Full Tuition | Study Abroad ✈️
Open in Telegram
Make your dreams real. Universities in: 🇺🇸 US 🇨🇦 Canada 🇦🇺 Australia 🇰🇷 Korea 🇩🇪 Germany 🇮🇹 Italy Admin: @ton_adres
Show moreThe country is not specifiedEducation30 616
6 015
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Boshqalarga foydali bo'lish haqida
Odamlarga foydang tegar ekan, javobi topilmas savollar, stress, yolg'izlik, maqsadning yo'qligi qiynamay qo'yadi seni.
Xo'sh, foydali bo'lishing uchun birinchi qadamlar nimalardan iborat bo'lishi kerak?
1. Taniqli bo'l
Hamma ishlaringni ommaga olib chiq ya'ni odamlarga ko'rsat, (maxfiy savoblardan tashqari albatta).
Qancha ko'p odamlarga tanilsang, shuncha ko'p foydang tegadi.
2. Boy bo'l
Kasbing yoki tadbirkorliging orqali boyib borayotganing, odamlarga katta foydang tegayotganini belgisi.
Halol boyishga harakat qilar ekansan, sen odamlarga foydali bo'lishga intilyapsan demak.
Boyib olgach, pullaringni foydali ishlarga sarfla. Boy bo'lishing endi jamiyatga ikki barobar foydali.
3. Keskin va kuchli fikrlar bildir.
Keskin fikrlaring odamlar uchun foydali.
Qaror qabul qila olmayotgan va ikki o't orasida yurganlar seni fikringni eshitib qaror qabul qilishlari osonlashadi.
Fikringigga qo'shilmaydiganlar esa, bahslashish orqali o'z fikrlarini mustahkamlab olishadi.
Fikrlaringni bo'lish.
4. Qimmat bo'l.
Odamlar ko'proq pul to'lab sotib olgan kiyimlari va buyumlarini yaxshiroq asrashadi.
Seminar qancha qimmat bo'lsa, bilet sotib olganlarning kelish ehtimoli shuncha oshadi.
Biror tekin maslahatni pulga bersang, amal qilish imkoniyati oshadi. (mana nega treninglar rivojlanmoqda).
P.S.
Endi senga foydasi tegayotgan har qanday taniqli odamni bir eslab ko'r. Yuqoridagilarni barchasini bajarib kelyapti. Navbat senga.
👉 @lion_motivator
Bizning charchoq ko'pincha ishdan emas, balki tashvishlanish, umidsizlik va g'azabdan kelib chiqadi,
©️ Deyl Karnegi
👉 @lion_motivator
Men undan yaxshiroqman.
Sen o'z ustida ishlaydigan va doimo o'rganishdan qochmaydigan insonsan. Demak hali hayotingda shunday vaziyatlar bo'ladiki, atrofingdagi odamlar sen oddiy deb o'ylagan narsalarni tushunmaydigan, haqiqiy muvaffaqiyat va baxt nimada ekanligi bilmaydigan bo'lib ko'rinadi.
Ichingda ularni fikrlashi, hayot tarzi va qilayotgan ishlarini tanqid qilishni boshlaysan, seni darajang yuqoriroq ekanligi haqida o'ylaysan. Bu fikrlar o'zingga ham yoqmaydi aslida.
Atrofdagi insonlar haqida tanqidiy o'ylamoqchi ekansan, to'xta, shunchaki hayotda hamma ham sen ega bo'lgan imkoniyatlarga ega bo'lmaganini eslab ko'r (qo'llab quvvatlovchi ota-ona, moliyaviy kenglik, aqlli do'stlar, tug'ilgan joying).
Shunda ularni tushunishing osonlashadi. Tanqid qilging emas, yordam berging, bilganingni ulashging keladi.
Unutma, haqiqiy o'sish - boshqalarni o'stirishdan boshlanadi.
👉 @lion_motivator
O'zingizning KOMFORT zonangizdan chiqing, yangi bilimlar o'rganing, shunda muvaffaqiyat ko'p kuttirmaydi!!!!
👉 @lion_motivator
Taraqqiyot yo'nalishi o'zgarishi haqida:
"Agar siz yetarlicha qaysar bo'lmasangiz, tajribadan juda tez voz kechasiz.
Agar yetarlicha moslashuvchan bo'lmasangiz, boshingizni devorga uraverasiz, lekin muammoni hal qilishning boshqa yechimini topolmaysiz"
Amazon asoschisi Jeff Bezos
👉 @lion_motivator
Kishi kim ekanligini bilish istasang, kimlarni sevishiga boq.
©️ Jaloliddin Rumiy
👉@lion_motivator
#Motivatsiya
Eng qiyini - xohlayotgan narsangni qilish emas, nima xohlayotganingni bilish.
Ko'pincha sen xohlayotgan narsa aslida seniki bo'lmaydi. Shunchaki jamiyat, do'stlar, ijtimoiy tarmoqlar, filmlar tomonidan singdirib borilgan bo'ladi.
Sen esa "men shu narsalarni xohlayman" deb o'ylaysan va harakatni boshlab yuborgach jarayon davomida doimo motivatsiya yetishmasligidan nolib yurasan.
Aslida motivatsiya hammada bor. "Hech narsa qilgim kelmaydi" deydigan odamlar ham, o'yin o'ynashga kelganda birdaniga motivatsiyaga to'la bo'lib ketishadi. Aslida motivatsiya nisbiy. U doimo bo'lishi uchun sen o'zingga yoqadigan va rostdan ham o'zing xohlaydigan ishni topishing kerak.
Endi savol, qanday topaman?
Test qilib. Hech kim o'z xohishini bolaligidayoq bilib umrini oxirigacha o'sha bilan ketmagan. Atrofingdagi barcha odamlar vaqt o'tishi bilan, o'z xohishlarini asta-sekin topib, unga ma'no berib, motivatsiya olib davom etib ketaverishgan.
Ba'zilarni omadi kelib 20 yoshidayoq o'z yo'lini topadi. Kimlardur 30-40 yoshida. Buning umuman ahamiyati yo'q. Chunki yo'llarimiz turli bo'lgani bilan, manzilimiz bir xil baribir.
Sen ham shu ishni qilishing kerak. Turli yo'llarda o'zingni sinab, holatingga baho berib, tanlab va tark etib ko'rishing kerak. Bu ishni sen uchun hech kim qilib bera olmaydi, uzr.
To'g'ri, qiynalasan, doimo yangi narsalar o'rganishga majbur bo'lasan, daromading tushib ketadi, malomatga qolasan, lekin ertami kechmi topgach, boshqa hech qachon motivatsiya, daromadsiz qolish vа foydali bo'lish haqida qayg'urmasang ham bo'ladi.
👉@lion_motivator
Ko'pchilikka ma'lum bironta instituga kirish uchun biror bir xorijiy yoki milliy sertifikatlar ball qo'shib beradi. Shulardan biri Multilevel - ingliz tili darajasini aniqlab beruvchi test hisoblanadi. Yuqoridagi sertifikat online o'qituvchimniki bo'ladi. Haqiqatdan ham kuchli o'qituvchi. Yaqinda imtihon topshirib 79 ball oldilar (maksimum 86). Bu juda yaxshi natija. Sizga ham shaxsan tavsiya qilaman.
@multi_level_test_22_23
👉 @lion_motivator
Glass ceiling broken, road cleared…
Thank you for your continuing faith and unwavering support!
#BandNine
@BekzodMirahmedov
Oʻrganish
Darsni koʻrib, eshitib mazmuni tushunilmaydi. Darsni mustaqil bajarib tushuniladi.
Arab harfni koʻrib oʻrganilmaydi, mustaqil oʻqib oʻrganiladi.
Birov yozganini kuzatibgina yozish oʻrganilmaydi, yozib oʻrganiladi.
1 marta oʻqib yodlanilmaydi, yodlab yodlaniladi.
Oʻqishga borib kelib oʻqilmaydi, kitob oʻqib oʻqiladi.
Mehnatni mehnat qilib tushuniladi.
Baxtlini koʻrib, baxtli boʻlmaydi kishi. Oʻz baxtini tan olib baxtli boʻladi.
👉@lion_motivator
Baʼzi qoidalar
1. Maslahat olmaydigan odamlaringdan, tanqidni ham olma.
2. Istalgan vaqt turib tark etishni xohlagan ziyofatlaringni oʻtkazib yuborishdan qoʻrqma.
3. Baʼzi odamlar seni 100 yildan keyin ham tushunmaydi, oʻzingni izohlama.
4. Ogʻriqsiz pul, muvaffaqiyat yoki mashhurlik keladi deb zinhor oʻylama.
5. Oʻzingdan qanday qilib deb soʻrashdan oldin, nima uchun deb soʻra.
👉@lion_motivator
✅ Qiyinchilik yetganda amal qilinadigan qoidalar!
🔺 Birinchi qoida: Musibatlangan faqat sen emas.
🔺 Ikkinchi qoida: Alloh taqdir qilgan narsa behikmat boʻlmas.
🔺 Uchinchi qoida: Foyda keltiruvchi va zararni daf qiluvchi yolgʻiz Allohdir, Allohdan boshqadan umid qilma.
🔺 Toʻrtinchi qoida: Senga yetgan narsa yetmay qolishi, yetmagan narsa yetishi mumkin emas.
🔺 Beshinchi qoida: Dunyoning haqiqatini bil, xotirjam boʻlasan.
🔺 Oltinchi qoida: Rabbingga chiroyli gumonda boʻl.
🔺 Yettinchi qoida: Alloh senga tanlagan narsa sen oʻzingga tanlagan narsadan koʻra yaxshiroq.
🔺 Sakkizinchi qoida: Musibat qancha ogʻirlashsa, quvonish shuncha yaqinlashadi.
🔺 Toʻqqizinchi qoida: Quvonish qanday kelarkin, deb oʻylama. Alloh bir narsani xohlasa, uning xayolga kelmagan sabablarini hozirlab qoʻyadi.
👉@lion_motivator
Ajoyib tasavvur qilish texnikasi
Agar siz nimadir haqida havotirlanayotgan bo‘lsangiz, qog‘oz bo’laklariga havotirlanishga sabab bo‘layotgan so‘zlaringizni yozing. Endi qog‘ozlarni birlashtirib unga o‘t qo‘ying va sizning tashvishlaringiz alanga ichida yo‘q bo‘lishiga guvoh bo‘lasiz. Bryus Li, buyuk jang san‘atining mahoratli ustozi, ushbu aqlni boshqarish uslubidan doimo foydalangan.
👉@lion_motivator
Puli yo‘qligidan hamma noliydi, aqli yo‘qligidan esa - hech kim.
© Benjamin Franklin
👉@lion_motivator
1) Shaxsiy rivojlanish vaqti
Har kuni ertalab bir soat vaqtingizni shaxsiy rivojlanish masalalariga bag’ishlang. Meditatsiya bilan shug’ullaning, yangi kuningiz qanday o’tishini tasavvur qiling, ilhom bag’ishlovchi matnlardan o’qing, kassetalar tinglang, yoki yaxshi kitob mutolaa qiling. Bu qisqa vaqtni yangi kuningiz uchun ruhingizni kuchquvvat va g’ayratga to’ldirish uchun sarflang. Haftasiga bir marotaba quyosh chiqishini kuzating yoki shunchaki tabiat bag’rida bo’ling. Kunning yaxshi kayfiyatda boshlanishi ruhingizning yangilanishiga va ishingizning samarador bo’lishiga sabab bo’ladi.
©️ Robin Sharma
MUVAFFAQIYATGA ERISHISHNING 200 t a SIRI.
👉@lion_motivator
1) Kamroq uxlang
Bu hayotingizni yanada unumdor va mazmunli bo’lishiga yordam beradi. Ko’pchilik insonlar salomatligi uchun 6 soat uyqu yetarli. 21 kun davomida har kuni 1 soat vaqtliroq uyg’onishga harakat qiling va bu asta-sekin doimiy odatga aylanadi. Yodda tuting, muhimi uyquning sifati, qanchaligi emas. Har oyda qo’shimcha 30 soat vaqtga ega bo’lsangiz, uni qanday muhim ishlarga sarflashingiz mumkinligini bir o’ylab ko’ring-a?!
©️ Robin Sharma
MUVAFFAQIYATGA ERISHISHNING 200 t a SIRI.
👉@lion_motivator
1) Kamroq uxlang
Bu hayotingizni yanada unumdor va mazmunli bo’lishiga yordam beradi.
Ko’pchilik insonlar salomatligi uchun 6 soat uyqu yetarli. 21 kun davomida har kuni 1
soat vaqtliroq uyg’onishga harakat qiling va bu asta-sekin doimiy odatga aylanadi.
Yodda tuting, muhimi uyquning sifati, qanchaligi emas. Har oyda qo’shimcha 30 soat
vaqtga ega bo’lsangiz, uni qanday muhim ishlarga sarflashingiz mumkinligini bir
o’ylab ko’ring-a?!
©️ Robin Sharma
MUVAFFAQIYATGA ERISHISHNING 200 t a SIRI.
👉@lion_motivator
Oqibati bor
Ustozi bergan vazifalarni yakunlamayapti, o’qishga kirolmaydi;
Unverga bormayapti, 72 soatdan o’tsa haydaladi;
Va’da qilgan uchrashuvga kech qolyapti, obro’si tushadi;
Kitob, maqola o’qimayapti, yangi mas’uliyatlar berilmaydi;
Loyihalarni vaqtida tugatolmayapti, oylik-lavozimi oshmaydi;
Sevganiga sovchi yubormayapti, boshqasiga berib yuborishadi;
Ayoliga yetarlicha e’tibor qilmayapti, muhabbat kamayadi;
Ota-onasiga munosabatda adolat qilmayapti, ishlari orqaga ketadi;
Ohiratga “pul” to’plamayapti, baribir o’ladi;
Ko’p oqibatlar oddiy deb bilgan ishlarni bajarmaslik badali bo’ladi.
“Bilaman, lekin, bajarmayman.“
👉@lion_motivator
Hayot 2 sababga koʻra qiyin boʻladi:
1. Sen komfort zonangga oʻralib qolgansan. Rivojlanmayapsan. Bir joyda turibsan.
2. Sen komfort zonadan chiqyapsan. Oʻsyapsan, rivojlanyapsan. Tepaga koʻtarilyapsan.
👉@lion_motivator
