en
Feedback
Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)

Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)

Open in Telegram

Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган мактаб - интернати

Show more
898
Subscribers
+124 hours
-37 days
-1130 days
Posts Archive
Муротжон Азимов халқаро олимпиада ғолибларини воҳа аҳли номидан табриклади Жорий йилнинг 7-13-январь кунлари Қозоғистоннинг Олмаота шаҳрида 20-Халқаро Жаутиков олимпиадаси бўлиб ўтди. Мазкур халқаро олимпиада математика, физика ва информатика фанлари бўйича ташкил қилиниб, унда дунёнинг 20 га яқин мамлакатидан иқтидорли ўқувчи- ёшлар иштирок этди. Кескин ва муросасиз баҳсларда Қашқадарё вилояти Китоб тумани 96-мактабнинг 11-синф ўқувчиси Мадина Суюнова математика фанидан олтин медални, Миришкор тумани 21-мактабнинг 10-синф ўқувчиси Беҳрузбек Элмуродов бронза медални қўлга киритди. Бугун вилоят ҳокими Муротжон Азимов ғолиб ўқувчиларни, уларнинг ота-онаси ва устозларини ўзи ва воҳа аҳли номидан табриклади. Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter

🟨🟨🟨🟨🟨 ⭐️20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI 😄Joriy yilning 7-13 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Serbiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog'iston, O’zbekiston) 680 nafar o'quvchilar (matematika fanidan - 286 nafar, fizika fanidan - 194 nafar, informatika fanidan - 200 nafar) ishtirok etdi Ushbu olimpiadada 🥇2 ta oltin, 🥈 3 kumush va 🥉9 ta bronza jami 14 ta medallarini qo‘lga kiritildi! Mazkur olimpiadada Informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi. Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing: Informatika: 🥇Aslibek Sunnatov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi- oltin medal; 🥈Husanboy Mansuraliyev - Namangan viloyati, Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi-kumush medal; Matematika: 🥇Madina Suyunova - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o’quvchisi- oltin; 🥈Asadbek Boboqulov - Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi - kumush; 🥈Begzod Xoshimjonov - Andijon viloyati, Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi - kumush; 🥉Behruzbek Elmurodov - Qashqadaryo viloyat, Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o’quvchisi - bronza medal; 🥉Maqsadbek Egamberdiev - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi— bronza medal; 🥉Asilbek Abduqayumov -Toshkent shahar, Westminster akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi— bronza medal; 🥉Elbek Zohidjonov -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o’quvchisi— bronza medal; 🥉Farhod Ochilov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi— bronza medal; 🥉Nurmuhammad Otamurodov - Buxoro viloyati, Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi— bronza medal; 🥉Ozodbek Axtamov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi— bronza medal; 🥉Azizbek Mamajanov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o’quvchisi - bronza medal; 🥉Ozodbek Orifjonov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o’quvchisi - bronza medal. Eslatib o’tamiz, 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi onlayn formatda tashkil qilingan bo’lib, unda o‘zbekistonlik o'quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan edi. TABRIKLAYMIZ! Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang. Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz! 🌐 👉 olympiad.uzedu.uzTelegram | 📹Youtube |Facebook | 🌐Instagram

G‘alaba muborak... 👏👏👏👏
+1
G‘alaba muborak... 👏👏👏👏

14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan o'tkazilgan tantanali tadbirdan lavhalar...

Yutuqlarimiz davom etmoqda.... 10-"A" sinf o‘quvchisi Abdusamatov Azizbek ham IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdi, barakalla Azizbek 👏👏👏

#ибратдир_дунё Оталарга бағишланган жуда таъсирли ролик экан. Кўринг, тафаккур қилинг! "Алдоқчи" оталаримиз борлигига шукур!

📣📣📣📣📣 ✈️O‘zbekistonlik o’quvchilar 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida ishtirok etish uchun 📍Qozog’istonga yo'l oldi! 😊J
+1
📣📣📣📣📣 ✈️O‘zbekistonlik o’quvchilar 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida ishtirok etish uchun 📍Qozog’istonga yo'l oldi! 😊Joriy yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog’istonning Olma-ota shahrida 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada matematika, fizika va informatika fanlari bo’yicha tashkil qilinib, unda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlarining iqtidorli yoshlari ishtirok etishi kutilmoqda. 🔔Mazkur xalqaro olimpiadaga xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich natijalariga ko’ra terma jamoa shakllantirilgan. Bundan oldingi Xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘zbekistonlik o'quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan. Bu yilgi olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz! ❕Eslatib o’tamiz: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qaroriga muvofiq ushbu olimpiada maqomi redpublika olimpiadasiga tenglashtirilgan mintaqaviy xalqaro olimpiadalar ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, g’olib o’quvchilar va ularning o’qituvchilari pul mukofotlari bilan mukofotlanadi. 🌐 👉 olympiad.uzedu.uzTelegram | 📹Youtube |Facebook | 🌐Instagram

Maktablarda qishki ta'tilni qay tartibda o'tkazish bo'yicha ko'rsatma berildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qishki ta'til mobaynida ta'lim muassasalarida qanday ishlar olib borilishi bo'yicha ko'rsatma berdi. ❕Ko'rsatmaga muvofiq 2024-yil 3-yanvardan boshlab: ➖Umumta'lim maktablarida o‘quvchilarning xohishlariga asosan fan va sport to‘garaklari faoliyatini tashkil etish; ➖Qishki ta’til rejasiga asosan ota-onalarni jalb qilgan holda o‘quvchilarni, ayniqsa kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini, xavfsizligini ta'minlagan holda teatr, muzey va tarixiy obidalarga sayohatlarini tashkil etish; ➖“Eng yaxshi kitobxon maktab”, “Kitob bilan bir kun”, “Zukko kitobxon” tanlovlari, “Quvnoq startlar”, “Umid nihollari”, “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining maktab bosqichini o'tkazish; ➖“Zakovat”, “Rokirovka” intellektual o‘yinlarini tashkil etish; ➖“Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxona”larini to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash; ➖O‘quvchilar qiziqishlariga qarab “Barkamol avlod” bolalar maktablarida bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Asos: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 28-dekabrdagi 06-04/3-3609-sonli ko'rsatma xati. 👉https://t.me/xalqtaliminfo

#Кенгаш_йиғилиши #ТАҚДИМОТ #22.12.2023й МАЪНАВИЯТ ҲАЁТИМИЗДА ЯНГИ КУЧ, ЯНГИ ҲАРАКАТГА АЙЛАНИШИ КЕРАК. Маҳалла, умумтаълим мактаблари, касб ҳунар коллежлари, ОТМларнинг ахборот соатларида ҳамда маънавий-маърифий тадбирларда фойдаланиш учун тавсия этилади. 🌐 @manaviy_markaz

​​"Тарбия биз учун ё ҳаёт - ё мамот, ё нажот - ё ҳалокат, ё саодат - ё фалокат масаласидир". © Абдулла Авлоний