cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

💞 TaSKiN 💞

#Bismillah 🌸 Qalbingga ayt 🍃 ... Hotirjam boʻlsin ✨... Boshingga faqat 🕊️ .... Allohning yozgan kuni tushadi☝️... ALHAMDULLILAH ❤ MASHA ALLOH ❤❤ SUBHANALLOH ❤❤❤ Dikektor : ABDUJALILOVNA

Show more
Tajikistan1 778The language is not specifiedMusic23 477
Advertising posts
2 281
Subscribers
-224 hours
-277 days
-10430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:22
Video unavailableShow in Telegram
Jimlik ? Bu bir vaqtning oʻzida ham isyon, ham ofiyat. Baʼzan jazo, baʼzan mukofotdir. Baʼzan tuganmas savollar, baʼzida esa soʻzsiz berilgan javob. Baʼzida bu istalmay qabul qilingan qarorlar, baʼzan esa shunchaki rohatlanish. Jimlik-goʻzal ibtido yoxud ogʻriqli intiho. Gohida sinov, goho kafforat. Hoh gunohlarga soyabon,goho duolar ijobati. U bilan sevgan dillar soʻzlashadi. Ps: Jimlik men koʻrgan eng goʻzal holat... @dil_ijodkori
Show all...
Arzimasman... Kezib chiqar aylanadi turfa xayol, Amalim kam, gunohim koʻp, balki shunga... Oʻylayverib ich-etimni yeydi savol: Balki, rostdan sevilishga arzimasman... Sof muhabbat, ishq neligin bildim desam, Sarob boʻlgan roʻyolarni sezdim ekan. Oʻzgacha bir olamim bor, endi bilsam, Balki, rostdan sevilishga arzimasman... Ular haqdir, sohtadirman, bir bagʻritosh, Tushunmayman, oʻzimga-yu, oʻzligimga... Goʻyo hayot jumboqdayin, koʻzimda yosh, Balki, rostdan sevilishga arzimasman... Samimiyat istasam qalb, vujud ila, Nolib qoʻysam goho bilmay borligimdan - Bu jumlani takrorlayman kula-kula: Balki, rostdan sevilishga arzimasman... Bezib ketgan, charchagandir balki doʻstlar, Menga derlar: “Sen sevishga arzimaysan“. Oddiy, lekin dil yaralar aytgan soʻzlar: Balki, rostdan sevilishga arzimasman... Balki, rostdan sevilishga arzimasman... Muallif: ✍ #Guli_Abdullayeva 🎙IsLoMBeK_InTiZoRiY @dil_ijodkori
Show all...
Манга нмадир буляпти🫠 узим хам тушунмаяпман🥺🤍 Сени курмай улишдан куркиб кетяпман🥺❤️‍🩹 Ps: Шунчаки сенга кунгирок килиб жим турсаммикин?! @dil_ijodkori
Show all...
00:28
Video unavailableShow in Telegram
Qasdim olaman 🔥. Mayli bu dunyoda bermayman ozor, Chunki men vijdonli inson boʻlaman. Yoqangdan tutgancha mahkam dilozor, Kelgusi hayotda qasdim olaman. Zabonsiz deyapsan saqlasam sukut, Yuraging tubida mangu qolaman. Menga qilganlaring boʻlmaydi unut, Kelgusi hayotda qasdim olaman. Koʻz yoshim haqqini berasan toʻlab, Boshingga jahannam oʻtin solaman. Seni deb yashadim uzoq vaqt , yillab, Kelgusi hayotda qasdim olaman. Boʻyningga solaman olovdan sirtmoq, Kechir deb aytsang ham bundan tonaman. Hozir indamasman boʻlaman quvnoq, Kelgusi hayotda qasdim olaman. Qoʻlingda xech narsa kelmaydi dersan, Xuddi Azroildek joning olaman. Afsusda,alamda oʻz-oʻzing yersan, Kelgusi hayotda qasdim olaman. Muallif: ✍ #Guli_Abdullayeva @dil_ijodkori
Show all...
00:32
Video unavailableShow in Telegram
Xotiralar. Qara, bizlar uchrashgan yoʻlak, Oʻzgarmagan hech biri hamon. Oʻsha koʻcha, oʻsha tanish yoʻl. Avvaligidek atrof, toʻrt tomon. Qadam bosdim hayajonda qalb, Iztirobga koʻmilgan soʻzlar. Bilmam, balki sogʻinganimdan, Izlay ketdim jovdirab koʻzlar. Turli yuzlar, har xil qiyofa, Meni qurshab domiga oldi. Balki, qastdan yoki bexosdan, Xayolimga ismingni soldi. Sen haqingda , seni koʻrsatib, Soʻrashdilar yaram yangilab. Ichi-ichimdan qulab la asta, " Tanimayman " dedim gangirab. Koʻzlarimni olib qochdim va, Tomchilarni yashirdim kulib. Sezishmadi, tushunishmadi, Xayriyatki, qolmadi bilib. Davom etdim manzilim boʻylab, Oʻylab-oʻylab aqlimdan ozdim. Bizlar birga oʻtirgan joyga, Katta qilib ismingni yozdim. Qanday ajib vaqtlar edi a ? Yomgʻirlarda yurganlarimiz. Esingdami ? seni ham bir bor, Tunda suhbat qurganlarimiz ? Xullas, eski manzillar aro, Kezib chiqdim yashadim unda. Xotiralar ogʻushidaman, Tushimga kir kutaman tunda. Muallif: Guli Abdullayeva @dil_ijodkori
Show all...
Mening qalbim. Koʻzdan oqqan yoshga yuvilding, Dil daftari yosh ila toʻldi. Tiriklayin oʻlmay koʻmilding, Mening qalbim mozoring boʻldi. Janozangga borishga koʻndim, Senga boʻlgan hislar ham oʻldi. Qum oʻrniga oʻtmishni koʻmdim, Mening qalbim mozoring boʻldi. Chuqur kavlab qazidim qabr, Tuygʻularim gul kabi soʻldi. Chidagayman, qilaman sabr, Mening qalbim mozoring boʻldi. Tugab bitdi aytmoqqa soʻzim, Qoldirmading biror bir yoʻldi. Tobuting qilganman oʻzim , Mening qalbim mozoring boʻldi. Imomlikka chorlandi dil roz, Kafanlaring kuydirar qoʻldi. Peshin vaqti oʻqildi namoz, Mening qalbim mozoring boʻldi. Inna lillayhi va inna ilayhi rojiun ! Mening qalbim mozoring boʻldi. Muallif: Guli Abdullayeva https://t.me/dil_ijodkori
Show all...
"𝐾𝑜'𝑛𝑔𝑖𝑙𝑔𝑎 𝑦𝑎𝑞𝑖𝑛 𝑠𝑎𝑡𝑟𝑙𝑎𝑟 " 𝐺𝑢𝑙𝑖_𝐴𝑏𝑑𝑢𝑙𝑙𝑎𝑦𝑒𝑣𝑎 𝑠ℎ𝑒'𝑟𝑙𝑎𝑟𝑖 ️

-SamDuKf 3-kurs -Yil talabasi-2023 -Volontiyor -Koordinator -Eng yaxshi Top-50 izlanuvchi -Dunyo talantlari yozuvchilar uyushmasi -Juntos Por Las Letras tashkiloti a'zosi -"Sogʻinganda iforing izlab..." - "Olisdagi insonim " she'riy toʻplamlar muallifi

Шунчаки сенга кунгирок килиб жим турсаммикин?! 🥺✨ https://t.me/dil_ijodkori
Show all...
"𝐾𝑜'𝑛𝑔𝑖𝑙𝑔𝑎 𝑦𝑎𝑞𝑖𝑛 𝑠𝑎𝑡𝑟𝑙𝑎𝑟 " 𝐺𝑢𝑙𝑖_𝐴𝑏𝑑𝑢𝑙𝑙𝑎𝑦𝑒𝑣𝑎 𝑠ℎ𝑒'𝑟𝑙𝑎𝑟𝑖 ️

-SamDuKf 3-kurs -Yil talabasi-2023 -Volontiyor -Koordinator -Eng yaxshi Top-50 izlanuvchi -Dunyo talantlari yozuvchilar uyushmasi -Juntos Por Las Letras tashkiloti a'zosi -"Sogʻinganda iforing izlab..." - "Olisdagi insonim " she'riy toʻplamlar muallifi

Seni soʻradilar. Seni soʻradilar nogohon mendan, Oʻylanib qoldim... Jim... Osmonga boqib, Yoshlarim yashirmoq istadim, Biroq... Koʻzimdan tomchilar ketdiku oqib. Seni soʻradilar atay... Yo bexos, Yerga bosh eggancha qoldim, Oʻylanib... Ismingni eshitib ketdi halovat, Uzoq xoʻrsingacha qoʻydim oʻrtanib. Seni soʻradilar ... Sogʻmi,omonmi ? Qanday yuribsizlar ... Toʻy qachon deya. Zabonsiz tilim lol, ichimda olov, Dedim: endi unga boshqasi ega. Seni soʻradilar qayerda hozir, Kim bilan ekaning bilolmay hayron. Bilmasam degandek bosh chayqab qoʻydim. Atrofga alanglab boqqancha giryon. Seni soʻradilar... Ne dey ularga... Muallif: #Guli_Abdullayeva Ijroda: Nodira https://t.me/dil_ijodkori
Show all...
لم, تكونوا أوفياء، فلا تعبثوا بقلُوب الأنقياء". «Agar sodiq bo'lmasangiz, unda insonlarning sof qalblari bilan o'ynamang..» @dil_ijodkori
Show all...
00:10
Video unavailableShow in Telegram
Oʻzgasiga berma. Ayirmoqchi boʻlishmoqchi xoʻp, Nima xato qildik bilmayman. Quchogʻingga yashir va degin, " U meniki, uni bermayman ". Tut qoʻlimdan qoʻyib yuborma, Koʻnakoʻrma shartlarga illo. Axir, bizlar begonamasmiz, Qanday qilib yashaymiz ayro. Qara, ular yomon kimsalar, Izlamoqda ayirishga yoʻl. Oʻzing aytchi qanday yashaymiz, Siltab ketib osongina qoʻl. Oʻzgalarga berma iltmos, Bu oʻylagan qaroriningdan qayt. Oʻzga qoʻlni qanday tutamiz, Qay til bilan erkalaymiz ayt. Javob bergin jim turma faqat, Ich ichimdan tamom boʻlyapman. Begonani quchish bir ofat, Xayol qilsam tirik oʻlyapman. Sen boshqaga berma iltmos... Koʻnikmayman... Koʻnikolmaysan... Muallif: Guli_Abdullayeva @dil_ijodkori
Show all...