en
Feedback
20 yoshimda tushunganimda edi

20 yoshimda tushunganimda edi

Open in Telegram

- https://cloz.uz va https://hrsevil.uz asoschisiman - Ikkinchi kanalim - @street_mba Konsultatsiya & reklama: @Abroraloqabot

Show more
6 270
Subscribers
+3724 hours
+317 days
+4430 days
Posts Archive
Yangi boylar faqat o’ziga o’xshagan boylar bilan xushmuomala. Eski boylar esa hamma bilan xushmuomala. Ayniqsa ofitsiant, kuryer, farrosh, qorovul va taksistlar bilan. @mashrabov_aa / @street_mba

Kichkina pulga yomon ishlaydigan xodim katta pulga ham yomon ishlaydi. Kichkina ishlarni yomon bajaradigan xodim katta ishlarni ham yomon bajaradi. Kichkina vaziyatlarda aldaydigan xodim katta vaziyatlarda ham aldaydi. @street_mba / @mashrabov_aa

Merfi qonuni Yaqinimiz bir mahsulot import qiladi. Mahsulotni bozorga tanitib olish uchun juda ko’p pul va mehnat sarfladi. Endi mevasini tatiyman deganda zavod boshqa importchi bilan ham ishlashni boshladi. «Ertaga importchilar soni birdan oshib ketishi mumkin, yoki zavodni o’zi bizga kirib kelishi mumkin, birovni mahsulotiga boringni berib yuborma» dedik. Eshitmadi. Reklamaga pul tikishni davom etdi. Va yana endi mevasini tatiyman deganda zavodni o’zi kirib keldi bizga. Narxlar ham tushib ketdi. Merfi qonunini esdan chiqarmaylik, Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday yomon hodisa albatta sodir bo’ladi. Uyimizda qoqilib tushish mumkin bo'lgan simga ertami-kechmi baribir qoqinib tushamiz. Uyimizni 5 qo'limizdek bilsak ham bu sodir bo'ladi. @mashrabov_aa / @street_mba

Influencer'miz Bir chet ellik fuqaroni uxlatib ketsak, uning nafrati faqat bizga emas, millatimizgacha yoyilishi mumkin. Boshqa din vakiliga nisbatan yomonlik qilsak, uning munosabati faqat bizga emas, butun Islomga nisbatan yomonlashishi mumkin. Yosh bolani aldasak, uning ishonchi faqat bizga emas, barcha kattalarga nisbatan yo'qolishi mumkin. Bir xodimga nisbatan adolatsizlik qilsak, u faqat bizdan emas, boshqa rahbarlardan ham sovub qolishi mumkin. Bir o'quvchiga befarqlik qilsak, uning muhabbati faqat bizga nisbatan emas, o'qishga nisbatan ham tag-tugi bilan yo'qolishi mumkin. Bir mijozimizga "ertaga tuzatib beraman" deb ishini cho'zib yursak, u faqat bizni emas, barcha ustalarni yomonlab yurishi mumkin. Xuddi shu narsa teskarisiga, ijobiy tomonga ham ishlaydi. Harakatlarimizni birgina odam ko'rib, u faqat bizga emas, Biz orqali ko'plab boshqa narsalarga ham baho beradi, xulosa qiladi. Influencer'ligimizni va ko'plab guruhlarni vakili ekanligimizni unutib qo'ymaylik. Garchi 1,000,000 obunachimiz yoki rasmiy unvonimiz bo'lmasa ham. @mashrabov_aa / @street_mba

Ertaga gaplashaylik. Ertaga ishlaylik. Ertaga qaror qabul qilaylik. Ertaga tanlaylik. Ertaga uchrashaylik. Bugun uyga borib o'zimizga dam beraylik, agar kayfiyatimiz yomon bo'lsa. Chunki, Yomon kayfiyatda aytilgan gaplardan, qilingan ishlardan, qarorlardan, tanlovlardan va o'tgan uchrashuvlardan afsuslanamiz baribir. "Bugun qilsak bo'lmaydimi" deb so'rashadi hali. Shunda hech uyalmay, "bugun kayfiyatim juda yomon, to'g'ri yondasha olmasligimi mumkin" deyaveraylik. @mashrabov_aa / @street_mba

Shadowing Entoni Borden kollejda o'qib yurgan paytida idish yuvuvchi bo'lib bir restoranga ishga kiradi. Yon atrofidagi oshpazlarni ishini kuzatib oshpazlikka qiziqib qoladi. Xuddi ulardek taom pishirishni o'rganaman deb oshpazlik maktabida o'qib chiqadi. Va dunyoni eng mashhur shef oshpazlaridan biri bo'ladi. Instagramini o'zida 2,7+ million obunachi yig'iladi. Lekin, Uni bu sohaga kirib kelishi qasddan bo'lmagan. Oshpazlikka muhabbati shunchaki boshqa oshpazlarni kuzatish orqali uyg'ongan. Professional tilda buni "shadowing" deydi - ya’ni bir mutaxassisga “soya” bo‘lib, uning ishini ichidan kuzatish. 3-4ta kasb ichidan bittasini tanlashda qiynalayotgan bo'lsak, Tanish bilish qilib bo'lsa ham, shu kasb egalarini ishini 10-15 kun shunchaki soya bo'lib, oldilarida yurib kuzatib ko'raylik. Shunda biz ishning kundalik ritmini ko'ramiz, Odamlar aslida vaqtini nimaga sarflashini tushunamiz, Kasbning yoqimli va zerikarli tomonlarini kashf qilamiz, O‘zimizni shu muhitda tasavvur qilib ko'ramiz, Bu kasb uchun kerak bo‘ladigan xarakter bizga mos yoki mos emasligini sezamiz, Va eng muhimi "haypga" berilmasdan kasb to'g'risida xulosa qilamiz. Bizga mos keladigan kasb - shunchaki chuqur kuzatishni o'zida mehrimizni qozonadi. @mashrabov_aa / @street_mba

Nafs vs. Ambitsiya vs. Himmat Nafsimizga yo’liqsak: — Men boy bo‘lishim kerak, deymiz. (Jordan Belfort) Ambitsiyamizga yo’liqsak: — Men [X ishda] #1 bo’lmoqchiman, tarixda qolmoqchiman, deymiz. (Aleksandr Makedonskiy) Himmatimizga yo’liqsak: — Millionlab odamlarga foyda beradigan [X ishga] umr sarflamoqchiman, deymiz. (Imom Buxoriy) Himmati oliy insonlarni uchratsak, Ularni etagini mahkam ushlaylik, qo’yib yubormaylik. Ular bilan ishlaylik 1-2 yil bo’lsa ham. Chunki, Ularni hayoti barakali bo’ladi. Ko’p narsaga ulgurishadi. Zora bizga ham yuqsa. @mashrabov_aa / @street_mba

Sog'inib turaylik Safarga ko'p chiqib, ishidan bezillagan odamni ko'rmadim. Safarga ko'p chiqib, oilasidan bezillagan odamni ko'rmadim. Safarga ko'p chiqib, milliy taomlardan bezillagan odamni ko'rmadim. Safarga ko'p chiqib, do'stlaridan bezillagan odamni ko'rmadim. Safarga ko'p chiqib, yurtidan bezillagan odamni ko'rmadim. Safarga ko'p chiqib, ishxonasidan, hamkasblaridan, xodimlaridan yoki rahbaridan bezillagan odamni ko'rmadim. Chunki, Vaqtinchalik ayriliq deyarli hamma narsaga bo'lgan muhabbatimizni mustahkamroq qilar ekan. Shuning uchun, Ishdan, odamlardan yoki ilm olishdan ham dam olib turaylik ora-orada, qishlog'imizga safar qilib bo'lsa ham. Sog'inchimizni uyg'otib turmasak, Yoki bezillab ketamiz, Yoki qadriga yetmay qo'yamiz ko'p narsani. @mashrabov_aa / @street_mba

Shogird sindromi Tajribali moliyachi qo'liga shogird oldi. 3 yil ichida shogirdi bemalol 50-100 xodim ishlaydigan korxonalar moliyasini boshqara oladigan darajaga chiqdi. Bozorda bunday bollarni narxi kamida $2,000+ dan boshlanadi. Ustozi unga beradigan summa esa $500-600 edi. Bola uylanaman, ko'proq pul topishim kerak deb boshqa joyga ishga ketdi. Ustozi bemalol bozorona narx to'lay olar edi, lekin qo'yib yubordi. Ota-onamiz 30'ga kirsak ham yosh boladek ko'rishadi bizni. Gorshokda o'tirgan paytlarimiz xotiralariga tamg'alangan bo'ladida. Milliarder bo'lib ketsak ham maktabdagi sinfdoshlarimiz o'sha-o'sha burnimiz oqib yurgan paytimizni eslab muomala qiladi biz bilan. Ming afsus, Ba'zi korxonalar ham bizni bozordagi qiymatimizga qarab emas, boshlang'ich kelgan narximizga qarab baho berishadi. $200'lik shogird deb eslashadi. Kelganimizda hech narsani bilmaganligimiz ham yodida turadi. Va bunday joylarda butun umr "shogird" bo'lib qolib ketish xavfi bor. Garchi allaqachon PRO darajasiga chiqqan bo'lsak ham. @mashrabov_aa / @street_mba

Yaxshi g‘oyaning belgisi Ishda yaxshi g'oya kelib qoldi. 1-2 kun g'oyani o'ylab uxlay olmadim. Izlanishga tushdim. O'xshash g'oyalarni qidirdim. Hisob-kitoblarni Excel'ga tashlab ko'rdim. ROI'ni hisoblab ko'rdim. SWOT analiz qilib ko'rdim. Boshqalar bilan muhokama qilib ko'rdim. Yana 1-2 hafta o'ylashga vaqt berdim o'zimga. G'oya unutilib ketdi. G'oyadan asar ham qolmadi. Miyamizga "yaxshi" g'oya kelishi bilan ijroga shoshilmaylik. Ishni boshlab qo'ygandan keyin g'oya biz o'ylanganchalik "ajoyib" emasligini anglash alamli bo'ladi rosa. Yo‘qotilgan vaqt, o'xshamagan loyihalar va yopilgan bizneslar yaxshigina iz qoldiradi ichimizda. Chinakam yaxshi g‘oya bizni tinch qo‘ymaydi, orqamizdan oylab, kerak bo'lsa yillab yuradi. Uni yaxshilab o‘rganib, ma’lumot yig‘ib, hayotga tatbiq etish qanchalik qiyinligini tushunsak ham - baribir u xayolingizdan chiqmayotgan bo'lsagina g'oyani ijrosiga o'taylik. @mashrabov_aa / @street_mba

Self-regulation outsourcing Baquvvat akamiz bor. Jismoniy holatiga havas qilsa arziydi. Sal kam Arnorld. Bir necha yildan beri sport bilan shug’ullanadi. - Nega haliyam murabbiy bilan shug’ullanasiz? Mashg’ulotlarni mustaqil bajara olasiz-ku, - deb so’radik. - Murabbiy bilan kamida 2-3 soat shug’ullanamiz. O’zim shug’ullanishni boshlagan edim, har xil bahonalar bilan 30-40 daqiqada mashg’ulotni to’xtatar edim. Ba’zida esa zalni ostonasidan qaytib ketar edim, - dedi. Murabbiy va ustozlar har doim ham bilim va tajriba ulashish uchun emas, Balki Boshlagan narsamizni tashlab qo’ymaslik uchun ham kerakligini unutmaylik. @mashrabov_aa / @street_mba

Ko'p pul ≠ Mahorat Mahoratni aniq tekshirish oson bo'lgan sohalarda katta pul topish uchun qisqa yo'llar yo'q. Tibbiyot, muhandislik, fizika, kimyo, moliya, dasturchilik va shu kabi sohalarda katta pulga chiqish uchun "sochimiz oqarishi" shart. Mahoratni aniq tekshirish qiyin bo'lgan sohalarda esa katta pul topishga qisqa yo'llar (shortcut) ko'p. Marketing, biznes konsalting, HR, psixologiya va shu kabi sohalarda o'zini sotishdan boshqa hech narsani bilmaydigan va ko'p pul topayotgan "mutaxassislar" serob. Shunday ekan, Ko'p pul topadigan inson har doim ham mahoratli inson degani emas. Ular shunchaki gapga usta va "shortcutlari" ko'p soha egalari bo'lishlari mumkin. @mashrabov_aa / @street_mba

Qarama-qarshi jins bilan do’stlik haqida Erkak va ayol o’rtasida hamkasblik munosabati bo’lishi mumkin, Rahbar va xodim munosabati bo’lishi mumkin, Tanish bilishchilik munosabati bo’lishi mumkin (eski sinfdoshlar masalan), Ustoz va shogird munosabati bo’lishi mumkin, Er va xotir munosabati bo’lishi mumkin, Lekin, Yaqin do’st munosabati bo’lishi deyarli mumkin emas. “Do’stlik” qurmoqchi bo’lgan shaxslarni eslaylik, 99,9% holatda ularning munosabatlari “do’stlikdan” chetga chiqib ketadi. Buni yomon joyi yo’q, agar ikkala tomon ham oila qurmagan bo’lsa. Baxtli bo’lishsin. Ammo, Turmush o’rtog’imiz bo’lsa bunaqa “do’stlik” bilan o’zimizni sinamaylik. Yaxshilik bilan tugamaydi. @mashrabov_aa / @street_mba

Oshkor qilmaylik Halol yo’lga kirishimdan oldin odamlarni aldab pul topar edim, dedi. Namozni ushlashimdan oldin ko’p zino qilar edim, dedi. Zalga chiqishimdan oldin do’stlarim bilan bitta o’tirishda bir yashik aroqni ichib qo’yar edik, dedi. To’g’ri yo’lga kirib o’tmishdagi gunohlarimiz haqida so’zlashimiz xato ekan. Chunki, Birinchidan. Alloh berkitgan gunohlarimizni nima qilamiz ochib? Ikkinchidan. Avval qilgan gunohlarimizni gapirish kibrimizni oshishiga olib keladi. “Men ko’pni ko’rib qo’yganman” degan tuyg’u uyg’onadi ichimizda. Uchinchidan. O’zimiz bilmagan holda gunoh qilishni propaganda qilib qo’yishimiz mumkin. Suhbatimizni eshitgan kishida “keyinroq to’g’ri yo’lga kirsa ham bo’lar ekan” degan fikr uyg’otamiz. Shunday ekan, Gunohlarimizni hikoya qilish ham bir gunohligini unutmaylik. @mashrabov_aa / @street_mba

Notanish vazifalar Rahbar bo'la turib xodimlarimizni potensialini aniqlamoqchi va o'stirmoqchi bo'lsak, U hali qilib ko'rmagan vazifalar berib ko'raylik. Xodim sifatida o'z potensialimizni aniqlamoqchi va o'smoqchi bo'lsak, Hali qilib ko'rmagan vazifalar olib ko'raylik. Zo'r xodimlarni yaxshi xodimlardan farqi ham shunda, Zo'rlar noaniq vazifalarni ham bajarishadi. Jaa zo'r bo'lmasa ham, savollar berib bo'lsa ham, xato qilib bo'lsa ham, zato bajarishadi. Qo’rqishmaydi. @mashrabov_aa / @street_mba

Kasb ≠ Sanoat Maslahat olishga bir ukamiz keldi. 4 yildan beri bir bozorchini qo'lida buxgalter bo'lib ishlaydi Toshkentda. Oyliklar paytida yaxshi edi, hozir bozorlardan odam qochyapti, shunga oylik oshmayapti dedi. Boshqa joylarga ham ishga topshirgan ekan buxgalterlikka. Import-eksport bilan shug'ullanadigan korxona sen valyutalar bilan ishlamagan ekansan deb ishga olishmapti. Ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan korxona sen tan-narx chiqarishda tajribang yo'q ekan deb ishga olishmapti. Distributsiya bilan shug'ullanadigan korxona esa palonchi provodkani bilmaysan ekan deb qaytaripti. Xullas bola sarson. Uni aybi o'zini faqat "bozor buxgalteriyasi" bilan cheklab qo'ygani. Ertami-kechmi har qanday sanoat biroz cho'kadi. Tekstil bo'ladimi, ishlab chiqarishmi yoki offline savdo-sotiqmi - barchasi inqirozga uchrashi mumkin. Odatda sanoatlar inqirozga uchraganda minglab xodimlar ko'chada qoladi. Bu hozir Yevropa avtosanoatida ham kuzatilyapti. O'z karyerasini bitta sanoat bilan bog'laganlar juda katta zarba oladi. Chunki, Ular faqar o'z saonatlariga tegishli vazifalarni qilib o'rganishganda. Shuning uchun, O'z sevgan sohamizni topgan bo'lsak-da uni biror bir sanoat bilan butunlay bog'lamaylik. Masalan: Baklajka tsexida menejer bo'lsak menejerlikni faqat baklajka tsexiga bog'lamaylik, makaron chiqarishda ham sinab ko'rsak bo'ladi o'zimizni. Har 3-4 yil sanoatlarni almashtirib turish bizni mutaxassis sifatida ham o'stiradi va risklarimizni ham kamaytiradi (antifragile). — Men o'zimga biznes assistent/shogird qidiryapman, batafsil - https://forms.gle/YdWbVvLfrDmYQyKf6 @mashrabov_aa / @street_mba

Afsuslar haqida Erta oila qurib ham afsuslanamiz, kech oila qursak ham afsuslanamiz. Erta mehnatga kirishib ham afsuslanamiz, o’qib olib keyin mehnatga kirishsak ham afsuslanamiz. “A” sohani tanlab ham afsuslanamiz, “B” sohani tanlasak ham afsuslanamiz. Chet davlatga ko’chib ketib ham afsuslanamiz, o’zimizda qolsak ham afsuslanamiz. Farqi yo’q, Deyarli barcha qarorlarimizdan afsuslanamiz vaqt o’tib. Chunki, Yeb ko’rmagan olma doim shirinroq ko’rinaveradi ko’zimizga (Salih Guney). Fitratimizdan chiqarib yubora olmaymiz buni. Afsuslanmay iloji yo’q. Biz faqat ertaga qanday afsuslar bilan yashashni tanlashimiz mumkin xolos. — 26 iyul kuni (yakshanba) xodim yollash va jamoa qurish bo'yicha 1 kunlik offline trening tashkillashtiryapman. 👉Mavzular bu yerda. — @mashrabov_aa / @street_mba

Asosiy dushmanimiz Rejalarimizni hammaga oshkora qilamiz. Maslahatlar ko'payib ketganidan qaror qabul qilishda qiynalamiz. Tilimiz - dushmanimiz bizni. Sirlarimizni hammaga oshkora qilamiz. Oramizda nizo chiqsa eng nozik joylarimizga zarbalar kela boshlaydi. Tilimiz - dushmanimiz bizni. Ko'proq eshitishni o'rniga ko'proq gapiramiz. Na ilmimiz oshadi, na bizni eshitgan odamga bu yoqadi. Tilimiz - dushmanimiz bizni. Birodarlarimizni sirini ochib qo'yamiz. Munosabatlarga sovuqlik tushiramiz. Tilimiz - dushmanimiz bizni. G'iybatga aralashamiz. Dushmanlarimizni ko'paytiramiz. Tilimiz - dushmanimiz bizni. Soatlab gap sotib o'tiramiz oshnalar bilan. Hech narsaga ulgurmaymiz. Tilimiz - dushmanimiz bizni. Eplay olmaydigan va'dalar beramiz. Ishonchni yo'qotamiz. Tilimiz - dushmanimiz bizni. Maqtanamiz, yutuqlarimizni ko'pirtirib gapiramiz. Nochorlarni ko'nglini og'ritamiz. Qarz so'rab keluvchilar ham ko'payib qoladi birdan. Tilimiz - dushmanimiz bizni. Sokinamiz, qo'pol gaplashamiz. Afsuslanamiz. Tilimiz - dushmanimiz bizni. Yaxshiroq ko'rinaman yoki hazil qilaman deb do'stimizni birovlarni oldida kamsitib qo'yamiz. Tilimiz - dushmanimiz bizni. Noliymiz. Noshukurlik qilamiz. Tilimiz - dushmanimiz bizni. Tilimizni yaxshi nazorat qilmayotgan bo'lsak, Bilaylik-ki Hayotimizni ham yaxshi nazorat qilmayapmiz. @mashrabov_aa / @street_mba

Muvaffaqiyat haqidagi kitoblarni deyarli barchasini mazmuni shunaqa ekan: — Shuncha narsaga erishganligingizni siri nimada? — To'g'ri qarorlarda va omadda — To'g'ri qarorlarni siri nimada? — Tajribada — Tajriba qayerdan keladi? — Noto'g'ri qarorlardan @mashrabov_aa / @street_mba

“Shunchaki ish” Hayotimiz faqat ishdan iborat emas, to’g’ri. Lekin, Hayotimiz asosan ishdan iborat. Chunki, Kunimizni asosiy qismini ishda o’tkazamiz baribir. Hafta, oy va yilimizni ham asosiy qismi ishda o’tadi. Qolgan asosiy qismi esa uyquda o’tadi. Va bu kamida 35-50 yoshgacha davom etadi. Shunday ekan, Ishga shunchaki ishga qaragandek qaramaylik. Shunchaki tirikchilik bu demaylik. Shunchaki vaqtimni sotyapman demaylik. Ish “asosiy hayotdan” tashqarida o’tadigan narsa emasda. Hayotimizga ma’no beradigan ish topaylik. Yoki, Qilayotgan ishimizdan ma’no qidiraylik. @mashrabov_aa / @street_mba