Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)
Open in Telegram
Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган мактаб - интернати
Show more891
Subscribers
No data24 hours
+117 days
+630 days
Posts Archive
Repost from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
2022-yilning 30-iyun – 6-iyul kunlari Indoneziya davlati tashkilotchiligida 28-Xalqaro matematika musobaqasi (IMC) bo‘lib o‘tadi.
Mazkur mintaqaviy olimpiadada ishtirokchilar yakka hamda jamoaviy tartibda o’zaro bellashadilar. Olimpiadada ikki xil: kichik (key stage 2) va katta (key stage 3) yosh toifasidagi o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.
Tashkilotchilar tomonidan, kichik yosh toifasidagi o’quvchilar 2008-yil 29-iyundan – 2009-yil 30-iyungacha bo’lgan davrda, katta yosh toifasidagi o’quvchilar esa 2005-yil 29-iyundan – 2006-yil 30-iyungacha bo’lgan davrda tug’ilgan bo’lishlari belgilab qo’yilgan.
28-Xalqaro matematika musobaqasi (IMC)da ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari 2022-yil bo’lib o’tgan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichi hamda Al-Xorazmiy olimpiadasining Respublika bosqichi natijalari asosida shakllantirildi:
Kichik yosh toifasidagi o’quvchilar:
1. Raxmonov Ziyovuddin - Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani 6-maktab o’quvchisi;
2. Qadirbergenov Timur - Nukus shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi;
3. Muxtoraliyev Yoqrinjon - Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani 1-IDUM o'quvchisi;
4. Alaxonov Duraxshon - Jizzax viloyati Jizzax shahar 22-IDUM o’quvchisi.
Katta yosh toifasidagi o’quvchilar:
1. Raxmatov Anvarbek - Buxoro viloyati Qorako‘l tumani Xalqaro matematika maktabi o’quvchisi;
2. Xolmatov Jaloliddin - Toshkent shahar Omazor tumani AFIDUM o’quvchisi;
3. Sadulloyev Anvarbek - Buxoro viloyati Peshku tumani 18-maktab;
4. Suyunyova Madina - Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 1-IDUM o’quvchisi.
Jamoa rahbarlari:
1. Ganixodjayev Nosir - V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti professori
2. Boltayev O’tkir – Nufuzli xalqaro olimpiadaning kumush va bronza medallari sohibi
Joriy yilgi mintaqaviy xalqaro olimpiada onlayn tarzda bo’lib o’tadi hamda barcha jarayonlar tashkiliy qo‘mita tomonidan Zoom platformasi orqali kuzatib boriladi. Xalqaro olimpiadada o’quvchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Suyunova Madina 28-Xalqaro matematika musobaqasi (IMC) da ishtirok etadi.
#Эълон
📣📣DIQQAT, E'LON!
✅Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 24-iyun kuni boshlanadi!
☎️Imtihon vaqti va manzili haqida talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
❓Kirish imtihonlari necha bosqichdan iborat?
❗️Ijod maktablariga saralash imtihonlari uch bosqichda o‘tkaziladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imtihonlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (yozma ish)
2️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (suhbat)
3️⃣-bosqich: test sinovi - (ona tili va adabiyot, chet tili hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test).
Xorijiy til yo‘nalishi bo'yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (yozma ish)
2️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (suhbat)
3️⃣-bosqich: test sinov (chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test).
Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy tilda o'tkaziladi.
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
2021-2022-o‘quv yilida maktab-internatini 83 nafar o‘quvchi bitirdi. Shulardan 5 nafari, Rizoqulov Azizbek, Manonov Rustam,Berdimurodova Mohichehra,Tuhliyeva Dilorom va Tojinorova Gulasal maktabni oltin medal bilan, Toshturdiyev Komron va Nasimova Ozodalar kumush medal bilan maktabni yakunlashdi.Bitiruvchilarga omad yor bo‘lsin!
Ona tili va adabiyot fan oyligi munosabati bilan 1-DIMI
"Yosh ijodkorlar" to'garagi a'zolarining ishlaridan namunalar
Tayyorladi: Usmonova Adiba
Ona tili va adabiyot fan oyligi munosabati bilan 1-DIMI
"Yosh ijodkorlar" to'garagi a'zolarining ishlaridan namunalar
Tayyorladi: Usmonova Adiba
Umumta'lim maktablarida 2023 yildan yakuniy davlat imtihonlarini davlat test markazi oladi. Yakuniy davlat imtihonlaridan o'ta olmagan o'quvchilar attestat ham ololmay qolishi mumkin. Maktabdan hech kim yordam bera olmaydi. Sinfingizdagi o'quvchilarga yetkazing agar bilimi past, o'zini bilimiga ishonchi bo'lmagan o'quvchi bo'lsa vaqtni borida kasb-hunar maktabiga chiqib ketsin. Maktabda faqat yaxshi o'qiydigan bilimli o'quvchi qolsin. Ertadan keyingi maktab nufuzini tushirib yuboradigan o'quvchi hozir maktabni tark etsin. Bu yog'iga oson bo'lmaydi. Faqat yotvolib o'qish kerak.
Kanalga obuna⤵️
Kanal manzili 👉👉👉https://t.me/ozbekistonpedagogi
Устоз - нони улуғ ва ҳалол
Бой яшаган бир инсон вафоти олдидан фарзандларига илтимос қилибди:
- Фарзандларим! Умрим мобайнида ҳалол пул топмадим, ҳалол емадим, зора охирги кунларимда ҳалол еб жон берсам.
Фарзандлари дарров маслаҳатлашиб, Шайхга отасининг муродини етказибди. Шунда Шайх:
- Ён атрофингизда бирон мактаб ўқитувчиси яшайдими? - деб сўрабди. Фарзандлар эса:
- Ҳа, албатта, яшайди, - деб жавоб берибди. Шунда Шайх:
- Ўша мактаб ўқитувчиси уўидан бирон таом олиб едиринглар, - деган экан.
P. C. Қарангки, Шайх айнан мактаб ўқитувчиси уйидан деб бежиз айтмаган, чунки ўқитувчи топгани ҳалол ва баракотлидир.
Муаллифига раҳмат!
Ассалому алайкум!
"Электрон кундалик" тизимида фаолият олиб бораётган умумтаълим мактаблари жорий йилнинг 1 июнь куни (олдин ҳам эмас, кейин ҳам эмас) чораклик ва якуний баҳоларини платформада киритилиши шарт. Ушбу топшириқни туман(шаҳар) мудирлари назоратга олиб, умумтаълим мактабларига етказишингиз сўралади. Жараённи вазирлик масъуллари масофадан туриб назорат қилиш имконияти борлигини ва муддати ўтганидан сўнг платформада автоматик блокланиш (чекланиш) мумкинлигини ёдда тутинг.
Изоҳ: Бунда фақат электрон кундалик тизимига ўтган мактаблар назарда тутилмоқда.
Repost from Kitob tumani hokimligi| RASMIY
Kitob tumani prokurori ham bitiruvchilarni ayyom bilan qutladi
Bugun Kitob tumani 1-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internatida ham "Soʼnggi qoʼngʼiroq" tadbiri boʼlib oʼtdi. Tadbirda 6 nafar oʼquvchi muddatidan oldin oliygoh talabasi boʼlganligi aytib oʼtilib, Xalqaro olimpiada va tanlovlarda gʼolib boʼlganlar taqdirlandi. Tadbirda Kitob tumani prokurori Sobirjon Temirov qatnashdi va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga yuborgan murojaatnomasini oʼqib eshittirdi.
Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
➡️https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
Facebook | Instagram | Web sayt| Telegram | Twitter | YouTube
Китоб тумани 1-сон ихтисослаштирилган умумтаълим мактаб-интернатида "Сўнгги қўнғироқ" тадбири бўлиб ўтди. Тадбирда 6 нафар ўқувчи муддатидан олдин олийгоҳ талабаси бўлганлиги айтиб ўтилиб, Халқаро олимпиада ва танловларда ғолиб бўлганлар тақдирланди. Тадбирда Китоб тумани прокурори Темиров Собиржон Нурбоевич қатнашди ва Ўзбекистон Республикаси Президентининг битирувчиларга юборган мурожаатномасини ўқиб эшиттирди.
