Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov
Open in Telegram
-Python dasturlash tilidan o'zbekcha ma'lumotlar. -Dasturlashga oid masalalar. -Ko'plab qiziqarli ma'lumotlar. Guruh: @pyuzgroup Aloqa: @pyuz_bot
Show more469
Subscribers
-224 hours
-27 days
+230 days
Posts Archive
#backend #python #roadmap
— O'zbekistonda $400-$2000 oraliqda maosh taklif qilayotgan kompaniyalar python backend dasturchilardan quyidagilarni so'rashmoqda!
1.Python
2.Django
3.DRF
4.SQL(PostgreSQL),
5.AsyncIO
6.Async,
7.Celery
8.WebSocket/SocketIO
9.Logging Sentry
10.Git (CI/CD)
11.Docker
12.Unit Testing;
13.FastAPI
14. REST/GraphQL
15.Linux (server bilan ishlay olish)
P.S: Ko'p narsadek ko'rinishi mumkin ammo 1 yil yaxshi loyihada tajriba qilgan dasturchi bemalol o'rgana oladi, taxminan 1.5 yil ichida.
P.S.S: Albatta har bir insonni o'ziga bo'g'liq!
@Py_uz
Repost from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
HTTPS qanday ishlaydi?
Hypertext Transfer Protocol Secure (HTTPS) shifrlangan ma'lumotlarni Transport Layer Security (TLS) yordamida uzatadi.
Ma'lumotlar qanday shifrlanadi va deshifrlanadi?
1-qadam. Client (browser) va server TCP orqali o'rnatadi.
2-qadam. Client serverga "Client Hello" xabarini yuboradi. Xabarda kerakli shifrlash algoritmlari (cipher suites) va u qo'llab-quvvatlashi mumkin bo'lgan so'nggi TLS versiyasi mavjud. Server "Server Hello" javobni beradi, shundan keyin Browser algoritmlar va TLS versiyasini qo'llab-quvvatlashi mumkinligi haqida xabar topadi.
Keyin server clientga SSL sertifikatini yuboradi. Sertifikatda ochiq kalit, host nomi, amal qilish muddati va boshqalar mavjud. Client sertifikatni tasdiqlaydi.
3-qadam. SSL sertifikatini tekshirgandan so'ng, client session key generate qiladi va uni ochiq kalit(public key) yordamida shifrlaydi. Server shifrlangan session keyni oladi va uni private key bilan deshifrlaydi.
4-qadam – Endi client ham, Server ham bir xil session keyga ega (simmetrik shifrlash), shifrlangan maʼlumotlar xavfsiz bi-directional kanalda uzatiladi.
Nima uchun HTTPS ma'lumotlarni uzatishda simmetrik shifrlashga o'tadi? Ikkita asosiy sabab bor:
1. Xavfsizlik: assimetrik shifrlash faqat bitta yo'l bilan amalga oshiriladi. Bu shuni anglatadiki, agar server shifrlangan ma'lumotlarni clientga qaytarib yuborishga harakat qilsa, har kim ochiq kalit(public key) yordamida ma'lumotlarning shifrini ochishi mumkin.
2. Server resurslari: assimetrik shifrlash juda ko'p matematik yuklarni qo'shadi. Bu uzoq seanslarda ma'lumotlarni uzatish uchun mos emas.
Alex Xu sahifasidan olib tarjima qilindi
Repost from JANNAT BOOKS
#Ramazon #tabrik #bayram
Мусулмон диндошларим Ҳайит муборак!🎉
Ушбу кунни узоқ кутганлар,
Иғвонида чин унутганлар.
Рамазонда рўза тутганлар,
Ҳайитингиз бўлсин муборак!
Парвардигор бирдир деганлар,
Рамазонда нафсин енгганлар,
Фақат ҳалол луқма еганлар,
Ҳайитингиз бўлсин муборак!
Бу кун билан барчани муборак этгум,
Шу кунга етдик биз Аллоҳга шукр.
Аллоҳнинг ишқига тўлар бу фалак,
Мусулмон диндошларим Ҳайит муборак!
@muslim_booksuz🎉
Repost from MJ
Sertifikat "bir tiyin"
Kursni bitirganlik haqida sertifikat befoyda narsa. U Udemydan bo'ladimi yoki biron o'quv markazdan buning ish beruvchi uchun biron qiymati yo'q*.
Sabablari:
- hech kim o'z o'quvchisiga "zo'r bitirdi" deb keyin u o'quvchi suhbatda qovun tushurishini xohlamaydi;
- o'quvchining sertifikat olgani kursdagi mavzularni qay darajada yaxshi o'rganilganini ifoda qilmaydi;
- yomon o'qigan o'quvchi bir amallab kurs oxiriga yetib borolgan bo'lsa, "guruhining ichida qoniqarsiz o'qigan" deyilgan sertifikatni ish beruvchiga ko'rsatmaydi.
Sertifikatning qadri yo'q ekan. Nima muqobil variant bor?
O'quvchilarning mustaqil ishlaridagi baholari va unga berilgan fikrlar (feedback) ochiq e'lon qilinishi.
Foydalari:
- tashqaridagilar o'quvchilarning asl holatini, qaysi mavzuda oqsashini biladi;
- o'quv markaz davomiy tarzda qoniqarsiz o'qiyotgan o'quvchining baholarini ommaga chiqarmaydi. Buning o'rniga o'quvchining o'zini kursdan chiqarib yubora qoladi;
- baholar ommaga chiqishni boshlagandan so'ng o'quvchilar uyalib qolmasligi (hech bo'lmasa, uyidagilardan) uchun yaxshiroq o'qishni yoki o'qituvchisidan ko'proq talab qilishni boshlaydi.
*Oracle, Cisco va shu kabi katta tashkilotlarning sertifikatlari qiymatli bo'la oladi. Sababi - ular sohadagi yetakchilar tomondan murakkab ko'rinishda tuzilgan. Shu bilan birga bu sertifikat ishga kirishda qo'shimcha talab, asosiy emas. Sertifikatni bir amallab olvolsagu, lekin kundalik ishdagi vazifalarni eplab qilolmasak, bu yaxshi emas. Ish beruvchi bunday odamni ishga olishni xohlamaydi.
#fikrlar
Repost from MohirDev.uz
Yaxshi dasturchi bo'lish uchun dasturlashni bilish kamlik qiladi. Quyidagi ko'nikmalarni o'zingizda shakllantiring va kasbiy xotirjamlikka erishing.
Yumshoq ko’nikmalar (soft skills) sizni odatdagidan yaxshiroq ishchi, xodim, hamkasb va umuman, yaxshiroq inson qiladi.
Texnik ko’nikmalaringiz (technical skills) sizni intervyugacha olib boradi. Sizning yumshoq ko’nikmalaringiz (soft skills) esa ishga olinishingizga sabab bo’ladi.
Texnik bo‘lmagan ko’nikmalar ham deb aytiluvchi yumshoq ko’nikmalar orzuyingizdagi ishingizga joylashishda sizga yordam beradi. Bundan tashqari, u sizga karyerangiz davomida o’sishingizga ham imkon yaratadi (maosh oshirishi, yangi mansab, yangi imkoniyatlar va hokozo…).
Texnik ko’nikmalaringiz – kod yozishmi, mashina o’rganishi bo’yicha modellarni yaratishmi yoki zo’r dizaynlarni yaratish bo’lsin, bular ishga kirish uchun yetarli bo’lmaydi.
Va buning aksi: faqatgina yumshoq ko’nikmalar (soft skills)ning o’ziga ega bo’lish ham yetarli emas.
Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/soft-skills/
Muallif: Andrei Neagoie
@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
Telegram | Instagram | Youtube
Repost from Sherzod Shermatov
Давлатимиз Раҳбари Ўзбекистонни Минтақавий АйТи марказига айлантириш бўйича вазифа белгилаб бердилар.
Беш йил аввал бу каби вазифани хаёлга келтириб ҳам бўлмас эди. IT экспорти атиги 600 минг доллар эди. Ўша вақтда бу соҳага Президент Фармони билан берилган эътибор натижасида ўтган йилги экспорт 46 млн долларга етди, бу йил эса 100 млнга, 2025да 500 млнга етказишга режа қилинди.
Етакчи аутсорсинг компаниялари ўз офисларини кенгайтирмоқдалар, уларнинг ижобий тажрибасидан ўрганиб, бошқа йирик IT компаниялар ҳам Ўзбекистонда ўз фаолиятини бошлаш бўйича режа қилмоқдалар.
Бунинг замирида IT соҳасига Давлат Раҳбарининг эътибори ва имтиёзлар билан биргаликда мамлакатимизда ёшларнинг кўплигидир. Шунинг учун, келгусида муваффақиятга эришмоқчи бўлган ёшларимиз албатта чет тиллари ва ахборот технологияларини ўрганишга ҳаракат қилишлари зарур.
Repost from Kun.uz | Расмий канал
Шавкат Мирзиёев Ўзбекистонни минтақавий IТ марказига айлантириш вазифасини қўйди
IТ соҳасига доир йиғилишда вазирлик ва ташкилотларга бир қатор вазифалар юкланди.
👉 https://kun.uz/04616840
Kun.uz расмий канали
Repost from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
Blackbox - Google Chrome ishlatadigan dasturchilar uchun juda ajoyib extension.
Bu yordamida, youtubeda biror videodars ko'rib turgan paytingizda, videodagi kodlarni COPY qilish imkonini beradi.
Endi videoni pauza qilib birma - bir kodlarni ko'chirib o'tirishga hojat yo'q.
Ajoyib a :)
@Sardoroga_blog
Spikerlar:
1. Erkin Isoyev - Sun’iy intellekt yordamida ovozni tanish texnologiyalari
2. Bobosher Musurmonov - Pythonda GIL va konkurrensiya haqida gaplashamiz
3. Shukrullo Turgunov - Pythonda yaratilgan applarni deploy qilish uchun platformalar va instrumentlar
4. Ibrohim Ermatov - Python testing tools
5. Maxim Belov - Memory Management in Python
Vaqt: 17-aprel, 2022
To'liq ma'lumot uchun: @UzPythonMeetup
Repost from Uz Python Meetup
Barchani Navbatdagi Meetupga taklif etamiz! Kirish bepul va faqatgina ro'yxatdan o'tish talab etiladi! Shoshiling, joylar soni cheklangan!
Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting: https://forms.gle/HdHDVzN7Tt6mLnBi6
👉 @UzPythonMeetup
#python #yechim #algo #binarysearch
Binar qidiruv algoritmi!
Binary Search haqida
@Py_uz
#masala #python #yechim
Butun musbat n1 , n2 sonlar va s1 , s2 satrlar berilgan. Bu satrlardan foydalanib yangi s satr hosilqilinsin: s satrning dastlabki n1 ta simvoli s1 satrning bosh qismidan, oxirgi n2 ta simvoli s2 satrning oxiridan iborat bo‘lsin.
@Py_uz
#database #postgres
Pythonda psycopg2 kutubxonasi orqali PostgreSQL ma'lumotlr bazasiga ulanish!
Psycopg2ni o'rnatish:
pip install psycopg2
@Py_uz#masala #python
n(n>0) butun soni va s satr berilgan. n uzunlikka teng bo‘lgan s satr quyidagi ko‘rinishda aniqlanadi: agar s satr uzunligi n dan katta bo‘lsa, uning o`ng tomonidan ortiqcha simvollar olib tashlansin, agar s satr uzunligi n dan kichik bo‘lsa, uning o`ng tomoniga nuqtalar qo‘shilsin.
Repost from Uz Python Meetup
👋 Tez kunlarda 2-Python meetup!
📍 Navbatdagi Python Meetupimiz qachon va qayerda bo'lishi haqida yaqin kunlarda ma'lumot qoldiramiz.
📝 Shuningdek, meetupga qatnashish istagida bo'lgan dasturchilar uchun ro'yxatdan o'tish uchun havola qoldiramiz.
🎤 Speakerlar va mavzular ro'yxatini e'lon qilamiz.
👉 @UzPythonMeetup
Repost from Sariq Dev
Kelinglar, shu yigitga yordam beraylik.
Link orqali kirib ovoz beramiz, rahmat: https://openbudget.uz/boards/4/99797
