uz
Feedback
O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

Kanalga Telegram’da o‘tish

“O’zagrolizing” AJ rasmiy kanali ■ instagram.com/uzal.uzfacebook.com/uzal.uzyoutube.com/@uzal_uz 🌐 www.uzal.uz 📨 info@agroleasing.uz 📍 100100, Toshkent sh, Yakkasaroy t, Bobur k, 42A ☎️ 71 207-77-12 | 71 207-30-43 📞 Ishonch tel.: 71 207-30-5

Ko'proq ko'rsatish
1 806
Obunachilar
-324 soatlar
-127 kunlar
-7130 kunlar
Postlar arxiv
+2
🟦🟦 Paxta mavsumi arafasida Xorazm viloyati fermerlari uchun zamonaviy texnikalar yo‘lga chiqdi. 🚜 "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xorazm viloyatiga jami 50 dona zamonaviy paxta terish mashinasi yetkazib berilmoqda. 👍 Alohida e'tiborga molik jihati shundaki, ushbu texnikalar orasida Xitoy texnologiyasi asosida ishlab chiqarilib, O‘zbekistonda mahalliylashtirilgan Boshiran rusumli paxta terish mashinalaridir. 🤔 Yuqori unumdorlikka ega mazkur texnikalar paxta hosilini qisqa muddatda, sifatli va kam xarajat bilan yig‘ib olish imkonini yaratib, fermerlar uchun ishonchli ko‘makchi bo‘lib xizmat qiladi. 🌎 www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

220 ot kuchi – bu shunchaki raqam emas, bu yuqori unumdorlik garovi! 🚜 John Deere texnikasi nega o‘z sinfidagi eng ishonchli va samarali yechimlardan biri hisoblanadi? 🤔 Uning imkoniyatlari va afzalliklari haqida videomizda so‘z yuritamiz. #ZamonaviyTexnika 🌎 www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

#XalqPrezidenti 🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezidentimiz!
✅ Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavalludining 69 yilligi nishonlanmoqda. Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va davlatimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, qat’iyat va fidoyilik bilan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuksak e’tirofga sazovordir. Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi ezgu maqsadlar doimo ulkan muvaffaqiyatlar bilan davom etsin. El-yurt ishonchi, xalqimizning mehr-muhabbati va duolari Sizga hamisha kuch-quvvat bag‘ishlasin. Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, cheksiz shijoat va davlatimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. 💥 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
🌎 www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

Hurmatli hamkasblar, aziz vatandoshlar, ishbilarmon hamkorlar Sizlarni “O'zagrolizing” AJ hamda uning hududiy filiallari faol
Hurmatli hamkasblar, aziz vatandoshlar, ishbilarmon hamkorlar Sizlarni “O'zagrolizing” AJ hamda uning hududiy filiallari faoliyatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda hamkorlikka chorlaymiz. Shaxsan Sizga yohud boshqa bir shaxsga nisbatan Jamiyat xodimlari tomonidan korrupsiyaviy alomatlarga ega xatti-harakatlarni sodir etilganligi yoxud manfaatlar toʻqnashuvi holatlariga guvoh boʻldingizmi? Jamiyat xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari toʻgʻrisida ishonchli ma’lumotlarga egamisiz? Unda zudlik bilan “O'zagrolizing” AJning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo'limiga murojaat qiling. ☎️Kompleans-nazorat xizmatining murojaat uchun telefoni: (71) 207-30-39 🌏 Korrupsiyani oldini olish bo'yicha murojaatlar 👉 https://uzal.uz/korrupsiyaga-qarshi-kurashish/ 📧Elektron pochta manzili: anticor@uzal.uz 💬Telegram bot: @uzal_bot 📞Ishonch telefoni: (+99871) 207-30-55 📱Facebook sahifa: https://www.facebook.com/uzal.uz “O'zagrolizing” AJning yuqorida keltirilgan aloqa kanallaridan faqatgina korrupsiyaviy holatlar yoki manfaatlar toʻqnashuviga oid faktlar haqida xabar berish uchun foydalanish tavsiya qilinadi. Murojaat qiluvchi shaxs toʻgʻrisidagi ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi. 📝📝📝 Уважаемые коллеги, дорогие сограждане, а также деловые партнеры (поставщики и покупатели, инвесторы)! Призываем вас к сотрудничеству в противодействии коррупции, а также предотвращению случаев «конфликта интересов» в структуре "Узагролизинг". Если вы стали свидетелем либо очевидцем коррупционных действий в отношении других лиц или лично к вам, а также фактов «конфликта интересов» в системе общества (при приеме на работу, переводах внутри системы, повышения в должности, ротации кадров, а также в закупочных процедурах) со стороны отдельных и недобросовестных работников общества, просим незамедлительно сообщить об этом в Службу комплаенс-контроля "Узагролизинг". ☎️Контакты Службы комплаенс-контроля: (71) 207-30-39 🌏 Обращения по вопросам предотвращения коррупции 👉https://uzal.uz/korrupsiyaga-qarshi-kurashish/ 😄 https://t.me/uzal_uz 📹 instagram.com/uzal.uz 📱 facebook.com/uzal.uz 📨 anticor@uzal.uz Настоятельно рекомендуется использовать вышеуказанные каналы связи "Узагролизинг" исключительно в целях сообщения о коррупционных фактах, а также предотвращения конфликтов интересов. Анонимность личности заявителя гарантируется! #uzagrolizing_xabari 🌎 www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

Hurmatli hamkasblar, aziz vatandoshlar, ishbilarmon hamkorlar Sizlarni “O'zagrolizing” AJ hamda uning hududiy filiallari faol
Hurmatli hamkasblar, aziz vatandoshlar, ishbilarmon hamkorlar Sizlarni “O'zagrolizing” AJ hamda uning hududiy filiallari faoliyatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda hamkorlikka chorlaymiz. Shaxsan Sizga yohud boshqa bir shaxsga nisbatan Jamiyat xodimlari tomonidan korrupsiyaviy alomatlarga ega xatti-harakatlarni sodir etilganligi yoxud manfaatlar toʻqnashuvi holatlariga guvoh boʻldingizmi? Jamiyat xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari toʻgʻrisida ishonchli ma’lumotlarga egamisiz? Unda zudlik bilan “O'zagrolizing” AJning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo'limiga murojaat qiling. ☎️Kompleans-nazorat xizmatining murojaat uchun telefoni: (71) 207-30-39 🌏 Korrupsiyani oldini olish bo'yicha murojaatlar 👉 https://uzal.uz/korrupsiyaga-qarshi-kurashish/ 📧Elektron pochta manzili: anticor@uzal.uz 💬Telegram bot: @uzal_bot 📞Ishonch telefoni: (+99871) 207-30-55 📱Facebook sahifa: https://www.facebook.com/uzal.uz “O'zagrolizing” AJning yuqorida keltirilgan aloqa kanallaridan faqatgina korrupsiyaviy holatlar yoki manfaatlar toʻqnashuviga oid faktlar haqida xabar berish uchun foydalanish tavsiya qilinadi. Murojaat qiluvchi shaxs toʻgʻrisidagi ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi. 📝📝📝 Уважаемые коллеги, дорогие сограждане, а также деловые партнеры (поставщики и покупатели, инвесторы)! Призываем вас к сотрудничеству в противодействии коррупции, а также предотвращению случаев «конфликта интересов» в структуре "Узагролизинг". Если вы стали свидетелем либо очевидцем коррупционных действий в отношении других лиц или лично к вам, а также фактов «конфликта интересов» в системе общества (при приеме на работу, переводах внутри системы, повышения в должности, ротации кадров, а также в закупочных процедурах) со стороны отдельных и недобросовестных работников общества, просим незамедлительно сообщить об этом в Службу комплаенс-контроля "Узагролизинг". ☎️Контакты Службы комплаенс-контроля: (71) 207-30-39 🌏 Обращения по вопросам предотвращения коррупции 👉https://uzal.uz/korrupsiyaga-qarshi-kurashish/ 😄 https://t.me/uzal_uz 📹 instagram.com/uzal.uz 📱 facebook.com/uzal.uz 📨 anticor@uzal.uz Настоятельно рекомендуется использовать вышеуказанные каналы связи "Узагролизинг" исключительно в целях сообщения о коррупционных фактах, а также предотвращения конфликтов интересов. Анонимность личности заявителя гарантируется! #uzagrolizing_xabari 🌎 www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasi
Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari so‘zga chiqadigan rahbarlar faqat hisobot bilan cheklanmasdan, qanday yangi zaxiralar topgani, ularni ishga solish bo‘yicha qanday tizim tashkil etayotgani va yil yakunigacha qanday natijaga erishishini aniq tushuntirishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, global vaziyat o‘zgarib borayotgan hozirgi sharoitda har bir rahbar qo‘shimcha ssenariylar bilan ishlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Yil boshidan mamlakatimiz iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. Sanoatda 8 foiz, xizmatlarda 16,9 foiz, qurilishda 13,8 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sish ta’minlandi. Investitsiyalar hajmi 28 milliard dollarga, eksport 14,4 milliard dollarga yetdi. Nufuzli “Fitch” va “Moody’s” xalqaro reyting agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi. Shu bilan birga, davlatimiz rahbari 40 millionli aholi hayotini yaxshilash uchun 9-10 foizli iqtisodiy o‘sish zarurligini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X

#uzagrolizing_sarhisob 👍 "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2026-yilning 1-iyul holatiga jami 17 314 dona turli
#uzagrolizing_sarhisob 👍 "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2026-yilning 1-iyul holatiga jami 17 314 dona turli rusumdagi texnikalar monitoring ko‘rigidan o‘tkazildi. ✍️ Batafsil infografikada: #tahlil 🌎 www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

John Deere texnikalari O‘zbekiston dala sharoitiga qanday moslashgan?
☀️ Yozning jazirama issig‘i, changli muhit, turli tuproq sharoitlari va uzluksiz dala ishlari... Qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun bu jiddiy sinov. 🚜 Xo‘sh, John Deere ana shunday sharoitlarda qanday natija ko‘rsatadi? 📹 Ushbu videoda John Deere texnikalarining O‘zbekiston dala sharoitiga moslashgan jihatlari, ularning unumdorligi, yoqilg‘i tejamkorligi, zamonaviy texnologiyalari hamda fermerlar uchun yaratadigan qulayliklari haqida batafsil ma'lumot olasiz. #JohnDeereUzbekistan 🌎 www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

#uzagrolizing_sarhisob ✅ 2026-yilning 1-iyul holatiga "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan respublika hududlariga
#uzagrolizing_sarhisob ✅ 2026-yilning 1-iyul holatiga "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan respublika hududlariga jami 1 929 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berildi. Batafsil infografikada: 🌎 www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

Korrupsiyaga qarshi kurashish – kelajak oldidagi mas'uliyat 🚜 "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatining Namangan viloyat fil
+2
Korrupsiyaga qarshi kurashish – kelajak oldidagi mas'uliyat
🚜 "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatining Namangan viloyat filialida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini yanada yuksaltirish, xodimlarning huquqiy bilimi va huquqiy ongini oshirish maqsadida "Korrupsiya – kelajak kushandasi" mavzusida seminar tashkil etildi. ✅ Mazkur tadbir Namangan viloyati tumanlararo iqtisodiy sudi raisi o‘rinbosari, sudya A. Shokirov ishtirokida o‘tkazildi. O‘quv mashg‘uloti Jamiyatning Komplayens nazorati xizmati hamkorligida tashkil etilib, unda yuridik xizmat xodimlari hamda mas'ul mutaxassislar faol ishtirok etdilar. 🟡 Mashg‘ulot davomida korrupsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, xizmat faoliyatida ochiqlik va halollik tamoyillariga qat'iy rioya qilish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. 👍 Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan huquqiy javobgarlik choralari hamda amaldagi qonunchilik talablari haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi. ➡️Ta'kidlanganidek, bunday o‘quv mashg‘ulotlari xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korporativ etika va komplayens talablariga rioya etish madaniyatini mustahkamlash hamda tashkilotda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. #korrupsiya_qarshikurash🌎 www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

❗️Mahalla raislariga yangi vakolatlar: tashabbus, loyiha va natija talabi kuchayadi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi
❗️Mahalla raislariga yangi vakolatlar: tashabbus, loyiha va natija talabi kuchayadi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida Yangi Quva mahallasi misolida aholini ish bilan ta’minlash va daromadini oshirishning yangi tizimi taqdim etildi.
Qayd etilishicha, mahallada aniqlangan ishsiz fuqarolar bo‘yicha mahalla raisi ularning imkoniyatlari va ehtiyojlarini o‘rganib, bankirga aniq topshiriqlar beradi. Masalan, agrotexnikumni tamomlagan va tomorqa yeriga ega fuqarolar uchun gul ko‘chatlari yetishtirishga ixtisoslashgan yengil konstruksiyali issiqxonalar tashkil etish loyihalari yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, mahalla raisi kim tadbirkorlik boshlashni istayotgani, qaysi oilaga kredit, uskuna yoki yer zarurligini aniqlab, har bir fuqaro bo‘yicha manzilli loyihalarni shakllantiradi. Yig‘ilishda mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlarini barpo etish uchun yer uchastkalarini auksionga chiqarish vakolati mahalla raislariga berilishi ma’lum qilindi. Mazkur yondashuv mahallalarni nafaqat muammolarni hal qiluvchi, balki yangi ish o‘rinlari va tadbirkorlik tashabbuslarini yaratadigan rivojlanish markaziga aylantirishga xizmat qiladi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

⚡️Mahallalardagi sustkashlik uchun 152 nafar rahbar ishdan olindi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig
⚡️Mahallalardagi sustkashlik uchun 152 nafar rahbar ishdan olindi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi sustkashliklar keskin tanqid qilindi. Qayd etilishicha, ayrim tumanlarda amalga oshirilayotgan loyihalarda kambag‘al oilalar ishtiroki 15 foizga ham yetmaydi. Jumladan, Qorao‘zak, Marhamat, Mirishkor, Nurobod va Termiz tumanlari misolida mavjud kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, 960 ta kambag‘al oila istiqomat qiladigan 32 ta mahallada birorta ham ehtiyojmand fuqaro doimiy ishga joylashtirilmagan, 883 ta mahallada esa bankirlar xonadonbay ishlamagan, loyiha shakllantirmagan va tadbirkorlar bilan uchrashmagan. Ana shunday sustkashliklar oqibatida yil boshidan buyon mahallalarda ishni lozim darajada tashkil etmagan 152 nafar rahbar lavozimidan ozod etildi, yana 700 nafariga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi. Yig‘ilishda mahallalarda soliq tushumlarini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish va aholi muammolarini tizimli hal etish masalalari ham muhokama qilindi.
“Mahalla odamlar uchun chinakam ishonch, tayanch va imkoniyatlar markazi bo‘lishi kerak,” - dedi Prezidentimiz.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

🚜 “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqildi. 👍 Mazkur xarita
🚜 “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqildi. 👍 Mazkur xarita asosida Jamiyatning 14 ta asosiy funksiyasi bo‘yicha korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi. Batafsil infografikada: 🌎 www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

#uzagrolizing_sarhisob 👍 2026-yil 1-iyun holatiga Jamiyatning lizing portfeli 6 trillion 669 milliard so‘mni tashkil etdi. �
#uzagrolizing_sarhisob 👍 2026-yil 1-iyun holatiga Jamiyatning lizing portfeli 6 trillion 669 milliard so‘mni tashkil etdi. 👍 Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 168 foizga oshgan bo‘lib, 2025-yilning shu davrida lizing portfeli 3 trillion 965 milliard so‘mni tashkil etgan. Batafsil infografikada: 🌎 www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

📌 Barqaror rivojlanish, ochiq boshqaruv va aksiyadorlar ishonchi — yillik umumiy yig‘ilish yakunlari 🚜 "O‘zagrolizing" aksi
📌 Barqaror rivojlanish, ochiq boshqaruv va aksiyadorlar ishonchi — yillik umumiy yig‘ilish yakunlari 🚜 "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar aksiyadorlar tomonidan har tomonlama muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 👍 Yig‘ilishda Jamiyatning 2025-yildagi moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari, rivojlanish strategiyasida belgilangan ustuvor maqsadlarga erishish darajasi, operatsion samaradorlikni oshirish hamda xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar batafsil ko‘rib chiqildi. 💬 Shuningdek, 2025-yil uchun tasdiqlangan biznes-reja va samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari ijrosi yuzasidan ijroiya organining hisoboti tinglanib, belgilangan vazifalarning bajarilish holati atroflicha tahlil qilindi. 👍 Yig‘ilish davomida Jamiyatda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalari ham ko‘rib chiqildi. Mazkur baholash yakunlariga ko‘ra, korporativ boshqaruv tizimining samaradorligi yuqori baholanib, uni xalqaro ilg‘or amaliyotlar asosida yanada takomillashtirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. 👍 Bundan tashqari, Jamiyatning affillangan shaxslari bilan kundalik xo‘jalik faoliyati doirasida kelgusida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni ma’qullash, shuningdek, "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizomning yangi tahririni tasdiqlash masalalari ham aksiyadorlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. 👍Yillik umumiy yig‘ilish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar Jamiyat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini yanada ta'minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillarini izchil joriy etish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, operatsion samaradorlikni oshirish hamda aksiyadorlar manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi. #KorporativBoshqaruv 🌎 www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

Kuch, ishonchlilik va zamonaviy texnologiyalar bir texnikada jam bo‘lsa-chi?
👍 175 ot kuchiga ega John Deere traktori og‘ir dala ishlarini yengillashtirish, yuqori unumdorlikka erishish va xarajatlarni optimallashtirish uchun yaratilgan. 🟡 Zamonaviy boshqaruv tizimi, qulay operator kabinasi, kuchli dvigatel va yuqori samaradorlik ushbu texnikani fermerlarning ishonchli hamkoriga aylantirmoqda. 🚜 Nima uchun aynan John Deere? 📹 Javobni videomiz orqali bilib oling! #lizing_obyekti 🌎 www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika bilan ta'minlash, fermer va klaster xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash hamda agrar tarmoqning texnik salohiyatini mustahkamlash borasida "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 2026-yil 1-iyun holatiga Jamiyatning lizing portfeli 6 trillion 669 milliard so‘mni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 168 foizga oshgan bo‘lib, 2025-yilning shu davrida lizing portfeli 3 trillion 965 milliard so‘mni tashkil etgan. 2026-yilning 1-iyul holatiga "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan respublika hududlariga jami 1 929 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berildi. Yetkazib berilgan texnikalarning umumiy qiymati 121 milliard 883,9 million so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Jamiyatning hududiy filiallari tomonidan lizing shartnomalari asosida yetkazib berilgan jami 17 314 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi to‘liq texnik monitoring ko‘rigidan o‘tkazildi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatining Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS) asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlari xalqaro auditorlik tarmog‘i a'zosi bo‘lgan "HLB Tashkent" MCHJ tomonidan Auditning xalqaro standartlari (ISA) talablariga muvofiq auditdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi hamda Jamiyat auditorlik xulosasini qo‘lga kiritdi. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqildi. Mazkur xarita asosida Jamiyatning 14 ta asosiy funksiyasi bo‘yicha korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi. Natijalarga ko‘ra, 11 ta funksiyada o‘rta, 3 ta funksiyada esa past darajadagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar mavjudligi aniqlandi. Amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar Jamiyat faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarini yanada mustahkamlash, shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirishga xizmat qilmoqda. #brifing 🌎 www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

Har bir mavsumda ishonchli hamkor izlayapsizmi?
🚜 150 ot kuchiga ega John Deere traktori kuch, tejamkorlik va zamonaviy qulayliklarni o'zida mujassam etgan. ✅Nima uchun bu texnika siz uchun foydali? ✅Qanday afzalliklari bilan ajralib turadi? 🎬 Videoni tomosha qiling va barchasini o'zingiz baholang! #lizing_obyekti 🌎 www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

📣 Bugun, 8-iyul soat 12:30 da Brifing bo’lib o’tadi. 🚜 Unda “Oʻzagrolizing” AJ axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva:
📣 Bugun, 8-iyul soat 12:30 da Brifing bo’lib o’tadi. 🚜 Unda “Oʻzagrolizing” AJ axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva: "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyat yo‘nalishlari va erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumot berib o’tadi. 🟢 Brifing Jamiyatning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali jonli efirga uzatiladi. #brifing 🌎 www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

🚜 JOHN DEERE 6150B TRAKTOR ⏺DvigateL - John Deere PTE ⏺Quvvati - 150 ot kuchi / 111 kVt ⏺Ish hajmi - 6,8 l ⏺Yoqilg‘i baki -
🚜 JOHN DEERE 6150B TRAKTOR ⏺DvigateL - John Deere PTE ⏺Quvvati - 150 ot kuchi / 111 kVt ⏺Ish hajmi - 6,8 l ⏺Yoqilg‘i baki - 250 l ⏺Gidravlik tizim (bak bilan) - 50 l ✔️ NARXI - QQS bilan 1 264 000 000 so‘m6 YIL MUDDATGA 24 % DAN AVANS - 25 % #lizing_obyekti 🌎 www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube