cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Рекламные сообщения
117 804Подписчики
-15224 часа
-8207 дней
-5 75830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

🗣Maktab bitiruvchilarining oliy taʼlimga kirishi bo‘yicha Finlyandiya 1-o‘rinda turadi ✅Finlyandiya taʼlim tizimi, taʼlim reytingi, baholash tartibi, taʼlim o‘quv dasturi, shuningdek, Finlyandiya taʼlim statistikasiga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, o‘quvchilarning 100 foizi davlat maktablariga boradi. ⏺Finlyandiyada xususiy maktab tizimi yo‘q. Mamlakat aholisining 90 foizi maktab taʼlimi darajasiga ijobiy munosabatdadir. 🎙Finlar yalpi ichki mahsulotning 6,84 foizini taʼlimga (dunyoda 17-o‘rin) sarflaydi. ✅Boshlang‘ich maktabda fin o‘qituvchisiga – 13,7 o‘quvchi, kattalarda esa – 9,5 o‘quvchi to‘g‘ri keladi. 👍Finlyandiya maktablari bitiruvchilarining 70,4 foizi (dunyoda 1-o‘rin) oliy o‘quv yurtlariga kirishadi. 10 yoshli fin maktab o‘quvchilari yiliga o‘rtacha 684 soat o‘qiydilar. Barcha bolalar teng huquqlidir. Maktabda tijorat bilan shug‘ullanish taʼqiqlangan. Maktab kitoblari, jihozlari bepul va maktab tushliklari bepul. O‘quv yili 190 ish kunidan iborat. Maktab taʼlimi faqat kunduzi, yaʼni, 1 smenada olib boriladi, shanba va yakshanba kunlari maktablar ishlamaydi. O‘qituvchining ish kuni soat 8-00 dan 15-00 gacha davom etadi. Maktabni tugatish imtihonlari ixtiyoriydir. Nazorat va oraliq imtihonlari o‘qituvchining ixtiyorida hisoblanadi. Finlyandiyada maktab o‘qituvchisining o‘rtacha ish haqi miqdori oyiga 2500 yevrodir (to‘liq kunlik o‘qituvchi). Mobil o‘qituvchilarniki esa taxminan 2 barobar kamroq. Finlyandiyadadagi 120 ming maktab o‘qituvchilari orasida fan magistri yoki o‘z fanidan professor ilmiy unvoniga ega bo‘lmagan birorta ham pedagog yo‘q. Finlyandiya o‘quvchilari ko‘proq tillarni o‘rganishadi. Fin tilini maktabdagi birinchi kunidanoq o‘rganadilar. 9 yoshida ular Finlyandiyaning ikkinchi tili bo‘lgan shved tilini, 11 yoshida ular uchinchi tillarini ingliz tilini, ko‘p o‘quvchilar hatto 13 yoshida to‘rtinchi tilni o‘rganishni boshlaydilar. Ular faqat o‘rta maktab oxirida yakuniy imtihonda dastlabki ikki til bo‘yicha sinovdan o‘tadilar. 🪀Maqsadingizga eltuvchi kanal albatta obuna bo‘ling!
Показать все...
👍 59 3🔥 3
Repost from Hilola Umarova
Qadrli ustozlar! Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda. Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi. Hurmatli pedagoglar! Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar! Shu oʻrinda yana bir maʼlumot! Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa, yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili (https://t.me/uzedu_vazirbot)ga yuborishingizni soʻraymiz. Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Показать все...
👍 76🎉 6🔥 4
#Xorijiy_hamkorlik #Finlandiya Finlyandiya Milliy taʼlim agentligi vakillari A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining Toshkent Xalqaro Universitetida tashkil etilgan "Menejerlik o‘quv kursi" dars mashg‘ulotlarida qatnashdi. Dars mashg‘ulotlarini kuzatib, yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildiridilar. 💬Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 🚀Telegram | 🔵Facebook 🎬YouTube   |  📷Instagram
Показать все...
👍 26 4
⚠️Diqqat! MUSTAQIL IZLANUVCHILIKning navbatdagi qabuli boshlandi A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA qabul 2024-yil 15-apreldan boshlandi. Institutda 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.07-Taʼlimda menjment ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka suhbatda ishtirok etish uchun hujjatlar https://phd.mininnovation.uz/ elektron manzili orqali taqdim qilinadi. Qabul joriy yilning 15-may sanasiga qadar davom etadi. ⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱 Telegram | 📒Facebook 📹YouTube |  📸 Instagram
Показать все...
👍 35 2
#Xorijiy_hamkorlik #Finlyandiya 🇺🇿🇫🇮 A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti rahbariyati Finlyandiya Milliy taʼlim agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Jarayonni video lavhada kuzatishingiz mumkin. 💬Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 🚀Telegram | 🔵Facebook 🎬YouTube   |  📷Instagram
Показать все...
👍 31 3
#Menejerlik_sertifikati A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida amaldagi maktab direktorlari uchun "Menejerlik o‘quv kurslari" boshlandi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining buyurtmasiga asosan, o'qiv kursiga hududlardan 150 nafar direktorlar jalb etildi. Direktorlarning o‘qish davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va amaldagi o‘rtacha ish haqi miqdorlari saqlab qolinadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlar ularning asosiy ish joyidan qoplanadi. 💬Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 🚀Telegram | 🔵Facebook 🎬YouTube   |  📷Instagram
Показать все...
👍 30🔥 1
#PISA_2025 Vazir o‘rinbosari raisligida PISA 2025 tadqiqoti tajriba-sinovini tashkil etish yuzasidan onlayn uchrashuv o‘tkazildi Uchrashuvda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari va pedagogika markazlaridan masʼullar ishtirok etdi. Unda hududiy va maktab koordinatorlariga tadqiqotda qatnashish bo‘yicha meʼyoriy, huquqiy va uslubiy hujjatlar hamda yo‘riqnomalarning mazmun mohiyati tushuntirildi. Tanlangan maktablarda test va so'rovnoma jarayonlarini tashkil etish uchun zaruriy sharoitlarni yaratish, jumladan, uzluksiz elektr energiya va yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash masalalari muhokama qilinib, vazifalar belgilandi. 💬Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 🚀Telegram | 🔵Facebook 🎬YouTube   |  📷Instagram
Показать все...
👍 29 2🔥 1🎉 1
#Xorijiy_hamkorlik #Finlyandiya 🇺🇿🇫🇮Finlyandiya Milliy taʼlim agentligi vakillari Menejerlik o‘quv kurslari faoliyati bilan tanishdi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti rahbariyati Finlyandiya Milliy taʼlim agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda taʼlim tizimi xodimlarining salohiyatini, xususan, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, taʼlim sifatini baholash, taʼlimda liderlik, Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, "Menejerlik o‘quv kursi"ning tashkil etilishi, uning maktab ta'limi tizimi uchun zamonaviy fikrlaydigan kadrlar zaxirasini shakllantirishdagi ahamiyati to‘g‘risida axborot berildi. Uchrashuv so‘ngida Finlyandiya Milliy taʼlim agentligi vakillari Toshkent Xalqaro Universitetida tashkil etilgan "Menejerlik o‘quv kursi"ning dars mashg‘ulotlarida qatnashib, o‘quv kurslarini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildiridilar. ⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱 Telegram | 📒Facebook 📹YouTube |  📸 Instagram
Показать все...
👍 37 2🔥 2
#TALIS ✅ O‘qitish va ta’lim olishni o‘rganish xalqaro TALIS 2024 tadqiqotida tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan mamlakatimizdagi 210 ta maktab direktorlari va o‘qituvchilari ishtirok etayotganligidan xabaringiz bor. ❕Hozirga qadar mazkur tadqiqotda belgilangan maktablarning 203 tasi (4 293 nafar ishtirokchi) so‘rovnoma to‘ldirish orqali qatnashdi. 📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Xorazm, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida ushbu tadqiqot jarayonlari to‘liq yakuniga yetkazildi. 🔴 TALIS tadqiqot jarayonlari 2024-yil 18-aprelga qadar davom etadi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
👍 26 2
QAYSI PEDAGOG KADRLAR QAYTA TAYYORLASH KURSLARIDA TAHSIL OLISHLARI MUMKIN? 📣DIQQAT! ✅A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti informatika fani o‘qituvchisi huquqini berish bo'yicha pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi 👇🏻 ➡️Bunda quyidagi oliy ma’lumotli mutaxassislar qayta tayyorlash kurslarida o‘qishlari mumkin: Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari (5 yillik) Matematik-injener (5 yillik) Fizika va elektronika (5 yillik) Kompyuter texnologiyalari va informatika ta’lim sohasi Elektronika va mikroelektronika Telekommunikatsiya Axborot xavfsizligi Aloqa boshqarish Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67 ✈️Savol va takliflaringizni telegram orqali https://t.me/avloniyqaytatayyorlovqabul telegram guruhiga yo‘llashingiz mumkin. 🆕 Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi postlarimizda. ⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱 Telegram | 📒Facebook 📹YouTube |  📸 Instagram
Показать все...
A.Avloniy qayta tayyorlash kursiga qabul ish kunlari dushanbadan - jumagacha

Ish vaqti: Dush-Ju 9:00-18:00. Dam olish kuni: Sha-Ya. 71-246-90-94

👍 43 3🔥 1