MEGA BIOLOGIYA
Open in Telegram
❗️Kanaldan ma‘lumotni olganda manba ko‘rsatilishi shart. Kanal yaratilgan sana:📆 20-dekabr-2017-yil — Reklama uchun 👇👇👇 @Mega_Biologiya — Mega reklama uchun 👇👇👇 @KanallaReklama ☎️94 503-76-77 📞 Creator: " @Doniyor_Muxtorjonovich "
Show more9 798
Subscribers
-2224 hours
-1777 days
-77230 days
Posts Archive
9 804
Repost from "Qalam" O'quv Markazi
🧠 Miyangiz 100% ishlaydigan vaqtdan foydalanib qoling!
✏️ "Qalam" oʻquv markazida Biologiya va Kimyo fanlaridan ertalabgi intensiv guruhlarga qabul ochildi!
💡 Ilmiy fakt: Tonggi soatlarda inson xotirasi ma'lumotni 3 barobar oson qabul qiladi. Aynan ertalab o'qiganlar murakkab genetika masalalari va kimyoviy reaksiyalarni qiynalmasdan eslab qolishadi.
⚠️ Kutib o'tirishga vaqt yo'q! Bitta guruhga cheklangan sonda o'quvchi olinadi va joylar juda tez to'lyapti. Oʻylanguningcha, joyingizni boshqalar band qilib qo'ymasin!
🌟 Grant asosida talaba bo'lish
imkoniyatini hoziroq kafolatlang!
#Eslatma : 2 - smenadagi guruhlar uchun ham hozircha qabul ochiq shoshiling ✅
✍ Murojaat uchun :
☎️ +998773030421
📩 @Abbosbek_Sharifjonovich7
📍 Manzil: Kichik Toshbuloq
✏️ "Qalam" oʻquv markazi
✅ @Qalam_NTM ✅
✅ @Qalam_NTM ✅
✅ @Qalam_NTM ✅
9 804
Elektron (kompyuterda) topshiradi
fizika
xuquq
geografiya
musiqa
boshlang'ich oqituvchilar
Qog'oz variantda
kimyo
biologiya
ona tili
tarix
matematika
9 804
Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin. 🧑💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. ❗ Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
9 804
https://dts.rtmuzedu.uz/
👆👆👆dastur bilan tanishib chiqib o'z fikringizni bildiring
UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI VA O‘QUV DASTURLARI UCHUN JAMOATCHILIK MUHOKAMASI PORTALI
9 804
Repost from Jalilov. Qaydlar
Respublika ta'lim markazi e'lon qilgan Milliy o'quv dasturlari muhokamasi davom etmoqda. Biologiya dasturi loyihasiga oid murojaat kelib tushdi. Murojaat muallifi - maktab biologiya o'qituvchisi. Uning yozishicha, dastur loyihasidan biologiya o'qituvchilari norozi bo'lishmoqda. Quyida mutaxassisning fikrlari to'liq keltirilgan:
Milliy dastur (Biologiya) bo'yicha o'qituvchilar norozi bo'lishmoqda.
Dastur xalqaro Cambridge IGCSE Biology (0610) dasturidan deyarli so‘zma-so‘z tarjima qilingan va mexanik ravishda ko‘chirilgan. Kembrij ta’lim tizimida IGCSE (0610) − bu 14-16 yoshli o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan boshlang‘ich va umumiy ta’lim bosqichidir. Kembrijda chuqurlashtirilgan ta’lim AS & A Level (9700) bosqichida o‘tiladi. Ishchi guruh xalqaro tajribaning faqat boshlang‘ich (IGCSE) qismini ko‘chirib, uni O‘zbekistonning 7, 8, 9, 10 va 11-sinflariga sun’iy ravishda yoyib chiqqan. A-Level darajasidagi asosiy va fundamentallashgan bilimlar tushirib qoldirilgan. Natijada milliardlab mablag‘ evaziga mualliflik ishlanmasi emas, balki xalqaro dasturning yuzaki va chala tarjimasi yaratilgan.
11-sinf dasturida genetika faqat monoduragay chatishtirish, Pennet katagida genotiplarni aniqlash, qon guruhlari va jins genetikasi bilan cheklangan. Diduragay va poliduragay chatishtirish (Mendelning 3-qonuni), Morgan qonunlari (genlarning birikib irsiylanishi va krossingover), xromosoma nazariyasi hamda genlarning o‘zaro ta’siri (komplementarlik, epistaz, polimeriya) butunlay chiqarib tashlangan. Maktabni bitirayotgan o‘quvchi murakkab irsiy masalalarni yechish ko‘nikmasiga ega bo‘lmaydi. Bu holat bitiruvchilarning milliy hamda xalqaro biologiya olimpiadalarida (IBO) sharmandali muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga olib keladi.
Dasturga "hajm" berish va soat hajmini to‘ldirish uchun bir xil tushunchalar sun’iy ravishda maydalangan. Masalan, 11-sinf TF bo‘limida gameta, DNK, gen, allel, genotip, fenotip, gomozigota kabi oddiy lug‘at atamalarining har biriga alohida natija kodi ajratilgan (B11.TF.06–22). Gullarning changlanishi va tuzilishi 9, 10 va 11-sinf dasturlarida uch xil bo‘lim (TF, HJ, ES) ostida bir xil mazmunda qayta-qayta berilgan.
Shuningdek, 11-sinfda fundamental Genetika va Molekulyar biologiyaga bor-yo‘g‘i 15-20 ta natija ajratilgani holda, ma’lumot xarakteridagi Ekologiyaga 54 ta maqsad (B11.ES.01–54) berilgan. Bu o‘quvchi va o‘qituvchini monoton, zerikarli va samarasiz mehnatchiga aylantiradi.
Dasturda xalqaro tajriba deya ko‘rsatilgan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari respublikadagi maktablarning moddiy-texnik bazasiga mutlaqo mos emas:
Dasturga kiritilgan Benedikt eritmasi, Biuret reaksiyasi, DXFIF (2,6-dixlorofenolindofenol) bilan C vitaminini titrlash, dializ naychalari orqali osmosni o o‘rganish, EKG va puls-oksimetr uskunalaridan foydalanish kabi laboratoriyalar respublikamizdagi 10 000 dan ortiq maktabning 95 foizida mavjud emas.
Reaktiv va asbob-uskunalar bilan ta’minlanmagan maktabda bu o‘quv topshiriqlari amalda bajarilmaydi. Natijada o‘qituvchilar qog‘ozda "o‘tildi" deb hisobot berishga, o‘quvchilar esa amaliyotni shunchaki quruq yodlashga (abstrakt tasavvur qilishga) majbur bo‘ladi.
Bir gap bilan aytganda, shu dasturni tuzgan pedagog o'zi yaxshi bilmaydigan mavzularni chiqarib tashlagan. O'zi yaxshi bilgan mavzularni suniy ko'paytirgan.
Yana bir muammo: dasturda faqat quyi kognitiv darajalarini qoldirilgan, yaʼni dastur faqat bilishga qaratilgan.
Shu dastur bo'yicha jiddiyroq ish olib borish kerak deb o'ylayman. Chiqarib tashlangan mavzularni nima sababdan chiqarilganini, qaysidir mavzularni suniy ko'paytirilganini huquqiy, amaliy tamomlama asoslab berishsin.
P.S. Yuqoridagilar - mutaxassisning fikri. Yuqorida bildirilgan fikrlar bo'yicha va umuman, dastur loyihasi bo'yicha qo'shimcha fikrlar, vazirlik yoki RTMning munosabati bo'lsa - ularni ham berishga tayyorman.
9 804
Repost from Sohibjon BOBOYEV | KIMYO
🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️
ʻʻBOSHLANGʻICH DARAJAʼʼ mavzulashtirilgan testlar toʻplami kimyo fanini noldan boshlab oʻrganmoqchi boʻlgan oʻquvchilar uchun eng birinchi ishlashi lozim boʻlgan kitoblardan biri hisoblanadi.
🔴Ushbu kitobda kimyoning quyidagi boʻlimlari mavjud:
1️⃣Kimyo uchun matematika
2️⃣Umumiy kimyo
3️⃣Anorganik kimyo
4️⃣Organik kimyo
5️⃣Nazariy maʼlumotlar
🎯 Bilimingizni noldan professional darajagacha koʻtaring va milliy sertifikat imtihonlariga hozirdan puxta tayyorgarlik koʻring.
🔗KITOBDAN NAMUNA
Ushbu kitobni uzum marketdan ham olishingiz mumkin
🎄 Uzum market
📱 Instagram
📱 Telegram
📬 Buyurtma berish uchun:
☎️ +998334461122
💻 @SPECTRUM_nashriyoti
