en
Feedback
Full Tuition | Study Abroad ✈️

Full Tuition | Study Abroad ✈️

Open in Telegram

Make your dreams real. Universities in: 🇺🇸 US 🇨🇦 Canada 🇦🇺 Australia 🇰🇷 Korea 🇩🇪 Germany 🇮🇹 Italy Admin: @ton_adres

Show more
The country is not specifiedEducation30 616
6 015
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Akula yashash uchun doimo harakatlanishi kerak. Suzish pufagi yo'qligi sababli akula to'xtasa o'lib qoladi. Sen ham akula kabi bo'l va harakatdan aslo to'xtama!

Ular meni ustimdan "boshqachaligim" uchun kulishadi. Men esa ularni ustidan "bir xilligi" uchun kulaman. ©Rouen Atkinson

Muvaffaqiyatga erishishning eng yaxshi yo'li - qilayotgan ishingizga oshiq bo'lishdir.

🇺🇿 Kanalimizda ko'pchilik inglizlar. O'zbekcha postlarni tagidan inglizcha ham qo'shaylikmi ? 🇺🇸 Most of our channel members is English. Let's add English posts under the Uzbek posts?
Anonymous voting

Bu mumkin emasligini hamma sizga aytadi. Va siz hech kimga quloq solmaysiz, indamay maqsadingizga boring. Keyin ularni natija bilan ajablantiring va tabassum qiling 😊

Bratanimga — "Oʻrtacha" bilan oʻzingni aldab qoʻyma; — Sen tugʻilgansan. Demak hayot aynan sendan nimadir kutmoqda; — Taslim boʻlma. Ertaga nima boʻlishini bilmaysan; — Oʻzingga vaʼda bergan hayot tarzi haqida unutma.

O'zingiz uchun javobgar bo'lishingiz kerak. Siz fasllarni, sharoitlarni, shamol yo'nalishini o'zgartira olmaysiz, lekin o'zingizni o'zgartirishingiz mumkin. - Jim Ron

​​​​Муваффақиятга эришиш учун бир фоиз иқтидор (ва қобилият), 99 фоиз терлаш, яъни меҳнат қилиш талаб этилади. Мен бир нарсани кашф этиш учун 10 минг марта муваффақиятсизликка учрамадим, балким 10 мингта ишламайдиган йўлларини ўргандим. © Томас Эдисон

Eski multfilarmni ko'rsangiz g'ij-g'ij ma'no topasiz. Shulardan biri "Kung fu panda". Birinchi qismida panda shuncha harakat qilib jangchi bo'ladi va o'sha kutubxonadagi eng tepadigi nomaga ega chiqgisi keladi, ichida nima yozilganiga qiziqadi. Lekin uni ochganda, hafsalasi pir bo'ladi boshida. Xo'sh, what is the moral of the story? Ko'p eshitganmiz, til o'rganuvchi yoki umuman o'rganuvchi odam sirli bir narsa qidiradi. Ana shuni bilvosada, bir uhlab turgandan keyin zo'r o'rganvosa o'sha tilni. Bekorga videolarda "speakingda tez gapirishni 3 ta siri" kabi sarlavhalar qo'yilmaydi. Chunki ko'pchilikka shunaqa "sirli" usullar yo'qadi. Afsuslar bo'lsinki, pandani otasini gapi "sirli masalliqning o'zi yo'q, hammasi o'zingda." Ha, hech qanday sir yoq, sir hech kimga aytilmaydi o'zi. Aytilasa, sirligi qolmaydi, mantiqan. Hammasi o'zimizga, harakatlarimizga, maqsadlarimizga bog'liq. Pandadek tirishib harakat qilsak, ana shu "sirli" narsalarni keyinchalik kuzatib, "whaaat" deymiz. To'g'risi men ko'rib hayron qolaman ana shu sirli nimadirlarni o'rgatadiganlarga. Nega bu yerda yillarini o'qishga sarflagan odam, bir sirli damlama bilan kuchayib ketgan odamga teng bo'lishi kerak ?

Odamlarning tezda taslim bo'lishining sababi, ular qanchasi bajarilganligini ko'rish o'rniga yana qancha ish qilish kerakligiga qaraydilar.

Yo'qotishdan qo'rqmang. G'oliblar yutqazishdan qo'rqmaydi. Muvaffaqiyatsizlik muvaffaqiyatga olib boradigan yo'lning bir qismidir. Muvaffaqiyatsizlikdan qochadigan odamlar muvaffaqiyatdan ham qochishadi. Robert Kiyosaki

Sizning yutuqlaringiz ko'pchilikka yordam beradi. Sizning omadsizliklaringiz hech kimga foyda keltirmaydi. G'alabaga intiling. Dunyo sizga ehtiyoj sezadi.

Temirni hech narsa sindira olmaydi, faqat ZANG yemiradi! IINSONni hech narsa sindira olmaydi, faqat O'Z ONGI sindira oladi!

Ishla - xuddi pul kerak emasdek. Sev - xuddi hech kim seni tashlab ketmagandek. O'yna - xuddi hech kim ko'rib turmagandek. Kuyla - xuddi hech kim eshitmayotgandek. Yasha - xuddi Yer jannatdek. © Mark Tven

O'zingizni qanday o'zgartirganingizni ko'rish uchun hech narsa o'zgarmagan joyga qaytishdan yaxshiroq narsa yo'q.

Sizdan olib qo'ysa bo'ladigan narsa sizniki emas.

🏛 Garvard universiteti talabalarini ilhomlantirgan oltin qoidalar 1. Agar hozir uxlasang, albatta, orzuingni tush ko‘rasan. Agar uxlash o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzuingni amalga oshirasan. 2. Endi kech bo‘ldi, deb o‘ylay boshlaganingda, aslida, hali erta bo‘ladi. 3. Bilim olishning azobi - o‘tkinchi. Ilmsizlik azobi – abadiy. 4. Bilim olish bu vaqt emas. Bilim olish – shijoat. 5. Hayot – bu faqat bilim olish emas; Agar sen hayotning bilim olish qismidan ham o‘ta olmadingmi, unda qo‘lingdan nima keladi? 6. Shijoat va g‘ayrat rohat baxsh etishi mumkin. 7. O‘z ishini hammadan avval tamomlaydigan, o‘z ishiga chin dildan yondashadigangagina haqiqiy omad kulib boqadi. 8. Hammaga ham zafar quchish nasib etmaydi. Ammo muvaffaqiyat o‘zini o‘zi mukammal qilishga intiladigan va qat’iyatli bo‘lganlargagina nasib etadi. 9. Vaqt - oqar suv. 10. Bugungi irodasizlik ertangi ko‘z yoshga aylanadi. 11. Kelajakka nimadir olib o‘tadigan insonlar realistlardir. 12. Maoshingning hajmi bilim saviyang darajasiga mutanosibdir. 13. Bugun hech qachon qaytarilmaydi. 14. Dushmanlaring ham ayni damda kitob bilan band. 15. Ter to‘kmasang, pul topmaysan.

BIR YILDA HAYOTINGIZNI O'ZGARTIRADIGAN 6 TA NARSA: — SHIKOYAT QILISHNI BAS QILING VA HAR BIR KUNINGIZNI QADRLASHNI BOSHLANG. — O'ZINGIZ RIVOJLANTIRMOQCHI BO'LGAN BITTA ODATNI TANLANG VA UNI RIVOJLANTIRISH UCHUN BOR KUCHINGIZNI SARFLANG. — BEKORCHI VA NEGATIV ODAMLAR BILAN XAYRLASHING. — MAQSADLARINGIZGA SODIQ QOLING VA NIMA UCHUN BOSHLAGANINGIZNI HECH QACHON UNUTMANG. — OLDINGA INTILING. HAR BIR XATODAN SABOQ OLING. — HAR KUNI SPORT BILAN SHUG'ULLANING.

Eng yomon dushman bizning shubhamizdir. Uning tufayli biz qo'lga kiritishimiz mumkin bo'lgan narsalarni yo'qotdik, lekin hatto harakat qilmadik.