en
Feedback
Full Tuition | Study Abroad ✈️

Full Tuition | Study Abroad ✈️

Open in Telegram

Make your dreams real. Universities in: 🇺🇸 US 🇨🇦 Canada 🇦🇺 Australia 🇰🇷 Korea 🇩🇪 Germany 🇮🇹 Italy Admin: @ton_adres

Show more
The country is not specifiedEducation30 616
6 015
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Agar odamlar sizning maqsadlaringiz ustidan kulmasa, demak sizning maqsadlaringiz juda kichik.

Qanchalik yaxshi bo'lsangiz bo'ling, noto'g'ri joyda bo'lsangiz qadirsizsiz.
Qanchalik yaxshi bo'lsangiz bo'ling, noto'g'ri joyda bo'lsangiz qadirsizsiz.

Maqsadga erishish uchun bitta narsa yetarli emas. Go'yo har doim vaziyatni sezilarli darajada oldinga siljitadigan ibora bor va buni faqat eslab qolish yoki kimdirdan eshitish kerak. O'z hayotingizda qo'llashingiz mumkin bo'lgan aqlli fikrlar, aksiomalar mavjud. Rag'batlantiruvchi iboralar harakatga turtki bo'ladi. Ular shunday ishlaydiki, ularni talaffuz qilgan odamning muvaffaqiyatiga olib keladi. @Stiv_Jobs_Motivatsiya

Hozir qayerda ekanligingiz va bundan besh yil keyin qayerda  boʼlishingiz oʼrtasidagi farqni siz oʼqigan kitoblarning sifatidan bilib olasiz.

O'z ustingda tinmay ishla, shunchalik harakat qilgin-ki, toki o'zingni tanishtirishga hojat ham qolmasin..))

🪶Avvalo, istaklaringizni aniqlang. Ikkinchidan, imkoniyatlarni qidiring. Uchinchidan, chora ko'ring.

NIK VUICHICH Jasoratidan o‘rnak olish mumkin bo‘lgan insondan 10 ta qoida: 1. Men o‘z tuyg‘ularim va qo‘rquvlarimni sevgan insonlarim bilan bo‘lishaman.  2. Hayot yo‘lini izlash – bu marafon (uzoq masofaga yugurish), sprint emas (qisqa masofaga yugurish). 3. Men ibodat ham qilaman, odamlarga ham murojaat qilaman. 4. Bugungi muammo ertaga imkoniyatga aylanadi.  5. Ko‘ngling g‘ashmi? Kuyla! Men kayfiyatim yo‘qligida doim qo‘shiq aytaman.  6. Nimagadir erishish uchun, uni izlashdan to‘xtamaslik lozim.  7. O‘z ustingdan kula oladigan darajada o‘zingni seva bil.  8. Hech birimiz mukammal emasmiz. Lekin o‘zimizda bor yaxshi xislatlarimiz bilan bo‘lisha olishimiz kerak. O‘zingga nazar sol. Ichingda bor kuchi bilan yonib ziyo taratish uchun bir nur yonib turibdi.  9. Insoniy munosabatlar – bu kuch. Minnatdorlik tuyg‘usi, harakat qilishga intilish, hamdardlik va kechira bilish – mana shu yashashning asosiy shartlari!  10. Agar sen hech qachon mo‘jizani ko‘rmagan bo‘lsang – o‘zing mo‘jizaga aylan!

Hayot o'zgarishi mumkin! Siz eng pastdan yuqoriga ko'tarilishingiz mumkin va bir gap haqida hech qachon unutmang! Harakat qilgan odam hamma narsaga erishadi!

Shaxsan o'zim ishongan yosh o'qituvchi. Birinchi multilevel 61 ball, ikkinchisi 72 ball. Birinchi ielts 7.5, ikkinchisi 8.5 (
Shaxsan o'zim ishongan yosh o'qituvchi. Birinchi multilevel 61 ball, ikkinchisi 72 ball. Birinchi ielts 7.5, ikkinchisi 8.5 (L: 9, R: 9, W: 7.5, S: 9) Ninega juda oz qolgan ;)

🔺🔺 🔻Uraaa Butun Multilevel chilarni xursand qiladigan xabar e'lon qilindi📱📱😍 🥲Bir oylik speaking kurs ochiladigon boʻldi. ✅Yozdagi vaqtingizni behuda sovurmasdan speaking skilini rivojlantirishga baxshida eting 🤓Davomiyligi bir oy ------15-iyuldan start beriladi va qabul boshlandi 🤯Har kuni 9.0+ lik sample answerslar teacher tomonidan tashlab beriladi. 😌Har kuni siz bilan speaking qilinadi 🤓Idea yigʻishda yordam beramiz 🪡Narxi 50.000 UZS 🐹Teacherning darajasi IELTS 8.5 (1x) 🐔Cefr C1 (speaking 70) overall 72 Shogirdlarimiz natijalari https://t.me/+arViLEi-nIo4ZDQy 🐨Darslar vaqti kelishib olinadi 🐣Murojaat uchun @huquqshunos_21_01 #reklama #ielts #multilevel

Taslim bo'lma, buyuk ishlar vaqt talab qiladi..)

Bahonalar qopqonidan chiq — Charchadingmi, vaqtli uxla. — Qomating ramkadan chiqdimi, mashq qilib yur — Puling yoʻqmi, qoʻshimcha ish qil — Juda qiyinmi, osonidan boshla — Bilim yoʻqmi, kitob titkila — Energiya yoʻqmi, sogʻlom ovqatlan

Eng katta xatoyimiz bu - hali vaqtimiz bor deb o'ylashimizdir.

BILL GEYTSNING YOSHLARGA 11 MASLAHATI 🔵 1-qoida: Hayot ko‘rgazma emas. Demak, undan foydalansa bo‘ladi. Siz ham hayotingizni qo‘lga oling-da, uni ishga soling. 🔵 2-qoida: Dunyo sen o‘zingni qanchalar hurmat qilishing bilan hisoblashmaydi. U sendan o‘zingni hurmat qilishingdan oldin biror ishni qoyillatib qo‘yishingni kutadi. Siz ham avval hurmatga munosib ekaningizni isbot qiling. 🔵 3-qoida: Maktabni tamomlamasdan turib na o‘zingiz xohlagancha yashash, kezi kelganda hattoki yashay olishning ham imkoni yo‘q. Shuning uchun hozir bilim oling. 🔵 4-qoida: Agar bugun o‘qituvchi talabchan ekanidan shikoyat qilsangiz, kun kelib rahbar qo‘liga tushganingizda pushaymon yeysiz. Kelajakka maktabdan boshlab tayyorgarlik ko‘ring. 🔵 5-qoida: Ehtimol, siz o‘zingizni eng quyi ishga munosib ko‘rmassiz. Ammo sizning ota-bobongiz bu ishni boshqacha, «imkoniyat» deb nomlagan. Siz ham ishni quyidan boshlang va mehnatga nisbatan kibrli bo‘lmang. 🔵 6-qoida: Hayotda nimadadir xato qilsangiz, bunda ota-onangizning aybi yo‘q, ularni qiynamang. Xatolaringiz uchun dod-faryod solishni emas, xulosa chiqarishni o‘rganing. 🔵 7-qoida: Sizning tug‘ilishingiz ota-onangiz uchun faqat bayram emas, katta mas’uliyat bo‘lgan. Ularni asrang va qadrlang. Bu kelajakda o‘zingiz qadr topishingiz uchun kerak bo‘ladi. 🔵 8-qoida: Maktabni a’lochilar ham, past o‘zlashtiruvchilar ham bitiradi. Yomon o‘qiydiganlarga to‘g‘ri javobni topgunlariga qadar qulay sharoit yaratib beriladi. Ammo hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash uchun sanoqli imkon va ishonch beriladi. Shuni unutmang. 🔵 9-qoida: Hayotda choraklik, yillik imtihon, so‘rov yoki hisobot degan tushunchalar yo‘q. Hayot imtihonini ham, hisobotini ham barcha bir marta – umr so‘ngida o‘z-o‘ziga topshiradi. Eng muhimi, mana shu imtihonga tayyor bo‘ling. 🔵 10-qoida: Televizor, bu – hayot degani emas. Aks holda, undagi qahramonlar vaqtlarining asosiy qismini mehnat qilishga sarflagan bo‘lar edilar. O‘zingizni samarali va maqsadli mehnatga tayyorlang. 🔵 11-qoida: Muvaffaqiyatga erishish uchun avval uning haqini to‘lash kerak bo‘ladi. Bu esa vaqt hamda mashaqqatli mehnat degani.

Ta'lim kelajak kalitidir, chunki ertangi kun unga bugun tayyorlanayotganlarga tegishli. Malkolm X

Ko'p odamlar o'z hayotlarida hech qachon muvaffaqiyatga erishmaydilar, chunki ular o'zlarining konfor zonasidan chiqib, noma'lum tomonga qadam tashlashdan bosh tortdilar.

Kishi cho'ntakdagi pulini bilim olishga sarflasa, hech kim bu pullarni tortib ololmaydi

Muvaffaqiyatga erishish uchun sizdagi g'alabaga bo'lgan istak, muvaffaqiyatsizlikka bo'lgan qo'rquvdan kuchliroq bo'lishi kerak.

Haqiqatdan ham o'zgarishni xohlasang, sen duch keladigan noqulay vaziyatlarga ham chidashing kerak. Qiyinchiliklardan qochma, muvaffaqiyatning asosiy kaliti shu!

Muvaffaqiyatga erishishni maqsad qilgan kishi vaqtni behuda sarflamaydi. Buning uchun barcha mavjud vositalardan foydalanadi va yangilarini topadi.