Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov
Open in Telegram
-Python dasturlash tilidan o'zbekcha ma'lumotlar. -Dasturlashga oid masalalar. -Ko'plab qiziqarli ma'lumotlar. Guruh: @pyuzgroup Aloqa: @pyuz_bot
Show more469
Subscribers
-224 hours
-27 days
+230 days
Posts Archive
Repost from MohirDev.uz
Mohirdev tomonidan dasturlash sohasini o'rganayotganlar uchun ajoyib yangilik.
📕 "Dasturlash bo'yicha savol-javob kodeksi"
Bu qo'llanma dasturlashni endi o'rganmoqchi bo'lganlar, sohaga yangi kirganlar va umuman dasturlash bilan shug'ullanuvchi bo'lgan hammaga qiziqarli va foydali bo'ladi, deb o'ylaymiz.
Qo'llanma foydali bo'lsa, yaqinlarga ulashasiz degan umiddamiz.
👉 Yuklab olish
Loyihalaringizda Django ORM ni optimallashtirish.
— Index: Django ORM primary va foreign keylar uchun indekslarni yaratadi. Biroq, qolgan ustunlardan siz filtr() methodi orqali ko'plab so'rovlarni bajarsangiz, ularga indekslarni qo'shish mantiqan to'g'ri keladi. Buning uchun model maydoniga db_index=True yoki unique=True argumentini qo'shish orqali erishish mumkin.
#orm #django
@Py_uz
#masala
D,M,Y sonlari kiritiladi. D-kunni, M-oyni, Y-yilni ifodalaydi
Shu kiritilgan sanadan keyingi sanani topish dasturini tuzing.
Chiqish formati : dd.mm.yyyy
Masalan:
D = 5, M = 7, Y = 2023
Natija:
6.7.2023
@Py_uz
Qanday qilib pythonda dastur ishlashini yaxshilash mumkin?
Pythonda dastur ishlashini yaxshilashni bir qancha usullari mavjud. Ulardan ba’zilari quyidagilar:
1). Data Structure: Biz maqsadimizga qarabto'g'ri ma'lumotlar tuzulmalarini tanlashimiz kerak.
2). Standart library: Iloji boricha standart kutubxonalardan foydalanishimiz kerak. Foydalanuvchilar tomonidan taqdim qilingan yechimlardan ko’ra standart kutibxonalar ancha samarali ishlaydi.
3). Abstraktsiya: Ba'zida juda ko'p mavhumlik va bilvosita dasturning sekin ishlashiga olib kelishi mumkin. Koddagi ortiqcha abstraktsiyani olib tashlashimiz va toza kod yozishga e’tibor qaratishimiz kerak.
4). Algoritm: To'g'ri algoritmdan foydalanish dastur ishlashida juda katta o’rin tutadi. Muammoni yuqori unumdorlik bilan hal qilish uchun mos algoritmni topishimiz va tanlashimiz kerak.
#interview
@Py_uz
Repost from Sariq Dev
Parazit.
Har gal ChatGPT haqida yozganimda "Nega ChatGPT bizda ishlamaydi?" deb soʻrashadi.
Menda esa sizga qarshi savol bor, "Qachon oxirgi marta internetda biror xizmat uchun pul toʻladingiz?"
Bizdagi aksar odamlar internet va undagi xizmatlarni tabiiy va bepul deb qabul qilib oʻrganib qolgan. Internet rivojiga hissa qoʻshish uyoqda tursin, boshqalar qilgan ishini ham qadrlamaymiz.
Internetga qoʻyildimi, bepul boʻlishi kerak deb oʻylaymiz. Pullik dasturlarni suv tekin boʻlsa ham buzamiz. Pullik xizmatlarni koʻrsak jahlimiz chiqadi. Kino va seriallarni faqat torrentdan olamiz (qanaqa netflix?). Bu xizmatlarni yaratish, ularni doimiy ishlatib turish uchun pul va resurs talab qilinishini hayolimizga ham keltirmaymiz.
Kamiga, hukumatimiz ham absurd talablar qoʻyishdan charchamaydi. Masalan, Youtube (aniqrogʻi Google) Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatmaydi. Monetizasiya yoqmaydi, reklama qabul qilmaydi. Sababi bizning hukumatimiz Googledan serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishni talab qilgan, tabiiyki Google oson yoʻldan yurgan va Oʻzbekistonni kartasidan oʻchirib qoʻygan. Buning orqasidan esa davlat va bloglerlar millionlab zarar koʻrishi esa hayolimizga ham kelmaydi.
Xullas, internet uchun biz gʻirt parazitmiz: bepul resurslardan foydalanamiz, pulligini koʻrsak burnimizni jiyiramiz. Onlayn qimorda $1000 yutqazsak-yutqazamiz, lekin Microsoft Officedan foydalanish uchun 10$ toʻlashga kelganda ziqnaligimiz tutadi. Malikadan 1000$ ga kompyuter olamiz, Windows esa oʻgʻrilangan boʻladi.
Yana uyalmasdan, "Nega ChatGPT Oʻzbekistonda yoʻq?" deymiz. San ziqnada Youtube ishlab turganiga rahmat degin.
- Dasturchilik orqali oyiga 10.000$ daromad qilishni xohlaysizmi?
- Ha xohlayman!
- Biz ham xohlaymiz...))))
Manba: Facebook
@Py_uz
Repost from TechCells | Software Development
What is your main programming language/framework? This Poll is held by @techcells
Repost from Boburmirzo Hamraqulov
Borgan sari axborot texnologiyalari sohasiga yangi qadam qo'yuvchilarga qiyin bo'lib boraveradi deb o'ylayman: o'rganish kerak bo'lgan, ishda talab qilinadigan texnologiyalar soni, turi ko'payib bormoqda. Masalan men bundan 6 yilcha avval veb dasturlashni o'rganishni boshlaganimda, o'sha paytda O'zbekistonda bekend dasturchi sifatida ish topish uchun PHPni va yana Yii2, Codeigniter kabi freymvorklardan birini bilish, Web hostingda FTP orqali sayt fayllarini yuklash,MySQLni bilish, HTML/CSS va Javascript lardan ozroq xabardor bo'lish yetarli edi, eng kamida men birinchi ish topishimda shular kifoya qilgan.
Hozirda yaxshiroq kompaniyaga bekend bo'yicha dasturchi (middl yo senior) bo'lib ishga kirish uchun:
- Python, Javascript, PHP, Java, Go, C# lardan birini mukammal bilish
- shunga qo'shimcha ravishda mashhur veb freymvorklardan bir nechtasini amalda bilish
- OOP, SOLID, KISS, DRY larni bilishi
- Authentication, Authorization, oauth, JWT
- Algoritmlar (sorting, searching) va ma'lumotlar tuzilmalari (data structures)
- Asynchronous, multithreading, multiprocessing kodlar yoza olishi
- Unit test, integration test, load test, E2E testlar bo'yicha tajribaga ega bo'lishi
- Logging, debugging lardan amalda foydalana olish
- RDBM turidagi MySQL yoki PostgreSQL kabi ma'lumotlar bazasidan tajribaga ega bo'lish
- NoSQL bo'yicha ham tajriba yoki bilimga ega bo'lish (masalan MongoDB)
- Linux operatsion tizimida ishlay olish (aynan serverlar uchun Linux tizim), masalan Ubuntu, Debian
- Nginx yoki Apache HTTP serverlarni bilishi
- Docker bo'yicha tajribaga ega bo'lish, dasturlarni konteynerizatsiya usulida ishga tushira olish tajribasi bo'lishi
- CI/CD bo'yicha tajriba
- Agile/Scrum kabi metodoliyalarda tajriba
- HTTP, SSL, DNS, REST, OpenAPi larni tushunishi
- Git, SSH, Bashscriptlarni bilishi
- Code review, static code analyzer lar bo'yicha tajriba
talab etiladi.
Quyidagilarni esa bilsa katta plus:
- Kubernetes, Docker swarm, Helm
- AWS, Azure yoki GCP lardan birida amaliy tajriba
- Prometheus, Grafana, Loki, InfluxDBlarni bilishi
- Ansible, Jenkins, Terraform
- RabbitMQ, Apache Kafka
- Elastic search, Kibana, Logstash
- Snowflake, Databricks
- UDP, TCP, Websocket
...
Bular shunchaki o'ylab topib yozilmagan, turli vakansiyalarda ko'rganlarim, ishda ishlatilgan texnologiyalardan kelib chiqib yozdim. Agar biror texnologiya ro'yxatdan tushib qolgan bo'lsa, aytsangiz qo'shib qo'yaman.
Repost from AHBS | Alisher Kasimov’s Blog
Avtobusga uyga borish uchun chiqamiz, avtobus yoqib qolganligi uchun emas
Tasavvur qiling, Siz biror joy (maktab, ish xona, mahmondorchilik, choyxona)dan uyga ketmoqdasiz. Tabiiyki, uyga yetib olish uchun Siz shahardagi o’zingizga qulay bo’lgan transportga chiqasiz. Aynan ushbu transport Sizni aniq uyga eng yaqin joyga eltib qo’yadi.
Endi o’ylab ko’ring. Avtobusga chiqishdan maqsad nima? Avtobusda yurishdan bahra olishmi? Yo’q. Yoki odamlarni tamosha qilishmi? bu ham Sizning maqsadingizga kirmasa kerak. Sizning maqsadingiz uyga yetib olishdir. Avtobus esa aynan shu maqsadga yetkazuvchi bir vosita, instrument. Aynan shu instrument orqali biz uyga tezroq yetib olishga harakat qilamiz. Albatta, piyoda ketsak ham bo’ladi, lekin, misol uchun, 10 kilometrlik yo’lni avtobusda bosib o’tish ancha qisqa vaqtni oladi. Charchab ham qolmaysiz. Maqsadingiz uyga yetib olish bo’lganligi uchun, Siz avtobusga chiqgach, undan qachon tushishni, qaysi avtobusni tanlashni va tahminan yo’lga qancha vaqt ketishini ham bilasiz.
Endi tasavvur qiling, Sizning maqsadingiz faqat avtobusga chiqish edi. Nima bo’ladi? Albatta, Siz birinchi bo’lib bekatga to’xtovchi 10 xil avtobusdan qay birini tanlashni bilmay qolasiz, chunki maqsad aniq emas-da! Hop, biror avtobusni tanladik ham deylik, unga chiqib olgandan keyin nima? Taqdirga tan berishdan boshqa iloj yo’q. U qayerga bizni olib borsa, shu yerga ketaveramiz. Shaharning biz bilmagan yerlariga borib qolsa-ku, bundan ayanchli hol bo’lmasa kerak. Ham pul behuda sarflangan, ham vaqt ketgan, yetmaganiga biz endi qaytib olishimiz ham kerak.
Bu misolni bekorga keltirganimiz yo’q. Juda ko’p yoshlar dasturlashga sohasiga kelgandan keyin har doim faqat Frontend, Backend kabi yo’nalishlarning o’zini tanlashadi. JavaScript, Java, C#, Pythonlarning faqat o’zini o’rganishni o’zlariga maqsad qilishadi. Vaqt o’tib esa, resurslar ketib bo’lganidan keyin, tanlangan narsa qiziqarsiz ekani aniq bo’lganidan keyin, “Aka, men Python o’rgangan edim, menga yoqmay qoldi. Endi nima qilsam bo’ladi?”, deb savol berishadi. Axir bu xuddi avtobusni o’zini maqsad qilib tanlagandek gap-ku.
Yana bir turdagi yoshlar esa, Python yoki JavaScriptning bozordagi o’rnini so’rab murojaat qilishadi. Axir bu instrument-ku! Uning bozorda har doim o’rni bo’ladi. Lekin bu taniqlilik texnologiyaning qiziqarli bo’lib qolishiga sababchi bo’lmaydi-ku! Dasturlash qiyin yo’nalish. Agar uni katta maqsad uchun ishlata olsangiz, shundagina uning qiziqarliligini tushunib yetasiz.
Elon Musk, Jeff Bezos, Bill Gates, Steve Jobs’lar dasturlashni C yoki Python taniqli bo’lgani uchun, yoki NodeJS “krutoy” bo’lgani uchun tanlashmagan. Ular odamlar hayotida biror katta o’zgarishlarni qilish niyatida bo’lishgan.
Agar Siz kuzatuvchanlikni oshirsangiz, ilm izlashga qiziqishni oshirsangiz, odamlar hayotida nima kamchiliklar borligini bilib olasiz. Shundagina Siz katta maqsadlar sari yo’l olasiz va Siz kelajakda tanlaydigan til yoki freymwork oddiy instrumentga aylanib, Sizning ishlaringizni hal qiladi va Sizga yaxshi daromad keltiradi. Va eng asosiysi — Siz bu texnologiyaning zerikarli emasligini tushunib yetasiz.
Ilm izlashdan to’xtamang!
@app_hbs
Repost from Boburmirzo Hamraqulov
Bir qadam oldinda
Junior: Qanday qilib senior bo'lishim mumkin?
Senior: Buning yo'li oson, o'zingni seniordek ko'rsat.
Junior: Qachongacha?
Senior: Bilib qolishguncha.
Junior: Bilib qolishmasachi?
Senior: Yana nima kerak? O'zingni shunday ko'rsatib yuraverasan...
Biror sohada tezroq rivojlanish yoki boshqalardan ancha o'zib ketish uchun o'sha sohada ulardan atigi bir qadam oldinga o'tib olish, o'sha sohani hech bo'lmasa bir kalla yaxshiroq bilib olish yoki hech bo'lmaganda atrofingizdagilar siz haqingizda shunday o'ylashining o'zi kifoya. Natija shunday bo'lsinki, o'sha sohada nima savollari bo'lsa sizdan so'rasin. Bu narsa sizga o'sha sohada yanada kuchayishingiz uchun 2 jihatdan turtki beradi:
1) Sizdan doim yechim kutishlarini bilganingizdan so'ng doim yordamga shay holda bo'lishingiz, yoki uyalib qolmasligingiz uchun ham o'sha sohani yaxshiroq o'rganishni boshlaysiz. Masalan tasavvur qiling, maktabda o'qiysiz va sinfdoshlaringiz sizni fizikadan eng yaxshi biladigan o'quvchi sifatida bilishadi. Ertaga imtihon va tajribangizdan ma'lumki imtihonda sizdan yordam so'raydiganlar yoki ko'chiradiganlar ko'p bo'ladi. Shu tufayli ham boshqalar uchun ham ma'suliyatni xis qilgan xolda yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishni boshlaysiz.
2) Sizdan hamisha boshqalar bilmaydigan, ular uchun eng qiyin yoki eng yangilik bo'lgan savollarni so'rashadi va bu sizga o'zingiz izlanmasangiz ham ushbu sohadagi eng saralangan muammolar bilan ishlashingizga imkoniyat yaratadi. Avvalgi misolimizga qaytadigan bo'lsak, siz fizikadan imtihonga tayyorgarlik ko'rish uchun kitobdagi hamma masalalarni ishlab chiqishga hojat yo'q, uningsiz ham sinfdoshlaringiz oson masalalarni o'zlari ishlab, sizdan faqat qiyinlarinigina so'rashadi. Bu esa sizga shu saralangan masalalarni ishlashning o'zi bilan fizikadan yanada yaxshiroq bo'lish imkoniyatini taqdim etadi.
Yanada tushunarliroq bo'lish uchun hayotiy misol keltiraman. Deylik siz dasturchisiz va bulutli texnologiyalarni yaxshiroq o'rganmoqchisiz. Ishingizda biror topshiriq shu sohaga oid bo'lsa o'sha topshiriq bo'yicha izlanish olib boring va kerakli ma'lumotlarni izlab o'qib oling. Shu topshiriq muhokamasida o'sha o'qib tushunganingiz bo'yicha taklifingizni bering, shunda jamoadoshlaringiz sizni bu sohadan yaxshiroq xabardor deb o'ylashadi. Agar topshiriqni o'zingiz uddalay olsangiz bo'ldi, keyingi safar shunga oid muammo paydo bo'lsa darrov sizni eslashadi.
Yana bir gap, Sherlok Holmsni ham Sherlok Holms qilgan faqat uning qobilyatigina emas, balki ilk ishlarida o'zini nimalarga qodirligini boshqalarga ko'rsata olgan va natijada hamma unga murakkab ishlar bo'yicha murojaat qilishlari natijasi edi.
Repost from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
Oxirgi 1 oyda eng ko’p eshitgan terminlardan biri - Documentation.
Documentation ham bizning eng katta muammolarimiz. Doc yuritmaymiz. Kodimiz bilan doc parallel emas, doim update qilish esdan chiqadi, ulgurmaymiz ishqilib docni doim ham yozmaymiz.
Documentation - juda muhim narsa
Bizning ham o’z Alisa, Sirimiz bo’lishi mumkin. Buning uchun buni ishlovchi dasturchilar jamoasiga ma’lumotlar to’plashga yordamlashish kerak.
O’zbek tili rivoji uchun siz ham hissa qo’shing. Hammasi juda oddiy saytga kirasiz, berilgan matnni o’qi ovozli xabarni yuborish kifoya.
https://uzbekvoice.ai/
Repost from Azim Pulat
Dastuchi Emas, Sotuvchi Bo’ling
Ikki muhim mavzu - ITda pul topish va “soft skill”lar haqida gaplashamiz.
Manba: youtu.be/TPixtEUh5l0
