en
Feedback
Full Tuition | Study Abroad ✈️

Full Tuition | Study Abroad ✈️

Open in Telegram

Make your dreams real. Universities in: 🇺🇸 US 🇨🇦 Canada 🇦🇺 Australia 🇰🇷 Korea 🇩🇪 Germany 🇮🇹 Italy Admin: @ton_adres

Show more
The country is not specifiedEducation30 616
6 015
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Kelajakdan qarz olish Maktab paytimda bolalar hamma narsaga ulgurishar edi. Aylanishga, kompyuter xonaga, qizlar bilan gaplashishga, uzoqlarga ketib qolishga. Shuncha vaqtni qayerdan olishadi deb o’ylardim. Yaqinda tushundim. “Yoshligimda rus tilini o’rganmagan ekanman, rosa qiynalyapman” deb qoldi bittasi. “Yaxshiroq o’qish kerak ekan, endi vaqtim yetmayapti” deb aytib qoldi ikkinchisi. Ular vaqtni kelajakdan olib turishgan. Qarz bo’lib qolishgan. Endi esa to’lashyapti. Bo’sh qolgan vaqtingizda o’qib-o’rganmay, bekorchilik qilayotganda, kelajakdan qarz olyapsiz. Bugungi ishlaringizni ertaga qoldirayotganda, kelajakdan qarz olyapsiz. Qilishingiz kerak bo'lgan ishlarni emas, hamma qilayotgan ishlarni qilayotganda kelajakdan qarz olyapsiz. Qarzniku olaverasiz. To’lash vaqti keladi. Vaqt pul emas, yillar o’tib ko’payib qolmasligi tushunasiz. O’tmishingizni yomon ko’rib, yana kelajakdan qarz olib to’lamoqchi bo’lasiz. Olishga hech nima qolmagan bo’ladi. Qattiq afsus qilasiz. Kelajakdan qarz olmang. Imkoni bo'lsa qarz berib turing (ilm, mehnat, sport), o'zingiz o'zingizga rahmat aytasiz. @azizrakhimov_blog

Bitiruvchi ukamga, bitiruvchi singlimga... U kitob o‘qiyotganda sen kompyuter o‘yinlari, choyxona va shunga o‘xshash narsalar bilan band eding. U algebradan misollar ishlayotganda, sen darslardan qocharding. U Navoiy g‘azallari, Pushkin she’rlaridan yodlab xotirasini chiniqtirayotganda, sen «Uzr, ustoz, keyingi safar yodlab kelaman» deb ustozni aldarding. U darsdan keyin qolib, kutubxonada dars qilayotganda 3-4 ta keyinchalik sen bilan Rossiyaga qora mehnatga birga ketadigan o‘rtoqlaring bilan uning ochkisini ermaklarding. U 5 baho olganda sen erkakning bahosi 3 bo‘ladi deb ovutarding o‘zingni, o‘g‘il bola. U tinmadi, eng yaxshi o‘qishlarda o‘qidi, hayotini yo‘lga qo‘ydi. U go‘zal rafiqasi bilan eng yaxshi restoranlarda, pianino ostida shirin ovqatlardan yemoqda, sen esa Rossiyada ish beruvching nima ovqat bersa shunga rozisan. U bilan katta mansabdorlar ham o‘ylanib gaplashadi, sen esa hayot qiyinlashib ketdi, davlat qayerga qarayapti deb aybni boshqalardan izlaysan. U yaxshigina oylik, xizmat mashinasida yuribdi, sen esa noqonuniy yurganing uchun chet el politsiyasi ushlab olishidan xavotirdasan. U bemalol mustaqil harakatlanadigan burgutga aylandi, sen esa borib aroq ichadigan shanbaligingga ham pulni dadangdan so‘raysan. Lekin u sening ustingdan kulmaydi. Bilasanmi nega? Chunki uning bunga birinchidan vaqti yo‘q, ikkinchidan u sen emas. Uning har bir soati reja bo‘yicha ketmoqda. Maqsadlariga erishishi kerak. Aziz o‘quvchilar, sizlar esa tanlovda adashmang, tanlov doimgidek o'zingizda! Bayramingiz muborak! © Ilm Nur Kutubxonasi

Imkoniyat beriladi, xohlaganimiz emas… Nega duolarim amalga oshmayapti?” deyishing mumkin. Men Yaratguvchidan kuch so’radim va U, kuchimni oshirish uchun, yengishga qiyinchiliklarni berdi. Men Yaratguvchidan kuchliroq tafakkur so’radim va U, bilimimni oshrish uchun, yechishga muammolarni berdi. Men Yaratguvchidan ko’proq jasorat so’radim va U, o’zimga bo’lgan ishonchimni oshirish uchun, yengishga xavf-xatarlarni berdi. Duolarimga va iltijolarimga javob qaytarildi. So’ragan narsang har doim ham shunchaki muhayyo bo’lmaydi. Unga erishish uchun senga imkoniyatlar va yo'llar beriladi. Shu imkoniyatlar va yo'llar qiyinchiliklardan iborat bo'ladi. Chunki qiyinchilik bilan erishilgan narsaning qadri va lazzati ko’proq bo'ladi.

— Eng goʼzal narsa nima? — Odam. Chunki u Tangrining mahsulidir. — Eng tez narsa nima? — Aql. U hamma narsani ortda qoldiradi. — Hammadan donoroq narsa-chi? — Vaqt. Chunki yolgʼiz vaqtgina hamma narsani oydinlashtiradi. — Hamma uchun eng muhim narsa nima? — Umid. Chunki u hech vaqosi yoʼqlarda ham mavjuddir. — Eng kuchli narsa nima? — Zaruriyat. Chunki u hamma narsaning ustidan hukmronlik qiladi. — Eng qiyin narsa nima? — Oʼzni anglash. — Eng oson narsa-chi? — Oʼzgalarga maslahat berish. — Kimni baxtli sanash mumkin? — Jismoniy sogʻlom, ruhiy xotirjam hamda isteʼdodini oʼstira olgan kishini. — Baxtsizlikka dosh berishning oson yoʼli nima? — Gʼanimlarning sendan-da yomon ahvolga tushib qolganiga guvoh boʼlish. © Miletlik Fales

To'siqlarga e'tibor bermang, imkoniyatlarga e'tibor qarating. Har bir oldinga qadam sizni muvaffaqiyatga yaqinlashtiradi.

Agar oson bo’lganida Biznes qilayotgan bo’lsang, sinovlar, risklar tez charchatadi Ba’zan sen bilan birga yashayotgan, ishlayotganlar e’tiqodingga tosh otadi Ishing eng ko’paygan payt, oilang farzanding uchun ham eng kerak payting bo’ladi Foydali bo’lsin deb kontent qilasan, noto’g’ri tushunilib, ustingdan kulinadi Qiynalasan Lekin bir narsa yupatadi Amal qiluvchi musulmon bo’lish, omadli biznes qurish, solih farzand tarbiya qilish, foydali kontent qilish — qiyin ishlar. Agar oson bo’lganida hamma qilayotgan bo’lardi. Hamma qila olardi. Qiyin bo’lgani uchun ham mevasi shirin. Natijasi sezilarli. Qaysi ishlar oson ishlar? Prinsiplarsiz yashash, bo’sh vaqtda youtube, twitter, instagramdan ortmaslik, pul to’laydigan ishlarni qilib ketaverish, atrofni tanqidlarga ko’mib tashlash, oila emas nafsga vaqt ajratish… Bular ortida ham qiyinchiliklar bor. Noto’gri qarorlar, ilmsizlik, uvol bo’lgan vaqt, notinch oila…. Qiyinchilik borku, natija yo’q. Har qanday holatda ham qiynalar ekanman, unda men qiyin ishlarni tanlayman. U yerda har holda natija bor…

Qiyinchiliklar toliqtirmaydi u shunchaki muvaffaqiyat sari olib boruvchi yo‘ldir. 📌 Mening orzularim loydan, rejalarim changdan iborat, maqsadlarimga esa yetish amri mahol. Hech narsa amalda tasdig'ini topmas ekan, hech qanday qiymat kasb etmaydi deb taslim bo'lmang!

Energiya yetishmayapti Motivatsiya yo’q. Ish qilgim kelmayapti. Zamonaviy mehnatkashning eng ko’p tarqalgan shikoyati 75 yoshli qo’shnim 20 yildan beri quyosh chiqishidan oldin dalaga chiqib ketadi Bir marta ham ishlashga energiyasi yo’qligini eshitmaganman. Ofisda ishlashni boshlagan o’spirindan esa 3 oy o’tib ish qilgisi kelmayotganini eshitasan Xo'sh, 75 yoshli amaki olayotgan energiyani qayerdan olsa bo’ladi? Quyoshdan Ha, noto’g’ri yozmadim. Kuchli ovqat, motivatsion video, kitoblardan emas Quyoshdan. Gap shundaki, energiyani kortizol gormoni beradi. Kortizol esa yuzga quyosh tushsa ajralishni boshlaydi. Qancha ko’p tushsa — shuncha yaxshi Demak, energiya kerak bo’lsa: Tashqariga chiqib yurib kel Bomdodni masjidda o’qi Quyosh tushadigan joyda o’tirib ishla Mitti ekranga qarashni — osmonga qarash bilan almashtir

Zahirangda faqat HOZIR bor. Kecha o'tmish, erta mavhum. Hozir bir qadam tashla va hayotingni o'zgartir.

​​10 marotaba badavlatroq va muvaffaqiyatliroq bo‘lish uchun 10 marta ko‘p ishlash va o‘zingizni o‘tga-cho‘g‘ga urishingiz shart emas. Shunchaki "bir foiz qoidasi"dan foydalaning, To‘planma ustunlik kuchi Yonma-yon o‘sayotgan ikki daraxtni tasavvur qiling. Ular har kuni namlik va quyosh nuri uchun raqobat qiladi. Agar daraxtlardan biri salgina tezroq o‘ssa ham u sherigidan ozgina bo‘lsa-da, balandroq bo‘ladi va quyosh nurlari va yomg‘irga ko‘proq ega chiqadi. Ertasi kuni shu qo‘shimcha energiya hisobiga u yanada balandroq o‘sadi. Oradan vaqt o‘tib, u ikkinchi daraxtni soyasida qoldiradi va quyosh nurlarining ham, tuproqdagi oziq moddalarining ham katta qismiga ega chiqadi. Bunday daraxt ko‘proq urug‘ beradi demak kelgusida bu daraxtdan tarqalgan nihollar ko‘proq bo‘ladi. Bu jarayon takrorlanaveradi va eng avvalida raqobatchilaridan ozgina yaxshiroq bo‘lgan daraxtlar o‘rmonning katta qismini egallagunga qadar davom etadi. Buni olimlar to‘planma ustunlik deb atashadi. G‘olib hammasiga ega bo‘ladi. Insonlar bilan ham shunga o‘xshash vaziyat kuzatiladi. O‘rmondagi daraxtlar singari biz ham ko‘pincha o‘sha resurslar uchun kurashamiz. Siyosatdonlar saylovchilar ovozi uchun, yozuvchilar — bessellerlar ro‘yxatidagi o‘rin uchun, sportchilar — oltin medallar uchun, kompaniyalar — potensial mijozlar uchun, telekanallar esa bizning diqqatimiz va vaqtimiz uchun. Unumdorlikdagi kichik farq unga mutanosib bo‘lmagan mukofotga sabab bo‘lgan bunday effekt "G‘olibning hammasiga ega bo‘lishi", deb ataladi. Faqat bir foiz, bir soniya, bir so‘m ustunlikka ega bo‘lishning o‘ziyoq mukofotning 100 foizini qo‘lga kiritish uchun yetarli bo‘ladi. Cheklangan resurslar, masalan vaqt va pul bilan bog‘liq har qanday qarorlar, tabiiy ravishda g‘olibning hamma narsani qo‘lga kiritishiga sabab bo‘luvchi vaziyatga olib keladi. G‘olib katta qismga ega bo‘ladi Individual muobaqlar uchun xarakterli bo‘lgan "G‘olibning hammasiga ega bo‘lishi" effekti ko‘pincha hayotning boshqa jabhalarida "G‘olibning katta qismga ega bo‘lishi" effektiga olib keladi. Afzal pozitsiyada (oltin medalni qo‘lga kiritish yoki direktorlik mansabiga o‘tirish) bo‘lib qolgan g‘olib uni yana g‘alabalar sari eltuvchi ustunliklarni to‘play boshlaydi. Avvaliga kichkina ustunlik bo‘lib ko‘ringan narsa endi 20/80 qoidasiga o‘xshash tus oladi. Bir narsada g‘alaba qozonish boshqasida ham g‘olib bo‘lish imkoniyatlarini oshiradi. Har keyingi shunday muvaffaqiyat g‘oliblarning holatini mustahkamlay boradi. Vaqt o‘tishi bilan barcha mukofotlar va ustunliklar eng avvalida raqibidan ozgina oldinda bo‘lgan kishilarga nasib etadi, ozgina ortda qolganlar esa alal-oqibatda deyarli hech narsasiz qolib ketishadi. Bu prinsip injildagi "...kimki ega bo‘lsa unga beriladi va ko‘paytiriladi, yo‘q boridan ham ayriladi", iqtibosiga qiyosan Matfey effekti, deb ham ataladi. Har holda nega faqat ba'zi bir insonlar va tashkilotlargina ustunliklar va boyliklarning katta qismiga egalik qilishadi? Bir foiz qoidasi👍 Vaqt bilan ishlashdagi kichikroq farq ham imtiyozlarning notekis taqsimotiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli foydali odatlar juda muhim. Raqobatchilar ustidan bor-yo‘g‘i bir foizga ustunlik qilish yetarli. Biroq o‘z ustunligingizni bugun, ertaga, indinga va kundan-kunga saqlab tursangiz, shu ustunlik sabab g‘alaba qozonaverasiz. Har bir g‘alaba yangidan-yangi natijalar olib kelaveradi. Barchaga omad tilab

Qadringni oshir Ishga kirasan Uzoq yillar ishlasam, qadrlab ko’tarishadi deb o’ylaysan Unday bo’lmaydi Xato qilmasam, oyligim oshadi deb o’ylaysan Unday bo’lmaydi Oylik oshishi uchun qadring oshishi kerak Qadring oshishi uchun — qiyin ishlarni qilishing kerak Muammolarni mustaqil hal qilish Shikoyatlarni eshitish Rahbarlarga takliflar berish, mas'uliyat bilan bajarish Jamoani o’stirish, o’rgatish Xatolaringni tan olib, ularni to’g’rilash Bu ishlarni qilish qiyin, lekin past oylikka ishlash undan ham qiyin

Muhim odamlar Hamkasblaring kim bo’lishi o’ta muhim. Nima ish qilishingdan muhimroq. Qancha pul topishingdan muhimroq. Hamkasblaring bilan ota-onangdan ko’proq vaqt o’tkazasan. Farzandlaringdan ham. Do’stlaringdan ham (hamkasbing do’sting bo’lsa omading kelibdi) Ular nimani muhim deb bilishi, Qay darajada tez o’rganishi, Turli sohalarda bildirgan fikrlari, Ozginadan keyin seniki bo’lib qolganini bilmay qolasan. O’zing o’xshaging keladigan odamlar bilan ishla Birga ishlamagan bo’lganingda ham, gaplashadigan odamlaring bilan ishla

Hech kim nima qilayotganini bilmaydi Siz havas qilgan barcha insonlar ham hamma narsani bilib tug’ilmagan. Ularda ham huddi sizning hayolingizdan o’tayotgan fikrlar o’tgan. Qo’rqishgan, havotir olishgan, hayajonlanishgan. Hayoti davomida ularga kimdir qandaydir kerakli ma’lumot bergan, tarbiya bergan, ruhlantirgan. Ular ko’p izlangan, kitob o’qigan, ustilarida ishlashgan. Shu tajribalar, izlanishlarga asoslanib eng to’g’ri deb o’ylagan ishni qilganlar. Tahminan. Aniq bilmasdan. Jarayonga ishonishgan. Bazida omadlari kelgan, bazida esa kelmagan. Siz ham atrofingizni kerakli odamlar bilan to’ldiring, izlaning, ustingizda ishlang, jarayonga ishoning.

Harakatning ovozi baland Va’dani bajarish muhim deyman, Kech qolaman. Ilmda foyda ko’p deyman, Kitob o’qimayman. Vaqtni asrash kerak deyman, Kino ko’rib yotaman. Gapimga qarash kerakmi? Harakatimgami? Harakatimga. Gaplar o’zimniki bo’lmasligi mumkin, Harakatlarim o’zimniki. Ishni qilib qo’yaman. Sababini keyin topaman. Teskarisi emas. Gap quruq deyilishi bekorga emas. Gapga kuchni harakat beradi. Harakatning ovozi baland.

BUGUN AZOB CHEKIB ISHLANG VA ERTAGA O'ZINGIZ XOHLAGAN HAYOTDA YASHANG. BUGUN O'YIN KULGU QILING VA UMRINGIZNING OHIRIGACHA 8- DAN 6 GACHA QUL KABI ISHLANG TANLOV SIZDAN!!!

Sariq avtomobilni topish oson agar hamisha sariq avtomobilni o'ylasang. Imkoniyatni topish oson agar hamisha imkoniyatni o'yl
Sariq avtomobilni topish oson agar hamisha sariq avtomobilni o'ylasang. Imkoniyatni topish oson agar hamisha imkoniyatni o'ylasang. G'azablanishing uchun sabab topish oson agar g'azablanishni o'ylasang. Sen doimiy ravishda o'ylagan narsangga aylanasan. O'ylagan narsangizga ehtiyot bo'ling!!!

IKKI VAZIYATDA JIM TUR! ✅ Gapirganing bilan hech kim tushunmasligini sezganingda! ✅ Gapirmasang ham seni tushunishini bilganingda!

Hammasi o‘z tanlovimiz... Hayotdagi hamma qilayotgan ishlarimiz, biz bilan bog‘liq voqealar, hamma-hammasi o‘z tanlovimiz. Er
Hammasi o‘z tanlovimiz... Hayotdagi hamma qilayotgan ishlarimiz, biz bilan bog‘liq voqealar, hamma-hammasi o‘z tanlovimiz. Ertalab yomon kayfiyatda uyg‘ondikmi ? Bu bizni tanlovimiz. Erinchoqlik - bu bizni tanlovimiz. Baxtimizni qo‘lda saqlab qolish yoki uni qo‘ldan chiqarish - bu bizni tanlovimiz. Muvaffaqiyatga erishish uchun intilish yoki shunchaki u haqida xayol qilish - bu tanlovimiz. Tanlovimiz bizni kimligimizni belgilab beradi...

Ko'proq ishlab topish yoki tejash? Hayot bizni doimo qiyinchilik va muammolar bilan sinaydi. Ba'zilar sovuqda avtobus kutishga majbur, ba'zilar esa lasettisida probkada turishga. Ishda ham doimo muammolar uchrab turadi: Tentak-boshliq, hech nimani tushunmaydigan hamkasb, kelishilgandan ortiqcha ish vaqti. Iqtisodiy erkinlikka chiqib olsang bu muammolardan qutulsa bo'ladi, lekin chiqib olgungacha-chi? Javobi oddiy. Ishxonadagi qiyinchiliklarga rozi bo'lib, shaxsiy hayotda ulardan qutulish kerak. Chunki ish davomida hal qilingan har bir muammo -  tajriba, o'ziga ishonch va shaxsiy rivojlanishga olib boradi. Biz muammolarni hal qilish orqali o'samiz. Shaxsiy hayotdagi qiyinchiliklarchi? Ular nima olib keladi? Hech nima. Misol bilan tushuntiraman, ishim davomida eng qiyin qarorlar, eng katta mas'uliyatlar, quloqsiz o'quvchilar, qiyin xodimlar va ishdan bo'shatishlarni o'z bo'ynimga olaman, bu esa menga bebaho tajriba, o'zimga bo'lgan ishonch va pul olib keladi. Shaxsiy hayotda-chi, shunday qilamanmi? Yo'q. Eng oson va tez yo'llarini tanlayman. (avtobus emas taksi, bozorda tiqilinch emas onlayn buyurtma, va hk). Men nega ishda shuncha qiynalyapman o'zi? Shaxsiy hayotda qiynalmaslik uchun. Buning ustiga bu qiyinchilik va muammolar o'sish yoki tajriba olib kelmaydi. Faqat noqulayliklar, og'riq va hayotdan norozilik. Xulosa: Ishdagi muammolarni va qiyinchiliklarni o'z bo'ynimizga olamiz. Ko'proq pul topish uchun. Va shu pullar bilan shaxsiy hayotdagi muammolarni hal qilamiz. Ishdagi qiyinchiliklar yoqmayapti yoki o'sish olib kelmayaptimi? Unda sen noto'g'ri ishdasan bro.

NEGA MAKTAB SIZNI BOY EMAS AKSINCHA BOSHQALARGA ISHLOVCHI QUL QILIB TARBIYALAYDI??? CHUNKI MAKTAB SIZGA HAYOTDA KERAK BO'LADIGAN MUHIM NARSALARNI O'RGATMAYDI! 1. Qanday qilob savdo qilishni. 2. Qanday qilib erkin fikrlashni. 3. Qanday qilib kelishishni. 4. Qanday qilib mag'lubiyatni qabul qilishni. 5. Qanday qilib vaqtni boshqarishni. 6. Qanday qilib investitsiya kiritishni. 7. Muvaffaqiyat sirlarini. 8. Qanday qilib pulni boshqarishni. 9. Qanday qilib tadbirkorlik qilishni. 10. Qanday qilib soliqlarni nazorat qilishni. Va hokazo