SOLIQ OLIY MAKTABI
Open in Telegram
🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi huzuridagi Soliq oliy maktabi
Show more1 196
Subscribers
+2424 hours
+527 days
+25330 days
Posts Archive
1 198
+9
#birinchi_kurs_maktabi #mustaqillik_darslari
Soliq oliy maktabida birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darslari” tashkil etildi
📌 Soliq oliy maktabida Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.
Darslar davomida talabalarga O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li, bunyodkorlik va rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yurtimiz tarixida milliy uyg‘onish va ma’rifatparvarlik harakatining muhim o‘rniga alohida to‘xtalib, Jadidlarning xalq ma’rifati, milliy tafakkur va taraqqiyot yo‘lidagi faoliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.✔️ Shuningdek, yangi qabul qilingan talabalarga Soliq oliy maktabining faoliyati, ta’lim jarayoni, infratuzilmasi va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi. Talabalarga o‘quv jarayonida faol ishtirok etish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
1 198
YANGI BOSQICH
YANGI AVLOD
✨ Aziz talabalar! Hayotingizning yangi bosqichi boshlanmoqda. Oldinda yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar bor.
Bugun siz — Soliq oliy maktabining ilk talabalarisiz. Ertaga esa soliq tizimining rivojiga o‘z hissangizni qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lishingiz kerak.📚 Yaxshi o‘qing. Izlaning. O‘z ustingizda ishlang. ✔️ Soliq oliy maktabi — katta kelajak sari ilk qadam. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
1 198
+9
#birinchi_kurs_maktabi
✔️ Talabalar, ularning ota-onalari va rahbariyat o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi
🔴 Tantanali tadbirning badiiy qismidan so‘ng Soliq oliy maktabining yangi talabalari uchun rahbariyat bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🔺 Uchrashuv davomida yoshlar Oliy maktabning rahbariyati va mas’ul xodimlari bilan yaqindan tanishtirilib, ularning yangi ta’lim muhitiga moslashuvi, o‘quv jarayonini samarali tashkil etishi hamda talabalik davridan unumli foydalanishi bilan bog‘liq muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Firdavs Tillayev so‘zga chiqib, talabalik davri inson hayotidagi eng muhim bosqichlardan biri ekanini ta’kidladi. U yoshlarni Oliy maktabdagi yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, jamoat va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, tashabbus ko‘rsatish hamda o‘z ustida muntazam ishlashga chaqirdi. Shuningdek, talabalarning Oliy maktab hayotidagi faol pozitsiyasi, o‘zaro hurmat va jamoaviy muhitni shakllantirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.📌 O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Akmal Bozorov esa ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quv mashg‘ulotlari, akademik talablar va talabalarning ta’lim olish jarayonidagi mas’uliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Talabalarga o‘quv jarayoniga dastlabki kundanoq mas’uliyat bilan yondashish, bilimlarni chuqur egallash, mustaqil izlanish va zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish muhimligi tushuntirildi. ⚡️ Muloqotning eng muhim jihatlaridan biri — talabalar bilan bevosita savol-javob shaklida fikr almashilgani bo‘ldi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan ta’lim jarayoni, o‘quv tartibi, talabalar uchun mavjud imkoniyatlar, Oliy maktabdagi faoliyat va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Bildirilgan savollarga rahbariyat va mas’ul xodimlar tomonidan batafsil javoblar berildi. 🟢 Uchrashuv yakunida talabalarga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, yuqori natijalar va bilim olish yo‘lida sobitqadamlik tilandi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
1 198
+9
#birinchi_kurs_maktabi
✔️ Tadbirning faxriy mehmoni, taniqli yozuvchi, shoir va tarjimon Nurali Qobul ham yoshlar bilan o‘zining samimiy tilaklarini bo‘lishdi. U talabalarni Mustaqillik bayrami va talabalikka tavsiya etilganlari bilan tabriklab, ularga ilm yo‘lida sobitqadamlik, katta marralar va kelajakda Vatanga munosib xizmat qilish baxtini tiladi.
🔴 Tantanali marosimning eng mazmunli va ramziy lahzalaridan biri “vaqt kapsulasi”ning saqlanishi bo‘ldi. Unda bugungi kun talabalari va Oliy maktab rahbariyatining kelajak uchun bildirgan ezgu niyatlari, maqsadlari va tilaklari maxsus idishga joylashtirildi. Ushbu tilaklar kelgusi to‘rt yil davomida saqlanib, talabalar Oliy maktabni tamomlash arafasida yana ochiladi.
Tadbirda ota-onalar ham so‘zga chiqib, farzandlarining ta’lim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlarni yuqori baholadilar. Ota-onalar Oliy maktab jamoasiga minnatdorchilik bildirib, yangi o‘quv yilida talabalarga muvaffaqiyat tiladilar.🎈 Tantanali marosim yakunida osmon uzra uchirilgan havo sharlari esa yangi orzular, ezgu niyatlar va katta kelajak sari parvozning ramziga aylandi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
1 198
+9
#birinchi_kurs_maktabi
📌 Soliq oliy maktabida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimda Soliq oliy maktabi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ularning ota-onalari, faxriy mehmonlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🇺🇿 Yangi o‘quv yilini qarshi olishga bag‘ishlangan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
🟢 Tadbirda so‘zga chiqqan Soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi, Soliq oliy maktabi rektori Yigitali Shodmonovich Narziyev yangi talabalarni talabalik maqomiga ega bo‘lganlari bilan samimiy muborakbod etdi.
Ta’kidlanganidek, Soliq oliy maktabining tashkil etilishi mamlakat soliq tizimi uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Oliy maktabning ilk talabalarini kutib olish esa ushbu yangi ta’lim maskani tarixidagi alohida ahamiyatga ega voqea bo‘ldi.✔️ Rektor o‘z tabrigida yoshlarni oldilariga katta maqsadlar qo‘yib, puxta bilim olishga, izlanishga va o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishga intilishga chaqirdi. Shuningdek, talabalik yillari nafaqat bilim egallash, balki shaxsiy va kasbiy kamolot davri ekanini qayd etdi. 🎉 Tadbir davomida milliy san’atimizning o‘ziga xos namunalari namoyish etilib, raqs jamoalarining chiqishlari hamda xushovoz xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
1 198
+9
✨ Ezgu tilaklar kelajak sari yo‘l oldi!
Tadbirning yakuniy qismida talabalar va ota-onalar so‘zga chiqib, yangi o‘quv yili, Oliy maktab va yoshlar kelajagi haqida samimiy tilaklarini bildirdilar.
🌱 Tadbirning eng ramziy lahzalaridan biri esa — talabalarning ezgu niyat va orzulari bitilgan tilaklar idishining maxsus joyga ko‘milishi bo‘ldi.
💫 Ushbu idish 4 yildan so‘ng — bugungi yoshlar Oliy maktabni tamomlaganida yana ochiladi. O‘shanda bugun yozilgan tilaklar qayta o‘qilib, qaysi orzular ro‘yobga chiqqani, qaysi maqsadlar amalga oshgani sarhisob qilinadi.
🎈 Yakunda esa ezgu niyatlar, ulkan orzular va yorqin kelajak ramzi sifatida havo sharlari osmonga uchirildi.
⚡️ Bugungi tilaklar — ertangi yutuqlarning boshlanishi bo‘lsin!
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
1 198
+5
#live
🎉 Bayram dasturi qizg‘in davom etmoqda!
✨ Soliq oliy maktabida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan tantanali tadbir ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
🎶 Dilbar kuy-qo‘shiqlar, betakror chiqishlar va unutilmas lahzalar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda!
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
1 198
+6
#live
🎓 2026/2027-o‘quv yili boshlanish arafasida!
Soliq oliy maktabida yangi o‘quv yilini qarshi olish uchun talabalar va mehmonlar tashrif buyurmoqda.
Ayni damda tadbir ishtirokchilari o‘z joylarini egallamoqda. Hademay, 2026/2027-o‘quv yiliga bag‘ishlangan tantanali tadbirimiz boshlanadi!
📲 Jarayonlarni biz bilan birga kuzatib boring!
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
1 198
#rektor_tabrigi
Aziz talabalar, hurmatli professor-o‘qituvchilar va Soliq oliy maktabining qadrli jamoasi!
Barchangizni yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi – yangi bilimlar, katta maqsadlar va ulkan imkoniyatlar sari ochilayotgan yangi sahifa bilan samimiy muborakbod etaman!
Bugun Soliq oliy maktabi hayotida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan kun. Zero, biz nafaqat yangi o‘quv yilini, balki o‘z oldiga muhim va mas’uliyatli maqsadlarni qo‘ygan yangi ta’lim maskanining ilk qadamlarini qarshi olmoqdamiz.
Soliq oliy maktabi oldida mamlakatimiz soliq tizimi va iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, tashabbuskor, halol va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdek sharafli vazifa turibdi. Bu yo‘ldagi har bir yutuq – Oliy maktabimiz jamoasining umumiy mehnati va fidoyiligining natijasidir.
Aziz talabalar!
Sizlar uchun bugun katta imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Tanlagan yo‘lingiz kelajakdagi kasbiy faoliyatingiz, hayotiy qarashlaringiz va mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shadigan hissangizni belgilaydi.
Shu bois ta’lim olish davridan unumli foydalanib, bilim bilan bir qatorda mustaqil fikrlash, mas’uliyat, tashabbus va zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga intiling. Har biringizning izlanishingiz va yutug‘ingiz Soliq oliy maktabining kelajagini belgilaydigan muhim qadamlardandir.
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va Oliy maktab jamoasi!
Yosh avlodga puxta bilim berish, ularni munosib mutaxassis va yetuk shaxs sifatida tarbiyalash katta mas’uliyat talab etadi. Ishonamanki, Sizlarning tajribangiz, bilim va fidoyiligingiz Soliq oliy maktabining ta’lim va ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning nufuzini mustahkamlash yo‘lida muhim kuch bo‘lib xizmat qiladi.
Oldimizda hali katta rejalar, yangi vazifalar va zabt etiladigan marralar ko‘p. Ularni bir jamoa bo‘lib, hamjihatlik va qat’iyat bilan amalga oshirishimizga ishonaman.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, qalb hotirjamligi va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yangi o‘quv yili har biringiz uchun yangi bilimlar, yorqin g‘oyalar, yaxshi natijalar va unutilmas voqealarga boy bo‘lsin!
Yangi o‘quv yilingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi,
Soliq oliy maktabi rektori Yigitali Narziyev
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
1 198
🎓 7-SENTABR KUNI O‘QUV JARAYONI BOSHLANADI!
Yangi o‘quv yili, yangi maqsadlar va yangi imkoniyatlar sari ilk qadamni birgalikda tashlaymiz!
🚀 7-sentabr kuni barcha talabalarni Soliq oliy maktabida kutib qolamiz.
Sizni yangi bilimlar, yangi tanishuvlar va katta marralar sari boshlanadigan yangi o‘quv yili kutmoqda. Keling, ushbu muhim bosqichni birgalikda boshlaymiz!📍 Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li, 3A-uy. ✔️ Uzoq hududlardan keluvchi talabalarga qulaylik yaratish maqsadida 6-sentabr kuni Soliq oliy maktabining Talabalar turar joyiga kelib, joylashishlari mumkin. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
1 198
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak!
✨ Barchangizni yurtimizning eng ulug‘ va qadrli bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin. Mustaqilligimiz abadiy, kelajagimiz porloq bo‘lsin!
Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
1 198
#rektor_tabrigi
Soliq oliy maktabi rektorining O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi
Hurmatli ustozlar, aziz hamkasblar, qadrli yurtdoshlar!
Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qutlug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Mustaqillik – xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilash, milliy davlatchiligimizni mustahkamlash, ezgu orzu-intilishlarimizni ro‘yobga chiqarish va farzandlarimiz uchun munosib kelajak bunyod etish imkonini bergan buyuk va bebaho ne’matdir. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu sa’y-harakatlar va yangilanishlar ana shu tarixiy tanlovning amaliy samarasidir.
Ayniqsa, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan mutaxassislarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida Soliq oliy maktabining tashkil etilishi mamlakatimiz soliq tizimi uchun malakali va zamonaviy fikrlaydigan kadrlarni tayyorlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar asosida qisqa vaqt ichida Oliy maktabning tashkiliy va ta’lim infratuzilmasi shakllantirilib, uning faoliyati tizimli ravishda yo‘lga qo‘yildi. Bugun bu yerda nafaqat ta’lim berish, balki ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va zamonaviy kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yaxlit tizim shakllanmoqda.
Birinchi o‘quv yilidanoq belgilangan 225 ta qabul ko‘rsatkichi asosida Soliq oliy maktabi talabalari safi shakllantirildi. Shu bilan birga, qo‘shimcha imtiyozlar asosida yana 7 nafar iqtidorli yoshning talabalikka tavsiya etilishi bilan jami 232 nafar yosh Oliy maktab talabasi bo‘ldi. Ular orasida davlat grantlari asosida qabul qilingan 59 nafar iqtidorli yoshning mavjudligi biz uchun katta mas’uliyat bilan birga, yuksak ishonch hamdir. Talabalarimizning yuqori bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish esa oldimizdagi eng muhim vazifalardan biridir. Bugungi kunda Soliq oliy maktabiga ilmiy salohiyati yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va malakali mutaxassislar jalb etilgan. Professor-o‘qituvchilar tarkibining 63 foizi ilmiy darajaga ega ekani ta’lim sifatiga bo‘lgan talabimiz yuqori ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Oliy maktab faoliyatining yana bir muhim yo‘nalishi – soliq tizimi xodimlarining malakasini muntazam oshirishdir. Qisqa davrda 592 nafar soliq organlari xodimining malakasi oshirilgani, o‘quv jarayonlarida nazariy bilimlar bilan bir qatorda keys-stadi, amaliy mashg‘ulotlar va real ish jarayonlariga asoslangan zamonaviy yondashuvlarning joriy etilgani bu boradagi ishlarimizning dastlabki, ammo muhim natijalaridir.Ishonchim komilki, bizning birdamligimiz, professional salohiyatimiz va Vatanimiz taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usi Oliy maktabni kelgusida soliq sohasi uchun kadrlar tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borish va professional rivojlanishning yetakchi markazlaridan biriga aylantirish imkonini beradi. Aziz yurtdoshlar! Mustaqillikning 35 yilligi – bosib o‘tgan yo‘limizga nazar tashlab, erishgan yutuqlarimizni qadrlash bilan birga, oldimizda turgan ulkan maqsadlarni yanada katta ishonch bilan belgilash fursatidir. Bizning eng katta boyligimiz – tinchlik, xalqimizning birdamligi, yoshlarimizning bilimga intilishi va Vatanimiz kelajagiga bo‘lgan ishonchimizdir. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo, xalqimiz hayoti farovon bo‘lsin! Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi, Soliq oliy maktabi rektori Yigitali Narziyev Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
1 198
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#tabrik
Muhtaram soliq toʻlovchilar, aziz tadbirkorlar va soliq xizmati xodimlari!
Barchangizni xalqimiz uchun eng ulugʻ va eng aziz bayram — Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning eng buyuk qadriyati, erkin va farovon kelajagimizning mustahkam poydevoridir.
Bugun Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi farovonligini oshirish — davlat siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridandir.
Biz ham soliq tizimida tadbirkorga toʻsiq emas, ishonchli hamkor boʻlishga intilib, zamonaviy va qulay xizmatlarni rivojlantirmoqdamiz.
Zero, tadbirkorning yutugʻi — iqtisodiyotning oʻsishi, yangi ish oʻrni — oila farovonligi, xalq farovonligi esa — yurt taraqqiyotidir.
Shu ulugʻ ayyomda barchangizga mustahkam sogʻlik, xonadonlaringizga tinchlik va fayzu baraka, ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman!
Yurtimiz tinch, xalqimiz rozi, Vatanimiz obod boʻlsin!
Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
Farrux Pulatov,
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi Raisi
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
1 198
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Bugun — 31-avgust.
Bundan 35 yil avval, aynan shu kuni O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinib, xalqimiz taqdirida yangi va buyuk davr boshlandi.
Mustaqillik — millat g‘ururi, erkinlik va bunyodkorlik ramzi, kelajakka ishonch timsolidir.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon, kelajagimiz porloq bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
1 198
+4
#seminar
Soliq oliy maktabida Konstitutsiyaviy qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi
📌 Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabida bosh yuriskonsult S. Abdunofiyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda Soliq oliy maktabi xodimlariga mazkur Konstitutsiyaviy qonunning maqsadi, huquqiy asoslari, Prezident Administratsiyasining vazifa va vakolatlari, uning davlat organlari bilan hamkorligi hamda xodimlar faoliyatining huquqiy kafolatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.✔️ Shuningdek, qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlardan biri - davlat soliq xizmati rahbariyatini lavozimga tayinlashning yangi tartibi haqida ham tushuntirish berildi. Ushbu o‘zgarishning Soliq oliy maktabi xodimlari faoliyati uchun amaliy ahamiyati alohida ta’kidlandi. 🔺 Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga ma’ruzachi tomonidan batafsil javoblar berildi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
1 198
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
—
Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 35-летию государственной независимости Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 198
1 198
#TTJ
🏠 TALABALAR TURAR JOYIGA JOYLASHISH BO‘YICHA MUHIM MA’LUMOT
Hurmatli talabalar!
⚡️ Soliq oliy maktabi Talabalar turar joyiga joylashish istagidagi talabalar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratgan.
Talabalar Soliq oliy maktabi Qabul komissiyasining TTJ bo‘yicha mas'ul xodimi bilan bog‘lanib, belgilangan tartibda hujjatlarni topshirish orqali TTJga joylashishlari mumkin.✨ Talabalar turar joyida barcha talabalarni joylashtirish uchun yetarli o‘rinlar mavjud bo‘lib, yashash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. ✔️ Soliq oliy maktabi o‘zining TTJga joylashish uchun ehtiyoji mavjud talabalarini 100% turar joy bilan ta'minlaydi! 🤝 Sizni Soliq oliy maktabida kutib qolamiz! Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
