birinchi ilovam taqdim etdim. Ilova yozuvni ovozga oʻgiradi. Ilova ostiga izoh va ratingni oshirish uchun yulduzcha qoʻysangiz xursand boʻlar edik. Baʼzi baʼzida ilovadagi reklama ustiga bossangiz yana mamnun boʻlardik. Asosiysi ilova yoqsa biz mamnunmiz 😊

Repost from N/a
🇺🇿 Assalomu alaykum! Bizning yangi loyihamizni qarshi oling! Endi siz Play Store da android qurilmalar uchun bizning TTS Uz
+5
🇺🇿 Assalomu alaykum! Bizning yangi loyihamizni qarshi oling! Endi siz Play Store da android qurilmalar uchun bizning TTS Uzbek ilovamizni yuklab olishingiz mumkin. Bu ilova orqali siz o'zbek tilidagi yozuvni ovoz ko'rinishiga o'tkazib beradi. Eng muhimi ilova bepul va tezkor 🇷🇺 Здравствуйте! Добро пожаловать в наш новый проект! Теперь вы можете загрузить наше узбекское приложение TTS для устройств Android в Play Store. С помощью этого приложения вы можете конвертировать узбекский текст в голос. Самое главное, что приложение бесплатное и быстрое. 🇺🇸 Hello! Welcome to our new project! Now you can download our TTS Uzbek app for android devices on Play Store. Through this application, you can convert Uzbek text into audio. Most importantly, the app is free and fast 👨‍💻 Admin - @firdavs_coder_uzb 🔗 Ilovaga Link - LINK

#motivatsiya ​​Baxtli hayot uchun maslahatlar! 1. O‘zing uchun pulni ayama. 2. Yoqyaptimi – ayt. 3. Bugungi kun bilan yasha: kecha o‘tdi, erta – bo‘ladimi, yo‘qmi. 4. Tushunmadingmi – so‘ra. 5. Uchrashmoqchimisan – taklif qil. 6. Nimadir xohlaysanmi – iltimos qil. 7. Bahslashmaslikka intil. 8. Tushunishlarini istaysanmi – tushuntir. 9. Aybing bormi – buni darhol ayt va oqlagani bahona izlama. 10. Unutma: har kimning o‘z haqiqati bor va u ko‘p ham sening haqiqatingga mos kelavermaydi. 11. Ahmoqlar bilan muloqotdan chetlan. 12. Hayotda eng muhimi – mehr, qolganlari – arzimas ishlar. 13. Insonning muammolari faqat uning ongidadir. 14. Atrof-olam yovuz ham, mehribon ham emas, bormisan, yo‘qmisan – unga baribir. 15. Har bir voqeadan zavq olishga harakat qil. 16. Doimo yodda tut: hayot bir marta berilgan. 17. Ezma bo‘lma. 18. Televizor ko‘rma, yo‘qsa uloqchaga aylanib qolasan. 19. Unutma, hech kimning oldida tiling qisiq emas. 20. Unutma, hech kim sening oldingda tili qisiq emas. 21. Siyosat bilan shug‘ullanma, u odamlarni yovuzlashtiradi. 22. Doimo faqat o‘z kuchingga ishon. 23. Va’dalarga emas, hissiyotlaringga tayan. 24. Ayollarga bolalarga bo‘lganidek sabr va xayrixohlik bilan muomalada bo‘l. 25. Ayollarni aya – ularga yashash qiyinroq. 26. Kayfiyating yomon bo‘lsa, esga ol: o‘lganingda shu ham bo‘lmaydi. 27. Tushun: buguning sen uchun hayotingdagi eng yaxshi kun! 👉 @lion_motivator

Repost from N/a
🇺🇿 Assalomu alaykum! Bizning yangi loyihamizni qarshi oling! Endi siz Play Store da android qurilmalar uchun bizning TTS Uz
+5
🇺🇿 Assalomu alaykum! Bizning yangi loyihamizni qarshi oling! Endi siz Play Store da android qurilmalar uchun bizning TTS Uzbek ilovamizni yuklab olishingiz mumkin. Bu ilova orqali siz o'zbek tilidagi yozuvni ovoz ko'rinishiga o'tkazib beradi. Eng muhimi ilova bepul va tezkor 🇷🇺 Здравствуйте! Добро пожаловать в наш новый проект! Теперь вы можете загрузить наше узбекское приложение TTS для устройств Android в Play Store. С помощью этого приложения вы можете конвертировать узбекский текст в голос. Самое главное, что приложение бесплатное и быстрое. 🇺🇸 Hello! Welcome to our new project! Now you can download our TTS Uzbek app for android devices on Play Store. Through this application, you can convert Uzbek text into audio. Most importantly, the app is free and fast 👨‍💻 Admin - @firdavs_coder_uzb 🔗 Ilovaga Link - LINK

Sadaqani kimga berish haqida Masjiddan chiqsang doimo bir necha ayollar baland ovozda yuragingni ezib ehson so'rayotganiga guvoh bo'lasan. Ayniqsa Jumadan keyin bo'lsa, har 2 metrda uchraydi. Boshida birinchi uchraganiga pul tashlab ketaverasan. Keyin puling cheklanganligi tufayli, eng muhtojiga beryapmanmi o'zi degan savol tug'uladi. Ba'zilar muhtojlikdan emas kasbi shu bo'lganidan tilanchilik qilayotgani, namoz boshlanishidan avval eng "yog'li" joy uchun dahanaki jang ketayotganini guvohi bo'lasan. "E umuman sadaqa bermayman bularga" - ko'nglingdan o'tadi. Men ham shu bosqichlardan o'tganman. Hozir esa boshqacha yo'l tutaman. Pulga haqiqiy muhtoj muslimani ajratib olishga harakat qilaman. Uning 2ta belgisi bor. 1. U hammaga o'xshab nomahram erkaklar yuradigan yo'lning o'rtasiga turib olmaydi. Bir chetda turadi. To'ti kabi bir gapni qaytaravermasdan, uyalganidan jim turadi. Chunki birinchidan sadaqa so'rab o'rganmagan, ikkinchidan rizq Allohdan ekanligiga ishonadi. 2. Biron nima sotayotgan bo'ladi. Yuqorida aytib o'tgan sabablarim tufayli. Buni o'rgatgan ahli ilm do'stimga katta rahmat. Shundan so'ng masjidga kirib chiqish ancha osonlashdi. 👉 @lion_motivator