ch
Feedback
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

前往频道在 Telegram
1 231
订阅者
-824 小时
-277
-5030
帖子存档
#OAV_biz_haqimizda O‘quvchilar ijodidan "Iqbol" gazetasining 2026 yil 25-iyul kungi sonida Muhammad Yusuf nomidagi ijod makta
#OAV_biz_haqimizda O‘quvchilar ijodidan "Iqbol" gazetasining 2026 yil 25-iyul kungi sonida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-B sinf o‘quvchisi Mehriddin Sobirjonovning "Onamning aytganlari" nomli she'ri chop etildi. 👇Bizni kuzatishda davom eting! 👉@ima_myim

Oʻzbekiston temir yoʻl transporti sohasi xodimlariga tabrik — Поздравление работникам сферы железнодорожного транспорта Узбек
Oʻzbekiston temir yoʻl transporti sohasi xodimlariga tabrikПоздравление работникам сферы железнодорожного транспорта Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from Sevara Shakirova
💐 Bugun men uchun unutilmas va katta mas’uliyat yuklaydigan kun bo‘ldi. 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
💐 Bugun men uchun unutilmas va katta mas’uliyat yuklaydigan kun bo‘ldi. 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim. Avvalo, menga bildirilgan ushbu yuksak e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Bu mukofotni shaxsiy yutug‘im sifatida emas, balki Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasining ko‘p yillik fidokorona mehnati, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarimizning e’tirofi deb qabul qilaman.
So‘nggi yillarda Agentligimiz tomonidan dunyoning yetakchi universitetlari, xalqaro ta’lim tashkilotlari va xorijiy hamkorlar bilan samarali aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Bugun o‘quvchilarimiz dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olmoqda, ustozlarimiz esa ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirib, ta’lim tizimiga tatbiq etmoqda.
Ishonamanki, ta’lim sohasidagi ana shunday hamkorlik xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shu fursatdan foydalanib, ushbu sharafli yo‘lda yelkadosh bo‘lib kelayotgan barcha hamkasblarimga, ustozlarimizga, xalqaro hamkorlarimizga, ota-onalar va aziz o‘quvchilarimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman. ➡️ Rasmiy sahifalar

📢 DIQQAT, E'LON! Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. 🎓 2026-yil
📢 DIQQAT, E'LON! Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. 🎓 2026-yil 6–7-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat hududlar va fanlar kesimida bo‘lib o‘tadi. Suhbat davomida nomzodlarning: ✅ kasbiy bilim va ko‘nikmalari; ✅ pedagogik mahorati; ✅ muloqot madaniyati; ✅ psixologik tayyorgarligi; ✅ egallashi rejalashtirilgan lavozimga mos kompetensiyalari baholanadi. Baholash tartibi: ✅ har bir bilet 4 ta savoldan iborat; ✅ maksimal ball — 100; ✅ zaruratga ko‘ra, suhbat komissiyasi tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Suhbat bosqichida har bir vakant o‘rin uchun test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod ishtirok etadi.
⚠️ Eslatma: Test bosqichida to‘plangan ballar suhbat natijalariga qo‘shilmaydi. Biroq yakuniy natijada ballar teng bo‘lgan taqdirda, ustunlik test bosqichida yuqoriroq ball to‘plagan nomzodga beriladi.
Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga ta’lim muassasasi tomonidan vacancy.piima.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tilgan mobil telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilinadi hamda SMS-xabarnoma yuboriladi.
✅Fanlar va hududlar kesimidagi suhbatlar jadvali ilova qilinadi. ✅Barcha nomzodlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi — Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы на
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigiПоздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#diqqat_eʼlon #sayyor_qabul AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILADI 🎓 Joriy yilning 29-iyul kuni soat 14:00 da Ixti
#diqqat_eʼlon #sayyor_qabul AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILADI 🎓 Joriy yilning 29-iyul kuni soat 14:00 da Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova tomonidan Guliston shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul o‘tkaziladi. ✔️ Sayyor qabul davomida fuqarolarning ixtisoslashtirilgan ta’lim tizimiga oid murojaatlari, taklif va shikoyatlari qabul qilinadi hamda ularni o‘rganish, mavjud muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
Barcha murojaat etuvchilarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
📍 Sayyor qabul manzili: Guliston shahri, Navoiy koʻchasi, Shodlik mahallasi 260-A-uy.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal

#apellatsiya_2026 🔴 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI. 🖱️ Tay
#apellatsiya_2026 🔴 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI. 🖱️ Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli. 🖱️ Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi. 🖱️ Apellatsiya bo‘yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi. 🖌 Apellatsiya arizalarini maktablar kesimida ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar
#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Repost from ANDIJON_TRK
ANDIJON AXBOROTI  |  YUQORI MAOSH OLAYOTGAN OʻQITUVCHILAR FAOLIYATI     25.07.2026 Telegram | Youtube | Instagram | Facebook                                                     

#mushoira KAPALAKLAR Tug‘ilgandan men sho‘rlikning bag‘rim qon, Talashadi bir jismimda ikki jon. Jon talashsam, tepada charx urgan ul, Kapalaklar odamlardan mehribon... Oqqushlarim, oq yomg‘irda ucharlar, Saharlardan shudring-sharob icharlar, Tanlamayin qabrlarni qucharlar, Kapalaklar odamlardan mehribon... Gulga qo‘nsa, qanotlari botmaydi, Ojizlarim birovga tosh otmaydi, Bir kun yashar, bir-birlarin sotmaydi, Kapalaklar odamlardan mehribon... Bir qarasang, na kulbasi, uyi yo‘q, Na tovushi, na qo‘shig‘i, kuyi yo‘q, Kapalakning kambag‘ali, boyi yo‘q, Kapalaklar odamlardan mehribon... Kapalakning Ka’basidir hur dala, Dalasida mehr to‘la, nur to‘la, Baxtsiz bo‘lsa, bari baxtsiz bir yo‘la, Kapalaklar odamlardan mehribon... Oydin oqshom yodga tushding, o malak, Seni o‘ylab bo‘ldi yana qon yurak, Sevaman deb aldamaydi kapalak!.. Kapalaklar odamlardan mehribon!.. Muhammadga ishongan ey, mo‘minlar, O‘lsam so‘zim eslab, o‘yga cho‘minglar, Kapalakning qanotiga ko‘minglar, Kapalaklar odamlardan mehribon... ✍Muhammad Yusuf 👉@ima_myim

#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon n
#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

📢DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’li
📢DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, yangidan tashkil etilayotgan muhandislik hamda hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari lavozimiga tanlov davom etmoqda. 🟢 Hududiy (saralash) bosqichi: 🟢 2026-yil 3–4-avgust 🟢 2-bosqich (asosiy suhbat): 🟢 2026-yil 6–7-avgust
Tanlovlar Agentligi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tashkil etiladi.
Tanlov bosqichlari: 1-bosqich – Hududiy saralash Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi. Malaka talablariga javob bergan hamda suhbat natijasiga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi. 2-bosqich – Asosiy suhbat Hududiy saralashdan o‘tgan 3 nafar nomzod bilan tanlov komissiyasi tomonidan savol-javob shaklida suhbat o‘tkaziladi. 💻 Suhbat videokonferensaloqa (onlayn) yoki an’anaviy (oflayn) shaklda tashkil etilishi mumkin. ⚠️ Eslatma! Suhbat bosqichida ishtirok etmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi.
Hududlar kesimidagi suhbat sanalari va ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan reja-grafik asosida belgilanadi.
Barcha nomzodlarga tanlov jarayonida muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, hurmatli Prezident! Bugun, 24-iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miro
+2
Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, hurmatli Prezident! Bugun, 24-iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan sana. 👇Bizni kuzatishda davom eting! 👉@ima_myim

#imtihon_natijalari_2026 🖌 IJOD MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONI NATIJALARI E’LON QILINMOQDA! Imtihon natijalarini quyidagi ha
#imtihon_natijalari_2026 🖌 IJOD MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONI NATIJALARI E’LON QILINMOQDA! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095 🖱️ https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#imtihon_natijalari_2026 🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilinmoq
#imtihon_natijalari_2026 🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilinmoqda! 🖌 Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095 🖱️ https://ariza.piima.uz ✅“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturga ishtirokchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga asosan: 🖱️ Milliy dasturga nomzodlar imtihon natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplaganlar orasidan, belgilangan kvota doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda qabul qilinadi. ✅ Nomzodlar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda, matematika fani topshiriqlari bajarilganligi boʻyicha quyidagi ustuvorlik asosida saralab olinadi: 🖱️ C toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich; 🖱️ B toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich; 🖱️ A toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich.
Yuqoridagi barcha holatlarda nomzodlar koʻrsatkichlari teng bo‘lganda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi. Agar bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, nomzodlarga qabul komissiyasi tomonidan qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

🔴DIQQAT! TANLOVNING 2-BOSQICHI – TEST JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimid
🔴DIQQAT! TANLOVNING 2-BOSQICHI – TEST JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar uchun pedagog xodimlar tanlovining 2-bosqichi – test sinovlari davom etmoqda. Test jarayonlari zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida, ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillariga qat'iy rioya etilgan holda tashkil etilmoqda. 👨‍💻 Nomzodlar test sinovlarida o'z bilim va salohiyatlarini namoyon etmoqda. ➡️ Eslatib o'tamiz, yangi tartibga ko'ra tanlov jarayonlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1️⃣ Hujjatlarni saralash; 2️⃣ Test sinovi; 3️⃣ Sinov (ochiq) darsi (xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun); 4️⃣ Suhbat bosqichi. ➡️ Mazkur tanlovlarning asosiy maqsadi — ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga bilimli, salohiyatli va zamonaviy yondashuvga ega rahbar hamda pedagog kadrlarni adolatli va shaffof tanlov asosida saralashdir.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#OTM #talaba Yana bir ulkan yutuq! Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf bitiruvchisi G‘ulomov Firdavsbek yurtimiz
#OTM #talaba Yana bir ulkan yutuq! Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf bitiruvchisi G‘ulomov Firdavsbek yurtimizning nufuzli oliy harbiy ta’lim muassasalaridan biri – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Akademiyasiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi. Shuningdek, Ichki ishlar Vazirligining unga "safdor" maxsus unvoni berildi. Bu yuksak ishonch va sharaf yoshlarning Vatanga sadoqati, yuksak intilishi hamda fidoyiligi e'tirofi hisoblanadi. Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi G‘ulomov Firdavsbekni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaydi. Kelgusidagi mas'uliyatli xizmatida ulkan zafarlar, mustahkam iroda va Vatan ravnaqi yo‘lida sharafli faoliyat tilaymiz. 👇Bizni kuzatishda davom eting! 👉@ima_myim

🔶 Pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi (test) bosqichi: test savollarining tuzilishi va baholash mezonlari O‘zbekiston Resp
🔶 Pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi (test) bosqichi: test savollarining tuzilishi va baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining ikkinchi bosqichi test sinovlari shaklida o‘tkaziladi. 📝 Test savollarining tuzilishi ➡️ Test savollari ko‘p variantli (multiple choice) shaklda tuziladi. ➡️ Test jami 40 ta savoldan iborat bo‘ladi. ➡️ Savollar nomzodning: o‘quv fani bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari; mantiqiy fikrlash darajasini aniqlashga qaratiladi. ⏱ Test uchun ajratilgan vaqt ➡️ Aniq va tabiiy fanlar (matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya) uchun — 90 daqiqa. ➡️ Ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun — 60 daqiqa. 📊 Baholash mezonlari ➡️ Har bir to‘g‘ri javob 2,5 ball bilan baholanadi. ➡️ 40 ta savol × 2,5 ball = 100 ball. ➡️ Demak, ikkinchi (test) bosqichida olinishi mumkin bo‘lgan maksimal ball — 100 ball. 🏆 Suhbat bosqichiga kimlar o‘tadi? Test natijalariga ko‘ra, har bir bo‘sh ish o‘rni uchun eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod (ballar ketma-ketligida) suhbat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. ❌ Testdan chetlashtirishga asos bo‘ladigan holatlar Quyidagi holatlarda nomzod test jarayonidan chetlashtiriladi: ➡️ qonunchilik hujjatlarida, ma’lumot beruvchi adabiyotlarda yoki boshqa materiallardan foydalanish; ➡️ texnik vositalardan foydalanish; ➡️ boshqa shaxslar bilan suhbatlashish; ➡️ test yakunlanmasdan auditoriyani ruxsatsiz tark etish. Bunday holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 📚 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17–24-bandlari.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-s
🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida hududlar kesimida pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi bosqichi – test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🖱️ Test sinovlari: 🖱️ 21–22-iyul, 2026-yil 🖱️ Reja-grafikda belgilangan sana va soatlarda 🖱️ Test sinovlari quyida ilova qilingan reja-grafikda ko‘rsatilgan manzillarda tashkil etiladi. Hurmatli nomzodlar! Test sinoviga kelishda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni o
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor