O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal
Open in Telegram
“O’zagrolizing” AJ rasmiy kanali ■ instagram.com/uzal.uz ■ facebook.com/uzal.uz ■ youtube.com/@uzal_uz 🌐 www.uzal.uz 📨 info@agroleasing.uz 📍 100100, Toshkent sh, Yakkasaroy t, Bobur k, 42A ☎️ 71 207-77-12 | 71 207-30-43 📞 Ishonch tel.: 71 207-30-5
Show more1 763
Subscribers
-524 hours
-167 days
-1130 days
Posts Archive
#MoliyaviyNatijalar
“O‘zagrolizing”ning moliyaviy ko‘rsatkichlari
📊 2026-yil 1-avgust holatiga “O‘zagrolizing” AJning lizing portfeli 6,7 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 154 foiz o‘sish qayd etdi. 2025-yilning shu davrida mazkur ko‘rsatkich 3 trln 965 mlrd so‘mni tashkil etgan.
👍 Jamiyatning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va investitsiyaviy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida o‘tgan yilda ustav kapitali 1 trln 16 mlrd so‘mga yetkazildi.
👍 Mazkur chora xorijiy moliya bozorlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘larni jalb qilish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda Jamiyat faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘ldi.
👍 Shuningdek, Jamiyatning jami aktivlari 7,3 trln so‘mni tashkil etdi.
👍 Joriy yil davomida lizing loyihalarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklaridan 45 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari jalb qilindi.
📈 Mazkur ko‘rsatkichlar Jamiyatning moliyaviy salohiyati va lizing xizmatlari ko‘lamining izchil kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
Paxta dalalarida mavsum qizg‘in pallaga kirmoqda
➡️Namangan viloyatining qator tumanlaridagi fermer xo‘jaliklariga zamonaviy paxta terish mashinalari yetkazib berilmoqda.
🌀 Yangi texnikalar — terim jarayonini tezlashtirish, hosilni sifatli yig‘ib olish va fermerlar uchun zamonaviy mexanizatsiya imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam.
🚜 Zamonaviy texnika — samarali terim, yuqori natija!
#Mexanizatsiya 🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
Bu oddiy paxta dalasi emas…
Bu — minglab gektarlik mehnat, mo‘l hosil va katta mavsum manzarasi.
#Ozagrolizing #Paxta2026 #NoComment #PaxtaDalalari #HosilMavsumi #Agrotexnika
📺Farg‘ona MTRK telekanalining “Farg‘ona 24” dasturida fermer xo‘jaliklariga zamonaviy va yuqori unumdor paxta terish kombaynlarining topshirilishi jarayoniga bag‘ishlangan tahliliy reportaj efirga uzatildi.
🗣Reportajda qishloq xo‘jaligida texnik modernizatsiyaning ahamiyati, fermer xo‘jaliklarining zamonaviy agrotexnikalarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash hamda paxta yig‘im-terimi mavsumida yuqori unumdor texnikalardan foydalanishning amaliy samaralari yoritildi.
🚜 Shuningdek, “O‘zagrolizing” AJ orqali zamonaviy paxta terish kombaynlarini fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish, texnika parkini yangilash va mavsumni samarali tashkil etishga qaratilayotgan ishlar ham reportajda o‘z aksini topdi.
#oav_biz_haqimizda 🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
+6
Ilm, ilg‘or tajriba va zamonaviy texnika — qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlik omili
🌿 Qishloq xo‘jaligida yuqori natijalarga erishish bugun nafaqat ilg‘or agrotexnologiyalar, balki zamonaviy va unumdor texnikalardan samarali foydalanishni ham talab etmoqda. Bu borada fermer xo‘jaliklarining texnik imkoniyatlarini kengaytirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va zamonaviy agrotexnikalarni amaliyotga keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
👍 Farg'ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi “A. Madaminov” fermer xo‘jaligida paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish hamda 2027-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish ishlarini tizimli tashkil etishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.
🚜 Bugungi fermer uchun texnika shunchaki ishlab chiqarish vositasi emas, balki mavsumdagi eng muhim hamkorlardan biriga aylanmoqda. Shu nuqtayi nazardan, “O‘zagrolizing” AJ tomonidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining texnik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilayotgan ishlar tadbir doirasidagi amaliy jarayonlarda o‘z ifodasini topdi. Lizing mexanizmlari orqali zamonaviy texnikalardan foydalanish fermerlarga ishlab chiqarish jarayonlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish imkonini bermoqda.
🌿 Tadbirning yana bir muhim jihati — tajribaning bevosita dalaning o‘zida namoyish etilgani bo‘ldi. Zero, qishloq xo‘jaligida har bir yangi texnologiya va texnikaning haqiqiy samarasi, avvalo, yerda, hosil taqdirida va fermerning kundalik mehnatida namoyon bo‘ladi.
✅Seminar yakunida nuroniylar tomonidan yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va dalalarimizdagi mehnatning samarali bo‘lishini tilab duo qilindi.
#PaxtaYigimTerimi 🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
☁️ Paxta mavsumi
#NoComment #Ozagrolizing #Namangan #Paxta2026 #ZamonaviyTexnika #PaxtaYigimTerimi #Agrotexnika #Hosil2026
+4
Zamonaviy texnika, mo‘l hosil va yuqori sur’at: Namanganda paxta yig‘im-terim mavsumiga start berildi
☁️ Paxta yetishtirish va uni sifatli yig‘ib-terib olish qishloq xo‘jaligidagi eng mas’uliyatli jarayonlardan biri. Ayniqsa, bugungi kunda hosilni qisqa muddatlarda, sifatli va nobudgarchiliksiz yig‘ib olishda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
👍 Joriy yilda Namangan viloyatida 48 ming 800 gektar maydonga chigit ekilib, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirildi. Mavsum yakuniga qadar har gektardan o‘rtacha 52,2 sentnerdan, jami 254 ming 500 tonna paxta xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan.
🌿 Ayni paytda viloyat paxtazorlarida hosilni yig‘ib-terib olishning mas’uliyatli bosqichi boshlandi. Mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 856 ta yig‘im-terim otryadi shakllantirildi. Yetishtirilgan hosilning 70 foizini terim mashinalari yordamida yig‘ib olish ko‘zda tutilgan bo‘lib, buning uchun 178 ta paxta terish agregati jalb etiladi.
🚜 Bu jarayonda texnik ta’minot masalasi alohida o‘rin tutadi. Joriy yilning o‘zida viloyatga 57 ta yangi paxta terish mashinasi xarid qilindi. Mazkur texnikalarni yetkazib berishda qishloq xo‘jaligini zamonaviy va yuqori unumdor texnikalar bilan ta’minlashga ixtisoslashgan “O‘zagrolizing” AJning faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda.
✅Jamiyat tomonidan fermer va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga zamonaviy texnikalarni lizing asosida yetkazib berish, ularning texnik parkini yangilash hamda mavsumiy agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🟠Shu jumladan, Namangan viloyatining Mingbuloq tumanidagi “Elita urug‘chilik” fermer xo‘jaligi dala shiyponida “2026 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xomashyosini nest-nobud qilmasdan yig‘ib olish, paxta yig‘im-terim mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish” mavzusida viloyat ko‘rgazmali seminar-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🚜 Tadbir davomida paxta hosilini qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olish, terim jarayonlarini samarali tashkil etish, texnikalardan unumli foydalanish, mehnat xavfsizligini ta’minlash hamda mavsum davomida zarur tashkiliy choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.
👍 Mavsumning muvaffaqiyatli o‘tishida esa mo‘l hosil, ilg‘or agrotexnologiyalar va zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarining uyg‘unligi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu borada “O‘zagrolizing” AJ tomonidan fermer xo‘jaliklarini zamonaviy texnika bilan ta’minlashga qaratilayotgan ishlar paxta yig‘im-terimini samarali tashkil etishning muhim tarkibiy qismidir.
#PaxtaYigimTerimi 🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
🗣Xorazm MTRK telekanalining “Agro Olam” dasturida “O‘zagrolizing” AJ tomonidan hududdagi fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilgan zamonaviy paxta terish mashinalari haqida maxsus reportaj namoyish etildi.
🚜 Unda fermer xo‘jaliklarini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash, paxta terish mashinalarining texnik imkoniyatlari va ularning mavsumdagi samarali qo‘llanilishi, shuningdek, paxta yig‘im-terimiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari batafsil yoritildi.
#oav_biz_haqimizda 🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
#uzagrolizing_sarhisob
Murojaatlar tahlili: Joriy yilning I yarim yilligi davomida Jamiyatga jami 88 ta Jismoniy va Yuridik shaxslarning murojaatlar kelib tushgan.
Batafsil infografikada:
🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
Yangi imkoniyat — yangi natija!
Fermer va dehqonlar diqqatiga! Endi siz zamonaviy JOHN DEERE traktorlariga ega bo‘lishingiz mumkin!🚜 "O'ZAGROLIZING" AKSIYADORLIK JAMIYATI SHARTNOMALARNI BOSHLADI! 🚜 Kuchli texnikalar: - JOHN DEERE 6150B traktori - QQS bilan narxi 1 264 000 000 so‘m - JOHN DEERE 6175M traktori - QQS bilan narxi 2 095 000 000 so‘m - JOHN DEERE 6220M traktori - QQS bilan narxi 2 415 000 000 so‘m ✅ Qulay shartlar: 🟠6 yilgacha muddat 🟠24% yillik stavka 🟠25% boshlang‘ich to‘lov 🌱 Bugungi qaroringiz — ertangi hosilingiz! Texnikangizni yangilang, samaradorlikni oshiring! 📞Batafsil ma’lumot uchun +99897 717 73 87 ga murojaat qiling #elon🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
+1
Uychi tumanida paxta yig‘im-terimi: mavsumga tayyorgarlik yakuniy bosqichda
🗣Namangan viloyatida paxta yig‘im-terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish, mavjud imkoniyat va texnik salohiyatdan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
🚜 Xususan, Uychi tumanida joriy mavsumda 4 130 gektar maydonda paxta yetishtirilgan bo‘lib, hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olishga qaratilgan tayyorgarlik ishlari yakuniy bosqichga kirdi.
☁️ Mavsumda 16 ta paxta terish mashinasi ishtirokida 16 ta terim otryadi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo'lib texnikalarning mavsumga shayligi, ulardan samarali foydalanish hamda hosilni nobudgarchiliksiz yig‘ib olish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
💬 Shu bilan birga, paxtaning bir maromda ochilishini ta’minlash maqsadida dalalarda defoliatsiya, jumladan, etafon bilan ishlov berish ishlari amalga oshirilmoqda.
➡️Fermer xo‘jaliklari dalalaridagi kuzatuvlar davomida zamonaviy paxta terish texnikalaridan unumli foydalanish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish yuzasidan mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mexanizatsiya darajasining oshirilishi, zamonaviy texnikalardan samarali foydalanish va terim jarayonini to‘g‘ri tashkil etish — paxta hosilini qisqa muddatlarda, sifatli va kam xarajat bilan yig‘ib olishning muhim omillaridan biridir.#jarayon 🌎 www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
+4
Konstitutsiyaviy islohotlarning muhim huquqiy asosi muhokama qilindi
🚜 “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun mazmun-mohiyati va uning davlat boshqaruvi tizimidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
🗣Tadbirda Jamiyat xodimlari ishtirok etib, mazkur Konstitutsiyaviy qonunning maqsadi, asosiy qoidalari hamda Prezident faoliyatini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlashda Prezident Administratsiyasining o‘rni va vakolatlari yuzasidan fikr almashdilar.
✅ Davra suhbatida ta’kidlanganidek, yangi qonunning qabul qilinishi Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomini aniq belgilash, uning davlat organlari bilan munosabatlaridagi vakolat va vazifalarini qonuniy jihatdan mustahkamlashga xizmat qiladi.
🤔 Shuningdek, Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini ijro etish jarayonlarini tashkil etishda Administratsiyaning vakolatlari hamda ushbu jarayonlarning samaradorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👍 Tadbir davomida qonunning davlat boshqaruvida qonuniylik, institutsional barqarorlik, ijro intizomi va samaradorlikni ta’minlashdagi ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr yuritildi. Ishtirokchilar yangi huquqiy normalarning amaliy ahamiyati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
#jarayon 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
+4
Aql, strategiya va mahorat: “O‘zagrolizing” xodimlari shaxmat musobaqasida
🚜 “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, strategik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida ommaviy shaxmat turniri tashkil etildi.
♟Turnir “UzChess” platformasi orqali onlayn hamda an’anaviy — shaxmat taxtasi boshida o‘tkazilib, unda Jamiyat xodimlari faol ishtirok etdilar. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlash, vaziyatni tezkor tahlil qilish, strategik yondashuv va to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha mahoratlarini namoyon etdilar.
👍 Shaxmat insondan nafaqat chuqur tafakkur va diqqatni, balki oldindan rejalashtirish, turli vaziyatlarni tahlil qilish hamda har bir qarorning ehtimoliy natijasini baholashni talab etadi. Shu jihatdan mazkur intellektual musobaqa xodimlarning kasbiy faoliyatida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan strategik fikrlash va tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
🥇Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar turli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
#uzagro_chess 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова и возложил венок к подножию памятника Первому Президенту.
#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+1
Shaffoflik va halollik — faoliyatimizning muhim tamoyili
🚜 “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Andijon viloyati filialida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish hamda tashkilotda komplayens-nazorat tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
👍 Yig‘ilishda “O‘zagrolizing” AJ Komplayens xizmati bo‘limi rahbari D.R. Sharopov ishtirok etib, kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi.
🇺🇿 Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, budjet mablag‘lari va davlat xaridlari ustidan ochiq va samarali nazoratni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining faoliyatini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤔 Shuningdek, filial faoliyatida korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik, halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
⏺Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini amaliyotga izchil tatbiq etish hamda xodimlarning bu boradagi mas’uliyatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
#korrupsiyasiz_faoliyat 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
“O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” jurnalida “Fermerlar uchun yangi imkoniyatlar” sarlavhasi ostida maqola e’lon qilindi.
🌀 Mazkur maqolada fermer xo‘jaliklari uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish hamda lizing xizmatlarining afzalliklari haqida so‘z yuritilgan.
💬 Shuningdek, maqola doirasida “O‘zagrolizing” AJning Moliyaviy-iqtisodiy tahlil va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Elmurod Qurbonov bilan intervyu tashkil etilib, Jamiyatning fermer va tadbirkorlarni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash borasidagi faoliyati, moliyalashtirish mexanizmlari hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilgan.
#oav_biz_haqimizda 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
Buxoro dalalarida paxta yig‘im-terimiga zamonaviy texnikalar jalb etilmoqda
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi “Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-97-son qarori ijrosi doirasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini zamonaviy va yuqori unumdor texnikalar bilan ta’minlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🚜 Xususan, mazkur vazifalardan kelib chiqib, Buxoro viloyatida paxta yig‘im-terimini zamonaviy texnikalar yordamida samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🚜 Bu jarayonda “O‘zagrolizing” AJ Buxoro viloyat filiali tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar uchun zamonaviy paxta terish mashinalarini lizing asosida yetkazib berish ishlari amalga oshirildi.
✔️ Bugungi kunda viloyat dalalariga 80 dona zamonaviy paxta terish mashinasi olib kelindi. Jumladan, 19 dona “John Deere”, 53 dona “FM WORLD” va 8 dona “SWAN” rusumidagi yuqori unumdor texnikalar paxta yig‘im-terim mavsumida foydalanishga tayyor holatga keltirildi.
🔵 Mazkur texnikalarning jalb etilishi, avvalo, paxta xomashyosini qisqa muddatlarda, sifatli va nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olish, shuningdek, mavsumda inson mehnatini yengillashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
🗣Shu jihatdan, “O‘zagrolizing” AJ tomonidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini zamonaviy paxta terish mashinalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar Buxoro viloyatida paxta yig‘im-terimini yuqori samaradorlik bilan tashkil etish, texnik parkni yangilash va fermer xo‘jaliklarining zamonaviy texnikalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda.
#jarayon 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
“O‘zagrolizing” AJning Instagram sahifasi rasman verifikatsiyadan o‘tdi!
➡️Endilikda “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Instagram’dagi rasmiy sahifasi verifikatsiyadan o‘tib, ko‘k tasdiqlash belgisiga "✅" ega bo‘ldi.
👍 Mazkur verifikatsiya sahifaning aynan “O‘zagrolizing” AJga tegishli rasmiy sahifa ekanini tasdiqlaydi hamda auditoriya uchun ishonchli va haqqoniy axborot manbasini aniqlash imkonini beradi.
🚜 Jamiyat faoliyati, yangiliklari, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va lizing imkoniyatlari haqidagi rasmiy va ishonchli ma’lumotlarni endilikda Instagram sahifamiz orqali ham kuzatib borishingiz mumkin.
Bizni kuzating — yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
#RasmiySahifa 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik
—
Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿 Mustaqillik – ezgu maqsadlar va yorug‘ kelajak timsoli
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi – xalqimizning asriy orzu-intilishlari, tarixiy xotirasi, milliy g‘ururi va Vatanimizning yorug‘ kelajakka bo‘lgan yuksak ishonchini o‘zida mujassam etgan ulug‘ bayramdir.
Mustaqillik – yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va bunyodkorlik uchun mustahkam zamin yaratgan bebaho ne’matdir.
Bugun mamlakatimizda barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, zamonaviy va yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish orqali tarmoqning texnik salohiyati izchil yuksaltirilmoqda.
“O‘zagrolizing” AJ jamoasi ham o‘z faoliyati orqali fermer va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga ko‘maklashish hamda yurtimiz qishloq xo‘jaligining barqaror rivojiga munosib hissa qo‘shishni o‘zining muhim vazifalaridan biri deb biladi.
Shu munosabat bilan, “O‘zagrolizing” AJ jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi, qishloq xo‘jaligimiz taraqqiyoti va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo, Vatanimiz obod va xalqimiz farovon bo‘lsin!
🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
