Mirkonomika
Open in Telegram
Bu yerda yozilgan fikrlar shaxsiy bo’lib, hech qaysi tashkilot fikri yoki qarashlarini ifoda etmaydi.
Show more3 965
Subscribers
+124 hours
-277 days
-7430 days
Posts Archive
3 965
Mamlakatimizga yangi avtomobil zavodlarining kirib kelishi, ichki bozorda narx orishishi va savdoga ochilishimizni ortga surishi haqida 2020-yil sentabr oyida yozgan edim
Ayrim iqtiboslar:
Yangi zavodning paydo bo’lishi Uz Auto Motorsning sotuv hajmiga salbiy ta’sir qiladi. Bu esa, o’zi shundoq ham tannarxi qimmat bo’lgan avtomobillar narxining yanada oshishiga olib keladi(o’zgarmas xarajatlarning bitta avtomobilga tushadigan miqdori ortishi evaziga). Ya’ni yangi zavodning kirib kelishi hozirgi sharoitda ichki bozorda narxlar tushishiga emas balki oshishi olib keladi.
Tabiiyki, bu modellar o’zimizda ishlab chiqariladigan eng qimmat modellarga raqobatchi bo’ladi. Qimmat modellarga talabning kamayishi natijasida bu modellarning tannarxi oshadi. Zavod esa, bu modellarning bozordagi raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun arzon(nisbatan noelastik) modellar narxini oshiradi.
Hozirgi vaziyatda Avtomobil ishlab chiqarishda ichki bozorga yangi ishlab chiqaruvchilar qancha ko’p kirib kelmasin, bu ichki bozordagi vaziyatni ijobiy tomonga o’zgartirmaydi(narxga salbiy ta’sir qilish ehtimoli katta). Bundan tashqari, yangi kirib kelayotgan ishlab chiqaruvchilar import bojlari pasaytirilishini ortga surish ehtimoli yuqori. Chunki yangi ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishni aynan mamlakatimizda tashkil qilayotganliklari uchun hukumatdan turli imtiyozlar so’rashining ehtimoli yuqori(bojlarni yuqori ushlab turish kabi).
Yangi zavod umumiy forovonlikka salbiy ta’sir qilish ehtimoli katta(aytmoqchimanki, yangi zavod ochilishi hursand bo’lishga arzimaydi).
3 965
2023-yilda eng kam daromad oluvchi 10 foiz aholining real daromadlari qisqargan.
2023-yilda Jini koeffitsiyenti 2022-yildagi 0,283 dan 0,288 ga yetgan. Ya’ni O‘zbekistonda tengsizlik darajasi oshgan. Qiziq jihati, aholining eng ko‘p daromad oluvchi guruhining (top 10 foiz) umumiy daromaddagi ulushi qisqargan. Xususan, eng ko‘p daromad oluvchi 10 foiz aholining umumiy daromadlardagi ulushi 2022-yildagi 24,8 foizdan, 23,9 foizgacha qisqargan. Eng ko‘p daromad oluvchi aholining jon boshiga daromadlari 2023-yilda 8,5 foizga o‘sib, rasmiy inflatsiyadan (8,8 foizi) pastroq ko‘rsatkichni namoyon qilgan.
Bu holatni haqiqatda ham eng ko‘p daromad oluvchi aholining daromadlari boshqa aholi daromad guruhlarining daromadlariga nisbatan sekinroq o‘sayotganligi bilan izohlab bo‘lmaydi. Chunki tengsizlik darajasini aniqlash tanlama kuzatuv asosida amalga oshiriladi. Ya’ni so‘rovnomalar nisbatan boy va ultra boy aholi qatlamini yetarli darajada qamrab ololmaydi. Masalan so‘nggi yillarda daromadi va soni keskin oshgan internet yulduzlari, qo‘shiqchilar, tadbirkorlar, turli bo‘g‘inlardagi rahbarlar va boshqa shu kabi guruhlarning haqiqiy daromadi va boyligini aniqlash birmuncha mushkul. Shu sababli stat agentlikning so‘rovnomalari nisbatan boy aholining daromadlarini haqiqiy darajadan pastroq ko‘rsatadi (yoki qandaydir kutilmagan o‘zgarishlarni yetarli darajada ifoda etmaydi).Eng kam daromad oluvchi 40 foiz aholining umumiy daromaddagi ulushi esa 2023-yilda 21,7 foizdan, 21,2 foizgacha qisqargan. Eng kam daromad oluvchi 10 foiz aholining umumiy daromaddagi ulushi esa 3,5 foizdan, 3,4 foizgacha qisqargan. Bunda eng kam daromad oluvchi aholi jon boshiga daromadlarining o‘sish ko‘rsatkichi 7,8 foizni tashkil etgan va bu ko‘rsatkich rasmiy inflatsiyadan (8,8 foiz) 1 foiz bandga pastroq bo'lgan. Ya’ni eng kam daromad oluvchi 10 foiz aholining real daromadlari 2023-yilda qisqargan. Agar nisbatan kam daromad oluvchilarning iste’mol savatida oziq-ovqat mahsulotlari salmoqli ulushni egallashini hisobga olsak, unda ular iste’mol savatining narx o‘sishi rasmiy inflatsiyadan yuqori va oziq-ovqat inflatsiyasi atrofida shaklanganligiga guvoh bo‘lamiz. Ya'ni, Eng kam daromad oluvchi 10 foiz aholining daromadlari oziq-ovqat mahsulotlari inflatsiyasiyasidan (9,7 foiz) 1,9 foizga bandga pastroq o‘sgan. Ya’ni ular 2023-yilda real ko‘rsatkichlarda qariyb 2 foizga kambag‘allashgan. Keyingi 10 foiz aholining (10 foiz aholidan boyroq va 80 foiz aholidan kambag‘alroq) jon boshiga daromadlari rasmiy inflatsiyadan 1,1 foiz bandga yuqoriroq o‘sgan (9,9 foiz). Agar bu guruh iste’mol savatida ham oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi yuqoriligi hisobga olsak, ularning real daromadlari 1,1 foizga emas balki unda pastroq bo‘lib chiqadi.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda YAIM 6 foizga, jon boshiga YAIM 3,8 foiz, jon boshiga umumiy daromadlar real ko‘rsatkichlarda 2,4 foizga o‘sgan.Jon boshiga umumiy daromadlari eng yuqori suratda o‘sgan aholi guruhi IX detsil (aholining 80 foizidan boyroq va eng boy 10 foizdan kamroq daromad oluvchi aholi guruhi). Ularning jon boshiga daromadi 2023-yilda 17,3 foizga o‘sgan. Bu guruhning umumiy daromaddagi ulushi esa 14,7 foizdan 15,3 foizga yetgan. Umuman olganda eng ko‘p daromad oluvchi aholining umumiy daromaddagi ulushi qisqargan bo‘lsa-da ( bu holat ham katta ehtimol bilan metodologiya va so‘rovnomani o‘tkazishdagi kamchiliklar bilan bog‘liq), mamlakatimizda nisbatan yuqoriroq daromad oluvchi aholining daromadlari nisbatan tezroq o‘smoqda. Kamroq daromad daromad oluvchilarning umumiy daromaddagi ulushi esa qisqarib bormoqda. Eng kam daromad oluvchi (10 foiz) aholining esa hatto real daromadlari qisqarishga uchragan.
3 965
Press-relizdan muhim iqtiboslar:
*Umumiy inflyatsiya yil boshidan pasayib, fevral oyida 8,3 foizni tashkil etdi. Biroq, so‘nggi oylarda yuqori talab va bir qator tartibga solinadigan narx va tariflarning oshishi fonida xizmatlar inflyatsiyasi tezlashishi kuzatildi. Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari deyarli o‘zgarishsiz, yuqoriligicha qolmoqda.
*Joriy yil oxiriga inflyatsiya 8-9 foizlik prognoz diapazoni doirasida shakllanishi kutilmoqda. Prognoz davrida tartibga solinadigan narxlar o‘zgarishi va ularning inflyatsion kutilmalarga ta’siri bo‘yicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda.
*Birinchi chorak yakunlari bo‘yicha iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari nisbatan yuqoriroq shakllanishi, keyingi choraklarda esa bazaviy prognoz doirasida 5,5-6 foiz bo‘lishi borasidagi kutilmalarni kuchaytirmoqda.
*O‘tgan yilgi va joriy yil boshidagi yuqori fiskal xarajatlar kelgusi choraklarda yalpi iste’mol faolligini qo‘llab-quvvatlovchi asosiy drayverlardan bo‘ladi.
*Import dinamikasida mashina va uskunalar, energetika va neft mahsulotlari, qora metallar importining yuqori o‘sishi davom etishi bir tomondan kelgusida ishlab chiqarish hajmlari oshishiga zamin yaratsa, ikkinchi tomondan savdo balansi taqchilligining saqlanib qolishini ham bildiradi.
*Joriy operatsiyalar hisobining muvozanatga kelishi belgilangan fiskal intizomning ta’minlanishi, xorijiy investitsiyalar oqimi va iqtisodiyotni ekspor salohiyatini oshirishga qaratilgan tarkibiy islohotlarning natijadorligiga bog‘liq bo‘ladi.
*Pul-kredit siyosati operatsion mexanizmiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar qisqa muddatli pullar narxini pasaytirish orqali kelgusida kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining ham pasayishiga zamin yaratib boradi.
3 965
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajada o'zgarishsiz qoldirish bo'yicha qaror qabul qildi.
3 965
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining makroiqtisodiy sharhidan (2023) ba’zi muhim iqtiboslar:
· 2023 yilda jami 352,1 trln so‘m (30 mlrd doll) investitsiyalar amalga oshirilgan bo‘lib, real hisobda 22,1%ga o‘sgan. Umuman olganda, 2017-2023-yillarda O‘zbekistonda investitsiyalar yiliga o‘rtacha 14,5%dan o‘sib, jami 1460,4 trln so‘mlik kapital qo‘yilmalar amalga oshirilgan. 2017-2023 yillarda YAIMning o‘rtacha o‘sishi 5,3%ni tashkil etib, mazkur o‘sishning 3,9 foiz bandi. investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
· Yalpi taklif tomonidan xizmatlar va sanoat asosiy drayverlar sifatida iqtisodiy o‘sishning mos ravishda 2,6 foiz bandi (f.b) va 1,5 f.bni tashkil qildi (qishloq xo‘jaligi – 0,9 f.b, qurilish – 0,4 f.b va sof soliqlar – 0,5 f.b).
· 2023 yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari o‘sish sur’ati 12,3%ni (2022 yilda - 39,9%) tashkil qilib, nominal YAIM o‘sishidan (19%) ortda qolgan. 2024 yilda ham nominal YAIM o‘sishi (22,1%) byudjet daromadlari o‘sishidan (16,8%) yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
· 2023 yilda konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari 379,2 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 35,6%ni tashkil qildi (2022 yilda - 36,2%). 2023 yilda xarajatlar o‘sishi sezilarli darajada sekinlashib, 17,9%ni tashkil qildi (2022 yilda - 31,2%). Xarajatlarning nominal YAIM o‘sishiga nisbatan sekinlashuvi oxirgi marta 2020 yilda kuzatilgan. Prognozga ko‘ra, 2024 yilda konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari 12,8%ga o‘sib, 427,6 trln so‘mni (YAIMning 32,9%) tashkil qiladi.
· 2023 yilda Markaziy bank asosiy stavkasi 15%dan 14%ga, inflyatsiya 12,2%dan 8,8%ga tushgan bo‘lsa, kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 22,2%dan 24,0%ga va depozitlar (muddati 1 yildan ortiq) bo‘yicha stavka 19,7%dan 20,5%ga ko‘tarildi. Taqqoslash uchun, 2018 yil boshida inflyatsiya 20%, Markaziy bank stavkasi 14%, kreditlar stavkasi 20,3% va depozitlar stavkasi 13%ni tashkil qilgan.
·Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatimiz savdo shartlarida pasayish davom etmoqda. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilda 1,2%ga yomonlashgan bo‘lsa, 2018 yildan beri 12,4%ga pasaygan.
· 2024 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi 5,8%ni tashkil etadi. Bunda o‘sishning asosiy drayveri sifatida iste’mol xarajatlari 5,3%ga o‘sib, YAIM o‘sishining 4,1 f.b.ni tashkil etadi. Shuningdek, investitsiyalar o‘sishi 6,5%ni tashkil etib, 432,6 trln.so‘mga (33,2 mlrd doll) yetishi prognoz qilinmoqda. Eksport 7,8%ga (oltinsiz eksport 21,0%) o‘sib, 26,6 mlrd dollni tashkil etadi.
· Hisob-kitoblarga ko‘ra asosiy tashqi savdo hamkor mamlakatlar iqtisodiyotining 1 f.b.ga kamayishi O‘zbekistonda YAIM o‘sishining 0,4-0,6 f.b. pasayishi olib kelishi mumkin. Xitoy iqtisodining 1 f.b. sekinlashishi O‘zbekiston YAIMni 0,1-0,2 f.b.ga kamaytirishi mumkin.
3 965
2023-yilda nominal valyuta kursi nisbatan (9,6 foiz) qadrsizlanishiga qaramasdan, real valyuta kursi mustahkamlangan
2023 yilda milliy valyutaning real samarali almashinuv kursi 4,6 foiz bandga mustahkamlangan. Avgust oyidagi nominal kursning to‘g‘irlanishigacha bo‘lgan davrda esa yil boshiga nisbatan 9,4 foizga mustahkamlangan.
Real kurs 2019-2023-yillarda 9,8 foizga mustahkamlangan. Bu davrda real kurs asosiy hamkorlarimiz milliy valyutalarining aksariga nisbatan mustahkamlangan. Xususan, real almashuv kursi Xitoy (13%), Turkiya (34%), Rossiya (10%) va Janubiy Koreya (17%) valyutalariga nisbatan sezilarli mustahkamlangan bo‘lsa, Qozog‘iston (15%), Qirg‘iziston (6%) va Tojikiston (3%) valyutalariga nisbatan qadrsizlangan.
Umuman olganda real valyuta kursi bo‘yicha doimo neytral holatga intilish maqsadga muvofiq, ammo ko‘rmoqdamizki, 2019-yildan keyingi davrda milliy valyutaning real kursi muvozanatdan uzoqlashib qariyb 10 foizga mustahkamlagan.
Real valyuta kursining mustahkamlanishi o‘z navbatida importni rag‘batlantirib, eksportning raqobatbardoshligini pasaytiradi. Bu esa o‘z navbatida joriy hisoblar saldosi defitsitining yanada kengayishiga ta’sir o‘tkazadi.
Hozirgi rasmiy inflatsiyaning pasayib borayotgan sharoitida real valyuta kursining uzoq muddatli trendiga yaqinlashishi uchun nominal valyuta kursining qadrsizlanishi (yoki avgustdagi kabi to‘g‘irlanishi) yoki hamkor davlatlarda iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishi (hamkor davlatlar valyutalarining milliy valyutamizga nisbatan mustahkamlanishi) talab etiladi.
Umuman olganda yuqorida aytib o‘tganimdek, real valyuta kursining uzoq muddatli trendiga yaqinlashishi (hozirgi holatda qadrsizlanishi) to‘lov balansidagi nomutanosiblikni yumshatib, zaxiralarga bo‘lgan bosimni ham kamaytirishi mumkin.
3 965
Albatta Zaxiralarimiz bilan bog'liq muammoning yechimlaridan biri byudjetda. Agar byudjet defitsitini qisqartirishni uddalasak, unda to'lov balansidagi nomutanosiblik ham qisqarishni boshlaydi.
3 965
Zaxiralar qisqarishini mavsumiy omili bilan izohlash menimcha unchalik to‘g‘ri emas.
Markaziy bank tomonidan fevral oyidan buyon e’lon qilinishi kechiktirib kelinayotgan oltin valyuta zaxiralari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilindi.
1-mart holatiga ko‘ra oltin valyuta zaxiralari hajmi 32,2 mlrd dollarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 2,4 mlrd dollarga qisqargan. Bunda valyutadagi zaxiralar 1,8 mlrd dollarga qisqargan bo‘lsa, oltindagi zaxiralar oltin narxining o‘zgarishi hisobiga 535 mln dollarga qisqargan. Markaziy bank zaxiralarning qisqarishini mavsumiylik omili, shuningdek 2019-yilda muomalaga chiqarilgan obligatsiyalarning bir qismi so‘ndirilishi bilan izohlagan. Ma’lumot uchun, 2023-yilning mos davrida zaxiralar 1,8 mlrd dollarga (bunda valyutadagi zaxiralar 1,6 mlrd dollarga, oltindagi zaxiralar 225 mln dollarga) qisqargan edi.
Markaziy bank yanvar-fevral oylarida oltin valyuta zaxiralari qisqarishini “mavsumiy” deb atayotganligini tushunish qiyin. Agar 2023-yilni hisobga olmasak (zaxiralar uchun anomal yil bo‘lgan), 2018-yildan keyingi davrda faqatgina 2021-yilning ilk oyida zaxiralar 1,4 mlrd dollarga qisqargan. Bu qisqarish ham to‘liq oltin narxining o‘zgarishi bilan izohlangan(oltin narxi 1891 dollardan, 1765 dollargacha pasaygan).
Oltin-valyuta zaxiralari yilning ilk ikki oyida 2022-yilda 221 mln dollarga (valyuta qismi 438 mln dollar), 2020-yilda 1,4 mlrd dollar (valyuta 400 mln dollar), 2019-yilda 1,1 mlrd dollarga (valyuta 200 mln dollar), 2018-yilda 259 mln dollarga (valyuta 667 mln dollar) ko‘paygan.Menimcha, oltin-valyuta zaxiralari qisqarishini shunchaki mavsumiylik bilan izohlab bo‘lmaydi. To‘g‘ri, yevrobondlarning qaytarilishi qisqarishning bir qismini izohlashi mumkin, lekin, asosiy sabab menimcha, 2023-yildan buyon davom etayotgan to‘lov balansidagi jiddiy nomutanosiblikning saqlanib qolayotganligi bilan izohlanadi.
3 965
Sezilgan inflatsiya pasaygan, inflatsion kutilmalar esa yuqori saqlanib qolmoqda. Markaziy bank asosiy stavkani pasaytiradimi?
Fevral oyida aholi tomonidan sezilgan inflatsiya yanvar oyidagi 13,5 foizdan 12,7 foizgacha sekinlashgan. Rasmiy inflatsiya bilan sezilgan inflatsiya orasidagi farq yanvardagi 4,9 foizdan 4,3 foiz bandgacha qisqargan. Aholi guruhlari orasida nisbatan yuqori daromadli aholi nisbatan yuqori inflatsiya sezmoqda. Xususan, 15 mln so‘mdan yuqori daromad oluvchi aholi qatlami 16,9 foiz inflatsiya sezgan bo‘lsa, daromadi 2 mlngacha bo‘lgan aholi tomonidan sezilgan inflatsiya 12,4 foizni tashkil etgan.
Bu holat oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorlashib borayotganligi, shuningdek, so‘ngi oylarda xizmatlar inflatsiyasining tezlashganligi bilan izohlanishi mumkin. Ya’ni nisbatan kam daromad oluvchi aholi iste’mol savatining asosiy qismini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etsa, boyroq aholi qatlamida xizmatlarning umumiy iste’moldagi og‘irligi salmoqli.
sezilgan inflatsiya va Rasmiy inflatsiya sezilarli darajada pasayganligiga qaramasdan inflatsion kutilmalar yuqori saqlanib qolmoqda. Xususan, fevral oyida inflatsion kutilmalar 13 foizni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,1 foizga pasaygan (tadbirkorlar 12,7 foiz, o‘zgarmagan). respondentlarning asosiy xavotirlari valyuta kursining o‘zgarishi, yoqilg‘i energiya resurslarining qimmatlashishi, kommunal xizmatlarning qimmatlashishi bo‘lib bo‘lmoqda.
Umuman olganda rasmiy inflatsiya va sezilgan inflatsiyaning shiddat bilan pasayishi, oziq-ovqat narxlarining barqarorlashib borayotganligi, yirik mamlakatlar tomonidan inflatsiyaning pasayib borishi fonida foiz stavkalarini pasaytirishi kutilayotganligi (taxminan may-iyun olarida) 14-martdagi yig‘ilishda asosiy stavkaning pasaytirilishiga zamin yaratayotgandek. Ammo may oyida energiya narxlari to‘g‘irilanishining kutilayotganligi,shuningdek, aholi tomonidan valyuta kursining o‘zgarishi asosiy inflatsion xatalardan biri bo‘lib qolayoganligi Markaziy bankning asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirishiga to‘liq asos yaratadi.
Markaziy bankning asosiy stavkani pasaytirishi, valyuta kursi, va xalqaro zaxiralarga bosimni yanada oshirishi mumkin.
3 965
Oylik inflatsiya ham, yillik inflatsiya ham sekinlashishda davom etmoqda
Fevral oyida oylik inflatsiya 0,3 foizni tashkil etib, yangi davrdagi o‘zining eng past darajasini qayd etgan. Yillik inflatsiya esa yanvar oyidagi 8,58 foizdan 8,35 foizgacha sekinlashgan.
Bunda, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining oylik inflatsiyasi 0,2 foizni (yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari 0,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlarlari inflatsiyasi 0.4 foiz). Fevral oyida xizmatlar inflatsiyasi tovar guruhlari orasida eng yuqori narx o‘sishini qayd etgan bo‘lib, bu tovarlarning oylik narx o‘sishi 0,7 foizni tashkil etgan.
Yillik hisobda esa oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining inflatsiyasi sekinlashayotgan bo‘lsa xizmatlar inflatsiyasi tezlashishda davom etmoqda. Xususan, yanvar oyida xizmatlar inflatsiyasi 8,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, fevral oyiga kelib bu ko‘rsatkich 9,1 foizga yetgan. Xizmatlar yillik hisobda ham eng yuqori narx o‘sishi qayd etilayotgan tovar guruhi hisoblanadi. Xizmatlar inflatsiyasining tezlashayotganligi nazorat qilinadigan narxlarning to‘g‘irlanayotganligi bilan izohlanadi.
Xususan, fevral oyida chiqindilarni olib ketish uchun to‘lovlar 9,4 foizga, sovuq suv kanalizatsiya xizmatlari 1,5 foizga, suv ta’minoti va turar joylarni saqlab turish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar narxi 4,4 foizga o‘sgan.
Oldin prognoz qilganimdek, kelasi bir necha oyda ham yillik inflatsiya pasayishda davom etadi (oldingi yillardagi yuqori baza effektining chiqib ketishi evaziga). Nazorat qilinadigan tovarlar narxlarining to‘g‘irlanishi davom etishi esa ba’zi tovar guruhlarda inflatsiyaning tezlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar may oyida aholi uchun energiya mahsulotlari narxi to‘g‘irlansa, inflatsiyaning pasayuvchi trendi katta ehtimol bilan orqaga qaytadi (albatta ta’sir darajasi narx to‘g‘irlanishining ko‘lamiga bog‘liq).
Umuman olganda, hozirgi tendensiya bilan yillik inflatsiya Markaziy bank target ko‘rsatkichining (8-9 foiz) pastki chegarasida shaklanishining ehtimoli yuqori.
3 965
Tashqi savdo yanvar
Yanvar oyida tashqi savdo aylanmasi 4,2 mlrd dollarni tashkil etib o’tgan yilning mos davriga nisbatan -17.2 foizga qisqargan. Bunda eksport 1.1 mlrd dollarni, import esa 3 mlrd dollarni tashkil etgan. Importning o’sishi 4 foizni tashkil etgan bo’lsa eksport 47.1 foizga qisqargan. Eksportning qisqarishi joriy yil yanvar oyida oltin eksporti amalga oshirilmaganligi bilan izohlansa, import o’sishining sekinlashishi 2023-yil yanvar oyida import qilingan 13 ta (633 mln dollar) samolyotning yuqori baza effekti bilan izohlanadi.
Oltinsiz eksportning o’sish tempi biroz tezlashib 20 foizni tashkil etgan. Bu holat Xitoyga eksportning 2 barobarga oshganligi bilan izohlanadi. Xususan, 2023-yilning yanvar oyida Xitoyga eksport 88 mln dollarni tashkil etgan bo’lsa, joriy yilda 185 mln dollarga yetgan. Ketma-ket 4 oylik qisqarishdan keyin Qozog’istonga oylik eksport tiklanib 35 foizga o’sgan. Turkiya va Qirg’izistonga oylik eksport esa ketma-ket 5-oydirki qisqarmoqda. Yanvar oyida Turkiyaga oylik eksport 30 foizga, Qirg’izistonga eksport esa 38 foizga qisqargan. Tojikiston va Afg’oniston kabi qo’shnilarimizga oylik eksport mos ravishda 11 foiz va 15 foizga o’sgan.
Ketma-ket 7-oydirki, Xitoydan import karrasiga o’sishda davom etmoqda. Yanvar oyida Xitoydan import 2 barobar o’sib oylik import qariyb 1 mlrd dollarga yetgan. Rossiyadan import ham biroz tezlashib 12 foizni tashkil etgan bo’lsa, Qozog’iston va Turkiyadan oylik import esa mos ravishda 30 foiz va 15 foizga qisqargan.
Rossiyadan importning tezlashishi gaz importining oshayotganligi bilan izohlanishi mumkin (lekin Statistikamiz mamlakat va tovarlar kesimida ma’lumotlarni taqdim qilmaganligi uchun buni comtrade ma’lumotlar bazasida yanvar oyi uchun ma’lumotlar e’lon qilinguncha bilolmaymiz). Xususan yanvar oyida gaz importi 35,56 mln dollarni tashkil etib, sezilarli darajada oshgan.
2023-yil kuzidan Rossiyadan gaz importi masalasi ko’tarilib kelinayotganligiga qaramasdan, 11 oylik ma’lumotlarda Rossiyadan gaz import qilmaganmiz, dekabr va yanvar oylarida vaziyat o’zgargan bo’lishi mumkin.
3 965
Repost from Gazeta.uz — Maxsus kanal
Mifonomika: Budjet defitsiti xavfli emasmi?
“Gazeta.uz” turli soha vakillari bilan odamlar orasida iqtisodiyot haqida tarqalgan miflar va yanglish tasavvurlarni muhokama qilishga qaratilgan Mifonomika loyihasini davom ettiradi.
Loyihaning yettinchi sonida iqtisodchi Mirkomil Xolboyev bilan “Budjet defitsiti xavfli emas” degan mif haqida gaplashdik.
Podkastni keyinroq tinglashni istasangiz, ushbu postni Saqlangan xabarlar (Избранное / Saved Messages)ga jo‘natib qo‘yishingiz mumkin.
https://youtu.be/JcLnRSg2q58
Mifonomika loyihasining oldingi epizodlarini bu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Bahodir Abdullayev
@gazetauzmaxsus
3 965
Oylik inflatsiya ham yillik inflatsiya ham sekinlashishda davom etmoqda
Joriy yilning yanvar oyida oylik inflatsiya 0,6 foizni tashkil etib, so’ngi 4 yildagi o’zining eng past darajasini qayd etgan (taqqoslash uchun 2023-yilning yanvar oyida oylik inflatsiya 0,8 foizni tashkil etgan edi).
Oylik inflatsiyaning sekinlashishi oziq-ovqat mahsulotlari inflatsiyasining oldingi yilga nisbatan 0,3 foiz bandga (0,7 foiz), nooziq-ovqat mahsulotlari inflatsiyasining 0,2 foiz bandga (0,4 foiz) sekinlashganligi bilan izohlanadi. Yanvar oyida xizmatlar inflatsiyasi 0,9 foizni tashkil etib (oldingi yilga nisbatan 0,2 foiz band tezroq) narxlari eng yuqori darajada oshgan tovar guruhi bo’lgan.
Yillik inflatsiya esa 8,6 foizgacha sekinlashib yangi tarixdagi rekordlarni yangilashdan davom etmoqda. Oldin ham yozganimdek, kelasi oylarda inflatsiya bir maromda pasayishda davom etadi.
Xususan, yanvar oyida ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarining yuqori baza effekti umumiy inflatsiyadan chiqib ketdi. Masalan 2023-yilning yanvar oyida piyozning narx o’sishi 45 foizni tashkil etgan bo’lsa bu, joriy yil yanvar oyida piyozning narx o’sishi 3,8 foizni tashkil etgan xolos.
Aprel oyida ham bir nechta mahsulotlarning oldingi yildagi yuqori narx o’sishi umumiy inflatsiyadan chiqib ketishi natijasida inflatsiya o’zining tarixiy minimumlarigacha yaqinlashsa kerak. May oyida esa aholiga energiya resurslari narxinining to’g’irlanishi iqtisodiyotning barcha sektorlarida narx o’sishini tezlashtirishi va bu umumiy inflatsiyani ham tezlashtirishi mumkin.
Umuman olganda o’tgan yilning yanvar oyidan buyon rasmiy inflatsiyaga nisbatan jamoatchilikda shubha va turli savollar paydo bo’lib kelmoqda. Oktabr oyida biznes vakillari uchun ba’zi nazorat qilinadigan narxlarning oshirilishi Markaziy bank tomonidan ikkilamchi ta’sir orqali inflatsiyani tezlashtirishi borasida xavotirlar bildirilgan edi. Lekin ko’rmoqdamizki oylik inflatsiya ham yillik inflatsiya ham pasayishda va yangi rekordlarni qayd etishda davom etmoqda.
Agar yillik inflatsiya hozirgi darajada sekinlashishda davom etsa va tartibga solinadigan narxlar oshirilishining ta’sir katta bo’lmasa (oktabrda narx oshirilishining ta’siri bo’lmagani kabi), unda yil so’ngida Markaziy bank target darajasida pastroq shakllanishini ehtimoli juda yuqori.
3 965
Repost from STATISTIKA | Rasmiy kanal
✅ Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!
🗓 2023-yil yakunlari boʻyicha yillik 1-kb shakli, 1-fx shakli hamda 1-mehnat shakli statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlariga hisobotlarini taqdim etishda uslubiy yordam berish maqsadida, Statistika agentligi tomonidan “On-line” muloqot tashkil etiladi.
✅ “Оn-line” muloqotda 1-kb shakli, 1-fx shakli hamda 1-mehnat shakli hisobotlarining har bir boʻlimi, ulardagi koʻrsatkichlar boʻyicha savollarga javob beriladi.
✅ O‘z navbatida, “On-line” muloqotlar
"Zoom" platformasi orqali 2024-yilning 29-yanvaridan 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 11:30 ga qadar tashkil etiladi.
✅ Eslatib oʻtamiz, 1- mehnat shakli statistika hisobotini taqdim etish muddati 2024-yilning 1-fevral sanasida hamda 1- kb shakli va 1- fx shakli statistika hisobotlarini taqdim etish muddati 2024-yilning 27-fevral sanasida yakunlanadi.
❗️“On-line” muloqotlarda faol ishtirok eting!
Zoom ID: 824 0969 3261
Kirish kodi: 485222
3 965
To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar masalasida berilgan raqamlar bo'yicha menda biroz shubha bor.
Masalan, to'lov balansi bo'yicha ma'lumotlarda 2023-yilning 9 oyida mamlakatimizga 1,3 mlrd dollar miqdorida to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar kirib kelgan. O'tgan yilning mos davriga nisbatan esa to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar oqimi 21 foiz yoki 362 mln dollarga qisqargan.
3 965
"Aholining omonatlari 2019-yilda 2 mlrd dollar(ekvivalent)ni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2023-yilda 7 mlrd dollarga yetgan."
