en
Feedback
Full Tuition | Study Abroad ✈️

Full Tuition | Study Abroad ✈️

Open in Telegram

Make your dreams real. Universities in: 🇺🇸 US 🇨🇦 Canada 🇦🇺 Australia 🇰🇷 Korea 🇩🇪 Germany 🇮🇹 Italy Admin: @ton_adres

Show more
The country is not specifiedEducation30 616
6 015
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
HAR BIR G'OLIBNING CHANDIQLARI BOR!

Bir vaqtlar o’zim eshitgan ajoyib va ulkan xulosa bergan latifa haqida sizlar bilan bo’lishmoqchiman. O’rmon shohi sher o’ziga kechgi ovqat ro’yxatini tuzayotgan ekan. Shu vaqt yonidan tulki o’tib qolibdi. -Hoy tulki, kechki ovqat ro’yxatimga seni qo’shyapman. Kechga seni yemoqchiman, kechikmay kel, - desa tulki maxzun bosh silkibdi Birozdan so’ng bo’ri o’tib qolibdi -Bo’ri, kechki ovqat ro’yxatimga seni ham yemoqchiman, ro’yxatga qo’shdim. Kechqurun kelasan, - debdi Bo’ri ham taqdirga tan berib bosh silkib qo’yibdi xolos. Shu on qayerdandir quyon paydo bo’lib qolibdi -Hoy quyon, kechgi ovqat ro’yxatimga seni ham qo’shyapman. Seni ham yemoqchiman, kechikmay kel, - deya xitob qilibdi. Shunda quyon: “Agar kechqurun kelmasam nima bo’ladi?”, - deb so’rabdi. Sher: “Unda seni ro’yxatdan o’chirib qo’yaman”, - degan ekan. Hayotda ham ba’zida “Shuni qilmasam nima bo’ladi?” degan savolni berishga yoki tortinamiz, yoki qo’rqamiz. Balki bu savolni berganimizda biz uchun hayrlik, biz uchun manfaat bordir… @eonia13

PULNI USTIDA JIDDIY BO'LMASANG, JIDDIY PUL SENDA HECH QACHON BO'LMAYDI!

HAR KUNI ERTALAB Har tong Afrikada ohu uyg'onadi va u eng tez sherdan tezroq yugurishi kerakligi yoki uning o'ljasiga aylanishini biladi! Har tong Afrikada sher uyg'onadi va u eng sekin ohudan tez yugurishi kerakligini yoki ochlikdan o'lishini biladi! Sen shermisan yoki Ohu ahamiyati yo'q.QUYOSH CHIIQANDA YUGURAYOTGAN BO'LISHING KERAK

SIZNI AQLINGIZ MAGNIT Yaxshi narsalarni o'ylasangiz, yaxshi narsalarni jalb qilasiz. Agar muammolar haqida o'ylasangiz, muammolarni o'zingizga tortasiz. Yaxshi narsalar haqida fikrlashni odat qilib oling, har bir ishga ijobiy va optimistik yondashing. Biz nimani o'ylasak o'shanga erishamiz, shuning uchun ijobiy taraflarni o'ylang, hayot ham avtomatik ravishda ijobiy bo'ladi!

AGAR PULSIZ PUL QILA OLMASANG, PULING BO'LGANDA HAM PUL TOPA OLMAYSAN! 👉 @lion_motivator

ICHINGDAGI QO'QRUVNI YENGSANG - YENGILMAS BO'LASAN!

#musiqiy_iqtibos Burgut seni deganman “akam” kel Qoyanga chiqib ovni poylaymiz Sherlarga tegmaymiz ular o’zi kam Ko’payib ketgan tulki ovlaymiz... ©️ Javlon Sapoyev - “O’tdi besh kunlik davronim” @eonia13 - balki foydasi tegar…

Millionerlardan ba'zi tavsiyalar Millionerlar katta uylarni sotib olmaydilar. Katta uy, katta harajatlar degani. Ayniqsa, sen
Millionerlardan ba'zi tavsiyalar Millionerlar katta uylarni sotib olmaydilar. Katta uy, katta harajatlar degani. Ayniqsa, sen uyda emas kopincha ishxonada yoki safarlarda yursang, katta uy bekorga huvillab yotgani senga zarar.  Dunyo millionerlarning yarmini ayollari ishlaydilar.   Millionerlar o'zlariga pulni ishlatishdan ko'ra uni biron biznesga tikib, investitsiya qilishni yaxshi ko`radilar.

Sizda yetarlicha vaqt bor: 1 haftada 168 soat: 40 soat ishda 7 soat fitnesda 58 soat uxlash Va sizda 68 soat bo'sh vaqt bor. HOZIRDAN ISHNI BOSHLANG!

Gamperson qonuni Istalgan natijaga erishish ehtimoli xohish kuchiga teskari proportsionaldir. Ishga kechikkaningizda, tirbandlikka tushasiz, avtobus buzuladi, siz piyoda yurishga majbur bo’lasiz. Biroq, agar siz piyoda yurishga qaror qilsangiz, avtobuslar yoningizdan ketma-ket o’tadi. 👉 @lion_motivator

Davomi..... 4. Tashabbusni qo'lga oling Aksariyat odamlar hayotda oqim bo'ylab harakatlanishadi. Boshqacha qilib aytganda, ular doim hujum emas, himoya pozitsiyasini egallashadi. Biroq, bu millionerlar boshqacha yo'l tutishadi. Ular tashabbusni qo'lga olib, o'z kelajaklarini o'zlari belgilashadi va shu maqsadda harakatlanishadi. 5. Keng ko'lamda fikrlang O'tgan yili men ikki uyimni sotdim va bundan faxrlanib yurdim. Biroq zalda men o'tgan yilning o'zida 80ta uyni sotgan va yana bir, 950ta ko'chmas mulk ob`yektini xarid qilganlarni uchratdim. Men esa ikki uy sotishni – katta yutuq deb o'ylardim. Men ko'chmas mulk sarmoyachisi sifatida yangi hayot boshlashga qaror qildim. Mazkur tadbir yakuniga ko'ra, o'z oldimga yangi maqsad qo'ydim: joriy yilda 50 yoki undan ham ko'p mobil uylarni xarid qilish. Siz ham o'ylab ko'ring, ehtimol, sizning hayotingizda ham 10 karra ko'tarish mumkin bo'lgan imkoniyatlaringiz bordir? 👉 @lion_motivator

108 nafar millionerdan pullar, muvaffaqiyat va hayot haqida 9 saboq Forbes sharhlovchisi Brendon Terner 108 millioner ishtirokidagi uch kunlik konferensiyadan o'zi uchun olgan qimmatli saboqlari bilan bo'lishdi. 1. O'zingizdan aqlliroq kishilar bilan muloqot qiling. Men o'n yil davomida ko'chmas mulkka sarmoya kiritib kelganman. Bundan tashqari, iTunes'dagi eng mashhur podkastlardan birini boshqaraman. Biroq moliyaviy masalalarda atrofimdagi aksariyat kishilarga nisbatan hech narsa bilmasdim hisob. Millionerlar o'zlari uchun qulay muhit qidirishmaydi - ular uchun o'zlaridan-da omadli va mohir hamsuhbat topish qiziqroq. O'zingizni tartibga keltirmoqchimisiz? Qora belbog' sohibi va uch karate maktabi egasiga murojaat qiling. Sarmoya jalb qilishni o'rganyapsizmi? 100 million dollardan ziyod kapitali bo'lgan venchur kapitalistning oldiga boring. Turmushingizda muammolar paydo bo'ldimi? U holda turmush qurganiga 40 yildan oshgan insonlargagina murojaat qiling. Millionerlar biror yangilikni o'rganish mumkin bo'lgan kishilar bilan muloqot qilishadi. 2. Boylik faqat puldan iborat emas. Men bu gapni mutlaqo barcha millionerlardan eshitdim: boylik faqat puldan iborat emas. Men ishtirok etishga muvaffaq bo'lgan suhbatlar ko'pincha pul ishlash emas, munosabatlar, sarguzashtlar, fitnes va xayriyaga oid edi. Do'stim va hamkasbim, ko'chmas mulk sarmoyachisi Mark Uoker bu g'oyani shakllantirishda yordam berdi: "Juda boy bo'lish bilan bir qatorda bankrot bo'lish ham mumkin - salomatlik, munosabatlar, ijtimoiy hayotga qo'shayotgan hissasi va shaxsiy dunyoqarash masalalarida". Aksariyat kishilar badavlat kishilarga havas bilan qaraydi, biroq bu boylikning bahosi qanday? Agar insonning 10 million puli bo'lsa-yu, lekin farzandlarini deyarli ko'rmasa, uning hayoti boshqalarga o'rnak bo'la olarmikan? Ushbu klub ishtirokchilarining fikricha, yo'q. Hayotda muvozanat muhim ahamiyatga ega. 3. Odamlarga yordam bering va evaziga hech nima kutmang Uchrashuv ishtirokchilari bilan suhbatlashib, qayta-qayta bir savolni eshitdim: “Sizga qanday yordamim tegishi mumkin?” Millionerlar atrofdagilar ularga foyda keltirishdan ko'ra, o'zlari birovga foyda keltirishlari muhimroq ekanini yaxshi tushunishadi. Tadbirdan keyin men turli sohalarda faoliyat yurituvchi ishbilarmonlarning telefon raqamlariga ega bo'ldim va ishonchim komilki, istagan paytimda ularga qo'ng'iroq qilib yordam olishim mumkin. Marhum Zig Ziglar aytganidek: “Agar odamlarning ehtiyojlarini qondirishga yordam bersangiz, hayotdan istagan narsangizni olishingiz mumkin”. 👉 @lion_motivator

✔️ Boy otadan 6 ta maslahat: 🔸 Tinglashni o'rganing 🔹 Hissiyotlaringizni boshqaring 🔸 Vaqtingizni arzimas narsalarga sarflamang 🔹 Daromadning 10 foizini tejang 🔸 Istaklar va zaruratlarni farqlashni oʻrganing 🔹 Atrofingizni sizdan aqlliroq odamlar bilan o'rab oling 👉 @lion_motivator

#Maslahat -Odamlar sen haqingda qanday o'ylashlarini aytmasliklari mumkin, lekin buni doim ko'rsatadilar. Odamlarni o'qishga o'zingni o'rgat, ularning tana tili nima deb o'ylayotganini sotib qo'yadi baribir. -Ishdan ketish orzuingni amalga oshirmaydi. Orzularni rejalashtirish, maqsadga aylantirish va progressga olib chiqish kerak. Bu hammasini ishlab turib qilsa ham bo'ladi. -Odamlar senga o'zingga beradigan bahodan ko'ra yuqoriroq baho bermaydilar. Harakatlaring, so'zlaring, usuling seni o'zingga beradigan bahoni ko'rsatib qo'yadi. Senga qirol kabi muomula qilishlarini xohlayapsanmi? Avval o'zingni ham shunga yarasha tut. -O'z ishining ustasi bo'lmaslik bu - oson hayot va behuda sarflanib kelayotgan vaqtning belgisidir. Bunday insonlar o'zlarini o'zlari tanqid qila olmaydilar, reallikdan uzoqlashib ketganlar va o'zlarini aslidan ko'ra yaxshiroq deb biladilar. -Agar odamlar seni harakatlaringni va fikrlaringni oldinda aytib bera oladigan bo'lsalar, o'zlarini sendan baland tutishni boshlashadi. Nostandard fikrlashni o'rgan. -Sokinlik bu kuch. O'zingni shu darajada tarbiya qilishing kerakki, odamlarning arzimagan gapi va harakatlari seni kayfiyatingga ta'sir qilmasligi kerak. Hissiyotlar aqlningni boshqarishiga yo'l qo'yma. -Sport bilan shug'ullanib turadigan insonlar odatda yaxshiroq ovqatlanishni va yaxshiroq ishlashni boshlashadi. Ular oilada va ishxonada sabrliroq bo'lishni boshlashadi. Depressiyaga kamroq tushishadi. Bu shunchaki badantarbiya, yurish-yugurish yoki og'ir vaznlarni ko'tarish bo'lishi mumkin. -Pessimist, bemaqsad, tartib va rejasiz yashovchi do'stlaringni senga bo'lgan ta'sirini oz deb o'ylama. Agar kimdur seni kuchliroq qilmayotgan bo'lsa, ular seni kuchsizroq qilmoqda. Yoki ulardan qochasan yoki hozirgi holatingda qolaverasan. -Agar odamlar seni qarorlaringni boshqara olishligini bilib qolishsa bundan tinmay foydalanishni boshlashadi. Qarorlarni o'zing qabul qil. 👉 @lion_motivator

✅Tug’ri biz dunyodagi eng yaxshi mamlakatda yashamaymiz, lekin Shimoliy Koreadagi kabi qullikda yoke Xitoydagi uyg’ur musulmon birodarlarimiz kabi “qafas” larda saqlanmaymiz. ✅Tug’ri eng boy oilalarning farzandlari emasmiz, lekin Venezuela yoke Afrikadagi insonlar kabi ochlikda yashamaymiz. ✅Tug’ri yoshlarimiz maktablarda hali ham o’zini maymundan tarqalgan deb uqtirilyapdi, lekin AQSh va Evropa davlatlaridagi kabi maktablar farzandlarimizga “transgenderism”, “childism”, “sexism” kabi buzuq tushunchalarni singdirmayapdi. ✅Tug’ri ota-onamiz bizni oltin zar bilan boqqanlari yuq, lekin Amerika va Europadagidan farqli o’laroq o’zlarini ajib orzularini bizni kamolimiz uchun qurbon qilishdi. ‼️Endi yana nimani ayblaymiz muvaffaqiyatsizligimiz, dangasaligimiz, va beparvoligimizga?! @lion_motivator

BIZNESMEN UCHUN QOIDALAR: 1. Sabrli boʻla olish. 2. Eng qimmati doim eng yaxshisi emasligini tushunish. 3. Odamlar bilan murosa qila olish. 4. Koʻproq naqd puldan foydalanish. 5. Joy katta ahamiyatga egaligini bilish. 6. Passiv daromad – eng muhimi ekanligini unutmaslik. HAYOTINGNI O’ZGARTIR O’ZINGA ISHON VA DOIM OLG’A INTILIB YASHA! 👉 @lion_motivator

Sen nima ish qilayotganing muhim emas, muhimi shundaki, har bir qilgan ishingga shunday yondoshginki, unda sening bir qisming qolib ketsin. Shunchaki dalada o‘t o‘rayotgan odam va haqiqiy bog‘bonning ham farqi aynan shunda” 👉 @lion_motivator

Eshik uydan kichikroq, qulf ham eshikdan kichikroq, kalit qulfdan kichik. Kichkina bo'lishiga qaramasdan agar kalit bilan och
Eshik uydan kichikroq, qulf ham eshikdan kichikroq, kalit qulfdan kichik. Kichkina bo'lishiga qaramasdan agar kalit bilan ochilmasa uyga kira olmaysan. Sen ham kalit kabi bo'l. 👉 @lion_motivator

It is okay Hamma kunlar ham rejadek ketmaydi. Ba’zi kunlar hech narsa qilmay yotging keladi. O’zingni yomon his qilasan. Yomon his qilganing uchun hech nima qilmaysan. Hech nima qilmaganing uchun yana yomonroq his qilasan. Inson murakkab. Tuyg’ular, aql, gormonlar, nafs, shayton, mikroorganizmlar yig’indisimiz biz. Hamma kunimiz ideal bo’lolmaydi. Ba’zida yomon his qilishing tabiiy holat. It is okay. Zikr, uyqu, yurish. Sinab ko’r. Ertasiga ko’rmagandek bo’lasan. 👉 @lion_motivator