Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)
Открыть в Telegram
Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган мактаб - интернати
Больше898
Подписчики
+124 часа
-37 дней
-1130 день
Архив постов
Муротжон Азимов халқаро олимпиада ғолибларини воҳа аҳли номидан табриклади
Жорий йилнинг 7-13-январь кунлари Қозоғистоннинг Олмаота шаҳрида 20-Халқаро Жаутиков олимпиадаси бўлиб ўтди.
Мазкур халқаро олимпиада математика, физика ва информатика фанлари бўйича ташкил қилиниб, унда дунёнинг 20 га яқин мамлакатидан иқтидорли ўқувчи- ёшлар иштирок этди.
Кескин ва муросасиз баҳсларда Қашқадарё вилояти Китоб тумани 96-мактабнинг 11-синф ўқувчиси Мадина Суюнова математика фанидан олтин медални, Миришкор тумани 21-мактабнинг 10-синф ўқувчиси Беҳрузбек Элмуродов бронза медални қўлга киритди.
Бугун вилоят ҳокими Муротжон Азимов ғолиб ўқувчиларни, уларнинг ота-онаси ва устозларини ўзи ва воҳа аҳли номидан табриклади.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
🟨🟨🟨🟨🟨
⭐️20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI
😄Joriy yilning 7-13 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Serbiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog'iston, O’zbekiston) 680 nafar o'quvchilar (matematika fanidan - 286 nafar, fizika fanidan - 194 nafar, informatika fanidan - 200 nafar) ishtirok etdi
Ushbu olimpiadada 🥇2 ta oltin, 🥈 3 kumush va 🥉9 ta bronza jami 14 ta medallarini qo‘lga kiritildi!
Mazkur olimpiadada Informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi.
Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:
Informatika:
🥇Aslibek Sunnatov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi- oltin medal;
🥈Husanboy Mansuraliyev - Namangan viloyati, Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi-kumush medal;
Matematika:
🥇Madina Suyunova - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o’quvchisi- oltin;
🥈Asadbek Boboqulov - Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi - kumush;
🥈Begzod Xoshimjonov - Andijon viloyati, Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi - kumush;
🥉Behruzbek Elmurodov - Qashqadaryo viloyat, Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o’quvchisi - bronza medal;
🥉Maqsadbek Egamberdiev - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi— bronza medal;
🥉Asilbek Abduqayumov -Toshkent shahar, Westminster akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi— bronza medal;
🥉Elbek Zohidjonov -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o’quvchisi— bronza medal;
🥉Farhod Ochilov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi— bronza medal;
🥉Nurmuhammad Otamurodov - Buxoro viloyati, Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi— bronza medal;
🥉Ozodbek Axtamov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi— bronza medal;
🥉Azizbek Mamajanov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o’quvchisi - bronza medal;
🥉Ozodbek Orifjonov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o’quvchisi - bronza medal.
Eslatib o’tamiz, 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi onlayn formatda tashkil qilingan bo’lib, unda o‘zbekistonlik o'quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan edi.
TABRIKLAYMIZ!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan o'tkazilgan tantanali tadbirdan lavhalar...
Yutuqlarimiz davom etmoqda....
10-"A" sinf o‘quvchisi
Abdusamatov Azizbek ham IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdi,
barakalla Azizbek
👏👏👏
#ибратдир_дунё
Оталарга бағишланган жуда таъсирли ролик экан.
Кўринг, тафаккур қилинг!
"Алдоқчи" оталаримиз борлигига шукур!
📣📣📣📣📣
✈️O‘zbekistonlik o’quvchilar 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida ishtirok etish uchun 📍Qozog’istonga yo'l oldi!
😊Joriy yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog’istonning Olma-ota shahrida 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada matematika, fizika va informatika fanlari bo’yicha tashkil qilinib, unda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlarining iqtidorli yoshlari ishtirok etishi kutilmoqda.
🔔Mazkur xalqaro olimpiadaga xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich natijalariga ko’ra terma jamoa shakllantirilgan.
Bundan oldingi Xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘zbekistonlik o'quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan.
Bu yilgi olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!
❕Eslatib o’tamiz: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qaroriga muvofiq ushbu olimpiada maqomi redpublika olimpiadasiga tenglashtirilgan mintaqaviy xalqaro olimpiadalar ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, g’olib o’quvchilar va ularning o’qituvchilari pul mukofotlari bilan mukofotlanadi.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
Maktablarda qishki ta'tilni qay tartibda o'tkazish bo'yicha ko'rsatma berildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qishki ta'til mobaynida ta'lim muassasalarida qanday ishlar olib borilishi bo'yicha ko'rsatma berdi.
❕Ko'rsatmaga muvofiq 2024-yil 3-yanvardan boshlab:
➖Umumta'lim maktablarida o‘quvchilarning xohishlariga asosan fan va sport to‘garaklari faoliyatini tashkil etish;
➖Qishki ta’til rejasiga asosan ota-onalarni jalb qilgan holda o‘quvchilarni, ayniqsa kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini, xavfsizligini ta'minlagan holda teatr, muzey va tarixiy obidalarga sayohatlarini tashkil etish;
➖“Eng yaxshi kitobxon maktab”, “Kitob bilan bir kun”, “Zukko kitobxon” tanlovlari, “Quvnoq startlar”, “Umid nihollari”, “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining maktab bosqichini o'tkazish;
➖“Zakovat”, “Rokirovka” intellektual o‘yinlarini tashkil etish;
➖“Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxona”larini to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
➖O‘quvchilar qiziqishlariga qarab “Barkamol avlod” bolalar maktablarida bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Asos: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 28-dekabrdagi 06-04/3-3609-sonli ko'rsatma xati.
👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Кенгаш_йиғилиши
#ТАҚДИМОТ
#22.12.2023й
МАЪНАВИЯТ ҲАЁТИМИЗДА ЯНГИ КУЧ, ЯНГИ ҲАРАКАТГА АЙЛАНИШИ КЕРАК.
Маҳалла, умумтаълим мактаблари, касб ҳунар коллежлари, ОТМларнинг ахборот соатларида ҳамда маънавий-маърифий тадбирларда фойдаланиш учун тавсия этилади.
🌐 @manaviy_markaz
"Тарбия биз учун ё ҳаёт - ё мамот,
ё нажот - ё ҳалокат,
ё саодат - ё фалокат масаласидир".
© Абдулла Авлоний
