cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

💞 TaSKiN 💞

#Bismillah 🌸 Qalbingga ayt 🍃 ... Hotirjam boʻlsin ✨... Boshingga faqat 🕊️ .... Allohning yozgan kuni tushadi☝️... ALHAMDULLILAH ❤ MASHA ALLOH ❤❤ SUBHANALLOH ❤❤❤ Dikektor : ABDUJALILOVNA

Show more
Advertising posts
2 202
Subscribers
-324 hours
-297 days
-10730 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
"Eski seni " PS: Yangi "sen", eski "sen" soʻzlari majoziy maʼnoda yozilgan. Jumboq kabi chalkash qadamsan, Eski "sen" ni yaxshi bilardim. Oʻzgargansan boshqa odamsan, Yangi "sen" ni taniy olmadim. Iforlaring, yuzlaring tanish, Xa, yodimda tabassumlar ham. Oʻsha "sen"ni koʻrgim kelyapti, Yangi "sen" deb koʻzlarimda nam. Eski "men" va hamda yangi "sen", Qarshi chiqar kechmishlar xatto, Esingdami eski "sen" bilan, Baxtli edik quchardik samo. Yangi "sen" ni qahri qattiqroq, Eski "sen" da bor edi yurak. Mayli sodda, yomon boʻlsada, Menga eski oʻsha "sen" kerak. Iltimosim eski "sen" ga qayt, Yangi " sen" ga yoqa olmayman. Avvalgidek samimiy boʻlgan, Tuygʻularni topa olmayman. Qaytarib ber , yokida topib, Oʻsha mening eski " sen" imni. Muallif: Guli_Abdullayeva Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
80Loading...
02
"Qiz bola boʻlsa oʻqib nima bor ", "Oʻqib dunyoni olib berarmidi", " Yoshi oʻtyapti erga tegsa boʻlmaydimi", "Oʻqishga kirib oʻzgarib ketdi", "Oʻzicha bilimdon" ... Ps:Bas,yetar. Qachongacha? Qachongacha odamlarni shunday gap soʻzlaridan qoʻrqib yashaymiz. "Odamlar nima deydi " deb oʻz maqsadlarimizdan voz kechamiz. Qiz bola faqat oila bekasi, farzand tarbiyasi, uy ishlarini qilish uchun yaratilgan degan tushunchalar ogʻushida yashash toʻgʻrimi. Nahot,qiz bolalarni oʻqishi shu qadar yomon boʻlsa.Biz faqatgina ota-onamizni orzularini amalga oshirish yoki shunchaki oliy maʼlumotli degan nomni olish uchun yurmayapmizku.Axir, kelajak uchun,millat uchun,ayollar faqatgina uy roʻzgʻor yumushlarini bajarishdan tashqari boshqa ishlarni ham qila olishini koʻrsatish uchun harakat qilyapmiz. Balki,avval bunday yurmaganm,qishloq qizi va oddiy oilani farzandi ekanligim uchunmi? Kiyinishim,yurish turishim "muhokama markazida". Menimcha oilam ishonchini oqlab kelayotganmni unutishdi chogʻi. #Abdullayeva_G @dil_ijodkori
130Loading...
03
Baxt emas. #Sevara_Izatillayeva: Men sizga baxt emas armon bo'laman, Armonni kutasiz baxtlardan kechib. Hatto tushingizga kirmay qo'yaman, Sog'inch ijaraga keladi ko'chib. #Guli_Abdullayeva: Men sizga baxt emas sarob bo'laman, Róyoga ergashib ishqdan tonasiz, Qiynaydi dilingiz tinmay so'roqlar. Xijronni o'tida shamdek yonasiz. #Sevara_Izatillayeva: Men sizga baxt emas hayol bo'laman Parchalab tashlayman orzularingiz. Hammadan izlaysiz kulgularimni, Chalkashib ketadi tuyg'ularingiz. #Guli_Abdullayeva: Men sizga baxt emas afsus bo'laman, Izlaysiz har lahza izimni tinmay. Topolmay alamdan yig'lab qolasiz, Yashaysiz ishq nedur,sevgini bilmay. #Sevara_Izatillayeva: Men sizga baxt emas yomg'ir bo'laman, To'kilib ketaman gullar yuziga . Siz kulib qaraysiz, ko'zingiz yumib, Lekin baxt emasman, armonman sizga. #Guli_Abdullayeva: Men sizga baxt emas shamol bólaman, Uchirib ketaman xalovatingiz . Chang kabi qolasiz g'urborda sónib, Kor qilmas hech bitta nadomatingiz . M: #Sevara_Izatillayeva #Guli_Abdullayeva
140Loading...
04
When two hearts are meant for each other no distance is too far Ikki yurak bir-biriga mo'ljallangan bo'lsa, hech qanday masofa uzoq bo'lmaydi... ❤️‍🩹🌏🫶 Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
130Loading...
05
Baxt emas ... Mualliflar: ✍️ #Sevara_Izzatullayeva ✍️ #Guli_Abdullayeva Ijroda: 🎙️ Nodira Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
230Loading...
06
Bolaligim. Bolaligim seni sog'indim, Eslayapman kulgularimni. Yodga oldim ikki ko'zda yosh, Sarson qilib tuyg'ularimni. Bolaligim eng begʻubor dam, Baxtli edim, dilda yo'q g'ubor. Qani endi yana bir marta, Bolalikka qaytsaydim takror. Xa esimda tor, chang koʻchalar, Onam yopgan kulcha nonlar ham. Xazil qilib quvnashar edik, Dilimizda yoʻq edida gʻam . Ilk bolalik oʻsmirlik yillar, Sevgi nima bilmasdim essiz. Rozi edim vaqt ortga qaytsa, Bir bor sevsam qolmasdim hissiz. Yulduz sanab bedor tun aro, Kapalaklar quvardim chopib. Armon nima bilmasdim sira, Lek, ulg'aydim dard oldim topib. Qiziq edi ham totli biram, Og'ritmasdi qalbimni so'zlar. Yig'latmasdi xatto odamlar, Faqat baxtdan porlardi ko'zlar. Bir mayizni boʻlardik yeyib, Ranjitsalar xafa boʻlmasdim. Onam alla aytib bersa bas, Kerak bo'lsa katta boʻlmasdim. Umrining zoʻr qaynoq pallasi, Yetmas edi tutqichga boʻyim. Bolaligim seni sogʻindim, Faqat senda hayol va oʻyim. Muallif: #Guli Abdullayeva Ijroda: Nodira ✨ https://t.me/dil_ijodkori
191Loading...
07
GULIM Muallif:✍ #Guli_Abdullayeva Ijroda: 🎙IsLoMBeK_InTiZoRiY Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
170Loading...
08
In shaa Alloh. Bir kun kelib Xudo xohlasa, Bamisoli oydek toʻlaman. Yaratganim qoʻllab tursa bas, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman! Dovrugʻimdan titraydi dunyo, Davrim kelar, davron suraman. Ota-onam sha'ni, hurmati, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman! "Qiz bolasan oʻqib nima bor ?", Deganlarga koʻrsatib viqor. Mehnat qilib takror va takror, In shaa Alloh zoʻr boʻlaman! Siz koʻrasiz, shijoat bilan, Sabr qilib, matonat bilan. Qalbimdagi jasorat bilan, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman! Kutar meni men kutgan kunlar, Ortda qolib bedorli tunlar. Meva berar zahmatli yillar, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman! Ezgulikka boʻlgancha yoʻldosh, Yaxshilikka boʻlib yelkadosh. Koʻzlar toʻkar faqat baxtdan yosh, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman! Akam bergan ishonchlar haqqi, Yaqinlarim quvonchi haqqi. Alloh bergan sabr hurmati, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman. Muallif: #Guli_Abdullayeva Ijroda: Nodira Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
200Loading...
09
Ayro yoʻllar. Nurab borar qoya kabi jismda ruh, Toʻqnashmaydi endi boshqa nigohlar ham. Bogʻlab turgan,bizlar yurgan yoʻllar aro, Izlasakda topolmaymiz koʻzlarda nam. Koʻzlar rangi unutildi soʻzlargacha, Qiyofalar elas-elas jonlanadi. Soʻngi tola, soʻngi natoj bari tamom. Qotillikka yurak amri yonlanadi. Bari sarob xazon kabi soʻndi umid, Tutashtirmas, bizni birga qilmas manzil. Goʻyo oddiy oʻyinchoqdek oʻyin boʻldik, Taqdir kuldi ustimizdan qilib xazil. Titrab, xorgʻin olislarga boqib mushtoq, Kun sanayman termulgancha yoʻllaringni, Kuta kuta umid asta soʻnib borar, Jonsiz tanam balki tegar qoʻllaringga. Muallif: ✍️#Guli_Abdullayeva Ijroda: 🎙️Nodira Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
220Loading...
10
Ajab boʻpti. ( Xazil she'r ) Noz qilasan toʻymaysan, Yo nazarga ilmaysan. Jim sevgani qoʻymaysan, Sevmasang ajab boʻpti. Rashk qilasan pinhona, Meni qilding devona. Erkatoyim bir dona, Sevmasang ajab boʻpti. Oʻlayda turishningda, Adoman kulishingdan. Sani bu yurishingdan, Sevmasang ajab boʻpti. Mensimaysan bizlarni, Kuydirasan koʻzlarni. Eshitmading soʻzlarni, Sevmasang ajab boʻpti. Olib berardim oyni, Yulduzlardagi joyni. Mendayin yangi boyni, Sevmasang ajab boʻpti. Yuraver oʻzingni ob, Tinch qoʻydim boshqasin top. Izlaysan a bir kun xoʻp, Sevmasang ajab boʻpti. Muallif: Guli_Abdullayeva Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
30Loading...
11
Umr yoʻldoshi boshqayu, Ishq savdosi boshqa ekan... Ps: Szni sevolmasam netay ? 🫠🥺 Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
170Loading...
12
Yaxshiman deb aldashga va'da beraman lekin ko'zlarimdan havotirdaman, ko'zlarim bildirib qo'yapdi... Ps: Баъзан тилнинг айтишга журъат қилолмаган гапларини, дил соатларча такрорлайди...🍃 Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
180Loading...
13
GULIM. Oy boʻldingiz sizga yetmay qoldi qoʻlim, Taqdir deya butun vujud dard-la yondi. Sevgi bergan sharobidan kuydi tilim, Xijron ila meni oshiq qalbim qondi. Armonlardan sindi yurak vayron dilim, Baxtli boʻling yuragimni olgan gulim. Ayro qismat, biz tanlagan oʻsha yoʻllar, Siz u tomon, men bu tomon ketarkanmiz. Majburlikdan xayr deya qolar qoʻllar, Oʻzgasini nasib deya qucharkanmiz. Biroq qismat parcha parcha boʻlar dilim, Baxtli boʻling yuragimni olgan gulim. Sog'inganda visolingiz oyga boqib, Xotiralar tirnab qoʻysa izladim zor. Suratingiz quchib qoldim ketdiz yoqib, Qaysar qalbim tushunmaydi boʻlsa ham xor. Muhabbatdan azoblangan yonar dilim, Baxtli boʻling yuragimni olgan gulim. Oh, tortaman ohlarimdan titrar olam, Koʻzlarimdan yomgʻir kabi tomchi oqar. Qarang menga tutqazdingiz darddan qalam, Qismat ekan ayriliq ham kulib boqar, Visol bizga nasib endi qachon dilim, Baxtli boʻling yuragimni olgan gulim . Sizga yor-yor aytilganda oʻlgan dilim, BAXTLI BOʻLING YURAGIMNI OLGAN GULIM. Muallif: #Guli_Abdullayeva Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
170Loading...
14
Kerakmas... Nogahon kibrga berilsam, Manmanlik qilsam, yo kerilsam. Nafsimga qul boʻlib zoʻr boʻlsam, Ishoning... Mashhurlik kerakmas. Mensimay boshlasam odamni, Oʻylamay tashlasam qadamni. Unutib yashasam onamni, Ishoning... Mashhurlik kerakmas! Koʻzimni koʻr qilsa shon shuhrat, Vijdonni "sotishlik" boʻlsa shart. Kechaman oʻzimdan oʻsha payt, Ishoning... Mashhurlik kerakmas! Doʻst topsam, mansabim boʻlib zoʻr, Rahmonmas, shaytonga bo'lib jo'r. Iymondan kechsam gar boʻlay koʻr, Ishoning... Mashhurlik kerakmas ! Muallif: #Guli_Abdullayeva Ijroda: Donoxon https://t.me/dil_ijodkori
320Loading...
15
PS: Гуноҳинг бунча кӯп бӯлмаса эй қалбим, Аҳир орзуинг жаннат эдику.. Odam boʻlmoqlik qiyin. Boʻlsin senda avvalo iymon, Yoʻqsa inson nomi bir tiyin. Olim boʻlish oson ekan -u, Ammo, odam boʻlmoqlik qiyin. Qismat desa qochamiz nogoh, Aybimizni bilmaymiz goh goh. Olim boʻlish oson bilamiz, Ammo, odam boʻlmoqlik qiyin. Kimda bordir tillodan taxtlar, Kimlardadir behuda vaqtlar. Oʻqib olim boʻlsak ham lekin, Ammo, odam boʻlmoqlik qiyin. Hayot faqat emasdir oppoq, Biroz toʻxta ! Ortga asta boq. Ming urinib olim boʻlsang ham, Ammo, odam boʻlmoqlik qiyin. Oʻylanmasdan bosilgan qadam, Kimsa bormi betashvish, bekam. Odammanda deysan eh, nodon, Asli odam boʻlmoqlik qiyin. Muallif: #Guli_Abdullayeva Ijroda: Ra'no Tajiboyevna @dil_ijodkori
390Loading...
16
#bismillah☝️ #mativatsiya 🙂 #ovozini_baland_qilib_eshitamz 😁 "Keng miqyosda fikrlang va ulkan narsalar haqida orzu qiling. O‘zingizga tinmasdan “Men qila olaman!”, deya har doim ta’kidlang. Agar orzuingiz bo'lsa, shunchaki o'tirmang. Muvaffaqiyatga erishishingiz mumkinligiga ishoning, jasoratga ega bo'ling va yo'lda barcha toshlarni ag'daring orzuingizni haqiqatga aylantiring✊. Hech kim sizni qutqarish va hayotingizni oʻzgartirish uchun kelmaydi, chunki bunga oʻzingiz qodirsz 💪 Ps: Szni o'zgartira oladigan insonni ko'rishni xohlasangiz unda ko'zguga qarang ! ✅ 🫵 @dil_ijodkori
270Loading...
17
𝘛𝘶𝘴𝘩𝘶𝘯𝘢𝘳𝘴𝘪𝘻... Bu qoʻlimdan kelmas. Qoʻrqaman ! Yangi yoʻllar topgim keladi. Men ham hamma inson singari, Odamlarga yoqqim keladi. Qalbdan... Balki his qilish mushkul, Anglolmayman gohi oʻzimni. Ular baxtli boʻlsin xoʻp deya, Yashayapman yumib koʻzimni. Sukutda ham maʼlum maʼno bor, Sezsa boʻlar yuzlarga boqib. Qochmoqchidek boʻlayapman biroq, Istayapman olishsa topib. Kishanlangan qoʻl va oyogʻim, Ketolmayman yokida kechib. Haqiqatlar achchiq boʻlmasin, Ketgin kelar dunyodan koʻchib. Tushunarsiz... Jumboqman goʻyo, Yo betayin oddiy qalamkash. Tugagandek sahnada roʻlim, Men uchunmas kinoda oʻynash. Muallif: ✍ #𝘎𝘶𝘭𝘪_𝘈𝘣𝘥𝘶𝘭𝘭𝘢𝘺𝘦𝘷𝘢 Ijroda: 🎙𝘌𝘭𝘳𝘰𝘻 𝘒𝘢𝘯𝘢𝘭𝘪𝘮𝘪𝘻𝘨𝘢 𝘰𝘣𝘶𝘯𝘢 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘪𝘯𝘨! 👇👇👇 https://t.me/+4XfMpKmLQC81MjYy
430Loading...
18
Vaqtni toʻxta olsaydim... Seni olib qola olsaydim... Mening begona sevgim 🫠 @dil_ijodkori
410Loading...
19
Ko'nglim uchun. Bilmay turib belgilamang qismatimni, Yoqmasam gar majbulikdan qilmang toqat. Qilsangiz ham mayli meni g'iybatimni, Ko'nglim uchun xurmatimni qilmang faqat. Yiqilsamda xolim ko'rib quvonsangiz, Achingandan qila ko'rmang rahm-u, shavqat. Rozidurman yomon desa ishonsangiz, Ko'nglim uchun yolg'ondakam sevmang faqat. Bemor bo'lib o'lib qolsam ko'zlarda nam, Tomoqlardan o'tsin mayli mensiz ovqat. Ranjimayman dilim vayron qilsangiz ham, Ko'nglim uchun oqibatli bo'lmang faqat. Yaralasa so'zlaringiz tig'dek botib, Qaytar dunyo biling, bir kun qaytar albat. Chidagayman keting mayli toshlar otib, Ko'nglim uchun diyonatli bo'lmang faqat. Yuragimga olmay bergan jabringizni, Ozorlamang vujudimni sizlar faqat. Gunoh ila bezamasdan qabringizni, Ko'nglim uchun sodoqatli bo'lmang faqat. Muallif: #Guli_Abdullayeva Ijroda: Nodira https://t.me/dil_ijodkori
381Loading...
20
Unutildim a Chek qoʻyildi tugadi bari, Yuragingdan sovutildim a ? Hayotingda boʻlmagan kabi, Osongina unutildim a ? Bezib ketding yokida toʻyib, Senga bergan muhabbatimdan. Oʻtmishingga nuqtalar qoʻyib, Osongina unutildim a ? Qisqa muddat, qisqa vaqt aro, Esdan chiqib ketdi borligim. Koʻnikibsan yashashga ayro, Osongina unutildim a ? Bizlar yozgan kitobni yopding, Hislar tamom boʻldi siyohdek. Oʻrnimga ham boshqani topding, Osongina unutildim a ? Qolishimdan ma'no qolmabdi, Vujudingdan quvilibman a ? " Tanimayman " deyapsan qara, Osongina unutildim a ? Muallif: #Guli_Abdullayeva Ijroda: Nodira @dil_ijodkori
270Loading...
21
Oʻzgasiga berma. Ayirmoqchi boʻlishmoqchi xoʻp, Nima xato qildik bilmayman. Quchogʻingga yashir va degin, " U meniki, uni bermayman ". Tut qoʻlimdan qoʻyib yuborma, Koʻnakoʻrma shartlarga illo. Axir, bizlar begonamasmiz, Qanday qilib yashaymiz ayro. Qara, ular yomon kimsalar, Izlamoqda ayirishga yoʻl. Oʻzing aytchi qanday yashaymiz, Siltab ketib osongina qoʻl. Oʻzgalarga berma iltmos, Bu oʻylagan qaroriningdan qayt. Oʻzga qoʻlni qanday tutamiz, Qay til bilan erkalaymiz ayt. Javob bergin jim turma faqat, Ich ichimdan tamom boʻlyapman. Begonani quchish bir ofat, Xayol qilsam tirik oʻlyapman. Sen boshqaga berma iltmos... Koʻnikmayman... Koʻnikolmaysan... Muallif: #ʼGuli_Abdullayeva Ijroda: Donoxon @dil_ijodkori
220Loading...
22
Telbalarmiz. Ketdik go'yo ikkimiz ham qordek erib, Baxtimizni siniqlarin bir-bir terib. Osonlikcha xayr deya ko'ksin kerib, G'ururini ustun bilgan telbalarmiz. Bosh egmadik,qaddimizni mag'rur tikib. Begonadek bo'lib qoldik vaqtlar o'tib. Kurashmadik ketaverdik qo'l silkitib, Ketmoqlikni afzal bilgan telbalarmiz. O'yin qilib kuldik balki tuyg‘ularni, Sababsiz ham ayibladik biz ularni, Soxta deya o'yladik yo kulgularni, Muhabbatni uvol qilgan telbalarmiz. Bilmam balki o'zimizni o'yladikmi, Yoʻqsa ishqdan yolg‘ondakam kuyladikmi ? Bilib bilmay ertaklarni so'yladikmi ? Afsonadek ertak bo'lgan telbalarmiz. Ketdi bizdan arazladi ishq-muhabbat, Ayriliqdan yurakda dard qoldi faqat. Armon sabab dilda qolmay sabr toqat, Taqdiriga tezda ko'ngan telbalarmiz. Muallif: #Guli_Abdullayeva Ijroda: Iroda Abdurahimova @dil_ijodkori
260Loading...
23
Olisdagi insonim... Oʻrtamizda masofalar ― samo qadar, Bogʻlab turar bizni faqat koʻkda quyosh. Qayerlarda, kimlar bilan?.. Yoʻqdir xabar, Qaroqlarni yuvar yuzga oqqan koʻz yosh. Olislarda... Uzoqlarda mendan yiroq, Yashayapmiz begonadek ikkimiz ham. Faqat qiynar... Yurak ezar bitta soʻroq, Biz shunchaki tanish endi, qilar alam. Kun oʻtmoqda, aylanmoqda yillar charxi, Buyogʻiga emasmizmi endi tanish. Arzon ekan sezdim, bildim qadrim narxi, Kel qaytadan tanishamiz boʻp notanish. Sogʻinganda eslaysanmi, surib xayol, Menga oʻxshab suratlardan visol izlab. Sogʻinganda yurak oʻrtar kelar malol, Yostigʻimni quchganimcha asta boʻzlab. Masofalar... Olislarda Ahvoling ne?.. Unutgandir deyman... Oʻzga yor oldida, Sukunatdan sezish mumkin hammasi zoʻr. Xotira boʻb senda menda yoʻl qoldida, Ilk uchrashuv qaytib kelsa, boʻlardim koʻr, Xatto isming bilmas edim, koʻrmas edim. Uzoqlarda... Mendan yiroq yashayvergin , Imkon boʻlsa sen qaytib sevmas edim. Muallif: #Guli_Abdullayeva Ijroda: Nodira @dil_ijodkori
280Loading...
24
Ps: Men yoʻq joyda xatto ismimni ham himoya qila olmas ekansiz doʻstim emassz ... Soxta do'stlarim. Har qadamda turli yolg'onlar, Qora qilar yorug' yuzlarim. Ular borki dushman ne kerak, Yonimda bor soxta do'stlarim. O'rab borar aldov to'riga, Yolgʻon bilan bog'lar ko'zlarim. Uyaltirar boshimni ega, Yonimda bor soxta do'stlarim. Do'st bo'ladi bo'lsa davlating, Yoqmay qolar ba'zan so'zlarim, Omad ketsa koʻrolmas nega, Yonimda bor soxta do'stlarim. Yuzlarida niqob turlicha, Sezlimaydi nogoh izlarim. Yoki ayib uchun bir jazo, Yonimda bor do'stlarim. Oldimda xoʻp tovlanar xurdek, Ortimdan jim uradi pichoq. Sodiq deya ishonib yurdik, Chin doʻstlikni bilmadi biroq. Muallif: #Guli_Abdullayeva @dil_ijodkori
20Loading...
25
Falastinga. Musulmonmiz lek yahudiy qilar isyon, Aqso boʻlsa sekin asta qulayapti. Bee'tibor yashayapsan " ular " kabi, Mening qalbim Falastindek yonayapti. Qanday " badbaxt " kimsalarmiz koʻrmasa koʻz, Nola qilsa yosh goʻdaklar boʻlganmiz kar. Islom dini toptalmoqda bu qanday soʻz, Yakson boʻlar davom etsa Quddus agar. Kecha baxtdan porlab turgan gul nigohlar. Shahid boʻlib ketmoqdalar koʻksida qon, Tutun kabi qoplamoqda yerni ohlar, Qayerlarga qarayapmiz qani vijdon. Jim turadi qarshisida murgʻak bola, Ona esa " tush koʻryapman " deydi kulib. Bolam deydi " koʻzingni och yumma faqat ", Farzand dogʻi davom etar dilni yulib. Isroilni kofirlari qayrashib oʻq, Gunohi yoʻq kimsalarni qilar ado. Men xech nima qilolmayman ichimda choʻq, Eng ogʻir dard yaqinlardan boʻlmoq judo. Aka deydi ukajonim koʻray takror, " Estalikka bering sochin tolasidan ". Onasini quchmoq istar yana bir bor, Ayirishar otani oʻz bolasidan. Bu qandayin zamon axir, qanday zamon, Yuragimni ogʻritmoqda yovlar qahri. Bugungi kun kechagidan battar yomon, Arzon boʻlib ketyapti iymon narxi. Uyqu yoʻqdir, xalovat yoʻq koʻzlarda nam, Bolaligi armon boʻlib qolgan necha. Qornimiz toʻq, gʻamimiz yoʻq, hatto bir kam, Ular boʻlsa bedorlikdan kezar koʻcha. Qanday qilib yurish mumkin bermay parvo, Qiynalmoqda vujudimni yoqar hislar. Erta oʻlim, ayriliqdan qondir samo, Maishatdan boʻshamaymiz biroq bizlar. Qodir Alloh hidoyat ber bitsin urush, Qaytsin yana Falastinim oʻz holiga. Yarashmaydi ummatlarga bunday yurish. Borish bordur yaratganim, zot yoniga. Muallif: Guli_Abdullayeva @dil_ijodkori
310Loading...
26
" Shoirlar odamdek sevolmaydilar " Muhammad Yusuf sheʼriga nazira Shoirlik ayibmi ? Yoki biror dard, Uni tushunmagan bilolmaydilar. Qiziq... Odam zoti dermishlar shunday, "Shoirlar odamdek sevolmaydilar " Nimamish... Devona boʻlarkan ular, Bir yigʻlab,bir kulib yurarkan ular. Muz yurak... Tosh yurak sevsa sevgi-yu, " Shoirlar odamdek sevolmaydilar " Oʻtkinchi boʻlarkan... His tuygʻu " bizda ", Qogʻoz tugab bitsa muhabbat tamom. Ishqimiz yolgʻonmish... Barchasi soʻzda, " Shoirlar odamdek sevolmaydilar " Aybimasku... Ijodni hayot deb bilsak, Qalblarni zabt etsa misralarimiz. Gunohmas shoir boʻp kimnidir sevsak, Axir biz buyuk qalb egalarimiz. Aslida... Shoirdek sevolmaysizlar.... Muallif : ✍️ #Guli_Abdullayeva Ijroda: 🎙️ Nodira https://t.me/dil_ijodkori
420Loading...
27
Vaʼdalar berib 🥹 Koʻnglimda erib 🫠 Kelaman deding 😢 Qachooon... 🥺 @dil_ijodkori
360Loading...
28
Uchrashmaymiz... Yomgʻirlar yogʻdi-yu,  yuvildi izlar, Endi topish mushkul qadamlarimiz. Qalblarda soʻnmoqda o,  barcha hislar, Go'yoki, o'zga yurt odamlarimiz. Endi uchrashmaymiz, toʻqnashmas koʻzlar, Nigohdan sochilmas kulgularimiz. Tanimay oʻtamiz,  burilib yuzlar, Begona boʻlgancha tuygʻularimiz. Tonggacha yurakdan suhbat qilmaymiz, Tugadi,  nuqtalar qoʻyildi tamom. Qayerda?  Kim bilan?  Bilmaymiz-u lek, Umid-la boqadi muxabbat hamon. Turli yoʻl oralab ketamiz shahdam, Xafadek oʻzimcha,  qolayapman jim. Sen esa gʻururla tashlaysan qadam, Kechir deb aytmaydi, bir ogʻiz hech kim. Savollar  qiynaydi,  sogʻinch oʻrtab dil, Qochmoqchi boʻlgancha  oʻzdan, oʻzlikdan. Tan olmay yashaymiz  kutib  necha yil? Dushmanga aylandik oson doʻstlikdan. Butkul uchrashmaymiz,  aslo, hech qachon... Muallif: ✍️ #Guli_Abdullayeva Ijroda: 🎙️ Nodira_Nosirjonovna @dil_ijodkori
390Loading...
29
Meni kechir... Na bòldi qarshingda tosh kabi qotdim, Òzim seni kech topib erta yòqotdim. Orzularim bog'ida unmas bòldi lolalar, Sevgimizni kuylasam alam tòla nolalar. Meni kechir, meni kechir sevganim uchun, Hayotinga bemaxal kelganim uchun. Ayriliqdan òzga choram qolmadi nechun, Meni kechir, meni kechir sevganim uchun. Kònglingdagin bilmasdan ozor berdim qanchalar, Yolg'izlikka kònmasdan ayrilarmiz kòzda nam. Termulsang yuragimda hasratim qavat, qavat Kòz yoshlarim ostida yig'lar bòldi muhabbat. Yurak bag'rim ezilar kònmay taqdir shartiga, Kunlar òtar dard qòshib Alisherning dardiga. Na bòldi qarshingda tosh kabi qotdim, Òzim seni kech topib erta yòqotdim. Orzularim bog'ida unmas bòldi lolalar, Sevgimizni kuylasam alam tòla nolalar. Meni kechir, meni kechir sevganim uchun. Hayotinga bemaxal kelganim uchun, Alvidodan òzga sòzim qolmadi nechun. Meni kechir, meni kechir sevganim uchun. @dil_ijodkori
450Loading...
30
Koʻzlaringda nimadirlar bor... 🥺🫠 Muallif: ✍️ #Guli_Abdullayeva Ijroda: 🎙️Nodira @dil_ijodkori
440Loading...
31
Кашф этасан сохта кулгулар. 👏👏👏👏👏👏👏👏
460Loading...
32
Koʻzlaringda... Koʻzlaringda nimadirlar bor, Ancha mayus nigohlaring ham. Baxtliman deb aldaysan oʻzing, Lek armonlar qiladi alam. Koʻzlaringda nimadirlar bor, Yashirmoqchi boʻlyapsan yoshni. Ishontirish qiyin boʻlsada, Aldayapsan eggancha boshni . Koʻzlaringda nimadirlar bor, Oʻzgargandek dilda tuygʻular. Yolgʻiz qolsang oynaga qarab, Kashf etasan soxta kulgular. Koʻzlaringda nimadirlar bor, Afsuslanish yokida gumon. Sezmayapti odamlar deysan, Oʻzgarmagan nigohlar hamon. Koʻzlaringda nimadirlar bor, Yoril aytgin saqlama sukut. Qachongacha boʻladi davom, Balki yetar gʻamlarni unut. Koʻzlaringda nimadirlar bor, Oshkoralik qilmaysan illo. Ming harakat qilma, urunma, Sezish mumkin dardingni zero. Koʻzlaringda nimadirlar bor ... Muallif: #Guli_Abdullayeva @dil_ijodkori
440Loading...
33
Senga qanday oshiq boʻldim. 1-qism (hayotiy) Bir koʻrishda muhabbat haqida kitoblarda oʻqigan edim,ammo bu narsalar oʻzimning hayotimda boʻladi deb oʻylamagandim.Xa,oʻsha kun kechagidek esimda.2-para darsga kirmadim va kursdoshlarimni kvartirasiga bordim.Uxlash maqsadida.Lekin uxlay olmadim.Chunki nimadir meni uxlashimga toʻsqinlik qilardi qalbim esa tinmasdan oyna tomon chorlardi.Bu qandaydir his yoki tushinib boʻlmas hodisa.Qanday qilib oynadan pastga qaraganimni bilmay qoldim.Birdan nigohlarim beixtiyor bir qizga tushdi.Egnida sariq kiyim, sochlari yoyilgan nimadandir kayfiyati yoʻq oʻtirardi.Men oynadan sekin qaradim.Yuragim shu darajada boshqacha urardiki, goʻyo yurak urishimni oldimdagillar ham eshitdi.U qiz esa bundan xabari yoʻq oʻz hayoloti ogʻushida oʻtirar edi.Sal oʻtib menga bir qaradi.Balki koʻrgandir lekin unchalik eʼtibor bermadi.Uni biroz kuzatdim.Qoʻlida telefon.Nimadir koʻrayotgandi.Soʻng kimdir telefon qildimi yoki oʻzi gaplashgancha men turgan dom padeziga kirib ketdi.Xohlasam yoki xohlamasamda men u qizni eslab qoldim va ichkariga kirib uxlashga harakat qildim.Lekin uxlay olmadim.Garchi harakat qilsam ham hayolimdan uning tim qora yoshga toʻlgancha porlab turgan koʻzlari ketmasdi.Oradan vaqt oʻtdi keyin nimagadir koʻchaga chiqishim kerak boʻlib qoldi. Domdan chiqdim.Pastda bir tanishim turgandi.Oʻsha bilan biroz gaplashdim. Birdan menga biroz tanish boʻlgan bir qizni derazasidan oʻsha hayollarimni soʻroqsiz buzgan, yuragimga otashin ishq oʻtini solgan qiz koʻrindi.Xa, xa bu oʻsha qiz edi.Unga qarab turardim. Qalbimda esa bir soʻroq ya'ni " U meni koʻrdimi yoʻqmi " degan savol qiynardi.Sal oʻtib u qiz koʻrinmay qoldi va men oʻzgimga tushunarsiz holda darsga ketdim.Kunlar oʻtdi.Oʻsha qizni izlashga va topishga harakat qildim.Unversitetda 2 marta yoki 3 marta koʻrdim.Nega avvalroq koʻrmaganman uni bilmayman. Tasodifni qarangki, oʻsha qizni dugonasi meni tanishim edi.Undan oʻsha qiz haqida soʻradim. Kunlar oʻtdi unga nisbatan pinhona tuygʻularim ila yashashda davom etdim.Bir kun tahminan soat 22:30 larda instagram sahifamda efir qila boshladim.Meni qayerdan topdi yoki qanday bilmadimu bir qiz efir soʻngida salom berib kirib qoldi.Tanishim ya'ni dugonasi oʻsha qiz shu ekanligini aytib xazillar qila boshladi.Shu darajada boshqacha boʻldim.Xuddi latariyamga yutuq chiqqani kabi.Hayajondan qoʻshiqlar aytganimni yoki nimalar deyayotganimni bilmasdim.Ixtiyorsiz, quvonchdan kulardim halos.Quvnoq, tabiatdan xazilkash qiz ekan axvolimni koʻrib xazil qilib yozdi.Menda qandaydir yana ishonch paydo boʻldi.Dugonasidan soʻradim.Oʻziga yoza qoling deb aytdi.Boshida yozish biroz noqulay boʻldi.Oʻzimni qoʻlga oldim va yozishga qaror qildim yozdim.Instagrami zakrit edi.Meni akkauntimni qabul qilmadi.Zaprosga tushdim.Biroz xafsalam bir boʻldi.Dugonasiga aytdim u raqamini beraman yozasizmi dedi.Men esa yoʻq deya javob berdim. Nimagaki, raqamimni qayerdan oldiz desa nma deb javob berish haqida oʻyladim.Yuragim aqlimga boʻy sunamdi.Unga yozdim.Va javob yozishini kutdim.Oradan 1 soatlar oʻtib javob keldi.Hammasi oʻsha joydan boshlandi.Kun davomidagi gaplardan yozishdik.Bir birimiz bilan birinchi martta gaplashgan boʻlsak ham takror takror "yaxshi dam oling " deb aytdik . Oʻziyam bu soʻzni 3 marta takrorlardik.Nma haqida yozishganimizni aniq bilmaymiz ikkimiz ham.Muhimi oz boʻlsada suhbat qurdik.Oxirida men sizni ertalab ham bezovta qilaman deb aytdim.U indamadi. Muallif: #Sirli_oshiq Davomi bor... @dil_ijodkori
360Loading...
34
Senga qanday oshiq boʻldim. 2-qism ( hayotiy ) Ertasi kun tong otdi.Men ertalab darsga bordim.Darsni oʻrtalarida oʻsha qiz yozib qoldi.Hayollarim darsda ham faqat oʻsha qizda edi.1 para darsdan chiqdim.Dars 4-qavatda boʻldi.Keyingi para 3-qavatda.Xuddi rejalashtirilgandek 3-qavatni eshigiga yetay deganimda eshik yopildi.Xatto, taqillatib ham ocha olmadim.Majburan 2-qavatga tushdim.Ne koʻz bilan koʻrayki, oʻsha qiz 2-qavatda turardi.Nigohlar toʻqnashdi.Yurak urishimiz tezlashib, hayajondan kulib qoʻydik.Qisqasi bir-birimizni koʻrdik.Qizigʻi, asli tez kelayotgan edim oʻsha joyga, oʻsha qizni oldida qadamlarim ham avtomatik ravishda sekinlashdi.Tanam oʻzimga boʻy sunmay qotib qoldi.Unda nma holat boʻldi bilmadimku menda yana tushunarsiz bir nima paydo boʻldi.Miyyamda esa darsga kirish niyati yoʻqoldi.Sababi oʻsha qiz bilan suhbat qurgim,uni tim qora porlab turardigan koʻzlariga tikilib turgim keldi.Tezlik bilan oldizga boraymi deb yozdim.U esa darsga kiring dedi.Men xoʻp dedim va xursand darsga kirdim.Ba'zida unga yozayotgan vaqtim uni bezovta qilayapmanmi deb oʻylardim. Biroq men yozishdan toʻxtamadim.Darsim tugadi.Koʻchaga chiqdim.Uni yana koʻrar ekanmanmi degan savollar ogʻushida atrofga qaradim.Turli yuzlar va odamlar orasidan uni izlardim.Biroz kutdim.Lekin u allaqachon kvartirasida edi.Va mashinaga minib uyga ketmoqchi boʻldim.Biroq keta olmadim.U turgan dom tomonga yurdim.Unga video tashladim.Keyin oʻsha dom yoʻlagiga toʻxtadim va kutdim. Meni dugonasi koʻrgandi.Holimni koʻrib keling chaqiraman deb aytdi.Qanday chaqirasiz chaqirmang deya javob berdim.Uni universitetga ketayotganini,hozir sal kutib tursam koʻchaga chiqishini bildim.Lekin bilmaslikka olib oʻzidan soʻradim.U javob berdi.Men esa hamon kutib turardim.U shoshilib, sochlari shamolda uchib yuzini toʻsgan holda shoshilib, men tomonga kelardi.Meni koʻrmadi yoki eʼtibor bermadi qaramasdan oʻtib ketdi.Men esa yana telbalarcha kulib uyga ketdim.Uni yozishini har lahzada kutardim. Lekin negadur yozmas edi.Kech boʻldi.Men ishlarimni bitirib koʻchaga yana chiqdim.Yana oʻsha qiz tomonga kelgim va uni koʻrgim keldi.U hamon yozmasdi.Yozishga harakat qildim lekin endi javob kelmasa kerak deb yoza olmadim. U turadigan dom oldiga keldim.Instagramga kirdim va efir qila boshladim.Efir qilish odatimga aylanib qoldi.Sababi har safar efir qilganimda u kirar va meni hayajonli soʻzlari bilan aqlimni shoshirardi.Bu safar ham uni kutardim ammo kirmasdi.Xavotir olgandek boʻldim ammo umidimni uzmadim.Biroz vaqt oʻtgach tanish profil koʻrindi ya'ni u xa,xa u kirdi.Domi oldida ekanimni bildi.Dugonasi keling domni tagiga dedi.Men ham rozi boʻldim va bordim.Sababi uni koʻramanmi deya.Lekin koʻrmadim, koʻra olmadim va uyga bir muncha kayfiyatim yoʻq ketdim, ustiga ustak koʻchada ba'zi koʻngilsiz voqealar ham boʻldi.Biroq xech qaysi holat menga taʼsir qilmasdi.Biz u bilan oddiy tanishlardek munosabat qilardik halos.Yuragimdagi kechinmalarimni unga qanday aytishni bilmay qiynalardim.Rostini aytsam uni yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqardim.Tushlarimga kiradigan boʻldi.Unga boshqa qizni yaxshi koʻrib qoldim dedim.Biroq yolgʻon gapirdim.Vaqtlar oʻtdi.Kech boʻldi men hamon unga qanday aytishni bilmasdim.Oʻzimda jurʼat topdim va biroz hazil qilib oʻsha qiz sz boʻlsangizchi dedim. U kulib xazil qilyapsizmi dedi. Jiddiy ohangda xazil emas deya javob berdim.Rostdan ham oʻsha qiz sizsiz, bilmadim qanday qilib bunday boʻldi oʻzim ham hayronman.Szga qanday oshiq boʻldim bilmayman dedim.U qoyil Alloh meni qalbizga soldimi deya hayrat bilan soʻradi.Xa,deb aytdim.Bu gaplarni eshitganda u qanday tushundi yoki qanday emas javobi meni qiziqtirmasdi.Muhimi men xursand boʻldim nmaga ekanligini hozirgacham bilmayman.Faqatgina u meni qanday tushundi, taklifimni qabul qilar ekanmi yoki yoʻq deb oʻylayapman halos.Rosti unga qanday oshiq boʻlganimni bilmayman.Bilganim shuki,endi topdim deganda yoʻqotib qoʻyishim mumkin.Bu tasodifdir yoki shunchaki psixologik hodisa ammo men uni yoqtirib boʻldim. Muallif: #sirli_oshiq Davomi bor ... @dil_ijodkori
460Loading...
35
Mening qalbim. Koʻzdan oqqan yoshga yuvilding, Dil daftari gʻam ila toʻldi. Tiriklayin oʻlmay koʻmilding, Mening qalbim mozoring boʻldi. Janozangga borishga koʻndim, Senga boʻlgan hislar ham oʻldi. Qum oʻrniga oʻtmishni koʻmdim, Mening qalbim mozoring boʻldi. Chuqur kavlab qazidim qabr, Tuygʻularim gul kabi soʻldi. Chidagayman, qilaman sabr, Mening qalbim mozoring boʻldi. Tugab bitdi aytmoqqa soʻzim, Qoldirmading biror bir yoʻldi. Tobuting qilganman oʻzim , Mening qalbim mozoring boʻldi. Imomlikka chorlandi dil roz, Kafanlaring kuydirar qoʻldi. Peshin vaqti oʻqildi namoz, Mening qalbim mozoring boʻldi. Inna lillayhi va inna ilayhi rojiun ! Mening qalbim mozoring endi. Muallif: #Guli_Abdullayeva Ijroda: Nodira https://t.me/dil_ijodkori
470Loading...
36
Yo'q, sensizlikka ko'nmaskan yurak...!) nazira Talpinsa yuragim nima deb alday, Unutish qo'limdan kelmasa kerak. Telbaman vaslingni har kecha o'ylay, Yo'q, sensizlikka ko'nmaskan yurak. Bilmayman tushmay qoldim kimliging, Oh cheksam ohimdan titraydi falak. Yeb borar sukunat meni jimligin, Yo'q, sensizlikka ko'nmaskan yurak. Har taraf aksingni yodga solganda, Bir ko'rmoq istayman jon jaxtim halak. Tun kecha sog'inib o'yga tolganda, Yo'q, sensizlikka ko'nmaskan yurak. Sezmaysan qalbimni qiynaydi firoq, Sochingni silaydi o'zga bir malak. Mendan olisdasan, boʻlgansan yiroq, Yo'q, sensizlikka ko'nmaskan yurak. Qaysar dil aldadim qaytib kelar deb, Bir lahza men la bo'l, men la qol tilak. Boryapman tobora o'z-o'zimni yeb, Yo'q, sensizlikka ko'nmaskan yurak. Muallif: #Guli_Abdullayeva @dil_ijodkori
490Loading...
37
Кел ёрим Тақдирга тан бериб курашмас ҳеч ким, Келмайди хеч қачон ёр сендан кечгим. Бир оғиз индамай су́зсиз кетдик жим, Кел ёрим су́нги бор хайрлашайлик. Саробга айланган туйғулар вайрон, Икки йу́л, икки қалб, тўрт томон гирён Кетамиз сўнг майли , икки йу́л томон, Кел ёрим су́нги бор хайрлашайлик. Забонсиз тилимиз, хайрон дилимиз , Шунчаки қу́л силтаб қолди қу́лимиз Айродир сўнг майли тақдир йу́лимиз Кел ёрим су́нги бор хайрлашайлик Бағримга босайин қучганча маҳкам, Сўнг сендан кетайин қилсада алам. У́тинчим бир бора тушунгин сен ҳам Кел ёрим су́нги бор хайрлашайлик Энди бу ку́злардан порламас бахтлар, Хижрондан аталди биз учун тахтлар Эсингда бу́лса гар қилгандик ахдлар Кел ёрим сóнги бор хайрлашайлик Дарёдек тошмоқда қалбда дардларим, Юзимни ювади кўзда гардларим Гар малол келмаса сенга гапларим Кел ёрим су́нги бор хайрлашайлик. Пичирлаб бу́лсада кетма деёлсам, Сочинг ла юзингни аста силолсам. Имконим бўлсайди сенла қололсам Кел ёрим сўнги бор хайрлашайлик. М: #Гули_Абдуллаева @dil_ijodkori
450Loading...
38
Hayolot. Kecha, bugungiday esimda bari. Oʻsha qarashlar-u, oʻsha tabassum, Yodimda quchogʻing mushki anbari. Hayoldan ketmaydi siyrating bir zum. Kecha,bugungiday esimda bari, Oʻylasam sogʻinchga choʻksam bemajol. Qarshimda ufrar qaddining, savlating. Baxsh etay borimni yoqsa jonim ol. Kecha, bugungiday esimda bari, Qilingan vaʼdalar, qurilgan suhbat. Tonasan oʻzingdan,soʻzlaringdan ham, Goʻyo, men baloman boshingga kulfat. Kecha, bugungiday esimda bari, Ammo, oʻylamabman taqdirda ne bor . Ketmayman,kechmayman degan senmasmi ? Yashabman tark etmas deya umidvor. Kecha, bugungiday esimda bari, Nega yolgʻonlardan berding ayt hayot. Axir aytganmanku ogohlantirib, Oʻrganib qolyapman degandim nahot. Kecha, bugungiday esimda bari, Achinib ketyapman tuygʻularimga. Vijdonan javob ber oʻsha gʻururing, Chek qoʻydi yuzdagi kulgularimga. Kecha, bugungiday esimda bari, Seni kechirmayman zinhor xech qachon... Muallif: ✍ #Guli_Abdullayeva Ijroda: 🎙IsLoMBeK_InTiZoRiY @dil_ijodkori
360Loading...
Photo unavailableShow in Telegram
"Eski seni " PS: Yangi "sen", eski "sen" soʻzlari majoziy maʼnoda yozilgan. Jumboq kabi chalkash qadamsan, Eski "sen" ni yaxshi bilardim. Oʻzgargansan boshqa odamsan, Yangi "sen" ni taniy olmadim. Iforlaring, yuzlaring tanish, Xa, yodimda tabassumlar ham. Oʻsha "sen"ni koʻrgim kelyapti, Yangi "sen" deb koʻzlarimda nam. Eski "men" va hamda yangi "sen", Qarshi chiqar kechmishlar xatto, Esingdami eski "sen" bilan, Baxtli edik quchardik samo. Yangi "sen" ni qahri qattiqroq, Eski "sen" da bor edi yurak. Mayli sodda, yomon boʻlsada, Menga eski oʻsha "sen" kerak. Iltimosim eski "sen" ga qayt, Yangi " sen" ga yoqa olmayman. Avvalgidek samimiy boʻlgan, Tuygʻularni topa olmayman. Qaytarib ber , yokida topib, Oʻsha mening eski " sen" imni. Muallif: Guli_Abdullayeva Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
Show all...
03:05
Video unavailableShow in Telegram
"Qiz bola boʻlsa oʻqib nima bor ", "Oʻqib dunyoni olib berarmidi", " Yoshi oʻtyapti erga tegsa boʻlmaydimi", "Oʻqishga kirib oʻzgarib ketdi", "Oʻzicha bilimdon" ... Ps:Bas,yetar. Qachongacha? Qachongacha odamlarni shunday gap soʻzlaridan qoʻrqib yashaymiz. "Odamlar nima deydi " deb oʻz maqsadlarimizdan voz kechamiz. Qiz bola faqat oila bekasi, farzand tarbiyasi, uy ishlarini qilish uchun yaratilgan degan tushunchalar ogʻushida yashash toʻgʻrimi. Nahot,qiz bolalarni oʻqishi shu qadar yomon boʻlsa.Biz faqatgina ota-onamizni orzularini amalga oshirish yoki shunchaki oliy maʼlumotli degan nomni olish uchun yurmayapmizku.Axir, kelajak uchun,millat uchun,ayollar faqatgina uy roʻzgʻor yumushlarini bajarishdan tashqari boshqa ishlarni ham qila olishini koʻrsatish uchun harakat qilyapmiz. Balki,avval bunday yurmaganm,qishloq qizi va oddiy oilani farzandi ekanligim uchunmi? Kiyinishim,yurish turishim "muhokama markazida". Menimcha oilam ishonchini oqlab kelayotganmni unutishdi chogʻi. #Abdullayeva_G @dil_ijodkori
Show all...
436444349_7879734165394669_8684806459880072937_n.mp415.71 MB
00:49
Video unavailableShow in Telegram
Baxt emas. #Sevara_Izatillayeva: Men sizga baxt emas armon bo'laman, Armonni kutasiz baxtlardan kechib. Hatto tushingizga kirmay qo'yaman, Sog'inch ijaraga keladi ko'chib. #Guli_Abdullayeva: Men sizga baxt emas sarob bo'laman, Róyoga ergashib ishqdan tonasiz, Qiynaydi dilingiz tinmay so'roqlar. Xijronni o'tida shamdek yonasiz. #Sevara_Izatillayeva: Men sizga baxt emas hayol bo'laman Parchalab tashlayman orzularingiz. Hammadan izlaysiz kulgularimni, Chalkashib ketadi tuyg'ularingiz. #Guli_Abdullayeva: Men sizga baxt emas afsus bo'laman, Izlaysiz har lahza izimni tinmay. Topolmay alamdan yig'lab qolasiz, Yashaysiz ishq nedur,sevgini bilmay. #Sevara_Izatillayeva: Men sizga baxt emas yomg'ir bo'laman, To'kilib ketaman gullar yuziga . Siz kulib qaraysiz, ko'zingiz yumib, Lekin baxt emasman, armonman sizga. #Guli_Abdullayeva: Men sizga baxt emas shamol bólaman, Uchirib ketaman xalovatingiz . Chang kabi qolasiz g'urborda sónib, Kor qilmas hech bitta nadomatingiz . M: #Sevara_Izatillayeva #Guli_Abdullayeva
Show all...
IMG_4139.MP48.43 MB
00:18
Video unavailableShow in Telegram
When two hearts are meant for each other no distance is too far Ikki yurak bir-biriga mo'ljallangan bo'lsa, hech qanday masofa uzoq bo'lmaydi... ❤️‍🩹🌏🫶 Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
Show all...
CtRHB3ztmIg.mp41.42 MB
Baxt emas ... Mualliflar: ✍️ #Sevara_Izzatullayeva ✍️ #Guli_Abdullayeva Ijroda: 🎙️ Nodira Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
Show all...
Audio_853013.m4a1.80 MB
Bolaligim. Bolaligim seni sog'indim, Eslayapman kulgularimni. Yodga oldim ikki ko'zda yosh, Sarson qilib tuyg'ularimni. Bolaligim eng begʻubor dam, Baxtli edim, dilda yo'q g'ubor. Qani endi yana bir marta, Bolalikka qaytsaydim takror. Xa esimda tor, chang koʻchalar, Onam yopgan kulcha nonlar ham. Xazil qilib quvnashar edik, Dilimizda yoʻq edida gʻam . Ilk bolalik oʻsmirlik yillar, Sevgi nima bilmasdim essiz. Rozi edim vaqt ortga qaytsa, Bir bor sevsam qolmasdim hissiz. Yulduz sanab bedor tun aro, Kapalaklar quvardim chopib. Armon nima bilmasdim sira, Lek, ulg'aydim dard oldim topib. Qiziq edi ham totli biram, Og'ritmasdi qalbimni so'zlar. Yig'latmasdi xatto odamlar, Faqat baxtdan porlardi ko'zlar. Bir mayizni boʻlardik yeyib, Ranjitsalar xafa boʻlmasdim. Onam alla aytib bersa bas, Kerak bo'lsa katta boʻlmasdim. Umrining zoʻr qaynoq pallasi, Yetmas edi tutqichga boʻyim. Bolaligim seni sogʻindim, Faqat senda hayol va oʻyim. Muallif: #Guli Abdullayeva Ijroda: Nodira https://t.me/dil_ijodkori
Show all...
Audio_833801.m4a1.87 MB
GULIM Muallif:✍ #Guli_Abdullayeva Ijroda: 🎙IsLoMBeK_InTiZoRiY Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
Show all...
2.60 MB
In shaa Alloh. Bir kun kelib Xudo xohlasa, Bamisoli oydek toʻlaman. Yaratganim qoʻllab tursa bas, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman! Dovrugʻimdan titraydi dunyo, Davrim kelar, davron suraman. Ota-onam sha'ni, hurmati, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman! "Qiz bolasan oʻqib nima bor ?", Deganlarga koʻrsatib viqor. Mehnat qilib takror va takror, In shaa Alloh zoʻr boʻlaman! Siz koʻrasiz, shijoat bilan, Sabr qilib, matonat bilan. Qalbimdagi jasorat bilan, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman! Kutar meni men kutgan kunlar, Ortda qolib bedorli tunlar. Meva berar zahmatli yillar, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman! Ezgulikka boʻlgancha yoʻldosh, Yaxshilikka boʻlib yelkadosh. Koʻzlar toʻkar faqat baxtdan yosh, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman! Akam bergan ishonchlar haqqi, Yaqinlarim quvonchi haqqi. Alloh bergan sabr hurmati, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman. Muallif: #Guli_Abdullayeva Ijroda: Nodira Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
Show all...
Audio_751832.m4a1.37 MB
Ayro yoʻllar. Nurab borar qoya kabi jismda ruh, Toʻqnashmaydi endi boshqa nigohlar ham. Bogʻlab turgan,bizlar yurgan yoʻllar aro, Izlasakda topolmaymiz koʻzlarda nam. Koʻzlar rangi unutildi soʻzlargacha, Qiyofalar elas-elas jonlanadi. Soʻngi tola, soʻngi natoj bari tamom. Qotillikka yurak amri yonlanadi. Bari sarob xazon kabi soʻndi umid, Tutashtirmas, bizni birga qilmas manzil. Goʻyo oddiy oʻyinchoqdek oʻyin boʻldik, Taqdir kuldi ustimizdan qilib xazil. Titrab, xorgʻin olislarga boqib mushtoq, Kun sanayman termulgancha yoʻllaringni, Kuta kuta umid asta soʻnib borar, Jonsiz tanam balki tegar qoʻllaringga. Muallif: ✍️#Guli_Abdullayeva Ijroda: 🎙️Nodira Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
Show all...
Nodira (2).m4a1.37 MB
Ajab boʻpti. ( Xazil she'r ) Noz qilasan toʻymaysan, Yo nazarga ilmaysan. Jim sevgani qoʻymaysan, Sevmasang ajab boʻpti. Rashk qilasan pinhona, Meni qilding devona. Erkatoyim bir dona, Sevmasang ajab boʻpti. Oʻlayda turishningda, Adoman kulishingdan. Sani bu yurishingdan, Sevmasang ajab boʻpti. Mensimaysan bizlarni, Kuydirasan koʻzlarni. Eshitmading soʻzlarni, Sevmasang ajab boʻpti. Olib berardim oyni, Yulduzlardagi joyni. Mendayin yangi boyni, Sevmasang ajab boʻpti. Yuraver oʻzingni ob, Tinch qoʻydim boshqasin top. Izlaysan a bir kun xoʻp, Sevmasang ajab boʻpti. Muallif: Guli_Abdullayeva Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
Show all...