en
Feedback
KTB ǀ SAMARQAND

KTB ǀ SAMARQAND

Open in Telegram

Samarqand viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi axborot kanali Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. https://www.facebook.com/share/z4u8ogeo7RcYVzXH/?mibextid=qi2Omg https://www.instagram.com/sam_o_f_i_boshqarmasi

Show more
925
Subscribers
No data24 hours
-127 days
-4330 days
Posts Archive
Repost from Edu.uz
✴️Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarning pedagoglari uchun attestatsiya 26-may kuni test shaklida bo‘lib o‘tad
✴️Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarning pedagoglari uchun attestatsiya 26-may kuni test shaklida bo‘lib o‘tadi
📣 Test sinovlari test.uzedu.uz platformasi orqali markazlashgan holda belgilangan 14 ta hududdagi binolarda (rasmda ro‘yxat👆) real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi. ⏳ Test sinovlari uch smenada tashkil etiladi: 1️⃣-smena — soat 08:30 2️⃣-smena — soat 10:30 3️⃣-smena — soat 12:30 4️⃣-smena — soat 14:30 5️⃣-smena — soat 16:30 boshlanadi. 📥 Pedagoglar test sinovlariga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari zarur: 🟢pasport yoki ID-karta; 🟢pedagog ruxsatnomasi (pedagog.edu.uz platformasi orqali yuklab olinadi). 💠Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida soat 09:00dan 18:00gacha apellyatsiya komissiyasiga yoki vazirlikning rasmiy elektron pochtasi (pedapellatsiya@edu.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin. ❗Pedagoglardan belgilangan vaqtga qat’iy rioya etish hamda test sinovlari boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin yetib kelishlari so‘raladi. Test sinovlari oʻtkaziladigan joy 👉🏻 manzillari. 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 📑Maxsus komissiya tomonidan sertifikatlarning muvofiqligi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan (raqami – 3515) “Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorning 3-bobiga asosan aniqlanadi. ➡️2026-yildan boshlab xorijga yuboriladigan pedagoglarning ro‘yxati Maxsus komissiya tomonidan keyingi kalendar yilining 20-yanvar kuniga qadar tasdiqlanadi va malaka oshirishga yuborish mart oyidan boshlab amalga oshiriladi. 📆 2026-yilda xorijga yuboriladigan pedagoglar 2025-yilda malaka oshirgan pedagoglar orasida saralanadi. 👥 Xorijga yuboriladigan davrda pedagoglar kasbiy ta’lim tizimida faoliyatini yakunlagan yoki o‘z xohishiga ko‘ra malaka oshirishga borishni rad etgan taqdirda, bo‘shagan o‘rinlar uchun nomzodlarni saralash ballar ketma-ketligi bo‘yicha amalga oshiriladi. 📨 Xorijda malaka oshirib qaytgan pedagoglar texnikumdagi boshqa pedagoglar uchun kamida bir marta seminar o‘tkazadi. ‼️ Xorijga malaka oshirish uchun yuboriladigan pedagog kadrlarga kamida uch yildan so‘ng saralashda ishtirok etish imkoniyati beriladi. ➡️ Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154576 🧾 PDF shaklida yuklab olish.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari Endi har yili malaka oshirishda eng yaxshi natija koʻrsatgan 50 nafar taʼlim ustalari, umumtaʼlim v
#Qonunchilik_yangiliklari
Endi har yili malaka oshirishda eng yaxshi natija koʻrsatgan 50 nafar taʼlim ustalari, umumtaʼlim va maxsus fanlar oʻqituvchilari xorijga yuboriladi
🗒Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-apreldagi 134-son buyrug‘i bilan Malaka oshirishda eng yaxshi natija koʻrsatgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, umumtaʼlim fanlari va maxsus fan oʻqituvchilarini aniqlash tartibi tasdiqlandi. 💠Mazkur tasdiqlangan tartibga ko‘ra: 🚪 Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan har yili malaka oshirishda eng yaxshi natija koʻrsatgan 50 nafardan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, umumtaʼlim fanlari va maxsus fan oʻqituvchilari malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi. 💬 Texnikumlarning xorijga yuboriladigan pedagoglari ro‘yxati Agentlikda maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi. ✔️Malaka oshirishda eng yaxshi natija ko‘rsatgan pedagoglar my.moqt.uz raqamli platformasidagi portfoliolari ko‘rsatkichlari bo‘yicha va yakuniy attestatsiyada qo‘yilgan (test sinovlari va bitiruv malakaviy ishi himoyasi uchun qo‘yilgan) ballar yig‘indisiga ko‘ra saralanadi. ➡️Bunda, my.moqt.uz raqamli platformasi malaka oshirish kurslarini tashkil etadigan institutlar, markazlar va fakultetlarning raqamli platformalari bilan integratsiya qilinadi. 📆Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti tomonidan saralash natijalari bo‘yicha yakuniy ro‘yxat 15-yanvarga qadar Maxsus komissiyaga taqdim etiladi. 🗣gar saralash jarayonida bir nechta nomzodlarning ko‘rsatkichlari teng kelib qolsa, milliy yoki xalqaro darajadagi chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga ustuvorlik beriladi: ♻️ Ballar quyidagicha taqsimlanadi: 👥 Quyidagi toifadagi pedagoglar uchun: ⚫️ Ta’lim ustalari;🔽 ⚫️ Maxsus fanlar o‘qituvchilari;🔽 ⚫️ Umumta’lim fanlari o‘qituvchilari (xorijiy til o‘qituvchilaridan tashqari):🔽 ⬅️ B1 daraja uchun — 1 ball;🔼 ⬅️ B2 daraja uchun — 2 ball;🔼 ⬅️ C1 va undan yuqori daraja uchun — 3 ball qo‘shib beriladi.🔼 👥 Xorijiy til fani o‘qituvchilari uchun esa: ✔️ C1 daraja uchun — 1 ball; ✔️ C2 daraja uchun — 2 ball ustuvorlik beriladi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154576
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

✨🌸Navroʻz bayrami🌸✨ Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi hamda texnikumlar jamoalari Navro‘z umumxalq bayramini keng nishonlamoqda. O'tkazilgan bayram saylida milliy xalq qo'shiqlari, raqslar, sport o'yin musobaqalari, o'zbek milliy taomlari tayyorlanib yig'ilgan mehmonlar qalbida bayram shukuhini olib kirdi. Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Matbuot xizmati 📱 Bizni kuzatishda davom eting! ✈️ Telegram | 📷 Instagram

✨🌸Navroʻz bayrami🌸✨ Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi hamda texnikumlar jamoalari Navro‘z umumxalq bayramini keng nishonlamoqda. O'tkazilgan bayram saylida milliy xalq qo'shiqlari, raqslar, sport o'yin musobaqalari, o'zbek milliy taomlari tayyorlanib yig'ilgan mehmonlar qalbida bayram shukuhini olib kirdi. Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Matbuot xizmati 📱 Bizni kuzatishda davom eting! ✈️ Telegram | 📷 Instagram

Repost from Edu.uz
Vazir Samarqandda “Yoshlar kuni” tadbirlarida ishtirok etdi Xizmat safari bilan Samarqand viloyatida boʻlib turgan Oliy taʼli
+9
Vazir Samarqandda “Yoshlar kuni” tadbirlarida ishtirok etdi Xizmat safari bilan Samarqand viloyatida boʻlib turgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Husanov hamrohligida Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida bo‘lib, “Yoshlar kuni” munosabati bilan hududdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda texnikum o‘quvchilari ishtirokida tashkil etilgan tadbirida qatnashdi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/144274 👉 На русском 👉 In English #xizmat_safari #vazir #Samarqand
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
20-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ram
20-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.
Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi: 🔹 20-mart (juma)Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni; 🔹 21-mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni; 🔹 22-mart (yakshanba) – dam olish kuni; 🔹 23-mart (dushanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
+1
⚡️2026/2027 oʻquv yili uchun ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarga (umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari negizida) kunduzgi va dual taʻlim shaklidagi qabul parametrlari
Respublika bo‘yicha 14 ta ilg‘or kasbiy mahorat texnikumga kunduzgi va dual ta’lim shakllari uchun qabul kvotasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 1 300 nafar 9-sinf bitiruvchisi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. ✔️Shundan: ➖ kunduzgi ta’lim shaklida — 1220 ta: ➖ dual ta’lim shaklida — 80 ta:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Qabul_2026 #Kasbiy_taʼlim Texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi 🔰Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan 2026/2027 o‘quv y
#Qabul_2026 #Kasbiy_taʼlim
Texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi
🔰Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan 2026/2027 o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilari uchun qabul parametrlari belgilandi. Unga ko‘ra, 516 ta texnikumga 152 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi va dual ta’lim shakllarida jami 184 207 ta qabul kvotasi tasdiqlandi. ✔️Shundan: ➖ kunduzgi ta’lim shaklida— 130 247 ta; ➖ dual ta’lim shaklida— 53 960 ta. Umumiy kvotaning 1300 tasi 14 ta Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlariga o‘quvchilarni davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish uchun ajratilgan. Qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun kvotalar to‘liq davlat granti asosida shakllantirilgan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Ochiq_eshiklar #Korxonaga_sayohat 🇺🇿 "Samarqand ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi o‘quvchilari uchun yirik ishlab chiqarish
+9
#Ochiq_eshiklar #Korxonaga_sayohat 🇺🇿 "Samarqand ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi o‘quvchilari uchun yirik ishlab chiqarish korxonasiga sayohat tashkil etildi." 👨‍🏭 2026-yilning 13-mart kuni Samarqand ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi bitiruvchi kurs o‘quvchilari uchun texnikum direktori D.M. Mamatkulov boshchiligida “Azia Metall Prof” korxonasiga "Ochiq eshiklar kuni" doirasida sayohat tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar zavod faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari hamda zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan ishlab chiqarish bosqichlari, xavfsizlik qoidalari va korxonada qo‘llanilayotgan yangi uskunalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 120 nafardan ortiq bitiruvchi o'quvchilar qamrab olingan tadbir doirasida o'quvchilarning kasbiy ko'nikmalari sinovdan o'tkazilib, o'ndan ortiq o'quvchilar bilan dastlabki kelishuv bitimlari tuzuldi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇                 Telegram

Repost from Zarnews.uz
📹 Давлатимиз раҳбари қизларнинг касбий ва олий таълим олиши учун янги имкониятларни эълон қилди. ——— 📹 Davlatimiz rahbari qizlarning kasbiy va oliy ta’lim olishi uchun yangi imkoniyatlarni e’lon qildi. ✅@Zarnews_uz

SAMARQAND YANGILIKLARI | "RAHBAR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI BO'LI O'TDI 05.03.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

SAMARQAND YANGILIKLARI | "RAHBAR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI OʻTKAZILDI 02.03.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

Texnikum o‘quvchilari uchun “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi asosida olti oy davomida xorijda ishlab, qo‘shim
Texnikum o‘quvchilari uchun “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi asosida olti oy davomida xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratiladi Muloqotda o‘tgan yilda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinib, har bir hududda hokimlar boshchiligida Kasbiy ta’lim kengashlari ish boshlagani ta’kidlandi. Agentlik va hokimlarga qaysi texnikumda kasbga o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqib, ish beruvchilarning talabiga moslash, qaysi biriga kasb-hunar va “dual ta’lim” bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni olib kelish kerakligi va texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi. ❗️Hokimlar texnikum binosi va yerlari boshqa maqsadlarda berilmasligi, direktorlari esa faoliyatiga tegishli bo‘lmagan yig‘ilishga chaqirilmasligi haqida ogohlantirildi. Har yili kamida 100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlash maqsad qilib olindi. ✅ “Dual ta’lim” qamrovini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. ✅ Har oyda texnikumlarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va mehnat yarmarkalari tashkil qilinadi. ✅ Texnikumlarga ham oliygohlar kabi “spin-off” ochishga ruxsat beriladi. Bunda o‘quvchilarning startap loyihalariga 1 milliard so‘mgacha ajratiladi. 📌 Joriy yildan xuddi oliygoh talabalari kabi texnikum o‘quvchilari uchun ham “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi asosida olti oy davomida xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratiladi. Bunda dasturda ishtirok etuvchi texnikum o‘quvchilariga yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi. #MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Repost from Edu.uz
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti Har yili kamida 100 tadan texnikum to‘liq ta’mirlanadi O‘tgan yilda Kasbiy ta’lim agent
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti Har yili kamida 100 tadan texnikum to‘liq ta’mirlanadi O‘tgan yilda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinib, har bir hududda hokimlar boshchiligida Kasbiy ta’lim kengashlari ish boshladi. Agentlik va hokimlarga qaysi texnikumda kasbga o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqib, ish beruvchilarning talabiga moslash, qaysi biriga kasb-hunar va “dual ta’lim” bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni olib kelish kerakligi va texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi. Hokimlar texnikum binosi va yerlari boshqa maqsadlarda berilmasligi, direktorlari esa faoliyatiga tegishli bo‘lmagan yig‘ilishga chaqirilmasligi haqida ogohlantirildi. Har yili kamida 100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlash maqsad qilib olindi. “Dual ta’lim” qamrovini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Har oyda texnikumlarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va mehnat yarmarkalari tashkil qilinadi. Texnikumlarga ham oliygohlar kabi “spin-off” ochishga ruxsat beriladi. Bunda o‘quvchilarning startap loyihalariga 1 milliard so‘mgacha ajratiladi. Joriy yildan xuddi oliygoh talabalari kabi texnikum o‘quvchilari uchun ham “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi asosida olti oy davomida xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratiladi. Bunda dasturda ishtirok etuvchi texnikum o‘quvchilariga yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti Payshanba — “Yoshlar kuni”! Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti Payshanba — “Yoshlar kuni”! Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi. Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi. Hokimlar yoshlarbop savdo-servis loyihalarini qiladi, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashadi, startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar ajratadi. Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Texnikumlar bosh o‘qituvchilariga uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar ajratiladi 🎞 Subsidiya ajratilish shartlari bilan video orqali tanishing.
❗️Quyidagi holatlarda subsidiya dasturiy ta’minot tizimi orqali avtomatik ravishda rad etiladi: 🔜 arizadagi ma’lumotlar videoda aytilgan ijtimoiy mezonlarning kamida bittasiga mos kelmaganda; 🔜 joriy yilda ajratiladigan subsidiya mablag‘lariga mutanosib ravishda subsidiya soni tugaganda. 🔜 ilgari subsidiyadan foydalangani aniqlanganda (avval olingan subsidiyali ipoteka krediti so‘ndirilgan va uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirilgan taqdirda ham); 🔜 subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomasi amalda yoki ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lganda.
Qarorga muvofiq ajratiladigan subsidiyalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan har yili 200 mlrd so‘mgacha mablag‘ yo‘naltiriladi. 📌 Ma’lumot uchun, bu turdagi subsidiyani olish uchun yosh chegarasi 60 yosh etib belgilangan.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Farzandingiz kelajak kasbini bugundan tanlasin! 📌 “Kasblar shaharchalari” qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Videoni albatta ko‘ring va bu haqida batafsil bilib oling! ✈️Bu yangilikni barcha ota-onalarga yuboring! FARZANDINGIZGA IMKON BERING: U KASBNI KO‘RSIN, HIS QILSIN VA ONGLI TANLASIN!
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Paxtachi tumanida tibbiyot sohasida xorijiy talabalar tahsil olishi yo‘lga qo‘yildi. Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Yatri Educational Consultancy (Nepal davlati) o‘rtasida qo‘shma hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Mazkur memorandumga muvofiq, tomonlar tibbiyot va jamoat salomatligi yo‘nalishlarida xorijiy talabalarni o‘qitish, ta’lim sifatini oshirish, tajriba almashish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadilar. Ushbu kelishuv Paxtachi tumanida tibbiy ta’lim sohasining xalqaro miqyosda rivojlanishiga, xorijiy talabalar sonining oshishiga hamda ta’lim xizmatlari eksportining kengayishiga xizmat qiladi. Samarqand viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati
📱Bizni kuzatishda davom eting!
✈️Telegram |📷Instagram