QO'QON TEMIR YO'L TEXNIKUMI
Open in Telegram
"O'zbekiston temir yo'llari"AJ tasarrufidagi Qo'qon Temir Yo'l Texnikumining telegramdagi rasmiy kanali. Admin: @Dasturchi_uznet YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCZWp5lhJ6yGhJaekM2JtwDg
Show more815
Subscribers
+8824 hours
+2757 days
+28730 days
Posts Archive
+2
Qo‘qon shahar 4-son texnikumida Media komandaga qabul boshlandi!
Islohotlar va tashabbuslar markazi hamda Karyera markazi boshchiligida texnikum qoshidagi “MEDIA-KOMANDA” jamoasiga birinchi bosqich talabalari uchun ro‘yxatga olish jarayoni boshlandi.
Media komanda — talabalarning ijodkorligi, media savodxonligi, kommunikativ va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, texnikum hayotini zamonaviy media vositalari orqali yoritishga qaratilgan.
Birinchi bosqichning faol, tashabbuskor va ijodkor talabalari “MEDIA-KOMANDA” safiga qo‘shilishga taklif etiladi!
#Qoqonshahar4sontexnikum
#MediaKomanda
#Yoshlar
#Qoqon
+2
Qo‘qon shahar 4-son texnikumida "Kelajak soati" darslarida "Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" mavzusi o‘quvchilarga yetkazildi.
+4
2026-yil 7-sentabr kuni Qo‘qon shahar 4-son texnikumida darslar O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi.
+6
💻 “DIGITAL RIGHTS WEEK” TADBIRI O‘TKAZILDI
📅 2026-yil 4-sentabr kuni Qo‘qon shahar 4-son texnikumida o‘quvchilar o‘rtasida “Digital Rights Week” — “Raqamli huquqlar haftaligi” doirasida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi.
🔹 Tadbir davomida o‘quvchilarga raqamli muhitda o‘z huquqlarini bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internetdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish, raqamli xavfsizlik hamda kiberhujumlardan himoyalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.
🔹 Shuningdek, o‘quvchilar bilan internetdagi huquq va majburiyatlar, shaxsiy ma’lumotlarning daxlsizligi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va raqamli savodxonlik masalalari yuzasidan suhbat va fikr almashishlar olib borildi.
📱 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning raqamli texnologiyalardan ongli va xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning raqamli huquqlar borasidagi bilimlarini oshirish hamda internet makonida mas’uliyatli xulq-atvorni shakllantirishdan iborat.
#MyDigitalRights
+6
💻 “DIGITAL RIGHTS WEEK” TADBIRI O‘TKAZILDI
📅 2026-yil 4-sentabr kuni Qo‘qon shahar 4-son texnikumida o‘quvchilar o‘rtasida “Digital Rights Week” — “Raqamli huquqlar haftaligi” doirasida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi.
🔹 Tadbir davomida o‘quvchilarga raqamli muhitda o‘z huquqlarini bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internetdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish, raqamli xavfsizlik hamda kiberhujumlardan himoyalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.
🔹 Shuningdek, o‘quvchilar bilan internetdagi huquq va majburiyatlar, shaxsiy ma’lumotlarning daxlsizligi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va raqamli savodxonlik masalalari yuzasidan suhbat va fikr almashishlar olib borildi.
📱 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning raqamli texnologiyalardan ongli va xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning raqamli huquqlar borasidagi bilimlarini oshirish hamda internet makonida mas’uliyatli xulq-atvorni shakllantirishdan iborat.
+4
📚 Siyosiy-ma’rifat soatining navbatdagi soni namoyish etildi
2026-yil 4-sentabr kuni Qo‘qon shahar 4-son texnikumida pedagog-xodimlar ishtirokida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” mashg‘uloti tashkil etildi.
📝 Mashg‘ulot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar, davlatimizning ustuvor vazifalari, jamiyat hayotidagi muhim voqealar hamda mamlakatimiz va xalqaro maydondagi dolzarb yangiliklar yuzasidan tayyorlangan ma’lumotlar namoyish etildi.
🎥 Ishtirokchilar mavzu doirasida videomateriallarni tomosha qilib, siyosiy-ma’rifiy bilimlarini yanada boyitdilar hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida fikr almashdilar.
🇺🇿 Siyosiy-ma’rifat soatlari pedagog-xodimlarning siyosiy va huquqiy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda yuz berayotgan muhim jarayonlarga daxldorlik hissini kuchaytirish hamda fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
#SiyosiyMarifatSoati
#QoqonShahar4SonTexnikum
#MaNaviyMarifiyTadbirlar
+6
🕯 QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI YOD ETILDI
📅 2026-yil 4-sentabr kuni Kasbiy ta’lim agentligi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish bo‘yicha 2026-yil uchun Yillik taqvim rejaning 18-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, “31-avgust – Qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etish kuni” munosabati bilan Qo‘qon shahar 4-son texnikumi o‘quvchilari uchun ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
🏛 Ekskursiya davomida o‘quvchilarga yurtimiz tarixining murakkab va sinovli davrlari, qatag‘on siyosatining ayanchli oqibatlari hamda xalqimizning ozodligi va milliy qadriyatlari yo‘lida fidokorona faoliyat olib borgan ajdodlarimiz haqida ma’lumotlar berildi.
📚 O‘quvchilar tarixiy manbalar, ma’naviy meros va qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan materiallar bilan yaqindan tanishdilar.
🕯 Tadbir davomida qatag‘on qurbonlarining xotirasini yod etish, ularning hayoti va faoliyatidan ibrat olish, tarixiy haqiqatni yosh avlodga yetkazish hamda Vatanga sadoqat ruhini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
MEDIA KOMANDA JAMOASIGA A’ZOLAR QABUL QILAMIZ!
Ijodkor, faol va zamonaviy texnologiyalarga qiziqadigan talabalarni MEDIA KOMANDA safiga taklif qilamiz!
O‘z g‘oyangni amalga oshir! Jamoaga qo‘shil! Birgalikda yarataylik!
A’zo bo‘lish va batafsil ma’lumot olish uchun: Shoxdiyor Raximovich: +998912021990
MEDIA KOMANDA — texnikumimiz ovozi, biz — kelajak yaratuvchilari!
+8
Qo‘qon shahar 4-son texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona vatan yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! " shiori ostida ko‘tarinki ruhda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
+2
Qo‘qon shahar 4-son tehnikumida Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan obodonlashtirish ishlari va munosib kutib olish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
+8
Qo‘qon shahar 4-son texnikumida navbatdagi "siyosiy maʼrifat soati oʼtkazildi.
+8
Qo‘qon shahar 4-son texnikumida navbatdagi "siyosiy maʼrifat soati" oʼtkazildi.
Repost from Kasbiy ta’lim agentligi
+6
Avgust kengashi: kasbiy ta’limda sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya
Texnikumlarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha “Zamonaviy kasbiy ta’lim — sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya” shiori ostida xalqaro tashkilotlar va xorijiy ekspertlar hamda ish beruvchilar vakillari ishtirokida “Avgust kengashi” seminar-treningi o‘tkazildi.
Seminar-trening davomida:
—Asosiy hisobot: 2025–2026- o‘quv yili yakunlari va 2026-2027-yil vazifalari; —Yangi formatdagi 60 ta ta’lim dasturi; — O‘qituvchilar uchun yangi avloddagi o‘qituvchi kitobi “Teachers book”; —2026/2027 o‘quv yili uchun 100 ta texnikumda xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash; —Texnikum direktori va uning o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati berish tartibini ishlab chiqish; —Texnikumlarning ishlab chiqarish ta’limi ustalariga kasbiy sertifikat berish; — Dual ta’limni rivojlantirish va bitiruvchilar bandligini ta’minlash natijalar, imkoniyatlar va ustuvor vazifalar; —Kasbiy ta’lim tashkilotlarida sifat nazorati va milliy reyting; —Maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotlarida “Atrofimizdagi kasblar”, “Kasblar alifbosi”, “Kasblar olami”, “Mening kelajakdagi kasbim” dasturlarini joriy etish bo‘yicha taqdimotlar qilindi.
Bizni kuzatingWebsite | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
+1
Қўқон шаҳар 4-сон техникумида 2026-2027 ўқув йилига муносиб тайёргарлик кўриш мақсадида ободонлаштириш хамда худудни тартибга келтириш ишлари олиб борилмоқда. Ушбу ишлардан асосий мақсад- ўқувчилар учун замонавий, қулай ва обод таълим мухитни яратиш.
+4
Qo‘qon shahar 4-son texnikumida navbatdagi "siyosiy va maʼrifiy" soat bo‘lib o‘tdi.
+3
Qo‘qon shahar 4-son texnikumida 14.08.2026 yil kuni pedagog kadrlari uchun yangi modulli taʼlim dasturlarining mazmun va mohiyati bo‘yicha amaliy seminar treningi bo‘lib o‘tmoqda.
QABUL — 2026! YANGI IMKONIYATLAR SARI BIRINCHI QADAM!
Qo‘qon shahar 4-son texnikumi 2026–2027-o‘quv yili uchun 11-sinf bitiruvchilarini o‘qishga taklif etadi!
Bu yil texnikumimiz uchun jami 300 ta qabul o‘rni ajratilgan:
Davlat granti asosida — 252 ta o‘rin
To‘lov-kontrakt asosida — 48 ta o‘rin
Ta’lim yo‘nalishlari:
• Harakatni tashkil etish va boshqarish — 30 o‘rin
• Temir yo‘l lokomotivlari va vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash — 60 o‘rin
• Temir yo‘l transportida elektrlashtirish va elektr ta’minoti — 30 o‘rin
• Temir yo‘l transporti kuzatuvchisi — 30 o‘rin
• Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) — 30 o‘rin
• Yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etish va boshqarish — 30 o‘rin
• Harakatlanuvchi tarkibni boshqarish — 30 o‘rin
• Temir yo‘l infratuzilmasiga texnik xizmat ko‘rsatish — 30 o‘rin
• Moliya — 30 o‘rin
Texnikumimizda o‘quvchilar zamonaviy kasbiy bilimlarni egallash bilan birga, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish, tajribali pedagog va ustozlardan ta’lim olish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
11-sinfni tamomladingizmi? Unda kelajak kasbingizni bugundan tanlang!
Qo‘qon shahar 4-son texnikumi — bilim, kasb va muvaffaqiyat sari qadam!
Kelajagingizni biz bilan boshlang!
#Qabul2026 #QoqonShahar4SonTexnikum #KasbiyTalim #11SinfBitiruvchilari #DavlatGranti #Qabul2026_2027 #TemirYol #KelajakKasbi #YoshlarUchunImkoniyat #Fargona #Qoqon
Jamiyatimizda Kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida Kitobxonlar kubogi 🏆 nomli onlayn kitobxonlik tanloviga start beramiz!
✅ Test gʻoliblari:🔹 1-o‘rin ( 1 nafar ) - 60 ta kitob 🔹 2-o‘rin ( 2 nafar ) - 40 ta kitob 🔹 3-o‘rin ( 3 nafar ) - 20 ta kitob 🔹 4-o‘rin ( 4 nafar ) - 9 ta kitob 🔹 5-o‘rin ( 5 nafar ) - 6 ta kitob
🤩 “Eng faol targ‘ibotchi” gʻoliblari🔹 1-o‘rin ( 1 nafar ) - 60 ta kitob 🔹 2-o‘rin ( 2 nafar ) - 40 ta kitob 🔹 3-o‘rin ( 3 nafar ) - 20 ta kitob 🔹 4-o‘rin ( 4 nafar ) - 9 ta kitob 🔹 5-o‘rin ( 5 nafar ) - 6 ta kitob 🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi. Tanlovda Oʻzbekiston respublikasi fuqarolari yoshi va mansabidan qatʼiy nazar ishtirok etishlari mumkin! https://t.me/Manfaadli_konkurs_bot?start=417521987
