uk
Feedback
20 yoshimda tushunganimda edi

20 yoshimda tushunganimda edi

Відкрити в Telegram

- https://cloz.uz va https://hrsevil.uz asoschisiman - "Eng Zo'rini Top" kitobi muallifiman - clck.ru/3Rf55h - Ikkinchi kanalim - @street_mba Aloqa uchun: @Abroraloqabot

Показати більше
6 011
Підписники
+1624 години
Немає даних7 днів
+17030 день
Архів дописів
Maktabga jismoniy tarbiyadan o'qituvchilikka ishga topshirdi. Suhbatga chaqirishdi. — Diplomingiz bormi? Qayerni bitirgansiz? - deb so'rashdi — Hech qayerda o'qimaganman. - deb javob berdi — Uzr, unda biz sizni ishga ololmaymiz. - deb ketkazib yuborishdi Tirikchilik yo'lida qirishtirgan puliga chet eldan ozroq "sport pit" zakaz qildi. Keyin uni sotdi. Ozroq foyda qildi. Keyin yana shu ishini takrorladi. Keyin yana. Yana. Va yana. Toki shu sohada eng yirik distribyutorlardan biriga aylanmaguncha. Uylanish vaqti keldi. Qiz topdi. Uni oilasi ziyoli va o'qimishlilardan edi. — Qayerni bitirgansiz? - deb so'radi qizning otasi — Hech qayerni. - deb javob berdi — Men qizimni o'qimishli oilaga beraman deb niyat qilganman. O'qisangiz bo'lmasmidi? - deb so'radi — Bo'lar edi. Hozir maktabda jismoniy tarbiyadan o'qituvchilik qilib yurgan bo'lar edim. - dedi kiyov Harakat qilsak-ku, Oldimizdagi eshiklar ochilmasa tushkunlikka tushmaylik. Zora biz ochmoqchi bo'lgan eshiklar o'rniga darvozalar ochilsa. @mashrabov_aa / @streer_mba

Ovga chiqib ushlagan o'ljamizni o'rmonga qochib ketmasligi uchun bog'lab qo'yishimiz kabi, O'qigan narsalarimizni ham yozib qo'yaylik. Chunki, Ilm - o‘lja, yozuv esa uning bog‘ichidir. O‘ljalaringizni mustahkam arqonlar bilan bog'langlar, deb bejizga aytishmagan ayrim buyuk ulamolar. @mashrabov_aa / @street_mba

Yuqori standartlar Bir marta zo'r kino ko'rsak yomon kino ko'rolmaymiz. Bir marta zo'r kitob o'qisak yomon kitob o'qiy olmaymiz. Bir marta zo'r do'st qanaqa bo'lishi ko'rsak hammani ham do'st deyavermaymiz. Bir marta zo'r ustoz ko'rsak hammaga ham ergashavermaymiz. Bir marta kuchli rahbar qo'lida ishlab ko'rsak zaif rahbarlar bilan ishlay olmaymiz. Bir marta ahil jamoa ichida ishlab ko'rsak fitnaga to'la jamoalarda ishlay olmaymiz. Bir marta zo'r xodim ishlatib ko'rsak yomon xodimlar bilan ishlay olmaymiz. Xullas, Bir marta yuqori standartga chiqib olsak past standartlar bilan yashay olmaymiz. Inson yaxshi narsaga tez ko'nikadigan bo'lib yaralganda. Yuqori standartlarga chiqish uchun esa sifatsiz narsalarga yo'q deyishdan boshlaylik. @mashrabov_aa / @street_mba

Ko'rinmas yordam Tosh ko'tarish zalida bizdan boshqa hech kim bo'lmasa kattaroq vaznlarni ko'tarishga qo'rquv to'sqinlik qiladi. Belim og'rib qolsachi, Tomirim tortishib qolsachi, Yoki ustimga tushirib yuborsamchi deb yengilroq vaznlar bilan ishlaymiz. Lekin, Zalga do'stimiz bilan chiqsak qo'rqmay risk qilib ko'ramiz. Do'stimizni yordami tegmasligi ham mumkin aslida. Shunchaki oldimizda turishini o'zi kuch beradi. Boshiga ketma-ket, katta-katta musibat tushgan insonlarni ko'rdim. Do'stlari kam, qarindoshlari sanoqli, oilasi esa birdam bo'lmaganlar ko'p holatda sinib qolishdi. Haliyam o'ziga kela olmaganlar bor. Oilasi inoq, qarindoshlari ahil va do'stlar ko'plari esa sinishmadi. Yo'q, ularni muammolarini boshqalar hal qilib berishmadi. Shunchaki oldida turib berishdi, dalda berib. Yolg'iz qolmaylik, atrofimizda odamlar bo'lsin. "Dux" berib turishadi. Kuch berib turishadi. O'zimiz ham yolg'izlatib qo'ymaylik birodarlarimizni, amaliy yordam bera olmasak ham. Chunki, Sinish ruhan sinishdan boshlanadi. @mashrabov_aa / @street_mba

Rashk Ishxonaga yangi xodim kelsa, rahbarni rashk qila boshlaymiz. Rahbarni e’tibori bizdan ketayotgandek tuyuladi. Ustozga yangi shogird tushsa, ustozni rashk qila boshlaymiz. Ustoz bizni avvalgidak qadrlamayotgan tuyuladi. Do’stimiz yangi “krug” topib olsa, do’stimizni rashk qila boshlaymiz. Uning hayotida joyimiz kichrayib qolgandek his qilamiz. Rashk tuyg’usi faqat ayol yoki erga nisbatan bo’lmaydi. Bizga qadrli bo’lgan yana ko’p narsaga nisbatan bo’lar ekan. Shuning uchun, Rashkimiz borligidan uyalmaylik. Fitratimizda borda bu. Rashkimizni zulmga aylantirib yubormasak bo’ldi. Masalan, Yangi shogirdni chiqishtirmaslik, Yangi xodimni sig’dirmaslik, Do’stimizni “berib qo’yishdan” qo’rqib boshqa do’stlarimiz bilan tanishtirmaslik - bularni barchasi zulm. @mashrabov_aa / @street_mba

Intizomni bu faqat belgilangan vaqtda belgilangan ishni qilish emas. Shunchaki boshlab qo'ygan ishni tashlamaslikni ham intizom desak bo'ladi. Ishlarimizni aniq bir kun yoki vaqtga bog'lashimiz intizomimizni kuchaytiradi, Lekin, Aniq jadval yo'qligi intizomni o'ldirmaydi ham. @mashrabov_aa / @street_mba

Jarlikdan 99% sakrab o'tish va 100% sakrab o'tish deyarli bir xil narsa emas. 99% halollik bilan 100% halollik ham deyarli bir xil narsa emas. 99% bajarilgan xizmat uchun tadbirkor 99% pul ololmaydi mijozdan. 99% holatda havfsiz uchadigan samolotga ishonmagan bo'lar edik hayotimizni. Hamma ishlarda ham 99% natija qabul qilinavermaydi. Shuning uchun, O'zimizni 100% natija qilishga o'rgatib boraylik. @mashrabov_aa / @street_mba

Cheksiz yaxshilik qilsak boshimizga chiqib olishyapti. Egoistlik qilsak yakka mohov bo’lib qolyapmiz. Bugungi inshoda odamlar bilan munosabatda eng to’g’ri strategiya haqida gaplashamiz - https://telegra.ph/Qonga-qon-jonga-jon--Fundamental-matn-05-28 #FundamentalMatn @mashrabov_aa / @street_mba

Hamma quloq soladigan darajada aniq va ravon gapirishni tagida aniq va ravon fikrlash yotadi. Ovoz emas. Hamma maza qilib o'qiydigan yaxshi matnlarni tagida yaxshi fikrlash yotadi. Grammatika emas. Sifatli qarorlar tagida sifatli fikrlash yotadi. Ko'p o'ylash emas. Sifatli fikrlash tagida esa shu asosiy mental modellar yotadi (deb o'ylayman): • First principles. Masalani eng oddiy va asosiy qismlarga ajratib fikrlash. • Opportunity Cost. Nimadurga "ha" deyish orqali doim nimadurga "yo'q" degan bo'lishimizni bilish. • Circle of Competence. Nimani yaxshi tushunishimizni va nimani yaxshi tushunmasligimizni bilish. • 5 Whys. Muammoning asl sababini topish uchun “nega?” deb chuqurroq so‘rash. • Second-Order Thinking. Qarorning faqat darhol ko‘rinadigan natijasini emas, keyingi oqibatlarini ham o‘ylash. • Margin of Safety. Reja buzilishi yoki xato bo‘lishini oldindan hisobga olib, zaxira qoldirish. Har narsani ideal sharoitga bog‘lab qo‘ymaslik. • Eisenhower Box. Ishlarni muhim va shoshilinchligiga qarab ajratish. • Inversion. Nima qilsak yaxshi natija bo'lishini emas, yomon natijani bo'lmasligi uchun nima qilmaslik kerakligini ham o‘ylash. • Optionality. Ko‘proq imkoniyatlar ochadigan tanlovlar qilish. • Barbell Strategy. Asosiy vaqtimizni xavfsiz yo‘lga tikirb, ortib qolgan vaqtimizda katta natija beradigan risklar olish. • Pareto prinsipi. Ko‘p natija odatda kam sonli muhim ishlardan kelishini tushunish. • Inbox Zero. Xabarlar, vazifalar va fikrlarni vaqtida yozib borish. • Integrative Thinking. Qarama-qarshi fikrlardan birini tanlash emas, ulardan kuchliroq yechim chiqarish. @mashrabov_aa / @street_mba

Kaligula Rim imperatori bo’lgach bosar tutarini bilmay qoldi. Fahsh va zulmga berilib halok bo’ldi. Epshteyn ham shu yo’ldan ketdi pul va mansabga erishgach. Shuning uchun ham, Xudoni berganini mukofot, bermaganini jazo emas Berganini sinov, bermaganini shifo deb qabul qilaylik. @mashrabov_aa / @street_mba

10 yil davomida to'xtamasdan biror narsaga nisbatan (masalan siyosat, futbol) bashorat bersam qaysidir bashoratim to'g'ri bo'lib chiqadi. Lekin, Bu meni "ekspertligimdan" yoki "aqlliligimdan" dalolat bo'lmasligi kerak. Chunki, Buzilgan soatlar ham kuniga 2 marta vaqtni to'g'ri ko'rsatadi. Eshitadigan insonlarimizni gaplarini filtr qilaylik, tekshirib turaylik (fact cheking), garchi ular odatda haq bo'lib chiqishsa ham. Nohaq bo'lishsa "men nohaq ekanman" deyishga duxi yetmaydi-da hammani ham. Bu matn mening raqamli bo'g'imdan olingan. @mashrabov_aa / @street_mba

Birinchi taassurotni tuzatish qiyin Sizni birinchi marta ko‘rganimda, juda kibrli ekansiz deb o‘ylaganman, dedi xodimim. Agar ish majburlamaganida, siz bilan yaqindan tanishmas edim. Qo‘polligingiz tufayli sizni rahmsiz deb o‘ylardim, dedi hamkasbim. Hammamiz bir-birimiz haqimizda ko‘rganimizdan kelib chiqib xulosa qilamiz. To‘liq ma’lumot asosida xulosa qilmaymiz. “Odamlar bilmagan narsalariga dushmandirlar” degan hikmat ham bejiz aytilmagan axir. Shunday ekan, birinchi taassurotni yomon qiladigan sabablarni kamaytiraylik. Uchrashuvlarga kech kelish, O‘ta tekis gapirish (garchi chin bo‘lsa ham), Va xabarlarga kech javob berish biz haqimizda yomon xayollarga borishga olib keladi. Va nizolarni ko’paytiradi. @mashrabov_aa / @street_mba

Dangasalik solig’i U quruvchi usta edi. Bir tadbirkorni qo’lida uzoq yildan beri ishlab kelar edi. Birovni qo’lida ishlash joniga tegdi. Ketaman dedi. Mayli, bir shartim bor, oxirgi uyni qurib bitkazasan, keyin ketaverasan dedi rahbari. Tezroq ishni bitirib surish maqsadida u hamma ishni qo’l uchida qildi. Betonni qurishini kamroq kutdi. Devorlarni ingichkaroq qildi. Tomni yaxshi qotirmadi. Bir amallab “qo’l tegdi” qilib yakunladi. Va kalitni rahbariga topshirdi. 10 yillik sadoqating evaziga shu uyni senga hadya qilaman dedi rahbari. Ishxonada hech kim ko’rmayapti deb reels ko’ramiz. Baribir esidan chiqib ketadi deb rahbarimizni ba’zi vazifalariga be e’tiborlik qilamiz. Soat 6 bo’lishini intizorlik bilan kutamiz, 6 bo’lishi bilan suramiz. Farqi yo’q, ish bitdimi yo’qmi. Muhimi ish vaqtimiz tugadiku. Dangasalik qilib quvvatimizni saqlashga harakat qilamiz. Lekin, Dangasalik solig’i baland bo’ladi. Shuni esimizdan chiqarmaylik. Bir kun kelib baribir to’laymiz. Jarima va “penyalari” bilan. @mashrabov_aa / @street_mba

Yon atrofimizda qattiqqo‘llarga ham, ko'ngli bo'shlarga ham joy beraylik. Aks holda, Kuchimiz zulmga, rahmdilligimiz esa ojizlikka aylanishi mumkin ekan. @mashrabov_aa / @street_mba

O'tmishga nisbatan qayg'u, Hozirga nisbatan noshukurlik, Va kelajakka nisbatan bezovtalik baxtni ashaddiy dushmanlari ekan. @mashrabov_aa / @street_mba

Kelajak kuchli xodimi 3 oy oldin McKinsey korxonasida 60,000 ta xodim ishlayotgan edi. 40,000 ta real odam + 20,000 ta AI agent. 2027 yilni yarmiga kelib har bir real odamga bittadan AI agent to'g'ri kelishi mumkin dedi korxona CEO'si, Bob Sternfels. AI ishingizni olib qo'ymaydi, qo'rqmang, AI + odam ishingizni olib qo'yadi degan edi Jeffry Hinton ham. Kelajakda muvaffaqiyatli karyera qurishga shansim bo'lsin desak, Birinchidan, biz ham AI'ni mingi qilaylik. Ikkinchidan, idrokdan muhimroq ko'nikmalarni ustidan ishlaydi. @mashrabov_aa / @street_mba

Konspirologiya bor narsa. Lekin, Hamma narsani konspirologiya deyish, Hamma narsani kimnidir «proekti» deyish, Hamma narsa insonni qo’lida deyish bilan barobar. Bu esa, Iymonimizni zaiflashtiradi. @mashrabov_aa / @street_mba

Sodda narsa yaratish murakkab narsa yaratishdan ko’ra ancha qiyinroq degan Mihail Kalashnikov. U yaratgan AK-47’lar haligacha
Sodda narsa yaratish murakkab narsa yaratishdan ko’ra ancha qiyinroq degan Mihail Kalashnikov. U yaratgan AK-47’lar haligacha ko’plab harbiylarni sevimli quroli. Aynan soddaligi uchun. Biz ham Cloz.uz ni yangi versiyasini sodda qilishga harakat qildik. Har kuni minglab odam ish qidirishyapti. Bir sinab ko’ring siz ham. Kamchilik ko’rsangiz menga yozavering - @abroraloqabot, barcha xabarlarni o’qiyman. @mashrabov_aa / @street_mba

Passiv odam aytilgan ishni yomon qiladi. Reaktiv odam aytilgan ishni yaxshi qiladi. Aktiv odam esa aytilmagan ishni ham yaxshi qiladi. Shuning uchun ham asosan shular ko’tariladi. Sal aktivroq bo’laylik. @mashrabov_aa / @street_mba

Tasodifiy bilim Birinchi bo‘lib fazoga kim uchgan, deb so‘rasak, AI’dan darrov qisqa va to‘g‘ri javob olamiz. Xuddi shu savolni oddiy Google qidiruv tizimiga bersak, birinchi bo‘lib fazoga uchgan insonning familiyasini bilishdan tashqari, yana 10 xil yangi narsani ham bilib chiqishimiz mumkin. Kimning davrida uchgan? Nechinchi yilda uchgan? Raketani kim qurgan? Gagarinning parvozi dunyoga qanday ta’sir qilgan? Nega yana qaytib uchmagan? Gagarindan tashqari yana nechta nomzod bo‘lgan? Odamdan oldin nega hayvonlarni uchurishgan? Ular tirik qaytishganmi? Amerikaliklar bu parvozga qanday reaksiya qilgan? Va hokazo. Xuddi shu savolga javobni kitobdan qidirsak esa, yana 100 xil yangi narsani o‘rganib chiqamiz. To‘g‘ri, AI bilan ancha vaqtimiz tejaladi, boshqa manbalarda qidirgandan ko‘ra. Lekin, Dunyoqarashimizni kengaytiradigan narsa aynan shu tasodifiy (yo‘l-yo‘lakay) olingan bilimlardir. Kengroq dunyo qarash bilan esa AI’ga beradigan savollarimiz sifati ham ancha oshadi, Va undan ko’proq manfaat olamiz. @mashrabov_aa / @street_mba