Mirkonomika
Open in Telegram
Bu yerda yozilgan fikrlar shaxsiy bo’lib, hech qaysi tashkilot fikri yoki qarashlarini ifoda etmaydi.
Show more3 965
Subscribers
+124 hours
-277 days
-7430 days
Posts Archive
3 965
Repost from Iqtisodchi Kundaligi
Do’stim, hammuallifim, podkastdoshim va qadrli akam - Botir Kobilov bugun Harvard Universitetidan doktorlik unvonini oldilar.
Botir aka bilan faxrlanamiz. Vatanimiz, millatimizga Botir akadek olimlar muborak bo’lsin.
Botir aka Harvardda doktorlik qilgan birinchi O’zbekistonlik bo’ldilar.
Bundan ham katta yutuq va zafarlar tilab qolamiz!
3 965
Yillar kesimida Fransiyaga maxsus tovarlar eksporti (radioaktiv kimyoviy elementlar)
2020 yilda-10,7 mln dollar,
2021 yilda- 97,3 mln dollar,
2022 yilda- 121,1 mln dollar,
2023 yilda- 101,0 mln dollar.
3 965
Tashqi savdo yanvar-aprel. Rossiya bilan savdo tezlashgan. Xitoydan import sekinlashayapti. Qo'shnilar bilan tashqi savdo qisqarishda davom etmoqda.
Yanvar-aprel oylarida mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasi 20,9 mlrd dollarni (5.9 foiz o‘sish) tashkil etgan. Bunda, eksport hajmi 8,5 mlrd dollar (9 foiz o‘sish), import esa 12,4 mlrd dollarni (3,9 foiz) tashkil etgan. Tashqi savdo defitsiti 3,9 mlrd dollarni tashkil etib, 2023-yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 240 mln dollarga qisqargan. Bu holat yuqori oltin narxi sharoitda, o'sayotgan oltin eksporti bilan izohlanadi, Xususan, 4 oy davomida 3,4 mlrd dollarlik (aprel oyida 758 mln dollarlik) oltin eksport qilingan bo‘lib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 12 foiz yoki 400 mln dollarga oshgan.
Oldingi yilda bir martalik tovarlar importining (xususan samolyotlar) yuqori o‘sishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda oldingi yildagi yuqori baza effekti hisobiga import nisbatan sekin o‘smoqda. Xususan, aprel oyida import hajmi 4 foizga o‘sgan, mart oyida oylik import 5 foizga qisqargan edi.
Ketma-ket uchinchi oydirki Rossiyadan import yuqori suratlarda o‘smoqda. Xususan, oylik import fevral oyida 42 foizga, mart oyida 23 foizga, aprel oyida 47 foizga o‘sgan. Xitoydan esa importning sekinlashishi davom etmoqda. Xususan, aprel oyida Xitoydan import 2 foizga o‘sgan xolos. Qozog‘istondan esa import bir necha oydan buyon qisqarishda davom etmoqda. Aprel oyida import 27 foizga qisqargan.
Aprel oyida umumiy eksport 6 foizga o‘sgan bo‘lishiga qaramasdan, oltinsiz eksport 6 foizga qisqargan. Bunda, eksport asosiy hamkorlarimizni deyarli barchasiga kamaygan. Faqatgina Rossiyaga eksportning yuqori suratda o'sishi saqlanib qolgan bo‘lib, aprel oyida Rossiyaga eksport 5 barobarga o‘sgan (oldingi yildagi juda past baza effekti hisobiga). Oylik eksport Xitoyga 22 foizga, Qozog‘istonga 39 foizga, Turkiyaga 7 foizga, Qirg‘izistonga 36 foizga, Tojikistonga 20 foizga qisqargan.
Eksport bilan kuzatilayotgan yana bir tendensiya Fransiyaga eksportning yuqori suratlarda o‘sayotgani bo‘lmoqda. Xususan, joriy yilning 4 oyida Fransiyaga 264,6 mln dollarlik eksport amalga oshirilgan bo‘lib (aprel oyining o‘zida 127 mln dollarlik eksport), oldingi yilga nisbatan 2,2 barobarga o‘sgan, 2023-yilning mos davrida ham o‘sish surati 88 foizni tashkil etgan edi. Fransiyaga eksportning yuqori suratda o‘sishi maxsus tovarlar eksportining oshayotganligi bilan izohlanishi mumkin.
Umuman olganda, yuqori oltin narxi eksportning nisbatan barqaror o‘sishiga zamin yaratmoqda. Oltinsiz eksport esa aprel oyida qisqarishga uchragan. Yana bir tendensiya muhimki, qo‘shnilarimiz bilan tashqi savdoning barqaror o‘sishini ta’minlash qiyin kechmoqda. Ba’zi qo‘shnilarimiz bilan esa (xususan Qozog‘iston, va Qirg‘iziston) tashqi savdomiz jiddiy qisqarmoqda.
3 965
Yirik davlatlar tomonidan savdo urushlarining davom ettirilishi va yanada kuchaytirilishi rivojlanayotgan va nisbatan savdoga yopiq davlatlarda savdoga ochilish jarayonlariga salbiy ta’sir o’tkazadi.
Biz kabi dunyoga judayam yopiq davlatlar yirik davlatlardagi tendensiyalardan ko’rgan holda o’zlarining samarasiz sohalarini himoya qilishda davom etadi (yoki himoyalarni yanada kuchaytiradi).
Savdoda to’siqlarni yumshatish esa amalda ham iste’molchilar ham butun iqtisodiyot uchun foydali. Masalan XVJ ma’lumotlariga ko’ra Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida savdoga to’siqlarning yumshatilishi eksport hajmining 15 foizgacha, YAIMni esa 1 foiz atrofida tezlashtirishi mumkinligi aniqlangan.
Shuningdek, yirik davlatlar tomonidan savdoni cheklashga qaratilgan harakatlar davlatlar orasida JSTga bo’lgan ishonchni kamaytiradi. Biz kabi JSTga qo’shilish harakatida bo’lgan davlatlar uchun esa tashkilotga a’zo bo’lish jozibadorligini pasaytiradi.
3 965
UNCTAD hisobotiga ko’ra, 2023-yilda Markaziy Osiyoga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar 10 mlrd dollarni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 5 foizga qisqargan. Osiyo qit’asiga esa to’g’ridan-to’g’ridan investitsiyalar 584 mlrd dollarni tashkil etib, 12 foizga qisqarganligi qayd etilgan.
Yanvardagi press-konferensiyada esa to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar 2023-yilda 2 barobarga oshib 7 mlrd dollarga yetganligi qayd etilgan edi.
3 965
Markaziy bankning asosiy stavkaning ko‘rib chiqish bo‘yicha taqdim qilingan prezentatsiyaga ko‘ra joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 2,7 mlrd dollarni tashkil etganligi qayd etilgan. O‘tgan yilning mos davrida esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 1,1 mlrd dollarni tashkil etgan.
Agar to‘lov balansidagi ma’lumotlarga e’tibor qaratilsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tariximizda hech qaysi chorakda 1 mlrd dollarga yetmagan. Yillik oqim esa 2023 yilda 16 foizga qisqarib, 2,2 mlrd dollarni tashkil etgan.
Yanvar oyidagi press-konferensiyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 2023-yilda 7 mlrd dollarga yetganligi ta’kidlangan edi.
3 965
Press-relizdan ayrim muhim iqtiboslar
Iqtisodiyotda yuqori talabning saqlanib qolayotgani hamda ayrim tartibga solinadigan narxlar va tariflarning oshirilishi sharoitida xizmatlar inflyatsiyasi so‘nggi oylar davomida barqaror o‘sib bormoqda.
Bazaviy inflyatsiya sezilarli sekinlashib, mart oyida yillik 7,6 foiz va yil boshidan umumiy inflyatsiya darajasidan pastroq shakllandi.
Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari inflyatsiyaning joriy va prognoz darajasidan yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, tartibga solinadigan narxlarning to‘g‘rilanishi va aprel oyidan bir qator tovar va xizmatlarga QQS joriy etilishi ta’sirida inflyatsion kutilmalar dinamikasi yuqorilashi mumkin.
asosiy ssenariy bo‘yicha 2024 yilda umumiy inflyatsiya prognozi 9-11 foizgacha oshirildi. Umumiy inflyatsiya prognozini yangilanishi tartibga solinadigan narxlar oshishining pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarida keltirilgan makroiqtisodiy prognozlarida inobatga olingan dastlabki darajasidan yuqoriroq bo‘lishi bilan bog‘liq
Bazaviy inflyatsiyaning barqaror pasayish trayektoriyasida qolishi bo‘yicha mustahkam kutilmalar shakllanib, yil yakunida 7-8 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
So‘mning real almashuv kursi dinamikasi yil boshidan 0,9 foizga qadrsizlanib, uzoq muddatli trendi doirasida shakllandi. Tashqi savdo hamkorlar milliy valyutalari kurslari va inflyatsiyalari bo‘yicha prognozlarni inobatga olganda real almashuv kursiga nisbatan bosimlar kuzatilmayapti.
Yangilangan prognozlarga ko‘ra, YAIM o‘sishi yil yakuniga 5,2-5,7 foiz oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.
Ayni paytda, bazaviy inflyatsiyaning prognoziga erishish bo‘yicha xatarlar kuchayib, kelgusi davrlarda aholining inflyatsion kutilmalarida sezilarli o‘sish kuzatilgan taqdirda pul-kredit sharoitlarini o‘zgartirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
3 965
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajada o’zgarishsiz qoldirish bo’yicha qaror qabul qildi.
3 965
Markaziy bank 2024-yil I chorak uchun aholining qarz yuki darajasini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazayotgan ekan.
So‘rovnomada ishtirok eting, bir necha daqiqa vaqtingizni oladi, xolos.
So'rovnoma: @cbudebtburdenbot
3 965
Aksariyat asosiy savdo hamkorlarimiz bilan bilan oylik savdo qisqargan.
Yanvar-mart oylarida mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi 6,2 foizga o‘sib, 15,8 mlrd dollarni tashkil etgan. Bunda, eksport hajmi 6,4 mlrd dollar (o‘sish 10 foiz), import hajmi esa 9,4 mlrd dollarni (o‘sish 3,8 foiz) tashkil etgan.
Mart oyida oltinning yuqori narxi fonida 1,3 mlrd dollarlik oltin eksporti amalga oshirilgan.
Oylik oltinsiz eksport 9,8 foizga o‘sib o‘sish surati oldingi oyga nisbatan biroz sekinlashgan (0,4 foiz). Oylik eksport asosiy hamkorlarimizdan faqatgina Qozog‘istonga biroz o‘sgan bo‘lsa (o‘sish 6 foiz), qolgan barcha asosiy hamkorlarimizga eksportimiz sezilarli darajada qisqargan. Xususan, mart oyida oylik eksport Rossiyaga 20 foizga, Xitoyga 46 foizga, Turkiyaga 35 foizga qisqargan.
Qo‘shnilarimizdan Qirg‘izistonga eksport bir necha oylik qisqarishdan (fevral oyida 58 foizga, Yanvar oyida 38 foizga qisqargan edi o‘sish) keyin 15 foizga o‘sgan bo‘lsa, Tojikistonga eksport mart oyida 42 foizga qisqargan. Afg‘onistonga esa eksportning o‘sishi tezlashib 34 foizga yetgan.
Mart oyida oylik import 5 foizga qisqargan Asosiy savdo hamkorlarimizdan faqatgina Rossiyadan import o‘sayotgan (23 foiz) bo‘lsa, qolgan asosiy hamkorlarimizdan import qisqarishga uchragan. Xususan, import Xitoydan 8 foizga, Qozog‘istondan 14 foizga, Turkiyadan 3 foizga qisqargan.
Xitoydan import 2023-yil iyul oyidan buyon yuqori suratlarda o‘sayotgan edi (avtomobil kabi tovarlar importning yuqori suratlarda o‘sishi evaziga), fevral oyida Xitoydan import sezilarli darajada sekinlashgan bo‘lsa, mart oyiga kelib import qisqarishni boshlagan.
Qo‘shnilarimiz Qirg‘iziston va Tojikistondan import mos ravishda 35 foiz va 22 foizga qisqargan.
3 965
Valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga ta’siri borasidagi xavotirlar oshgan
Rasmiy inflatsiyaning pasayishi fonida inflyatsion kutilmalar ham pasayib bormoqda. Mart oyida aholining inflatsion kutilmalari 0,2 foiz bandga pasayib 12,8 foizni tashkil etgan. Sezilgan inflatsiya esa o‘tgan oydagi kabi 12,7 foiz darajada saqlanib qolgan.
Kelajakdagi asosiy inflatsion xavotir valyuta kursining o‘zgarishi bo‘lib qolmoqda. Xususan, mart oyida respondentlarning 61 foizi valyuta kursining o‘zgarishini asosiy xavotir sifatida ko‘rgan. Taqqoslash uchun fevral oyida respondentlarning 56 foizi valyuta kursining o‘zgarishini asosiy xavotir sifatida ko‘rgan edi. Umuman olganda valyuta kursi to‘g‘irlangan avgust oyida valyuta kursining o‘zgarishi bo‘yicha xavotirlar 70 foizgacha yetgan edi. Joriy yil mart oyidagi ko‘rsatkich 2023-yil sentyabr oyidan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mart oyida yana bir ko‘zga tashlanadigan o‘zgarish monopoliya va narxlarning sun’iy oshirilishi bo‘yicha xavotirlar sezilarli oshgan. Xususan, 35 foiz respondentlar narxlarning sun’iy oshirilishidan xavotirda. Bu holat so‘ngi oylardagi tendensiyalar bilan izohlash mumkin (menimcha aprelda narxlarning sun’iy oshirilishi bo‘yicha xavotirlar yanada oshadi).
Aholi orasida yoqilg‘i va energiya resurslari narxining oshishi bo‘yicha xavotirlar oldingi oyga nisbatan biroz pasayib yanvar oyidagi darajaga qaytgan, ammo energiya resurslari narxining oshishi haligacha valyuta kursining o‘zgarishidan keyingi ikkinchi yirik xavotirligicha qolmoqda.
Boy aholining inflyatsion kutilmalari va sezgan inflatsiyasi sezilarli darajada yomonlashgan. Xususan, mart oyida 15 mln so‘mdan yuqori daromad oluvchi aholining inflatsion kutilmalari oldingi oyga nisbatan 3,1 foiz bandga yomonlashib 19,2 foizga yetgan. Kam daromad oluvchi aholi qatlamining esa inflation kutilmalari yaxshilanishda davom etmoqda. Xususan mart oyida 2 mln so‘mgacha daromadga ega aholi qatlamining inflatsion kutilmalari 11,1 foizni tashkil etib, fevral oyiga nisbatan 2 foiz bandga pasaygan.
Bu holatni oldin ham yozganimdek xizmatlar inflatsiyasining oziq-ovqat mahsulotlari inflatsiyasiga nisbatan yuqoriligi bilan izohlash mumkin. Ya’ni nisbatan daromadi yuqori aholi qatlami iste’molida xizmatlarning ulushi nisbatan yuqori bo‘lib xizmatlar narxining tezroq o‘sishi boy aholi qatlamiga past daromadlilarga nisbatan ko‘proq seziladi. Xususan, mart oyida xizmatlar inflatsiyasi 0,7 foizni tashkil etgan, oziq-ovqatlar inflatsiyasi esa 0.2 foizni tashkil etgan.
Umuman olganda, aprel oyida inflatsion kutilmalar va sezilgan inflatsiya rasmiy inflatsiyaga monand biroz pasayishi yoki mart oyidagi darajada saqlanib qolishimh ehtimoli yuqori. Menimcha valyuta kursining qadrsizlanishi va narxlarning sun’iy oshirilishi bo’yicha xavotirlar oshishda davom etadi.
3 965
Valyuta kursi “to‘g‘irlandimi”?
Bugun so‘mning dollarga nisbatan kursi 34,5 so‘mga qadrsizlanib, 12 688 so‘mga yetdi. So‘ngi oylarda valyuta kursining odatdagidan tezroq qadrsizlanib borishi ko‘pchilikda real kurs avgustdagi kabi to‘g‘irlanish yuz beryaptimi yoki yuz berdimi degan savolni uyg‘otmoqda.
Umuman olganda, so‘ngi bir oyda so‘mning kursi 1,4 foizga yil boshidan buyon esa 2,7 foizga qadrsizlandi (bu yerda davrni boshi va oxiri solishtirilgan shu sababli o‘rtacha kursga nisbatan biroz xatolik bo‘ladi).
Taqqoslash uchun, 2023 yilning mos davri so‘m dollarga nisbatan 0,3 foiz va 1,3 foizga qadrsizlangan. Yil so‘ngida esa so‘mning dollarga nisbatan kursi oldingi yillarga nisbatan yuqori 9,8 foizga qadrsizlangan edi .
So‘ngi bir oyda asosiy savdo hamkorlarimizdan, Faqatgina Qozog‘iston milliy valyutasi 1,1 foizga mustahkamlangan bo‘lsa, Turkiya (1,6 foiz), Rossiya (1 foiz), Xitoy (0,6 foiz) kabi yirik hamkorlarimiz valyutalarida qadrsizlanish kuzatilgan.
Yil boshiga nisbatan esa Qozog‘iston tengesi 2,4 foizga mustahkamlangan bo‘lsa, boshqa asosiy hamkorlarimiz milliy valyutalarida nisbatan yuqori qadrsizlanish kuzatilgan. Xususan, Turkiya (8 foiz), Rossiya (3,6 foiz), Xitoy (2,4 foiz) kabi hamkorlarimiz milliy valyutalari so‘m darajasida yoki unda ham yuqori qadrsizlangan.
Ya’ni milliy valyutalarning dollarga nisbatan qadrsizlanishi asosiy hamkorlarimizda ham kechayotgan jarayon.
2023-yilda so‘mning real kursi nominal kurs 9,8 foizga qadrsizlanishiga qaramasdan 4,6 foizga mustahkamlangan edi.Joriy yilda ko‘rmoqdamizki, nominal kurs nisbatan tez qadrsizlanmoqda (hatto 2023-yil bilan taqqoslaganda ham). Lekin menimcha bu hali real kursning to‘g‘irlanishi emas. Ya’ni hozirgi nominal kursning qadrsizlanishi asosiy hamkorlarimizda kuzatilayotgan tendensiyaga monand kechmoqda. Agar real kurs to‘g‘irlansa bu nominal kursning bir martalik yirikroq qadrsizlanishi (avgustdagi kabi balki undanam yirik), yoki nisbatan uzoq vaqt odatdagidan tezroq qadrsizlanishini talab qilsa kerak (menimcha).
3 965
Yillar davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va uning YAIMga nisbatan o‘zgarishi
3 965
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar sezilarli qisqargan.
2023 yil davomida mamlakatimizga moliyaviy oqim 6,6 mlrd dollarni tashkil etgan. Umuman olganda moliyaviy oqimning qariyb 70 foizi 4 chorakka to‘g‘ri keladi.
Bunda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning sof oqimi 2,2 mlrd dollarni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 16 foizga yoki 425 mln dollarga qisqargan. Portfel investitsiyalar hajmi qariyb 1 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu oktyabr oyida chiqarilgan 4,25 trln so‘m miqdoridagi "yashil" suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalar bilan izohlanadi.
Umuman olganda to‘rtinchi chorakda to‘lov balansida moliyaviy oqimning yuqori darajada o‘sishi natijasida umumiy oqim joriy operatsiyalar hisobi defitsitiga nisbatan 900 mln dollarga ko‘proq bo‘lgan, bu esa to‘rtinchi chorakda zaxiralar hajmining qariyb 1,9 mlrd dollarga oshishiga zamin yaratgan. Ammo oldingi choraklardagi nomutanosibliklar hisobiga zaxiralar hajmi 2023-yilda 2,7 mlrd dollarga qisqargan.
Menimcha, yuqori o‘sishda davom etayotgan (2023-yilda 6 foiz) davlatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning sezilarli qisqarishini kelajak uchun xavotirli signal sifatida qabul qilinishi kerak.
So‘ngi 5 yilda faqatgina pandemiya kuzatilgan 2020-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimida qisqarish kuzatilgan edi. O‘shanda iqtisodiy o‘sish 2 foizgacha sekinlashgan. 2023-yilda esa o'sish 6 foizni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 0,3 foizga tezlashgan.
3 965
Yillar kesimida joriy operatsiyalar hisobi defitsiti va uning YAIMga nisbatan o'zgarishi
3 965
Joriy operatsiyalar hisobi defitsiti YAIMga nisbatan tarixiy maksimumga yetgan
2023-yilda Joriy operatsiyalar hisobi defitsiti 7,8 mlrd dollarni tashkil etib, YAIMga nisbatan 8,6 foizga yetgan.
Bunda, tovar va xizmatlar defitsiti 17,6 mlrd dollar (2022 yilga nisbatan 3,9 mlrd dollarga o‘sgan), Birlamchi daromadlarning sof oqimi -761 mln dollar (2022-yilda 902 mln dollar), Ikkilamchi daromadlarning sof oqimi 10,5 mlrd dollar (2022-yilda 12,1 mlrd dollar).
Statistika qo‘mitasining ma’lumotlarlariga ko‘ra, tashqi savdo defitsiti 13,7 mlrd dollarni tashkil etgan. Bunda tashqi savdo defitsitining to‘lov balansidagi ma’lumotlardan farq asosan xizmatlar importidagi farq bilan izohlanadi. Xususan, statistika agentligi ma’lumotlarida 2023-yilda xizmatlar importi 2,6 mlrd dollarni tashkil etganligi qayd etilgan bo‘lsa, to‘lov balansi ma’lumotlarida xizmatlar importi 7,6 mlrd dollarni tashkil etgan.Joriy operatsiyalar hisobi defitsitining yomonlanishi budjet xarajatlari o‘sishi shuningdek, real valyuta kursining mustahkamlanishi (2023 yilda real kurs 4,6 foizga mustahkamlangan) sharoitida tashqi savdo defitsitining yomonlashib borishi hamda investitsion daromadlar chiqib ketishining ko‘payayotganligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari 2022-yil bilan farqning jiddiyligi birlamchi va ikkilamchi daromadlarning mamlakatimizga oqimi o‘zining uzoq muddatli trendiga qaytayotganligi bilan ham izohlanadi. Joriy operatsiyalar hisobi defitsitining bunday yuqori suratda o‘sishini (davomiy) moliyaviy oqim bilan ta’minlash juda mushkul(ayniqsa hozir yuqori foizli dunyoda). Bunday holat 2023 yildagi kabi to‘lov balansida nomutanosibliklarni keltirib chiqarishda davom etadi. Bu esa nominal valyuta kursi shuningdek xalqaro zaxiralarga bosimni oshiraveradi. Bunda, 2024-yilda to‘lov balansidagi vaziyatni yumshatish byudjet intizomi judayam bog‘liq. Bundan tashqari, nominal valyuta kursining to‘g‘irlanishi ham to‘lov balansiga ijobiy ta’sir qilishi mumkin.
3 965
Dr. Shoiraxon Nurdinova "Xulq-atvor iqisodiyoti" ga oid o‘quv qo‘llanma yozibdi. Kitobda xulq-atvor iqtisodiyotining mazmun-mohiyati, tarixiy rivojlanishi va nazariy asoslari yoritilgan.
Shuningdek, Qo‘llanmada xulq-atvor iqtisodiyotining klassik iqtisodiyot bilan o‘xshashlik va farqlari, qaror qabul qilish nazariyalari, xulq-atvor iqtisodiyotida tajribalar kabi mavzularga alohida e’tibor berilgan. Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining magistrantlari uchun mo‘ljallangan.
Kitobni xarid qilish uchun: https://asaxiy.uz/product/dr-shoirahon-nurdinova-hulq-atvor-iqtisodiyoti
#tavsiya
3 965
Tashqi savdo Yanvar-fevral
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi qariyb 10 mlrd dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,5 foizga o‘sgan. Bunda eksport hajmi 3,6 mlrd dollar (o‘sish 13,6 foiz), import esa 6,3 mlrd dollar (o‘sish, 8,7 foiz). Bir qarashda eksportning importdan yuqoriroq o‘sayotganligi tashqi savdo defitsitini qisqartirishga zamin yaratadigandek tasavvur uyg‘otayotgan bo‘lsa-da aslida unday emas.
Birinchidan oylik eksportning nisbatan yuqori o‘sishi fevral oyida amalga oshirilgan 1,3 mlrd dollarlik oltin eksporti bilan izohlanadi. Xususan, fevral oyida oylik eksport 2,3 barobarga o‘sgan. Ammo oltinsiz eksport fevral oyida 10 foizga o‘sgan, xolos. Taqqoslash uchun yanvar oyida oltinsiz eksportning o‘sish surati 20 foizni tashkil etgan edi.
Ikkinchidan, importning nisbatan past o‘sish surati 2023-yil yanvar oyidagi yuqori baza effekti bilan izohlanadi ( 2023-yil yanvar oyida qiymati 633 mln dollar bo‘lgan 13 ta samolyot import qilingan edi). Shu sababli yanvar oyida umumiy import bor yo‘g‘i 4 foizga o‘sgan xolos, fevral oyida esa oylik importning o‘sish 14 foizga yetgan.
Mamlakatlar kesimida Rossiyaga eksportning o‘sishi sekinlashib fevral oyida oylik eksport 3 foizga o‘sgan (yanvar oyida 8 foiz). Xitoyga esa yanvar oyidan buyon oylik eksport yuqori suratlarda o‘smoqda, xususan, yanvar oyida oylik eksport 2 barobar oshgan bo‘lsa, fevral oyida 66 foizga oshgan. Rossiyaga eksportning qisqarishi oldingi yildagi yuqori baza effekti bilan (2023-yil fevral oyida 42 foizga o‘sgan edi) izohlanadi.
Turkiya va Qirg‘izistonga eksport yuqori suratlarda qisqarishda davom etmoqda. Xususan, fevral oyida oylik eksport Turkiyaga 21 foizga (yanvarda 20 foiz), Qirg‘izistonga 58 foizga (yanvarda 38 foizga) qisqargan. Yanvar oyidagi yuqori o‘sishdan keyin Qozog‘istonga ham eksport ham 12 foizga qisqargan. Tojikiston (o‘sish 13 foiz) va Afg‘onistonga (17 foiz) esa eksportimiz nisbatan sog‘lom suratlarda o‘sishda davom etmoqda.
Fevral oyida Rossiyadan oylik import tezlashgan bo‘lsa, Xitoydan importning o‘sishi 7 oy deganda biroz sekinlashgan (avtomobil importining sekinlashganligi bilan izohlanishi mumkin). Xususan, Rossiyadan oylik import fevral oyida 42 foizga o‘sgan bo‘lsa (yanvarda 12 foiz), Xitoydan import 21 foizga (yanvar oyida 108 foiz) o‘sgan xolos.
Qozog‘iston va Turkiyadan importimiz qisqarishda davom etayotgan bo‘lsa, Tojikistonda import yuqori suratlarda o‘smoqda. Xususan, oylik import fevral oyida Turkiyadan 22 foizga, Qozog‘istonda 17 foizga qisqargan bo‘lsa, Tojikistondan oylik import 3,3 barobarga oshib 39 mln dollarga yetgan (bunday yuqori import o‘sishiga nima sabab bo‘lganini aniq aytish qiyin). Qirg‘izistondan import esa 23 foizga qisqargan.
Umuman olganda oldingi yilda kuzatilgan tendensiya qo‘shnilar (shuningdek Turkiya) bilan savdo aloqalarimiz yomonlashishda davom etmoqda.
