Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
Open in Telegram
Veb-sayt: https://ijodmaktabi.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/muhammadyusuf.ijodmaktabi Instagram: https://instagram.com/m_yusuf_ijod_maktabi Telegram: @ima_myim Murojaatlar uchun @sardor_sirojiddin
Show more1 138
Subscribers
+224 hours
+97 days
-6630 days
Posts Archive
#mushoira
O‘quvchilar ijodidan
Bolalik
Katta boʻlish menga yoqmadi, ona,
Qani, jilvalangan qoʻngʻir sochlarim?
Oʻsma oʻynoqlagan qora qoshlarim?
Qani, qanotlari tilla parvona?
Yoʻqmi oʻyinchoqlar toʻlgan keng xona?
Katta boʻlish menga yoqmadi, ona.
Ertaklar bagʻrida quvnardim goho,
Qahramonlar bilan kezib mardona.
Narvon qoʻyib oyga yetardim zumda,
Yulduzlar qoʻynida kezib pinhona,
Nahot oy argʻimchoq boʻlmaydi endi?
Katta boʻlish menga yoqmadi, ona.
Na chora, ulgʻayish gali kelmoqda,
Cheksiz bogʻ gullari koʻrsatar shona.
Boʻyim boʻyingizdan oʻtsa ham, mayli,
Jajji malikam deb erkalang, ona!
✍Gulira'no Anvarjonova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
+6
#kelajak_soati
🔹 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
🔹 “Mustaqillik yillari yutuqlari” mavzusiga bag‘ishlangan ushbu mashg‘ulot maktabning tajribali ustoz va murabbiylari tomonidan interaktiv va qiziqarli usulda tashkil etildi.
🔹Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan tarixiy natijalar, ta’lim, madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar. Yosh ijodkorlar o‘z mulohazalarini erkin bayon etib, Vatan ravnaqi va kelajak mas’uliyati haqida o‘zaro fikr almashdilar.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik
—
Поздравление участникам XII Всемирной конференции молодых парламентариев Межпарламентского союза
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+9
#Salom_maktab
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasi ostida yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Xurshida Vahobjon qizi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ustoz va o‘quvchilarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Ijod maktabi direktori Shoxistaxon Nurmatova so‘zga chiqib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbirning eng hayajonli va unutilmas lahzalaridan biri — 7-sinfga yangi qabul qilingan 60 nafar o‘quvchining o‘quvchilik qasamyodini qabul qilishi bo‘ldi.
Bayram tadbiri davomida ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy-musiqiy chiqishlar namoyish etilib, yangi o‘quv yilining ilk kuniga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
👉 @ima_myim
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik
—
Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti —
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Mustaqillik35
#YagonaVatan35
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli ustozlar, muhtaram ota-onalar va aziz o‘quvchilar!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ ayyomi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik - xalqimizning asriy orzusi, milliy g‘ururimiz va erkin kelajagimizning mustahkam poydevoridir. O‘tgan 35 yil davomida Vatanimiz ulkan taraqqiyot va yangilanish yo‘lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini mustahkamlab kelmoqda.
Bugun biz - Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari uchun eng ulug‘ vazifa tinchlik va osoyishtalikni asrash, Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shish, yosh avlodga zamonaviy bilim berish bilan birga, ularning qalbiga Vatan mehri, milliy g‘urur, yurtga sadoqat, ezgulik va bunyodkorlik tuyg‘ularini singdirishdir.
Zero, bugun tarbiyalayotgan har bir farzandimiz - ertangi O‘zbekistonning tayanchi, uning bilimi - yurt qudrati, ma’naviyati - millatning kelajagi, orzulari esa Vatanning yangi marralaridir. Shu bois yosh avlodni har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, yurtimiz taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashaydigan komil insonlar etib tarbiyalash barchamizning eng sharafli va muqaddas burchimizdir.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi ana shu ezgu maqsad yo‘lida qalbida Vatan mehri, tilida she’r, qo‘lida qalam bilan yurtning ertangi kunini yaratadigan iste’dodli avlodni tarbiyalash yo‘lida fidokorona mehnat qilishda davom etadi.
Zero, mustaqillik - bizga berilgan ne’matgina emas, uni asrash, qadrlash va kelajak avlodga yanada mustahkam holda yetkazishdek muqaddas mas’uliyat hamdir!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlarimiz fayzu barakaga to‘la, farzandlarimiz baxtli va kelajagimiz buyuk bo‘lsin! Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagi yo‘lida barchamizga kuch-g‘ayrat, yuksak maqsadlar va ulkan zafarlar tilayman!
Hurmat bilan,
Shoxistaxon Nurmatova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Mustaqillik_shukuhi
#YagonaVatan35
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli yurtdoshlar!
🇺🇿 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from E’zoza Karimova
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustozlar va aziz o‘quvchi-yoshlar!
Barchangizni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
Bugun davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida ham ulug‘ bir maqsad mujassam — farzandlarimizning baxtli kelajagini ta’minlash, ularni bilimli, mustaqil fikrlaydigan, Vatan taqdiriga daxldor avlod etib tarbiyalash.
Hurmatli ustozlar!
Har bir farzandning qalbida ilmga mehr uyg‘otish, uning iste’dodini yuzaga chiqarish, hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashishdek ulug‘ vazifani sidqidildan ado etib kelmoqdasiz. O‘quvchilarimizning har bir yutug‘ida sizning bilimingiz, sabr-toqatingiz va fidokorona mehnatingiz bor. Buning uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Aziz o‘quvchilar!
Sizlarning har bir yutug‘ingiz biz uchun quvonch va faxrdir. Bugun olayotgan bilimingiz, qilayotgan izlanishlaringiz va oldingizga qo‘yayotgan maqsadlaringiz ertaga nafaqat o‘z hayotingizni, balki Vatanimiz kelajagini ham belgilaydi. O‘z kuchingizga ishoning, bilim olishdan va izlanishdan hech qachon to‘xtamang.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini, albatta, barchamiz birgalikda yaratamiz!
Aziz yurtdoshlar!
Shu qutlug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik, fayz-u baraka va farovonlik tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
#Mustaqillik_shukuhi
#YagonaVatan35
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli yurtdoshlar!
🇺🇿 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#YagonaVatan35
#BirBayroqBirYurak
#Mustaqillik35
🇺🇿 YAGONA VATAN — YAGONA XALQ — YAGONA KELAJAK!
🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Agentlik tizimidagi maktablarda bayramona muhit yaratilmoqda.
✨Maktablarda Mustaqillik bayrami hamda yangi 2026/2027-o‘quv yili arafasida bayram ruhini aks ettiruvchi ko‘rgazmali axborot lavhalari va raqamli axborot panellari joylashtirilmoqda. Ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, birlik va yurt taraqqiyotiga daxldorlik g‘oyalari o‘z ifodasini topgan.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🟦🟦🟦🟦
📆1991-yil 31-avgust – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e‘lon qilingan kun
1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi e‘lon qilindi. 1991-yil 1-sentabr xalqimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallagan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shod-u xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyomga aylandi.Tilda, fikrda, ishda birlik! Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿 YANGI O‘ZBEKISTON TA’LIMI: YANGI IMKONIYATLAR, YUKSAK NATIJALAR
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida ta’lim tizimida erishilgan natijalarga nazar tashlar ekanmiz, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarning amaliy samarasini aniq raqamlarda ko‘rish mumkin.
🎓 2019–2026-yillarda Agentlik tizimidagi maktablar soni 8 tadan 249 taga, o‘quvchilar qamrovi 3 360 nafardan 94 080 nafarga yetdi. Xalqaro olimpiadalarda qo‘lga kiritilgan medallar soni esa 2020-yildagi 6 tadan 2026-yilda 144 taga oshdi.
Bugun Agentlik tizimi nafaqat qamrov, balki ta’lim sifati, xalqaro natijalar va yoshlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#OAV_biz_haqimizda
O‘quvchilar ijodidan
"Iqbol" gazetasining 2026 yil 25-avgust kungi 21-sonida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-B sinf o‘quvchisi Nigora Abdug‘aniyevaning "Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin" nomli maqolasi chop etildi.
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
